Malaka amaliyoti


Mulk qiymatini baholash hisobotini tuzish jarayoni


Download 380.34 Kb.
bet8/15
Sana23.06.2023
Hajmi380.34 Kb.
#1651684
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
BBI-50 Abduqosimova Gulnoza - Hisobot

Mulk qiymatini baholash hisobotini tuzish jarayoni

Ko’chmas mulk qiymatini baholashda, agar baholash obyektini baholashda qo’llanilayotgan normativ-huquqiy hujjatda yoki baholash obyektini baholash to’g’risidagi shartnomada o’zgacha tartib o’rnatilgan bo’lmasa, baholash obyektining bozor qiymati aniqlanishi lozim. Bozor qiymatidan boshqacha qiymat aniqlanishi lozim bo’lgan holatlarda qo’llanish sabablari hamda aniqlanayotgan qiymat va bozor qiymati o’rtasidagi farqlar baholash to’g’risidagi hisobotda bayon etilishi va yoritib berilishi lozim.
Baholash obyektining bozor qiymati oldi-sotdi bitimini tuzish xarajatlari va bitim bilan bog’liq bo’lgan soliqlarni hisobga olmasdan aniqlanadi.
Mamlakatimizda ko’chmas mulk qiymati baholanishi O’zbekiston Respublikasi 8-son mulkni baholash milliy standarti “Ko’chmas mulkni baholash” milliy standarti asosida amalga oshiriladi. Bunda dastavval, baholash maqsadi belgilanadi, baholash maqsadi sifatida baholash natijalaridan yoki baholash to’g’risidagi hisobotdan foydalanishning buyurtmachi tomonidan mo’ljallanayotgan usuli ko’rsatiladi.
Belgilangan maqsaddan kelib chiqqan holda baholashga oid vazifa buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan hamkorlikda tuziladi va baholash obyektini baholash to’g’risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Baholashga oid belgilangan vazifa asosiylaridan biri bu baholash obyektining tavsifini aniqlanishidir.
Baholash jarayonida o’tkaziladigan o’rganishlar va tahlillar (3-son MBS)
3-son MBS har qanday aktivlar va majburiyatlarni baholash bo’yicha vazifalarni bajarishda, shuningdek baholash haqidagi hisobotlar ishonchliligini tekshirishda (baholash ekspertizasi) qo’llaniladi.
Asoslangan baholashni tayyorlash uchun obyektni ko’zdan kechirish (identifikatsiya qilish), so’rovlar tuzish, hisob-kitoblar va tahlil o’tkazish kabi vositalar yordamida yetarli miqdorda ma’lumotlar to’planishi kerak.
Agar baholashga oid vazifa baholovchidan tashqari boshqa shaxsdan olinadigan axborotdan foydalanishni nazarda tutsa, u holda bunday axborot qanchalik ishonchli ekanligi hamda bu axborotga baholash haqidagi hisobotning obyektivligiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan tarzda qanchalik tayanish mumkinligi tahlil qilinishi kerak. Baholovchiga taqdim etilgan axborotlar tasdiqlangan bo’lishi lozim.
Taqdim etiladigan axborotning to’g’riligi yoki ishonchliligini tasdiqlashning imkoni bo’lmagan hollarda bunday axborotdan foydalanilmasligi kerak.
Taqdim etiladigan axborotning to’g’riligi va ishonchliligi masalasini hal qilishda baholovchi quyidagilarni hisobga olishi lozim:

  • baholashning maqsadini;

  • axborotning qiymat haqida xulosa qilish uchun ahamiyatliligini;

  • manbaning ishonchliligini;

  • axborot manbai affillangan shaxs sifatida qaralayotgan aktivga yoki baholashni oluvchisiga bog’liq yoki bog’liq emasligini.

Agar baholashga oid vazifani bajarish vaqtida baholashga oid vazifaga kiritilgan va bajarilayotgan o’rganishlar natijalari to’g’ri baholashni ta’minlamasligi yoxud uchinchi shaxslar beradigan axborotdan foydalanishning imkoni yo’qligi yoki noto’g’riligi ayon bo’lib qolsa, u holda baholovchi baholashga oid vazifani bajarishni davom ettirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi lozim.
Qiymatni baholash bo’yicha ma’lumotlar
Baholovchi baholash jarayonida olingan, qiymat to’g’risida yakuniy xulosa chiqarishga yordam bergan barcha ma’lumotlarni baholash haqidagi hisobot nusxasini saqlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat davomida saqlashi lozim. Bu ma’lumotlar yakuniy xulosalarni olishga asos bo’lgan asosiy boshlang’ich ma’lumotlarni, hisob-kitoblarni, o’rganish va tahlillar natijalarini, shuningdek buyurtmachiga taqdim etiladigan har qanday dastlabki va yakuniy hisobotlar nusxalarini o’z ichiga olishi lozim.
Baholashni olib borishda baholovchi mavjud barcha axborot va ma’lumotlardan qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda maxfiylik sharoitida foydalanishi shart.

Download 380.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling