Malaka amaliyoti


Xulosa………………………………………………………………….…....51


Download 380.34 Kb.
bet2/15
Sana23.06.2023
Hajmi380.34 Kb.
#1651684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BBI-50 Abduqosimova Gulnoza - Hisobot

Xulosa………………………………………………………………….…....51
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………..........53
Ilovalar


Kirish
Men Abduqosimova Gulnoza Xilolitdinovna 2023-yilning 13-martidan 10-iyuniga qadar “O’ZSANOATQURILISHBANK” ATBda malakaviy (bitiruv oldi) amaliyotini o’tadim.
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotning asosiy maqsadi, talabalarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lash, bitiruv oldi malakaviy ishi mavzusiga oid ma’lumotlarni to’plash, baholash faoliyatidagi jarayonlarni o’rgangan holda, mulklarni baholashda yondashuvlarni tanlash va ulardan foydalanishni o`zlashtirish, so`ngi qarorni qabul qilish asosida xulosada aks ettirish, yakuniy hisobotni tuzish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
Amaliyot davomida men biriktirilgan amaliyot joyidagi raxbardan baholash faoliyati to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Jumladan, baholash jarayoni - bu baholanadigan obyekt qiymatining taxminiy qiymatini olish uchun ishlatiladigan bir qator bosqichlarni o’z ichiga olgan protseduralarning ma’lum bir ketma-ketligi ekanligi angladim. Yagona Milliy Baholash Standarti O’zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni, 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori  xalqaro baholash standartlari tamoyillari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilashini tushinib oldim.
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti amaliyoti mobaynida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga harakat qildim:
- bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o’rganish;
- bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha amaliy ma’lumotlarni o’rganish, qayta ishlash, tahlil qilish va qarorlar qabul qilish;
- bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid tizimdagi yangiliklar va amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o’rganish, bitiruv malakaviy ishi va bitiruv oldi hisobotlarini tayyorlash.



  1. Download 380.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling