Malaka amaliyoti


Download 380.34 Kb.
bet9/15
Sana23.06.2023
Hajmi380.34 Kb.
#1651684
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
BBI-50 Abduqosimova Gulnoza - Hisobot

Standartdan chekinish shartlari
Mazkur Standart prinsiplariga muvofiq, agar ushbu Standartning ba’zi bir talablaridan farq qiladigan qonunchilik hujjatlari, normativ hujjatlar yoki boshqa umume’tirof etilgan talablarga rioya etilishi zarur bo’lsa, baholovchi shu talablarga rioya etishi lozim. Baholash haqidagi hisobotda mazkur Standart talablaridan chekinishlar dalillar bilan tasdiqlangan va asoslangan bo’lishi sharti bilan, bunday baholash Standartga muvofiq o’tkazilgan deb hisoblanadi.
Baholovchi tashkilotlar o’z ichki hujjatlarida o’rnatgan baholash bo’yicha o’rganishlar o’tkazish va axborot to’plash tartib-taomillariga, agar ular mazkur Standartga hamda baholash faoliyati to’g’risidagi qonunchilik hujjatlariga zid bo’lmasa, rioya etishlari mumkin.
Baholash haqidagi hisobotni tuzish (4-son MBS)
Baholash natijalari baholash faoliyati to’g’risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan hamda baholovchi tashkilotning to’plangan axborot va hisob-kitoblari asosida tasdiqlangan baholash obyekti qiymati to’g’risidagi baholash haqidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.
Baholash haqidagi hisobotda baholashni yoki baholash ekspertizasini to’g’ri tushunish uchun zarur axborot bo’lishi lozim. Hisobot foydalanuvchilarga baholash haqida aniq tasavvur berishi zarur.
Baholash haqidagi hisobotni tuzish (4-son MBS) har qanday aktivlar va majburiyatlarni baholash bo’yicha barcha hisobotlarni tuzishda, shuningdek baholash haqidagi hisobotlar ishonchliligini ekspertiza qilishda qo’llash majburiy hisoblanadi.
Baholash haqidagi hisobotda mazkur Standartga muvofiqligi ko’rsatilishi va ulardan har qanday chekinishlar ochib berilishi, foydali axborot berish maqsadida baholashga oid vazifaning hajmi va mazmuni, uning maqsad va foydalanish (shu jumladan, foydalanishga har qanday cheklovlar) qat’iy va aniq bayon etilgan bo’lishi, shuningdek har qanday chekinishlarni yoki baholashga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qiladigan cheklovchi shartlarni ochib beruvchi axborotni o’z ichiga olishi lozim.
Baholash haqidagi hisobot shakli (elektron yoki qog’oz ko’rinishda) baholashga oid vazifaga muvofiq taraflar tomonidan kelishib olinishi lozim.
Baholash haqidagi hisobotning mazmuni hisobot foydalanuvchilarini adashtirmasligi, shuningdek baholash natijalarining har xil talqin etilishiga yo’l qo’ymasligi lozim. Bunda hisobotda baholashga oid vazifaning hajmi, bajarilgan ishlar va olingan natijalar haqida axborot bo’lishi zarur. Baholash haqidagi hisobotda ilgari baholashga oid vazifada ishtirok etmagan baholash bo’yicha malakali mutaxassis, haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, hisobotni tahlil qila olishi lozim.
Baholash haqidagi hisobotga oraliq va yakuniy natijalarni belgilashda baholash jarayonida foydalanilmaydigan axborot, agar mazkur Standart talablariga muvofiq majburiy bo’lmasa, kiritilmasligi lozim.
Baholash to’g’risidagi hisobot mazmuniga oid talablar
Baholash to’g’risidagi hisobotda quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi kerak:

  1. baholash to’g’risidagi hisobot tuzilgan sana va uning tartib (ro’yxatdan o’tkazilganlik) raqami;

  2. baholash obyektini baholashdan o’tkazish uchun asos;

  3. baholash obyektini baholashning maqsadi;

  4. baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;

  5. baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotlar;

  6. baholash obyektini baholashdan o’tkazgan baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikati to’g’risidagi ma’lumotlar;

  7. baholash obyektining uning qiymatini aniqlash sanasidagiga aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek baholash obyekti mulkdorining rekvizitlari;

  8. baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash obyektini baholashdan o’tkazishda foydalanilgan ma’lumotlarning mazkur ma’lumotlar olingan manbalar ko’rsatilgan holdagi ro’yxati;

  9. baholash obyektini baholashdan o’tkazish izchilligi, shuningdek olingan natijani qo’llanish chegaralari;

  10. baholash obyektining qiymati aniqlangan sana;

  11. baholovchi tashkilot foydalanadigan hamda baholash obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar ro’yxati.

Baholash to’g’risidagi hisobotda baholovchi boshqa axborotlarni ham ko’rsatishi mumkin.
Baholash jarayonida foydalanilgan axborot baholash haqidagi hisobotda baholash faoliyati sohasida maxsus bilimlarga ega bo’lmagan hisobotdan foydalanuvchilar tomonidan baholash jarayonining mantiqini hamda baholovchining aktiv yoki aktivlar qiymatini baholash bo’yicha amalga oshirgan xatti-harakatlari ahamiyatini tushuna olishi kerak.
Baholash jarayonida foydalanilgan axborot ochib berilishi kerak, bundan maxfiy tusga ega bo’lgan axborot mustasno. Maxfiy axborotni baholovchi faqat buyurtmachi va (yoki) bunday axborotni bergan shaxslar bilan kelishgan holda yoki sudning tegishli qarori bo’yicha ochib berishi mumkin. Foydalaniladigan axborotning maxfiylik darajasi buyurtmachi va (yoki) bunday axborotni bergan yoki unga bevosita aloqador bo’lgan shaxslar tomonidan belgilanadi.
Baholash uchun foydalanilgan hamda baholash haqidagi hisobotda ko’rsatilgan axborotda, u yozma yoki og’zaki bo’lishidan qat’i nazar, qaysi manbadan olinganligiga havola berilishi lozim.
Baholash haqidagi hisobotning har bir sahifasi raqamlangan va baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolangan, tikilgan bo’lishi, shuningdek baholovchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan bo’lishi shart.
Agar baholash bir nechta baholovchi tomonidan olib borilgan bo’lsa, baholash haqidagi hisobotda ularning baholash haqidagi hisobotni tayyorlash jarayonida bajargan ishlari ko’rsatiladi.
Baholash haqidagi hisobot elektron hujjat shaklida tayyorlanganda ushbu hisobot baholovchi va baholovchi tashkilot rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Baholash haqidagi hisobotga ilovalarda baholovchi baholash haqidagi hisobotni tayyorlash jarayonida foydalangan hujjatlar nusxalari, shuningdek baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish polisi nusxalari bo’lishi lozim.
Men amaliyot davomida ko’chmas mulkni baholashni ko’rib chiqdim. Amaliyot joyidagi rahbarim boshchiligida noturar joy binosini bozor qiymatini aniqlash maqsadida baholadik.
Baholashning maqsadi: garov ta’minoti.
Baholanayotgan qiymat turi: Bozor qiymati.
Noturar joy binosini baholashda 3 ta yondashuvdan foydalanildi, bular: xarajat, qiyosiy va daromad yondashuvlari.
Dastlab noturar joy binosining kadastr hujjati hamda kompaniyaning vakillari tomonidan tuzilgan dalolatnoma ko’zdan kechirildi.
Noturar joy binosini xarajat yondashuvi asosida qiymatini aniqlashda kadastr hujjatida mavjud literlar asosida har bir bino alohida baholanadi. Baholanayotgan obyektlarning tiklanish qiymatini aniqlashda «Oʼzbekiston Respublikasi Geodezkadastr Bosh Boshqarmasi» ning 2004 yil 10 sentyabrdagi № 62 sonli buyrugʼi va «Uzkommunxizmat» agentligining 2004 yil 19 martdagi № 41 sonli buyrugʼiga asosan muomalaga kirgizilgan toʼplamning kitoblaridan foydalanildi, asosiy vositalarni (uskunalar, extiyot qismlar, inventarlar va boshqalar) baholash qiymatlari bozor konʼyukturasidan kelib chiqqan holda va indeks metod(usulidan) foydalanilgan holda aniqlandi. Baholangandan so’ng jami yeg’ildi. O’zboshimcha qurilish mavjud bo’lsa, jami qiymatdan chiqarib tashlandi, ya’ni o’zboshimchalik bilan qurilgan binolar alohida baholanildi va asosiy qurilishdan alohida holda jamiga yeg’ildi. Yer uchastkasi hududida mevali, manzarali daraxtlar mavjud bo’lsa, u ham kitobda keltirilgan koeffitsiyentlar asosida baholab chiqildi. Yer uchastkasiga boʼlgan mulkiy huquqlar qiymati aniqlandi. Hisoblangan har bir ishlar jamlanib qo’shildi. Shu asosda xarajat yondashuvi orqali baholangan yer uchastkasi qiymati aniqlandi.
1-jadval4

Jami koʼchmas mulklarning baholanish qiymati(soʼm)

9560859000

Yer uchaskasidan foydalanish huquqi qiymati(soʼm)

1473086000

Ko’chmas mulkning "Xarajatga oid" yondoshuvdagi jami baholanish qiymati (soʼm):

11033945000



Yuqoridagi jadval asosida shuni ko’rishimiz mumkinki, ko’chmas mulk obyektining bozor qiymati tiklanish qiymati va yer uchastkasining bozor qiymatini qo’shish yordamida aniqlanadi (Sxy=Stik+Syer). Ushbu hisob-kitoblar natijasida xarajatli yondashuv asosida baholanayotgan obyektimizning yakuniy bozor qiymati 11 033 945 000 so’mni tashkil etdi.
Baholash obyekti qiymatini qiyosiy yondashuv bilan baholashda taqqoslash birligini tanlash, qoida tariqasida, koʼchmas mulk tipi bilan belgilanadi. Baholash maqsadi, baholash natijalaridan foydalanish moʼljalidan kelib chiqib, shuningdek internet tarmogʼining www.olx.uz; www.e-auksion.uz; www.uy-joy.uz; www.uybor.uz saytlari orqali koʼchmas mulk tipiga mos boʼlgan mulkiy majmua topib oʼrganildi. Koʼchmas mulk tipiga xos boʼlgan shartlarda amalga oshirilish taklifi bildirilgan, baholash obyektiga asosiy iqtisodiy, fizik, texnik va boshqa tavsiflarga koʼra oʼxshash, narxi oʼxshash shartlarda tuzilgan 3 ta analog tanlandi. Qaysi taqqoslash elementi boʼyicha analog va baholash obyekti oʼrtasida farq mavjud bo’lsa, shu taqqoslash elementi analogining narxiga tuzatishlar kiritiladi. Agarda kadastr hujjatida asosiy qurilishga kiritilmagan binolar mavjud bo’lsa, ularning qurilish osti maydoni jami qurilish osti maydonidan ayirib tashlanadi va tuzatishlar kiritiladi.
Hisobotimizdagi baholanayotgan ob’yektning «Qiyosiy» yondashuvda baholash sanasiga aniqlangan qiymati 20 309 604 000 soʼmni tashkil qildi.
Shuningdek, “UZGERMED PHARM” MCHJ binosining bozor qiymatini daromadli yondashuv asosida baholashda daromadni kapitallashtirish usuli qo’llanilgan.
To’g’ridan-to’g’ri kapitallashtirish usuli eng tipik yillik daromadni qiymatga uni daromadning baholash obyektiga o’xshash ko’chmas mulk obyektlari qiymatiga nisbati haqidagi bozor ma’lumotlari tahlili asosida hisoblangan kapitallashtirish stavkasiga bo’lish yo’li bilan to’g’ridan to’g’ri o’zgartirishga asoslangan:
(1)5;
bu yerda:

Download 380.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling