Taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchi xodimlar uchun
“Maktablarda zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzudagi oʻquv-trening mashgʻuloti.
I. Seminarning kirish qismi.
Tanishtirish.
Ishtirokchilardan oʻzlarini tanishtirishlarini soʻrang (lavozim, ish joyi)
Guruhda ishlash qoidalarini muhokama qiling (mobil telefonlarni oʻchirish, maʼruzachining soʻzini boʻlmaslik, savol berish va hokazo).
Seminar mazmuni:
Oʻzbekistonda bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha idoralararo yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan. Ushbu yoʻriqnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasining (YUNISEF) texnik koʻmagida Oʻzbekistonda “Taʼlim muassasalarida zoʻravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi chora koʻrish toʻgʻrisida”gi namunaviy nizom ishlab chiqdi.
Mazkur Nizom ijrosini taʼminlash uchun barcha taʼlim muassasalari xodimlarini ushbu Nizomning asosiy yoʻriqnomalari bilan tanishtirish.
|
Seminar maqsadi:
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik shakllari va ularning oqibatlari.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning belgilari va alomatlari.
Zoʻravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berishda taʼlim muassasasining barcha xodimlarining masʼuliyati.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar va zoʻravonlik holatlari ishtirokchilari (zoʻravonlikni sodir etgan shaxs, jabrlanuvchi, guvoh) bilan ishlash mazmuni.
Bolalarni himoya qilishning qonunchilik bazasi
Zoʻravonlik masalasiga oʻtishdan oldin ishtirokchilarning bola huquqlari va BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi haqidagi bilimlarini qisqacha muhokama qilish va aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |