Maktablarda zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish


Download 36.28 Kb.
bet3/8
Sana24.09.2023
Hajmi36.28 Kb.
#1686909
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5208469632557526923

4 ta kichik guruhda ishni tashkil qilish.
Ishtirokchilarni 4 gacha sanashlarini soʻrab, ularni 4 ta kichik guruhga boʻlish kerak. Barcha 1 lar birinchi guruhni, 2 lar ikkinchi guruhni, 3 lar uchinchi va 4 lar toʻrtinchi kichik guruhni tashkil qiladi. Shundan soʻng guruhlarga topshiriq beriladi:

Topshiriq:
Zoʻravonlik turiga taʼrif bering va uning xususiyatlarini (belgilari va alomatlari) va bola uchun oqibatlarini tavsiflang
(kichik guruhda ishlash uchun 10 daqiqa vaqt beriladi)



  • 1 kichik guruh - jismoniy zoʻravonlik

  • 2-kichik guruh - psixologik zoʻravonlik

  • 3 kichik guruh - jinsiy zoʻravonlik

  • 4 kichik guruh - gʻamxoʻrlikni yetishmasligi




Shuningdek, butun guruh 15 daqiqa davomida birgalikda ishlashini, javobni A1 qogʻozga (flipchart) yozishini va keyin guruhning bir vakili oldinga chiqishini va 5 daqiqa davomida guruh ishini taqdim etishini oldindan tushuntirib berish kerak.


Kichik guruhlar ishining 15 daqiqasidan soʻng kichik guruhlar ishining taqdimoti boshlanadi.
Har bir maʼruzachidan soʻng siz butun guruhdan qoʻshimchalar yoki savollar borligini soʻrash kerak. Har bir zoʻravonlik turi taqdimotidan soʻng taqdimot slaydlaridan foydalangan holda umumlashtiriladi va qoʻshimchalar kiritiladi:
Jismoniy zoʻravonlik uchun: 9, 10, 11, 12, 13, 14-slaydlar
Jismoniy zoʻravonlik, uning xususiyatlari, belgilari va oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda, oʻquvchilarni tarbiyalash uchun tez-tez ishlatiladigan jismoniy zoʻravonlik shakli sifatida jismoniy jazo haqida maʼlumot qoʻshish kerak. Ushbu maʼlumotni, maktab intizomi bolaning insoniy qadr-qimmatini hurmat qiladigan va BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga muvofiq tarzda saqlanishi kerakligini taʼkidlash bilan umumlashtiriladi.

Download 36.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling