Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar
Download 0.59 Mb.
|
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz
«Birodar, maktabingiz kofirlarning ehtiyojlari uchun G‘arb modeli bo‘yicha tashkil etilgan. Birinchidan bu yerda qizlar o‘qiydi, ikkinchidan esa o‘quvchilar kiyadigan forma shariat talablariga javob bermaydi. Ushbu sharmandalikka chek qo‘ymasangiz, katta muammolarga duch kelasiz deb qo‘rqamiz. Qarang, farzandlaringiz siz uchun motam tutishmasin. Bexurmatlik va jahl bilan Islom fidoiysi”.
Shundan so‘ng otam maktabda yangi forma joriy etishga majbur bo‘ldi. Ilgari o‘g‘il bolalar yevropacha uslubdagi shim va ko‘ylakda yurishgan bo‘lsa, endi ular darslarga yaktak-shalvarda keladigan bo‘ldi. Qizlarning ko‘k shalvar va oq surpdan tikilgan ko‘ylak o‘zgarmay qolgan bo‘lsa ham, boshimizga paranji taqib olish majburiy ekanligi uqtirildi. Otamning eski qadrdoni Hidoyatulloh tahdidlardan qo‘rqmaslikka chaqirdi: Ziyovuddin, senda xudo inʼom qilgan iqtidor bor. Odamlarni o‘z ortingdan ergashtira olishga qodirsan. Hech qachon ortga chekinma. Hayot kurashlardan iborat. Umring faqat kislorod yutib, karbonat angdrid chiqarish bilan o‘tib ketsa, yashashdan ne hojat?! Agar sen ularga qarshi turishga qodir bo‘lsang, nega toliblarning barcha talablariga rozi bo‘lishing kerak? Otam Hidayatullohning so‘zlarini bizga aytib berganida men ham to‘lqinlanib ketdim. Do‘stining qo‘llab-quvvatlashidan ruhlangan otam mahalliy «Ozodlik куни» gazetasiga «Islom himoyachilariga ochiq хат» nomli maqolasini chop ettirdi. Maqola ushbu gaplar bilan boshlangandi: “Ishonchim komilki, siz Islomni joriy etishning noto‘g‘ri yo‘lini tanladingiz. Bolalarimizga, umuman hech bir insonga zarar yetkazmasligingizni o‘tinib-o‘tinib so‘rayman, chunki ular ham siz eʼtiqod qiladigan Alloh taologa sig‘inishadi. Siz meni o‘ldirishingiz mumkin, o‘z xohishim bilan boshimni kundaga qo‘yishga tayyorman, ammo iltimos, shogirdlarimga tegmang…“ Gazeta bosmadan chiqdiyu, otam biroz hadiksirab qoldi. Uning xati birinchi sahifada emas, balki gazetaning o‘rta sahifalarida joylashtirilgan, bundan tashqari muharrir otamning ismi va maktabning manzilini ham maqola ostiga ilova qilgandi. Shunga qaramay, odamlar otamning jasurligiga qoyil qolishib, birin-ketin uyimizga uni tabriklash uchun tashrif buyura boshlashdi. Eng jo‘yali gapni yana Hidoyatulloh aytdi. Sen ilk marotaba botqoqqa tosh uloqtirding. Shubhasiz endi ko‘pchilik gapirishga jurʼat топишади… Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling