haqida soʼzlaydi;
⚫ guruhlar, ayrim oʼquvchilar faoliyatini baholaydi oʼzaro baholashlarga yakun yasaydi;
⚫ oʼquv mashgʼuloti maqsadiga erishganlik darajasini tahlil
qiladi va baholaydi.
Shuningdek, keys-stadi metodi oʼzida quyidagi afzalliklarni va boshqa oʼqitish metodlaridan ajralib turuvchi jihatlariga ega:
1) u ѐki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim modelining mavjudligi hamda ushbu modelьь holatining muayyan vaqt birligi ichida tahlil etilishi;
2) muammo yechimini aniqlashga jamoaviy tarzda erishish. Muammoning yechimida turli muqobil javoblarning mavjudligi. Yagona yechimning mantiqan mavjud emasligi;
3) muammo yechimini izlashda yagona maqsadning qoʼyilishi;
4) Faoliyatni baholashning guruhiy tizimining mavjudligi.
Keys – bu yaxlit axborotlar majmui. Qoidaga koʼra, keys uch qismdan iborat boʼladi:
1) keysni tahlil etish uchun zarur ѐrdamchi axborotlar;
2) aniq vaziyat baѐni;
3) keys topshirigʼi.
Keysning hujjatlashtirish haqida maʼlumot
Keysda baѐn qilingan vaziyat institutsional tizimda (shu oʼrinda va keyinchalik - korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy haѐtdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan real ѐki sunʼiy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi inʼikosidan iboratdir. Muammoli vaziyat. Mazkur holda vaziyat subʼektining hozirgi vaqtda ѐki kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat tushuniladi.
Keysning ilmiy pasporti tayѐrlanadi va unda albatta ilmiy pasport tayѐrlaniladi. Maqsadning qoʼyilishi.
□ Keysning oʼquv kursi tuzilmasidagi oʼrnini belgilash.
□ Uning taʼlim maqsadini toʼliq ifoda etish.
□ Keysning talabalarning taʼlimdagi yutuqlari natijalari uchun
«masʼuliyat zonasi»ni aniqlash:
oʼzlashtirilishi/kengaytirilishi rivojlantirilishi lozim boʼlgan bilim, malaka va koʼnikmalar roʼyxati.
Muammo qandaydir harakatlar qilish uchun yetilgan zarurat bilan uni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yetishmasligi oʼrtasidagi ziddiyatning amal qilishi va ifodalanishi shaklidan iboratligi sababli muammoning ifodalanishi ana shu ziddiyatni belgilanadi.
«Keys-stadi» texnologiyasidan taʼlim natijalarini nazorat qilish va tekshirishda ham foydalanish mumkin. Har bir oʼquvchiga imtixondan oldin individual keys beriladi. Oʼquvchilar keysdagi topshiriqlarni bajarib, hisobot shaklida oʼqituvchiga topshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |