Malakaviy amaliyot ishi


Download 202.56 Kb.
bet1/8
Sana25.02.2023
Hajmi202.56 Kb.
#1227896
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Malakaviy amaliyot ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI


Iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot” kafedrasi
Iqtisodiyot yo’nalishi 3-bosqich talabasi Nikolayev Humoyun
Mustaqil ishi
Mavzu: “Korxonalarda innovatsion faoliyatni boshqarish

Bajargan: Nikolayev Humoyun
Qabul qilgan: Madenova Elmira
Nukus-2021

Mundarija




KIRISH 2
ASOSIY BO’LIM 3
2.1 Innovatsion boshqarish faoliyati haqida tushuncha 3
2.2 Innovatsion menejment xususiyatlari va boshqaruv usullari 8
XULOSA 16
Foydalanilgan adabiyotlar 17


KIRISH

"Boshqaruv" tushunchasi har xil ob'yektlarga ta'sir ko'rsatish sifatida talqin qilinadi, u tartibga solish, takomillashtirish va rivojlantirish maqsadiga ega. Boshqaruvning ilmiy asoslari bO'yicha dastlabki darsliklarda ishlab chiqarishni boshqarish odamlar jamoalariga ularning ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun maqsadga qaratilgan ta'sir ko'rsatish sifatida belgilangan. Boshqaruv tushunchasining inglizcha ma'nosi "menejment" so'zi bilan aks ettiriladi.


Menejment mazmuniy nuqtai nazardan - bu boshqarish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli, mehnat sarmoyalar va boshqalar kabi resurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. Shunday nuqtai nazar asosida innovatsion menejment - bu innovatsion faoliyat, uning resurslari, yangiliklarini ishlab chiqish va tadbiq etishda sotsial – iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili sifatida innovatsiyalaming kattaroq samaradorligiga erishish maqsadida ishtirok etayotgan odamlarni boshqarishning maqsadga qaratilgan tizimidir.
XIX asrning oxirida paydo bo'lgan boshqaruv haqidagi fan rivojlanishning murakkab yo'lini bosib o'tgan. Boshqaruvdagi amaliy tajribani umumlashtirishga birinchi harakatlar ilmiy menejment maktabini yaratish bilan almashgan, F.U. Teylor uning asoschisi bo'lgan. Buning oqibatida dastlabki nazariyalar o'rniga ilmiy-texnik va ijtimoiy - texnik va sotsial-iqtisodiy omillarni murakkab yig'indisini hisobga olishni talab qiluvchi nazariyalar kelgan. Menejmentning keyingi maktablari boshqaruv fikrini evolyutsiyasiga asoslangan. .

Download 202.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling