Maktablarda zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish


Zoʻravonlik holati taʼlim muassasasi darajasida muvofiqlashtiriladi, hal qilinadi, boshqa mahkamalarning


Download 36.28 Kb.
bet7/8
Sana24.09.2023
Hajmi36.28 Kb.
#1686909
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5208469632557526923

2. Zoʻravonlik holati taʼlim muassasasi darajasida muvofiqlashtiriladi, hal qilinadi, boshqa mahkamalarning (huquqni muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari) resurslari jalb qilinishi kerak.
Agar ishni hal qilish uchun bu yetarli boʻlmasa:
3. Ish qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun boshqa mahkamalarga (huquqni muhofaza qilish organlari, tergov organlari) yoki oila va bolaning ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun – signal varaqasi orqali KVD kotibiyatining bolalarni himoya qilish boʻyicha mutaxassisiga topshiriladi (yoʻnaltiriladi).



Seminarning ushbu bosqichida ishtirokchilarni signal varaqasi mazmuni bilan tanishtirish kerak: 38-slayd. SOPdan signal varaqining asl nusxasini olish mumkin. Barcha taʼlim muassasalarida zarur hollarda foydalanish qulayligi uchun qogʻozda va elektron shaklda signal varaqasi blankalari boʻlishi kerak.


Keyinchalik, signal varaqasi mazmunini va uni qachon ishlatish kerakligini tushuntirish kerak (toʻldirilgan va topshirilgan).
Signal varaqasiga kuyidagilar kiradi:

  • Yuboruvchi haqidagi maʼlumotlar: toʻliq ismi-sharifi, ish joyi va egallab turgan lavozimi; mahalla/tuman/shahar; joʻnatish sanasi va vaqti; signal varaqasi raqami.

  • Qabul qiluvchi: Bolalarni himoya qilish boʻyicha mutaxassisning ismi; tuman/shahar/viloyat.

  • Manzil, aloqa maʼlumotlarini koʻrsatgan holda jabrlangan bola haqida maʼlumot.

  • Jabrlangan bolaning ota-onasi/qonuniy vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularni joylashuvi va aloqa maʼlumotlari.

  • Hodisa haqidagi maʼlumotlar: vaqt, joy, qisqacha tavsif.

  • Hodisa sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: toʻliq ismi-sharifi, manzili, aloqa maʼlumotlari, jabrlangan bola bilan munosabatlari va unga kirish imkoniyati.

  • Bolani himoya qilish boʻyicha harakatlar zarurligini aniqlash mezonlari.

Bolani himoya qilish choralariga ehtiyojni aniqlash uchun bir qator mezonlar qoʻllaniladi, ular bola hodisasi haqida xabar bergan shaxsga savol berish orqali aniqlanadi:

1. Zoʻravonlik sodir etgan shaxs tomonidan bolani kaltaklash, turtish, unga ogʻir narsa uloqtirish holatlari boʻlgan.
2. Bolani tashlab yuborish
3. Bolani boʻgʻish
4. Bolani sigareta, boshqa issiq narsalar bilan kuydirish
5. Jinsiy zoʻravonlik belgilari mavjud

6. Bolaga nisbatan gʻamxoʻrlikni yoʻqligini aniq belgilari mavjud
7. Tartibbuzar bolaga soʻz bilan tajovuzkorlik qiladi: baqiradi, haqorat qiladi, tahdid qiladi.
8. Koʻpincha qattiq jazo qoʻllaniladi.

Birinchi beshta savoldan biriga (1-5) ijobiy javob bolaning xavfsizligi uchun xavfning yuqori darajasi mavjudligini koʻrsatadi va bolani himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni boshlash uchun asos boʻladi (zoʻravonlikni sodir qilgan shaxsni qoʻlga olish yoki bolani oiladan olishni koʻrib chiqish). Shuningdek, bu holatda darhol signal varaqasi toʻldiriladi, u tuman/shaharning bolalarni himoya qilish boʻyicha mutaxassisiga (SMS, telegramma orqali) yuboriladi.


Ushbu harakatni amalga oshirish uchun barcha umumtaʼlim muassasalarida ushbu mutaxassisning aloqa maʼlumotlari boʻlishi kerak.
6-8 savoldan biriga ijobiy javob xavfning oʻrtacha darajasini koʻrsatadi va har tomonlama baholash hamda oilada bolaning xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish uchun asos boʻladi.

  • Bolaning xavfsizligini zudlik bilan taʼminlash uchun koʻrilgan choralar.

  • Imzo.


Download 36.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling