6
9-MAVZU. KAPITAL BOZORIDA SUVEREN QARZLAR
Suveren qarzlar o‘ziga xos xususiyatlari va tasniflanishi. Kredit reytingi va
uning suveren qarzlar bo‘yicha munosabatlarga taʼsiri. Kapital bozorida
rivojlangan davlatlar suveren qarzlari. Suveren qarzlar tarkibi va tartibga solish
mexanizmi. Rivojlanayotgan davlatlar suveren qarzdorligi, ularni tartibga solish
metodlari va instrumentlari. Xalqaro, mintaqaviy va milliy darajada suveren
qarzlarni tartibga solish xususiyatlari.
10-MAVZU. XALQARO FOND BOZORI
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozori tarkibi va dinamikasi. Xalqaro fond
bozori instrumentlari. Xalqaro fond bozori ishtirokchilari va savdo tashkilotchilari.
Xalqaro fond bozori markazlari. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar chiqarish va kapital
bozorida muomalasini tashkil etish. Xalqaro fond bozoridagi listing talablari.
Aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO, SPO) bozorlari.
11-MAVZU. KAPITAL BOZORINING INSTITUTSIONAL TARKIBI
Kapital bozori institutlari tasniflanishi. Xalqaro valyuta fondi. Jahon banki
guruhi: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi,
Xalqaro moliya korporatsiyasi, Ko‘ptomonlama investitsion kafolatlar agentligi,
Investitsion bahslarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz. Xalqaro hisob-kitoblar
banki.
IV. ILMIY-AMALIYOT (TAJRIBA ORTTIRISH) BO’YICHA ILMIY
RAHBAR VA TALABANING MAJBURIYATLARI
Malaka amaliyoti bo’yicha ilmiy rahbarning majburiyatlari:
– talabalarning amaliyotga chiqishidan oldin tashkiliy tadbirlarni o’tkazadi va
zaruriy ko’rsatmalar beradi;
– amaliyot ob’ektlariga talabalarning etib borganligi va zaruriy sharoitlari
me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qiladi;
– talabalarning amaliyot bo’yicha hisobotini ko’rib chiqadi, ularning amaliyot
o’tash yuzasidan tayyorlagan hisobotiga hulosa beradi.
Amaliyotchi talabalarning majburiyatlari:
– ilmiy rahbaridan amaliyot o’tash yuzasidan tegishli maslahatlar olish;
– amaliyot ob’ektiga o’z vaqtida etib borish va tashkilotning ichki mehnat
tartibi qoidalariga to’liq rioya etish;
– amaliyot dasturida ko’rsatilgan topshiriqlarni to’liq bajarish va amaliyot
kundaligiga qayd etib borish;
– amaliyot ob’ektida dasturda ko’rsatilgan mavzularga oid ma’lumotlarni
o’rganish va shu asosida hisobot tayyorlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |