Malakaviy amaliyot dasturi (4+2 tartibida) (iii-kurs)
Download 36.18 Kb.
|
3-kurs amaliyot dasturi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (4+2 tartibida) (III- kurs )
- Taqsimot Vaqt (soat)
- Tuzuvchilar: Pardayev A.H
- Toshboyev F.E. O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, dosent
- O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i: H.Xamzayev Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i: I.Mo‘minov
- Amaliyot bo‘yicha umumiy rahbar
- Uzluksiz pedagogik amaliyot zarurati
- Amaliyotning maqsadi
- Amaliyot yakunida natijadorlik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti «Tasdiqlayman» JDPU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _________________B.To‘xtamishev «____» ____________ 2022 Malakaviy amaliyot dasturi (4+2 tartibida) (III-kurs)
Tuzuvchilar:
O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i: H.Xamzayev Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i: I.Mo‘minov
Amaliyot bo‘yicha umumiy rahbar: F.Toshboyev, A.Valiyev, G.Tilovova, A.Ibragimov, J.Jumayev, N.Doniyorov Ish joyi: A.Qodiriy nomidagi JizDPU Bog‘lanish telefon raqami: (93_) 303 46 33 E-mail: furqat7312@mail.ru Prerekvizitlar: Mazkur uzluksiz pedagogik amaliyot davrini o‘tash uchun talaba quyidagi fanlarni egallagan bo‘lishi kerak: Jaxon tarixi va O‘zbekiston tarixining asosiy davrlari, Yordamchi tarix fanlari, Arxeologiya, Manbashunoslik, pedagogika va psixologiyaning asosiy aspektlari. Postrekvizitlar: Mazkur uzluksiz pedagogik amaliyot asosiy amaliyot hisoblanib O‘zbekiston tarixi, Jaxon tarixi, Yordamchi tarix fanlari, Tarixiy o‘lkashunoslik va pedagogika fanlarini egallash uchun amaliy yordam beradi. Mazkur amaliyot Tarix fanlari va pedagogik amaliyot (4-kurs) uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Uzluksiz pedagogik amaliyot zarurati Uzluksiz pedagogik amaliyoti davomida amaliyotchi-talabalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ijtimoiy muhiti, ta’lim muhiti, muassasa sub’yektlari o‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchilar bilan ishlash prinsiplari, mediasavodxonlik va boshqalar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar xosil qilishlari lozim. Talabalar muassasa rahbariyatining ish yuritish jarayonlari, boshqaruvchilik faoliyati, fan o‘qituvchilarining dars davomida o‘quvchilar bilan hamda sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyat yuzasidan o‘quvchilarga munosabatlari, me’yoriy hujjatlari bilan tanishishlari kerak. Amaliyotning maqsadi – bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining amaliy-kasbiy ko‘nikalarini shakllantirish va pedagogik amaliyotga tayyorlash. Amaliyotning vazifasi – talabalarni ta’lim muhitiga moslashtirish, ko‘nikmalarini shakllantirish, nazariy olingan bilimlarni mustaxkamlash, rivojlantirish; o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish; ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining hususiyatlari to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish; talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish; talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish va boshq. Amaliyot yakunida natijadorlik: - umumiy o‘rta ta’lim muassasasi to‘g‘risida tasavvurga; - muassasa rahbariyatining jamoa bilan ishlashi to‘g‘risida tushunchaga; - pedagogik jamoa o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida; - o‘quvchilarning o‘zaro va pedagoglar bilan munosabatlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari to‘g‘risida; - ota-onalar murojaatlari va ular bilan maktab jamoasining munosabati; - darsda va sinfdan tashqarida o‘quvchilar bilan ishlash mexanizmlari; - o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi; - sinf xonalariga qo‘yilgan gigiyenik talablar to‘g‘risida; - ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi va ularning me’yoriy hujjatlarini rasmiylashtirilishi va boshqalar to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Download 36.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling