Maktablarda zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish


Jinsiy zoʻravonlikning qoʻshimcha belgilari


Download 36.28 Kb.
bet5/8
Sana24.09.2023
Hajmi36.28 Kb.
#1686909
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5208469632557526923

Jinsiy zoʻravonlikning qoʻshimcha belgilari:
- Yoshga mos kelmaydigan jinsiy bayonotlar/bilimlar
- Biror bir shaxs yoki joydan tushunarsiz qoʻrquvni ifodalash
- Bolada jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasallikni borligi
- Bolada yurish yoki oʻtirish, yoki jinsiy aʼzolar joyida doimiy qichishish bor
- Tungi qoʻrqinchli tushlar, uyqu buzilishi
- Odamovilik
Gʻamxoʻrlikni yetishmasligi/eʼtiborsizlik/beparvo munosabat masalasi: 25, 26, 27, 28-slaydlar.
Slaydlarga qoʻshimcha maʼlumot:
Bolani ota-ona qaramogʻidan mahrum qilish: bolaning rivojlanishining kechikishiga olib kelishi mumkin va hayot davomida oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tibbiy eʼtiborsizlik, misollar: ota-onaning bolaning kasalligi paytida tibbiy yordam soʻrashdan bosh tortishi, shifokor tavsiyalariga eʼtibor bermaslik. Taʼlim ehtiyojlarini eʼtiborsiz qoldirish: ota-onalar bolalarning rivojlanishi haqida qaygʻurmaydilar, bolalarining maktabga borishini nazorat qilmaydilar, bolalarni uy ishlarini bajarish va aka-uka va opa-singillarga gʻamxoʻrlik qilish uchun uyda qoldirishadi.
Seminarning ushbu qismi yakunida taʼlim muassasalaridagi zoʻravonlik oqibatlari haqida qisqacha maʼlumot beriladi (30-slayd).
IV. Umumiy taʼlim muassasasida zoʻravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berish boʻyicha standart harakatlarni muhokama qilish
Seminarning ushbu qismi quyidagi savolni muhokama qilish bilan boshlanadi:

Savol:
Umumtaʼlim muassasasi xodimlaridan kim oʻquvchilarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha masʼuliyat/vazifalarga ega boʻlishi kerak?

Seminar ishtirokchilaridan masʼuliyat haqida soʻrash kerak (31-slayd):



  • Zoʻravonlik holatlarini aniqlash - KIM?

  • Zoʻravonlikni tugatish uchun zudlik bilan aralashuv - KIM?

  • Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish - KIM?

  • Ishni tahlil qilish va roʻyxatga olish - KIM?

  • Yordam berish, tarbiyaviy va intizomiy choralar koʻrish - KIM?

  • Ishni yopish/tugatish – KIM?


Download 36.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling