Malaka amaliyoti magistratura talabalarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan


I.  1. ILMIY-AMALIYOT (TAJRIBA ORTTIRISH)NING MAQSADI


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1533234
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4. КББИ малака фаолият дастури 2022

I. 
1. ILMIY-AMALIYOT (TAJRIBA ORTTIRISH)NING MAQSADI 
VA VAZIFALARI 
 
Malaka amaliyotining maqsadi – capital bozorining tashkiliy strukturasi,
kapital bozorini boshqarish mexanizmi amal qilishining tashkiliy-huquqiy asoslari, 
aktivlarni operativ boshqarish, mablag’larning harakati ustidan moliyaviy nazorat 
olib borish va aniqlangan kamchiliklar bo’yicha choralar ko’rish, moliyaviy risklarni 
boshqarish, bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish, moliyaviy hisobotlar bilan 
tanishish va to’g’ri to’ldirilganligi hamda rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqish,
qabul qilingan moliyaviy qarorlarning samaradorligini o’rganib chiqish, baholash
qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatining tashkiliy xususiyatlarini o’rganish, qimmatli 
qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari faoliyati bilan bevosita tanishish
qimmatli qog’ozlar bozoriga aktsionerlik jamiyatlari qimmatli qog’ozlarini 
joylashtirish va savdolarini tashkil etish tartibini o’rganish, qimmatli qog’ozlar 
bozoriga davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish va savdolarini tashkil etish 
tartibini o’rganish, qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini tartibga solish bo’yicha 
vakolatli organlar faoliyati sohasi bo’yicha malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishdan 
iborat. Malaka amaliyoti oliy ta’lim muassasasi va amaliyot o’tash ob’ektlari bilan 
tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. 
Mazkur amaliyotning asosiy vazifalari quydagilardan iborat: 
- o’quv jarayonida “Korporativ boshqaruv”, “Korporativ moliya strategiyasi”, 
“Kapital bozori”, “Birja ishi” kabi fanlardan olgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan 
bog‘lash; 


 

- tahsil jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy 
ko’nikmalarni shakllantirish; 
- magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalarini amaliy ma’lumotlar bilan 
boyitishga qulay sharoit yaratish
- korporativ moliyaviy boshqaruv tashkilotlari faoliyatini o’rganish; 
- qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatining tashkiliy xususiyatlarini o’rganish 
professional qatnashchilari bo’lgan korxona va tashkilot hamda muassasalarining 
amaliyoti bilan tanishish; 
- korporativ moliyani boshqarish mexanizmi amal qilishining tashkiliy-huquqiy 
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan amaliy tajribalarni o’rganish. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling