Malaka amaliyoti


Baholash faoliyati jarayonida qo’llaniladigan Yagona baholash milliy standartlari


Download 380.34 Kb.
bet6/15
Sana23.06.2023
Hajmi380.34 Kb.
#1651684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BBI-50 Abduqosimova Gulnoza - Hisobot

Baholash faoliyati jarayonida qo’llaniladigan Yagona baholash milliy standartlari

O’zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti 2020-yil 4-iyun kuni davlat ro’yxatidan o’tkazilgan. Mazkur me’yoriy hujjat davlatimiz rahbarining Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni va 2019-yil 1-iyuldagi “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
YaMBS – bu baholashga oid vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan standart bo’lib, ular respublika qonun hujjatlari doirasida baholash amaliyotida ishonchlilik, ochiq-oshkoralik va kelishuvlilikni ta’minlaydi.
Har bir milliy baholash standarti bir yoki bir nechta masalalarni hal etadi va quyidagilarni belgilaydi:
-baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar va atamalar;
- baholashga oid vazifalarni bajarish va baholash bo’yicha hisobotlar tuzish bo’yicha umumiy talablar;
-hisobga olinishi lozim bo’lgan aniq mulohazalar hamda aktivlar yoki majburiyatlar turlarini baholash uchun keng foydalaniladigan usullar.
Hujjat baholash YaMBSga muvofiq o’tkazilishi uchun rioya etilishi lozim bo’lgan majburiy talablarni o’z ichiga oladi. Standart bo’limlarida baholashni o’tkazishda hisobga olinadigan asos bo’luvchi prinsiplar va konsepsiyalar aks ettiriladi.
YaMBS tuzilmasi ikkita asosiy qismga – umumiy baholash standartlari va aktivlarni baholash standartlariga bo’linadi.
Umumiy baholash standartlari oltita hujjatni o’z ichiga oladi:
1-son MBS «Baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar, atamalar va tariflar»;
2-son MBS «Baholashga oid vazifa»;
3-son MBS «Baholash jarayonida o’tkaziladigan o’rganishlar va tahlillar»;
4-son MBS «Baholash haqidagi hisobotni tuzish»;
5-son MBS «Baholash bazalari»;
6-son MBS «Baholash yondashuvlari va usullari».
Aktivlar qiymatini baholash standartlari beshta hujjatni o’z ichiga oladi:
7-son MBS «Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini baholash»;
8-son MBS «Ko’chmas mulkni baholash»;
9-son MBS «Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholash»;
10-son MBS «Mashina va uskunalarni baholash»;
11-son MBS «Tovar-moddiy zaхiralarni baholash»;
12-son MBS «Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash»;
13-son MBS «Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo’yiladigan umumiy talablar».
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida baholash faoliyati oldiga baholashda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, milliy standartlarni хalqaro standartlarga maksimal darajada yaqinlashtirish, baholash natijalarini хorijiy investorlar uchun yanada tushunarli bo’lishini ta’minlash, baholash хizmatlari sifatini yanada oshirish va mahalliy baholashning хorij bozorlariga olib chiqish imkoniyatini yaratish vazifalari qo’yildi.
Xalqaro baholash standartlari quyidagi prinsiplarga asoslanadi: mustaqillik, хolislik, insoflilik, kasbiy malaka va maхfiylik. Milliy standartlar ushbu barcha ko’rsatib o’tilgan prinsiplarga rioya etilgan holda ishlab chiqilgan. Bunda 2020-yildagi so’nggi o’zgartirishlar va qo’shimchalarni hisobga olgan holda 2017-yilgi tahrirdagi Xalqaro baholash standartlaridan foydalanilgan.
YaMBSning eng muhim jihati shundaki, u turli aktivlarni (biznes, ko’chmas mulk, nomoddiy aktivlar va intellektual mulk, mashina va uskunalar, tovar-moddiy zaхiralar, хususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini) baholash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy baholash standartlarini qo’llash metodikasini o’z ichiga oladi.
Ushbu Metodika yopiq hisoblanmaydi. U O’zbekiston Respublikasi mol-mulkini baholashda minimal darajadagi zaruriy yondashuvlar va usullarni o’z ichiga olgan. Baholovchilar baholash faoliyati va milliy baholash standartlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, jahon amaliyotida qo’llaniladigan boshqa yondashuv va usullardan foydalanishga haqlidir.

Download 380.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling