Malakaviy amaliyot ishi


Download 202.56 Kb.
bet7/8
Sana25.02.2023
Hajmi202.56 Kb.
#1227896
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Malakaviy amaliyot ishi

Birinchi bosqich – muhitga moslashish va yo`nalish tanlash bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda xodimlar bir-birlariga hamda boshqaruvchilarga qarab ish tutadilar. Bu davrda axborotlar bilan ta’minlashni maksimal darajada yo`lga qo`yish talab etiladi. Axborotning birinchi manbasi sifatida rahbar chiqishi lozim. U yangi xodimlarni korxonaning asosiy maqsadi va vazifalari, belgilangan rejalar va ularga erishish yo`lida amalga oshirish lozim bo`lgan yechimlar bilan tanishtiradi. Xodimlarni ish joylariga taqsimlaydi, ularning xizmat vazifalari va qo`yiladigan talablarni ishlab chiqadi, belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun majburiyatlar va rag`batlantirish tizimini belgilaydi. Bu bosqichning o`zidayoq faol va mas’uliyatli xodimlar ko`zga tashlanadi.
Ikkinchi bosqichda - xodimlarning o`z-o`zini boshqarish, tartibga solish va kollegial qarorlar qabul qilish jarayoni kuchayadi. Bu bosqichda boshqaruvning ma’muriy usullarini ahamiyati kamayib, ularning o`rnini jamoada o`zaro ishonch, hurmat va bir-birini yaxshi anglash hislari egallay boshlaydi. Boshqaruvchilarning vazifasi bu muhitni qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratiladi.
Uchinchi bosqichda – jamoaning yagona bir butun ijtimoiy organizm sifatidagi integratsiyasi shakllanadi. Jamoaviy xatti-harakat va xulq etikasi, o`zaro hurmat va yordam hissiyoti shakllanadi. Jamoaning umumiy maqsadi har bir individning xususiy maqsadlarini amalga oshirish omili sifatida yuzaga chiqadi. Bu bosqichda korxonaning rivojlanish strategiyasi, maqsad va vazifalarini amalga oshirish rejalari kollegiallik asosida qabul qilinadi. Boshqaruvning korporativ usullari ustivor ahamiyat kastb etadi.

XULOSA

Menejmentda boshqarish usullari bir biridan tubdan farq qilganidek, ularning boshqarishdagi natijalari ham bir biridan juda farq qiladi. Shuningdek korporatsiyalrning turlariga ko’ra ularning boshqarilish usullari ham farq qilar ekan. Misol uchun, Xolding kompaniyalarida boshqaruv faqat bosh kompaniyaga tegishli boladi va shu bilan bir vaqtta kartellar va sindikat birlashuvarida bu narsa ko’rinmaydi, yani korxonalar boshqarish, ishlab chiqarish, umuman o’ziga egalik qilish huquqini o’zida saqlab qoladi. Bu birlashmalarda faqatgina hamkorlik birlashmalari asnosida tuziladi bu esa o’z navbatida bozorni boshqarish va korxona yoki firmaning o’zini o’zi boshqarish tamoyillariga ta’sir qiladi.


Xodimlarni boshqarishda qollaniladigan strategiyalardan eng muqobili deb iqtisodiy usulni bilaman. Chunki xodimlar moliyaviy tarafdan mukofotlanishi ularni ham ruhan ham moliyaviy yetilishiga o’ziga ishinch ortishiga olib keladi. Albatta hamma usullarham o’z o’rnida qo’llanilsa samarasini berishi aniq.
Innovatsiya boshqaruvda juda katta ro’l o‘ynaydi va uni to’g’ri foydalanish korxona uchun katta foyda olib kelishi tayin. Xodimlarni bshqarishda yuqorida keltirigan usullardan foydaanish Innovatsion menejmentning xususiyatlarini belgilab beradi.

Download 202.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling