Malakaviy amaliyot ishi


Download 202.56 Kb.
bet6/8
Sana25.02.2023
Hajmi202.56 Kb.
#1227896
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Malakaviy amaliyot ishi

Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi - rejalashtirish tizimi orqali belgilangan maqsad va vazifalarga erishish holatini operativ ma’lumotlar, statistik va moliyaviy hisobotlar yordamida tahlil etib borish hamda tegishli qarorlar qabul qilishdir.
Iqtisodiy tahlil vositalari orqali korxonaning o`tgan davr va joriy holatdagi iqtisodiy ko`rsatkichlarini tahlil etish, biznesdagi sheriklarning moliyaviy ahvolini o`rganish, o`zga korxonalar tajribasi bilan yaqindan tanishish orqali bu tajribalarni qo`llash imkoniyatlarini o`rganish hamda iqtisodiy samaradorlikni yuksaltirish rezervlarini qidirib topish mumkin
Moddiy rag`batlantirish – boshqaruv tizimida alohida ahamiyatga ega. Bu usul ishlab chiqarish natijalari va uning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirishdan shaxsning manfaatdorligini ta’minlash hamda rag`batlantirish tizimini keng qo`llashni nazarda tutadi. Moddiy rag`batlantirish tizimi ish haqining progressiv usullarini qo`llashni, tejamkorlik, mahsulot sifati va ortiqcha bajarilgan ish hajmi uchun turli mukofotlar hamda ustamalardan foydalanishni, xodimlar uchun moddiy yordam uyushtirishni yoki ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida tashkil etiladigan tadbirlarni nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy rag`batlantirish usullari ishchi va mutaxassis xodimlar mehnatining unumdorligini oshirishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari, shuningdek o`z ichiga xo`jaligi hisobi dastaklarini ham qamrab oladi. Xususan, ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari nisbatlarini solishtirishga asoslangan tannarx, foyda, mehnat unumdorligi, fond qaytimi kabi qiymat ko`rsatkichlari orqali boshqaruv obyektlarini tartibga solib turish mumkin bo`ladi. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o`rinni egalashi lozim.
Jamiyat va shaxs hayotida axloqiy-etika me’yorlari, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, insonlar orasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Jamiyatning maqsadga yo`naltirilgan ijtimoiy qarashlari, hayot tarzi va urf-odatlari shaxsning kamolotga yetishi hamda ijtimoiy faolligini oshirishga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog`liq boshqaruv vositalari hamda dastaklari yig`indisidir.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo`llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o`rganish va xodimlar kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Masalan, mehnat psixologiyasi xodimlarning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularni o`qitish usullarini, ish va dam olish tartibini, xodimlarni tanlash va baholash usullarini, mehnat jarayonining psixologik jihatlarini o`rganadi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo`li bilan kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Jamiyatning ma’naviy qadriyatlari ko`p qirrali ekanligidan, alohida shaxslarning didi, dunyoqarashi, axloqiy xulqi va madaniyati ham turlicha bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda, boshqaruvning ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy usullari ham turlichadir. Mehnat jamoalari va guruhlar darajasida boshqaruv usullarini tanlashda jamoani bir butun ijtimoiy tizim sifatida qarab, unga xos bo`lgan jamoaviy axloq etikasi va xatti-harakatlarga, jamoada tashkil topgan psixologik muhitga e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga jamoaning alohida individual shaxslardan tashkil topgani e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Shaxsning individual xususiyatlari, yashash tarzi, urf-odatlari, dunyoqarashi, ruhiy holati, bilim va malakasi, kasbiy tayyorgarligi uning professional sifatlarini ro`yobga chiqaruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Boshqaruvchilar shaxsning ijodiy yaratuvchanlik, tashabbuskorlik va o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga qaratilgan intilishlaridan unumli foydalanishlari, uni shaxs sifatida kamolotga yetishiga keng yo`l ochib berishlari maqsadga muvofiq. Mehnat unumdorligi va sifat ko`rsatkichlarini oshirish faqatgina jamoa hamda individual xodimning ijodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, xodimlarni to`g`ri tanlash va joy-joyiga qo`yish evaziga ta’minlanishi mumkin. Xodimlarni tanlashda ularning ijtimoiy-demografik xususiyatlari va kasbiy malakasiga keng e’tibor qaratish lozim.
Mehnat jamoasini boshqarishda quyidagi uchta bosqichni ajratib ko`rsatish mumkin:

Download 202.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling