Malakaviy amaliyotni tashkil qilishdan maqsad


Download 19.18 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi19.18 Kb.
#1211100
  1   2
Bog'liq
Malakaviy amaliyot mutaxassis tayyorlashning tarkibiy qismi hisoblanadi


Malakaviy amaliyot mutaxassis tayyorlashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Malakaviy amaliyotni talaba ishlab chiqarish va tashkilotlarda o‘tkazib, u ta’lim muassasasida olgan bilimini amaliy tajriba asosida mustahkamlashga hamda ishlab chiqarishdagi va tashkilotlardagi amaliyot usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan. Malakaviy amaliyot jarayonida talaba tarbiyaviy, jamoatchilik va tashkilotchilik tajribalarini ham o‘rganadi.
Malakaviy amaliyotni tashkil qilishdan maqsad – talabalarda egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash orqali mantiqiy va muntazam mustahkamlash hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
Malakaviy amaliyotning vazifasi – talabalarda pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-boshqaruv faoliyatda taʼlim-tarbiyaning xilma-xil metodlarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarini oqilona tanlay olish, ijodiy yondashuv asosida metod va texnologiyalarning milliy mentalitetga mosligini taʼminlash kompetensiyalarini shakllantirish hamda nazariy bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish va ularni o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlar jarayonida qo‘llash ko’nikmalarini tarbiyalash; o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlar malakalarini shakllantirish, sinf rahbari ishini rejalashtirish va uning funksiyasini bajarish ko’nikmalarini tarbiyalash; ilg’or o‘qituvchilar, pedagogik targ’ibot asoslarini egallashga tayyorlashdir.

  1. Malakaviy amaliyot faoliyatining mazmuni:

Pedagogik faoliyatda yaxlit pedagogik jarayonning umumiy qonun, qonuniyat va tamoyillariga amal qilish, taʼlim-tarbiya jarayonida gnoseologik, tashkiliy, psixologik, didaktik, sotsiologik va kibernetik qonuniyatlarning uyg'unligiga erishish.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda umuminsoniy qadriyatlar, mehr-muruvvat, bag'rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni ochib berish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.

Download 19.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling