Malakaviy amaliyoti bo’yicha hisoboti


Sugurta faoliyatida sug’urta da’volarni ko’rib chiqish


Download 75.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana30.01.2024
Hajmi75.57 Kb.
#1808921
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar (1)

Sugurta faoliyatida sug’urta da’volarni ko’rib chiqish
Biz yashayotgan dunyo noaniqliklar va xavf-xatarlarga to’la. Insonlar, oilalar, korxonalar va 
mulklar har xil turdagi xavflarga duchor bo’ladi. Bularga hayot,sog’liq, mol-mulk va hokazolarni 
yo’qotish kirishi mumkin. Garchi istalmagan hodisalar ro'y berishini oldini olishni har doim ham 
imkoni bo’lmasa ham, dunyoni moliyaviy resurslar bilan qoplash orqali ularni bunday 
yo’qotishlardan himoya qiladigan soha kerak. Bir so’z bilan aytganda sug’urta bu turli xavf 
xatarlardan kelib chiqadigan yo’qotish yoki zarar oqibatlarini kamaytiradigan yoki yo’q 
qiladigan moliyaviy yo’nalishdir.
Sugurta faoliyati davomida sug’urta da’volari va sug’urta hodisalarini ko’rib chiqish muhim 
o’rin tutadi. Sug’urta da’volarini bartaraf etish – sug’urta tashkiloti faoliyatining eng ma’suliyatli 
o’nalishi hisoblanadi va shunga qarab uning ishonchliligi va tog’riligiga xulosa qiladilar. Aynan 
shuning uchun kompaniyalar sug’urta hodisalari bo’yicha sug’urta da’volarini bartaraf etish 
chog’ida haqqanoylik va tezkorlik tamoyillariga tayangan holda mijozlar bilan ishlashga alohida 
e’tibor qaratishlari lozimdir.
Umuman olganda sug’urta da’vosi – sug’urtalangan shaxsning sug’urta kompaniyasiga sug’urta 
hodisasi uchun yoki kompensatsiya to’lash uchun rasmiy so’rovidir.
Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori Kamoliddin Talipov ta’kidlaganidek – 
,,Sug’urta uchun eng yaxshi piar bu – to’lov’.
Albatta bu so’z zamirida juda katta ma’no mavjud. Sug’urtaga bo’lgan ishonchni oshirish uchun 
sugurta qoplamalari qiymatini oshirish ham sug’urta da’volarini ko’rib chiqishdagi 
operativnilikni ko’paytirish lozimdir.
Chet el amaliyotida sugurta da’volarni ko’rib chiqish va O’zbekiston bilan farqli tomonlari
Albatta hozirgi zamonda chet el mamlakatlarida sug’urta sohasi eng rivojlangan sohalardan 
biridir. Ya’ni xorijiy mamlakat fuqarolari o’zlarini sug’urtasiz tasavvur qila olishmaydi. 
Ayniqsa, bu borada AQSH, Yaponiya, Germaniya kabi jahonning rivojlangan mamlakatlarini 
misol qilib ko’rsatsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuni tan olishimiz kerakki, dunyoning 
rivojlangan mamlakatlarida sug’urtaning o’rni bizning mamlakatga nisbatan ancha yuqoridir.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida sug’urta tizimining barcha sohalari kabi sug’urta 
da’volarini o’rganib chiqish, sug’urta qoplamalarni amalga oshirish boyicha ham ancha baland 
ko’rsatkichlarga ega ekanligini amalda ko’rishimiz mumkin.
Quyidagi jadvalda Jahonning eng qudratli mamlakatlaridan biri bo’lgan AQSH sug’urta bozorida 
2021 yil yakunlariga ko’ra eng baland ustav kapitalga ega sug’urta kompaniyalarini ko’rib 
chiqishimiz mumkin. (1- jadval)

Sug’urta kompaniylari
Aktivlar qiymati (mlrd dollar)
1
Berkshire Hathaway
817.73


2
Metlife
740.46
3
American International Group
525.06
Yuqoridagi jadvalda, 2021- yil yakunlari ko’ra eng baland ustav kapitalga AQSH sug’urta 
bozorining eng katta sug’urta kompaniyalaridan biri Berkshire Hathaway kompaniyasi 817.73 
(mlrd) dollar bilan birinchi o’rinda turibdi. Bu ko’rsatkich bizning mamlakatimizning sug’urta 
bozoridagi barcha sug’urta kompaniyalarida 2021-yil holatiga 15 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. 
Ko’rinib turibdiki AQSHning Berkshire Hathaway sug’urta kompaniyasining jami ustav kapitali 
bizning jami sug’urta kompaniyalarimiz ustav kapitalidan sezilarli darajada yuqori. Bu 
ko’rsatkich o’z navbatida kompaniyalarning to’lovga layoqatlilik darajasi ham ancha yuqori 
ekanligini ko’rsatib turibdi.
Endi AQSH sug’urta kompaniyalarining to’lov qobiliyati qanchalik ekanligini bilib olgan 
bo’lsak, u yerda sug’urta hodisalari qancha sodir bo’lishi va sug’urta kompaniyalari qancha 
sug’urta qoplamalar to’lab berganiga to’xtaladigan bo’lsak. Albatta AQSH kata mamlakat, u 
yerda sug’urta risklari ancha yuqori. Aholining asosiy qatlami sug’urtaga kata ehtiyoj sezadilar.
Ford Motor Company Amerika korxonasining asoschisi Genri Ford ta’kidlaganidek- «Nyu-York 
odamlar emas, balki sugʼurtachilar tomonidan yaratilgan... Sugʼurtasiz osmon ostidagi 
osmonoʼpar binolar boʼlmas edi, chunki hech bir ishchi balanlikda ishlashga, hayotni xavf ostiga 
qoʼyib, oilasini ovqatsiz qoldirishga rozi boʼlmasdi; sugʼurtasiz birorta kapitalist bu binolarda 
millionlab sarmoya qilmasdi,chunki zararlantirilmagan bitta sigareta tutqichi bilan bino kulga 
aylanib ketishi hech gap emas, sugʼurtasiz avtomobillar yoʼllarda harakatlanmaydi, hatto "ford" 
bilan yaxshi haydovchi piyodaning xohlagan vaqtda harakatlanishi mumkinligini anglaydi!»
Bundan kelib chiqadiki, AQSHda har bir fuqaro sug’urtaga ehtiyoj sezadi. 2021-yil yakunlariga 
ko’ra AQSH sug’urta bozorida 1,351.6 mlrd AQSh dollari miqdorida sug’urta mukofotlari ishlab 
topilgan bo’lsa, bundan 53% ya’ni 715.9 mlrd AQSh dollari umumiy sug’urta tarmog’iga tog’ri 
keladi, Hayot sug’urtasiga esa o’z navbatida 47%, ya’ni 635.7 mlrd AQSh dollarini tashkil 
etadi.
1
Umuman olganda AQSh sug’urta bozorida sug’urta da’volari eng ko’p kelib tushishi uy-joyning 
yo’qolishi va shikastlanishi bo’yichadir. 2020 yilda shamol va doʻl orqali mol-mulkga 
yetkazilgan zarar eng koʻp tarqalgan boʻlib, undan keyin yongʻin va chaqmoq tufayli zararlar 
qayd etilgan. O'g'irlik doimiy ravishda mulkka etkazilgan zararning eng kam uchraydigan turi 
hisoblanadi. Biroq, mulkni yo'qotishning asosiy sabablari so'nggi bir necha yil ichida o'zgarib 
turadi. Quyidagi jadvalda siz 2018-2020 yillar oralig'ida turli mulkiy da'volar foizini ko'rishingiz 
mumkin.

Download 75.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling