Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Darsga tayѐrlanish jaraѐnida oʼqituvchi oʼquv maqsadlarini hisobga olgan holda har xil turdagi keyslarni ishlab chiqishi lozim


Download 156.09 Kb.
bet63/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Darsga tayѐrlanish jaraѐnida oʼqituvchi oʼquv maqsadlarini hisobga olgan holda har xil turdagi keyslarni ishlab chiqishi lozim.
Keys asosidagi oʼquv mashgʼulotlarida oʼquvchilar faoliyatini turli shakllarda tashkil qilish imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilaѐtgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda "Аqliy hujum", bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama qilinishi mumkin.
Ochiq muloqotda asosiy omillar oʼquvchilarning koʼnikma va malakalari, oʼqituvchining muloqotni tashkil eta olish qobiliyati sanaladi. Savollarni berish jaraѐnida oʼqituvchi oʼquvchilarning diqqatini keys matnidagi aniq axborotga qaratadi, toʼgʼri javob berishga undaydi. Keys matndagi muammoni ajratib olish, vaziyatni baholash, hodisa va jaraѐnni tahlil qilish oʼquvchilarning kommunikatsion koʼnikmalarini ham rivojlantiradi.
Darsga tayѐrlanish jaraѐnida oʼqituvchi oʼquv maqsadlarini hisobga olgan holda har xil turdagi keyslarni ishlab chiqishi lozim.
«Keys-stadi» texnologiyasiga qoʼyiladigan talablar:
mavzu dolzarb va bir nechta yechimlarga ega boʼlishi;
tanlangan matn oʼquv mashgʼulotining maqsadiga mos kelishi;
tadqiq qilinaѐtgan muammoni hal etish uchun axborotning yetarli boʼlishi.
Keys-stadi” boshqa texnologiyalardan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:
1. Topish va hal qilish zarur boʼlgan muammoli vaziyatning mavjudligi.
2. Muammoni jamoada muhokama qilish.
3. Muammoning bir nechta yechimlari mavjudligi.
4. Taʼlim oluvchilarning emotsional holatlarini boshqarish mumkinligi.
5. Faoliyatni baholash imkoniyati.
Keys texnologiyasini tashkil etishda oʼqituvchining faoliyati ikki bosqichdan iborat boʼladi:
Birinchi bosqich — keysni va uning tahlili uchun savollarni ishlab chiqish uchun oʼqituvchining ijodiy ishi. Bu bosqich oʼquv mashgʼulotidan oldin amalga oshiriladi va pedagogning ilmiy-tadqiqot, metodik va konstruktiv faoliyatini qamrab oladi.
Ikkinchi bosqich — oʼqituvchining auditoriyadagi faoliyati. Bunga oʼqituvchining kirish soʼzi, xulosasi, kichik guruhlarda ishni tashkil etishi, bahs-munozarani boshqarishi, vaziyat tahlili boʼyicha oʼquvchilar faoliyatini baholashi kiradi.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling