Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


Download 0.59 Mb.
bet33/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

Yakuniy so‘z


Biz odamlar Allohning buyukligini anglay olmaymiz. U bizga foydalanishimiz uchun aql va his qilishimiz uchun yurak kabi mo‘jizalarni hadya etadi. U bizni gapirishimiz va his-tuyg‘ularimizni ifoda etishimiz uchun lablarimizni beradi, atrofimizdagi go‘zallikdan bahramand bo‘lishimiz uchun ko‘zlarimizni, xushbo‘y hidlardan bahramand bo‘lishimiz uchun burunni beradi. Alloh sari boradigan yo‘llardan yurishimiz uchun oyoqlarimizni va yaxshi amallarni bajarishimiz uchun qo‘llarimizni beradi. Ushbu organlardan birortasini yo‘qotmagunimizcha, biz uchun qanchalik muhimligini anglay olmaymiz. Bir qulog‘im kar bo‘lganidan so‘ng buni o‘z tajribamdan angladim.
Menga malakali va tajribali shifokorlarni yuborgani uchun Allohga shukur qilaman. Bu dunyoda barcha insonga o‘z yo‘lini tanlash imkoniyati
beriladi. Kimdir yaxshilik yo‘lini, kimdir yomonlik yo‘lini tutadi. Bir kishi menga o‘q uzdi. Bir soniya ichida bu o‘q miyamga zarar yetkazdi, yuz asabimni shikastladi va kar qilib qo‘ydi. Shundan so‘ng, uch million kishi mening sog‘ayishim uchun ibodat qilishdi va shifokorlar meni hayotga qaytarishdi. Men har doim yaxshilik yo‘lidan yurishga harakat qilganman. Odamlarga yordam berish istagi doimo yuragimda yashaydi. Men buni mukofot yoki pul uchun qilmayman. Men har kuni Alloh yo‘lida ibodat qilaman va undan menga muhtoj bo‘lgan har bir kishiga yordam berishim uchun madad berishini so‘rayman. Tolibon jangarisi maktab avtobusidagi uch qizni yaqin masofadan o‘qqa tutgan bo‘lsa ham, birortasi o‘lim topmadi. Bu aql bovar qilmaydigan xodisa. Mening tiklanishim ham alohida mo‘jiza. Ikkinchi yaralangan do‘stim Shaziya Uelsdagi Atlantika kollejiga o‘qishga kirdi va tez orada Angliyaga keladigan bo‘ldi. Umid qilamanki, Koinot ham yuksak marralarni egallaydi. Men faqat Allohning irodasi evaziga omon qolganimni bilaman. Mehribon va rahmdil Alloh menga ikkinchi umr ato etdi. Yaratgan egam mening sog‘ayishim uchun qilingan ibodatlarni o‘z dargohida qabul qildi va umrimning so‘nggigacha odamlarga yordam berishim uchun meni tirik qoldirdi. Allohga hamd-u sanolar bo‘lsin. Bu “TIK TURIB TA`LIM OLGAN VA TOLIBONLAR TOMONIDAN
XO‘RLANGAN QIZALOQ”ning hikoyasi edi.

Tamom.


Ahror Sharif tarjimasi
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling