Malaka amaliyoti


Download 380.34 Kb.
bet5/15
Sana23.06.2023
Hajmi380.34 Kb.
#1651684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BBI-50 Abduqosimova Gulnoza - Hisobot

Ko’chmas mulkdan eng samarali foydalanish
Aksariyat baholash bazalaridan kelib chiqib baholovchi ko’chmas mulkdan eng samarali foydalanilishini hisobga olishi lozim. Eng samarali foydalanish tahlili ko’chmas mulkning bozor qiymatini aniqlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
Baholash obyektidan eng samarali foydalanish ko’chmas mulkdan uning eng yuqori unumdorligini ta’minlaydigan (uning eng katta qiymatiga mos keladigan), jismoniy jihatdan amalga oshirish mumkin bo’lgan, huquqiy jihatdan yo’l qo’yilgan (baholash obyekti qiymatini aniqlash sanasida) va moliyaviy jihatdan o’zini oqlaydigan foydalanishdir.
Baholash obyektidan eng samarali foydalanish uning haqiqiy foydalanilishiga mos kelishi yoki undan boshqacha tarzda foydalanishni, masalan, yer uchastkasida mavjud kapital qurilish obyektlarini ta’mirlash (yoki rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutishi mumkin.
Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlili ko’chmas mulk obyektidan eng ko’p foyda olinadigan tarzda foydalanish imkonini beradi, zero, bozor ishtirokchilari (xaridorlar va sotuvchilar) bitim narxini shuni mo’ljallab shakllantiradilar.
Ko’chmas mulkni baholashda baholash yondashuvlari va usullarini qo’llash
Ko’chmas mulkni baholashda qo’llaniladigan baholash yondashuvlari va usullarini qo’llash 6-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. Ko’chmas mulkni baholashda qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlari qo’llaniladi.
Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash (12-son MBS)
Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash 1 - 6-son MBSlari talablari asosida amalga oshiriladi. Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash (12-son MBS) xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholashga doir qo’shimcha talablarni belgilaydi.
Quyidagilar xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining baholash obyektlari hisoblanadi:

  • ijara shartnomasi shartlari asosida foydalanayotgan ko’p kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);

  • qayta qurilishi, ta’mirlanishi tugallangandan keyin aholi ko’chib kirmagan hamda bo’shatilgan kvartiralar, bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);

  • yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.

Baholash obyektini identifikatsiya qilish baholovchi tomonidan buyurtmachi va (yoki) u vakil qilgan shaxs taqdim qilgan hujjatlar ― uy-joy yoki turar joyga doir inventar hujjatlar yig’majildi asosida baholash obyektini ko’zdan kechirish, o’lchab ko’rish, fotosuratga olish, uning amalda mavjudligi va haqiqiy holatini o’rganish, obyektning nomini, joylashgan erini, miqdor va sifat tarkibini, texnik tavsiflarini hamda baholash obyektining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa ma’lumotlarni o’z ichiga olgan tavsiflash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Turar joyning umumiy maydoni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilingan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Baholash usullarini tanlash, asoslash va qo’llash
Xususiylashtirish maqsadida baholash obyektining qiymatini baholash baholovchi tomonidan qoldiq balans qiymati usulidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Qoldiq balans qiymati usuli bilan xususiylashtirilishi lozim bo’lgan turar joyni hisoblashda kvartiralarning umumiy maydoni 1 kv.m.ning qiymati uy-joy qoldiq balans qiymatining uyning barcha kvartiralari umumiy maydoni yig’indisiga nisbati sifatida aniqlanadi. Uy-joyda noturar joylar mavjud bo’lgan taqdirda, ularning qiymati va umumiy maydoni hisobdan chiqarib tashlanadi.
Agar baholash obyektining yig’ilgan amortizatsiyasi 90 va undan yuqori foizni tashkil qilgan taqdirda, qoldiq qiymati sifatida boshlang’ich balans qiymatining 10 foizi qabul qilinadi.
Turar joyning iste’molchilik sifatlari jamlangan koeffitsiyenti baholovchi tomonidan iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yig’indisini chiqarish yo’li bilan hisoblanadi.
Baholovchi baholash to’g’risidagi hisobotda xususiylashtirilishi lozim bo’lgan turar joyning hisoblangan qoldiq qiymatini hamda turar joyning iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yig’indisini ko’rsatadi.



  1. Download 380.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling