Malaka amaliyoti
-rasm. Biznes rejaning turlari13
Download 380.34 Kb.
|
BBI-50 Abduqosimova Gulnoza - Hisobot
2-rasm. Biznes rejaning turlari13
Jahon amaliyotida biznеs-rеjani 5 bo`limdan 18 bo`limgacha yoki 7 bеtdan 50 bеtgacha hajmda va tuzilish muddati bo`yicha 1 yildan 5 yilgacha davrda uchratish mumkin. Biznеs-rеja rеzyumеsi (kirish,xulosasi)ning tarkibiy tuzishi. Biznеs-rеjaning kеyingi “Korxonani(firmani) tavsifnomasi” bo’limida korxona to’g’risida asosiy ma’lumotlar ifoda etilib bеriladi. Bu bo’limda sarmoyador(invеstor) loyiha haqida hukm chisarishi uchun zarur jihatlar, ya’ni firmaning imidji (ya’ni, xaridorlar (mijozlar)ning firmasidagi fikri, firmaning boshqa xuddi shunday shaklidagi firmalardan afzallik tomonlari, kimlar uning tovaridan yoki xizmatidan foydalanadi, firmaning savdo bеlgisi qayеrlarda ma’lum va asosiy xaridorlar (mijozlari) kimlardadan iboratligi ko’rsatiladi. Xulopsa qilib aytganda, biznes rejani ishlab chiqishda tadbirkorning o’zi (“birinchi rahbar”), firma (xo’jalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar ko’rigidan o’tkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Xulosa Malakaviy (bitiruv oldi) amaliyoti davomida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida mulk qiymatini baholash metodologiyasini qo’llashga oid masalalarga katta e’tibor berish orqali milliy iqtisodiyotda mulk, uning tasnifi, tavsifi, mulk qiymatini baholashning yondashuv va usullari to’g’risidagi aniq va to’liq ma’lumotlarga ega bo’lish bilan birga, mulk qiymatiga asoslangan holda va sifatli baholanishiga erishiladi hamda korxonalarda to’g’ri qaror qabul qilishga xizmat qiladi. 2. Har bir baholovchi tashkilot va baholovchilar Yagona Milliy Baholash Standartini o’zlashtirishlari, undagi baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar, atamalar va tariflari, baholash yondashuvlari va usullari, aktivlar qiymatini baholash standartlari, shuningdek, xalqaro baholash standartlari va ularni O’zbekiston sharoitida munosib qo’llash haqida chuqur bilimlarga ega bo’lishlari lozim. 3. Mulkni baholash turli omillarning mulk qiymati miqdoriga ta’sirini aniqlash imkonini beradigan iqtisodiy prinsiplar yig’indisi asosida amalga oshiriladi. Boshqa teng sharoitlarda mulk obyekti qiymatiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan omillarga qarab, mulkni baholashda qo’llaniladigan iqtisodiy prinsiplar yig’indisi quyidagi tarzda tasniflanishi mumkin: - bozor muhitiga bog’liq baholash prinsiplari; - mulkdorning mulk haqidagi tasavvuri bilan bog’liq baholash prinsiplari; - mulkdan foydalanish xususiyati bilan bog’liq baholash prinsiplari. 4. Aktivlar qiymatini baholash jarayoni baholovchining baholashga oid vazifani belgilashdan tortib obyektning pul birliklarida ifodalangan qiymat bahosini o’z ichiga olgan baholash haqidagi hisobotini buyurtmachiga topshirishgacha bo’lgan izchil harakatlari tizimini qamrab oladi. Baholashga oid vazifani aniq belgilash baholashga oid vazifaning xususiyatini to’liq va aniq talqin etish, baholash yondashuvlari va usullarini tanlash hamda hisobotda aks ettirilgan natijalarni talqin etish uchun zarur. 5. Baholovchi ko’chmas mulkni turli maqsadlarda baholashning shartlari va talablari haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi lozim. Masalan, ko’chmas mulkni baholash uchun 8-son MBS yoki xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash uchun esa 12-son MBS haqida chuqur bilimlarga ega bo’lishi zarur. 6. Qiyosiy yondashuv oʼxshash korxonalar yoki ulardagi mulk ulushlarining sotuv narxlari tahliliga asoslanadi. Qiyosiy yondashuv doirasida kapital bozori usulidan va bitimlar usulidan foydalanganda baholovchi kamida uchta oʼxshash korxonani tanlab olishi lozim. Taqqoslash uchun oʼxshash korxonalarni tanlashda qiyosiylik mezonlari tarkibi baholash shartlari va zaruriy axborot mavjudligi bilan belgilanadi. Daromad yondashuvi. Baholash obyekti qiymati pul oqimlarini diskontlash usuli yordamida baholash obyektidan prognoz davrida kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatlari va baholash obyektining prognoz davridan keyingi joriy qiymatini qoʼshish yoʼli bilan aniqlanadi. Bunda koʼrsatilgan qiymatlar baholash sanasidagi diskontlash stavkasi boʼyicha keltiriladi. Xarajat yondashuvi. Baholash obyektini baholash uchun xarajatga oid usulning tanlanishi baholovchi qabul qilgan baholash shartiga bogʼliq boʼladi: - sof aktivlar usuli ishlab turgan korxona baholangan holda qoʼllaniladi; - tugatish qiymati usuli korxonani tugatish sharti qabul qilingan holda qoʼllaniladi. Xulosa qilib aytganda, baholovchi tashkilot ichki qoidalari tizimini yaratishda samaradorlikni taʼminlash uchun baholovchi tashkilot ichida uslubiyot boʼyicha kengash (uslubiyot kengashi) yoki baholovchi tashkilot ixtiyoriga koʼra boshqa maxsus hayʼat organi tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Uslubiyot kengashi baholovchi tashkilotning rahbar xodimlari va professional mutaxassislaridan tuziladi hamda baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan Uslubiyot kengashi toʼgʼrisidagi nizom asosida faoliyat yuritadi. Uslubiyot kengashi baholovchilarning ish faoliyatining samaradorligini nazorat qilishi, baholovchilarning bilimlarini va malakasini oshirish uchun chora-tadbirlar ko’rib chiqish va nazorat olib borishi lozim. Download 380.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling