Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


Download 0.59 Mb.
bet26/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

bob. Ayol va dengiz


Najma xola tinmasdan ko‘z yoshi to‘kardi. Keyin bilsam ilgari dengizni ko‘rmagan ekan. Butun oilamiz bilan tosh ustida o‘tirib, taxir havodan nafas olgancha, Arab dengizining bepoyonligidan lol qoldik. Cheksiz tuyulgan ushbu dengizning boshqa qirg‘og‘i bormikan-a? O‘zimni baxtning eng yuksak cho‘qqisidagidek tasavvur qildim va qulog‘imga shivirladim:
— Kun kelib men bu dengizni kesib o‘taman!
Mening gapim Najma xolaga erish tuyuldimi, «Nima deyapsan?» deya hayollarimni to‘zg‘itib yubordi.
O‘ttiz yil dengiz bo‘yidagi Karachi shahrida yashab hech qachon dengiz qirg‘og‘iga bormaslik mumkinmi? G‘alati-ya? Eri uni qirg‘oqqa olib borishga na vaqti, na xohishi bor edi, undan faqat uyda qolishni talab qilardi. Agar o‘zi dengizga borishni xohlab qolsa ham, xohishini amalga oshirishga jazm eta olmasdi. Sababi oddiy – u ham johiliyat qurboni. U ham na o‘qishni, na yozishni билади…
Tosh ustida o‘tirib, uzoq-uzoqlarga nazar tashlagancha dengizning boshqa qirg‘oqlarida ayollar erkin va mustaqil bo‘lgan mamlakatlar borligi haqida o‘y surdim. To‘g‘ri, Pokistonda ham ayol kishi bosh vazir bo‘lgan. Islomobodda esa bir qancha shifokor va advokat sifatida ishlaydigan ayollar bilan uchrashganman. Shu bilan ham bizda hali ishlaydigan ayollar ko‘p emas. Mamlakatimizdagi deyarli barcha ayollar erkaklarga qaram hisoblanadi. Maktabimiz direktori Maryam xonim o‘zini eplab
keta oladigan, ziyoli ayollardan, ammo bizning jamiyatimizda u yolg‘iz yashashi mumkin emas. Eri, ota-onasi yoki aka-ukasi bilan yashashi shart.
Pokistonda mustaqillikni talab qiladigan ayollar otalariga, erlariga va aka-ukalariga bo‘ysunishni istamaydiganlar deb hisoblanadi. Bu g‘irt bemaʼnilik. Biz faqatgina o‘zimiz mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lishni istaymiz. O‘qish yoki ishlashni o‘zimiz hal qilishimiz kerak. Muqaddas Qurʼonning hech bir joyida ayol erkakka qaram bo‘lishi kerakligi aytilmagan. Yer yuzida yashovchi hech bir jonzot osmondan «ayol faqat erkak xohlagan narsani qilishi керак» degan ovozni eshitmagan.
“Sening fikrlaring voqeilikdan ming kilometr narida, Jani,“ otam fikrlarimni to‘zg‘itib yubordi. – Nima haqida o‘y suryapsan?

  • Okeanni kesib o‘tish haqida, aba, deb javob berdim.

  • Unut hammasini! — baqirdi Atal ukam. — Undan ko‘ra tuyada poyga o‘ynaganimiz maqul!

2012 yil yanvar oyida Sind viloyatining hukumati yangi ochilgan qizlar maktablaridan biriga mening nomim berilganligini eʼlon qilgandan keyin biz Geo TV ning taklifiga binoan Karachiga keldik. O‘sha paytda Xushal Abbotoboddagi maktab-internatda o‘qirdi va o‘qishidan ruxsat ola bilmadi, shuning uchun Karachiga faqat ota-onam, Atal va men borganmiz. Biz bu yerga samolyotda yetib bordik. Barchamiz uchun bu hayotimizdagi ilk parvoz hisoblanardi. Ikki soat ichida juda katta masofani bosib o‘tganimizga aql bovar qilmasdi. Sababi shuncha masofani avtobusda bosib o‘tish uchun ikki kun talab etilardi. Samolyotda baʼzi odamlar harflar va raqamlarni tanimasligi sababli o‘z joylarini topa olmayotganini payqadim. Men deraza yonidan joy oldim va samolyot qanoti ostidan o‘tayotgan cho‘l va tog‘larga zimdan nazar soldim. Vodiydan uzoqlashishim bilan ona yurtimni sog‘ina boshladim. Shundan keyingina Karachiga ishlash uchun ketayotgan odamlar nega o‘rtanishini tushunib yetdim.
Aeroportdan mehmonxonaga qaytayotib ko‘chalarda odamlar va mashinalarning ko‘pligini ko‘rib hayron qoldim. Aslida, Karachi dunyodagi eng yirik shaharlardan biridir. Pokiston tashkil topgan yili bu shahar 300 ming aholisi bo‘lgan kichik port shahri bo‘lgan. Muhammad Ali Jinnah bu yerda yashagan va Karachini birinchi poytaxtimiz deb eʼlon qilgan. Ko‘p o‘tmay, bu yerga Hindistondan urdu tilida so‘zlashadigan millionlab musulmon qochqinlar yopirilib kelgan. Bugungi kunda Karachi aholisi taxminan 20 million kishini tashkil qiladi. Ammo, Karachi haqida gap ketganda shahar juda notinch deya taʼriflanadi. Asosiy janjallar muhojirlar va pushtunlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Muxojirlar yashaydigan tumanlar yashashga
yaroqliligi va tozaligi bilan ajralib turadi, pushtun tumanlari esa, aksincha, unchalik toza hisoblanmaydi. Deyarli barcha muhojirlar MQM partiyasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashadi. Ammo, ushbu partiyaning yetakchisi Altaf Xuseyn mamlakatdan chiqarib yuborilgan va hozirda Londonda yashaydi. Aytishlaricha, Xuseyn tarafdorlari bilan Skype orqali aloqada bo‘lib turar ekan. MQM — bu yaxshi tashkil etilgan partiya bo‘lib, muxojirlar hamjamiyati bilan juda yaqin aloqalar o‘rnatgan. Pushtunlar esa necha yillardan beri birlasha olmasdan sarson. Pushtunlar muhojirlardek bir yoqadan bosh chiqarib bitta partiyani emas, boshboshdoqlik bilan turli xil partiyalarni qo‘llab- quvvatlashadi.
Sind assambleyasida so‘zga chiqqanimda tomoshabinlar meni qarsaklar bilan kutib olishdi. Assambleya yakunlanganidan so‘ng bir nechta maktablarga, jumladan o‘z nomim berilgan maktabga ham tashrif buyurdik. Men taʼlimning ahamiyati haqida nutq so‘zladim. Benazir Bhutto haqida gapirish ham yodimdan ko‘tarilmadi. So‘zim oxirida barchani qizlar huquqlari uchun kurashishga daʼvat etdim. Maktab o‘quvchilari biz uchun bir nechta qo‘shiqlar kuylashdi. Maktab maʼmuriyati menga o‘z portretimni sovg‘a qildi. Maktab eshigi oldidagi plakatda o‘z ismimni ko‘rish menga faxr tuyg‘usini hadya etdi. Navbatdagi maktab taʼtillarida otam bilan Svatning tog‘li hududlariga borib, u yerda yashovchi bolalar va ularning ota-onalariga o‘qish va yozishni o‘rganish kerakligini tushuntirishni rejalashtirib qo‘ydik. Axir, otam aytganidek «biz taʼlimning missionerlarimiz”.
Xuddi shu kuni amakim va xolamnikiga tashrif buyurdik. Ular juda kichik va tor uyda yashashar, otam esa talaba bo‘lganida nega opasi va pochchasi uni uylariga qo‘yishdan bosh tortganini tushunib yetdi.
Ashikan e-Rasul hiyobonidan o‘tayotganimizda gubernator Salmon Tasirning umriga zomin bo‘lgan qotilining atirgul gulchambariga bezatilgan portretiga ko‘zimiz tushdi. Qotilni avliyo sifatida hurmat qilinayotganini ko‘rib hayratdan yoqa ushladik.
— Nahotki, bu shaharda yashovchi yigirma million odam orasida bu gulchambarni yirtib tashlaydigan odam yo‘q bo‘lsa? — otam g‘azablandi.
Karachida bo‘lgan odam albatta tashrif buyurish kerak bo‘lgan bir maskanga borishi lozim va lobud – Pokiston asoschisi va buyuk davlat arbobi Muhammad Ali Jinnahning maqbarasiga. Haybatli devorlari shahar shovqinidan asrab turgan ushbu maskanga go‘yoki sokinlik in qurib olgandi. Pokistonning har bir fuqarosi uchun Jinnahning qabri haqiqiy ziyoratgoh hisoblanadi. Pokistonga qaytib kelib, ilk nutqini so‘zlash uchun aynan shu joyga ketayotgan Benazirning avtobusi portlab кетган…
Qorovul bizga asosiy zaldagi Xitoyda ishlab chiqarilgan ulkan qandil ostida joylashgan qabr aslida bo‘sh ekanligini tushuntirdi. Jinnahning jasadi pastki qavatdagi qabrda ekan. Uning yonida oradan ko‘p yillar o‘tib vafot etgan singlisi Fotima yotadi. Shuningdek, daydi o‘q evaziga halok bo‘lgan birinchi bosh vazirimiz Liyaqat Ali Xonning qabri ham shu yerda.
Qabrlarni ziyorat qilib bo‘lganimizdan so‘ng binoning orqa qismida joylashgan muzeyga bordik. U yerda Jinnahning Parijdan maxsus buyurtma qildirgan oq qalstuklarini, Londonda tikilgan uch qismli kostyumlarini va yigirma juftlikni o‘z ichiga oladigan maxsus sayohat poyabzali qutisini, shu jumladan uning sevimli ikki rangli botinkalarini ko‘rdik. Hamma yer fotosuratlar bilan bezalgan edi.
Jinnahning portretdagi g‘amgin chehrasiga boqib turibman. Yuzi rangsiz va сўлғин… U kuniga ellik dona sigaret chekardi. Britaniyaning Hindistondagi oxirgi noibi Lui Mountbatten Hindiston ikki suveren qismga bo‘linishini eʼlon qilganida, Jinnah allaqachon sil va o‘pka saratoniga chalingan edi. Ammo u kasallikka yengilishni istamadi. Keyinchalik, Mountbatten aytgandi: «Agar Jinnahning sanoqli kunlari qolganini bilganimda edi, Pokiston mustaqilligini eʼlon qilmagan bo‘lar edim.»
Jinnah Pokiston mustaqil davlat bo‘lganidan bir yil o‘tib, 1948 yil sentabr oyida vafot etdi. Uch yildan so‘ng birinchi bosh vazirimiz o‘ldirildi. Mamlakatimiz «beshikdaligidayoq” baxtsizliklarga duchor bo‘ldi. Muzeydagi maxsus ekranda Jinnahning eng mashhur chiqishlari matnlarini o‘qish mumkin edi. Ulardan biri yangi Pokiston fuqarolariga diniy eʼtiqodga to‘liq erkinlik berilishi haqida ekan. Boshqa bir nutqida esa Jinnah ayollarning mamlakat hayotidagi tutgan o‘rni haqida gapirgan. Uning hayotida muhim rol o‘ynagan ayollarning fotosuratlarini ko‘rishga qiziqib qoldim. Muzeydagi kitob-albomdan Jinahning shaxsiy hayoti haqida bilib oldim. Uning parsi diniy oqimiga (zardushtiylik) tegishli bo‘lgan rafiqasi juda yosh vafot etgan ekan. Ularning yagona qizi Dina Hindistonda yashagan, bir musulmonga turmushga chiqqan va eri Pokistonga ko‘chib o‘tishni xohlamagan. Hozirda ular Nyu-Yorkda yashashyapti ekan. Rasmlarning aksariyatida Jinnahning singlisi Fotima ham akasiga hamroh edi.
Maqbarani ziyorat qilganimdan va Jinnaning nutqlari bilan tanishganimdan so‘ng, hayolimga Jinnah Pokistonning hozirgi ahvolini narigi dunyodan ko‘ra turib, nadomat chekayotgan bo‘lsa kerak degan fikr keldi. Albatta, Jinnah o‘z vatanini butunlay boshqacha holatda ko‘rishni xohlar, Pokistonda erkinlik, mustaqillik va bag‘rikenglik hukm surishini istardi. Ehtimol, u bilan hozir gaplashayotgan bo‘lganimda, menga quyidagi gaplarni aytgan bo‘lardi:
«Siyosiy va diniy qarashlaridan qatʼi nazar, odamlar bu diyorda tinchlik va hamjihatlikda yashashlarini istardim.»
«Balki mustaqillikni qo‘lga kiritmasak va Hindistonning bir qismi bo‘lib qolsak yaxshi bo‘larmidi?» — otamdan so‘radim. Otam sukut сақлади…
Hindistonda hindlar va musulmonlar o‘rtasida azaliy adovat borligini yaxshi bilardim. Pokiston tashkil topgandan keyin ham adovat to‘xtamadi, balki yanada avj olib, endi muhojirlar va pushtunlar, shuningdek sunniylar va shialar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga keldi. Bizning viloyatlar bir-birlarini tabriklash o‘rniga, o‘zaro to‘qnash kela boshladi. Sind viloyatining aholisi suverenitet masalasini doimiy ravishda ko‘tarib chiqa boshladi, bizning eng chekka provinsiyalarimizdan biri bo‘lgan Balujistondagi urushlar ham hech qachon to‘xtamadi. Mamlakatda siyosiy beqarorlik hukm surdi. Alamlisi, odamlar bunaqa beqarorliklarga ko‘nikib ham qoldi. Pokiston bir nechta qismlarga bo‘linib ketish havfi ostida qoldi.
Muzeydan chiqayotganimizda ko‘chada bayroq ko‘targan bir guruh yoshlarga ko‘zimiz tushdi. Keyin bilsak ular Janubiy Panjobda yashovchi Saraiki xalqining vakillari ekan. Namoyishchilar o‘z yerlariga mustaqil viloyat maqomi berilishini talab qilishardi.
Aslida, urushaman desa sabab tiqilib yotibdi. Xristianlik, hinduiylik va yahudiylik Islomning ashaddiy dushmani ekanligi haqida tez-tez eshitamiz. Mayli bularku boshqa din ekan, lekin nega musulmonlar o‘rtasida ham doim to‘qnashuvlar bo‘lib turadi? Savolimga uzoq o‘ylab, javob topgandek bo‘ldim: xalqimiz yolg‘onlar asiriga aylanib qolgan. Odamlar Islomni kofirlarning tajovuzlaridan himoya qilyapmiz deb o‘ylashadi. Lekin aslida ular toliblar singari Qurʼoni Karimning maʼnosini buzib talqin qilayotgan ekstremistlarning tuzog‘iga tushishyapti.
Menimcha, amaliy muammolarga ko‘proq eʼtibor qaratsak, yaxshiroq bo‘lar edi. Mamlakatimizda savodsizlar juda ko‘p. Ayollarning savodi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Ustiga-ustak kunda kunora maktablar portlatilgani haqida eshitib qolmoqdamiz. Shuningdek, Pokistonning ko‘plab hududlari elektr taʼminotisiz qolmoqda. Mamlakatimizda biror kun qotilliksiz o‘tmaydi...
Bir kuni Shahlo Anjum ismli pokistonlik jurnalist mehmonxonamizga tashrif buyurdi. U Alyaskada yashashini va New York Times veb-saytida men haqimda olingan hujjatli filmni tomosha qilib, men bilan uchrashish ishtiyoqi tug‘ilganini ochiqladi. U bilan bir oz gaplashganimizdan so‘ng otam uni so‘roqqa tuta boshladi. Men uning ko‘zlarida yosh borligini payqadim.

  • Ziyovuddin, toliblar begunoh qizlarga tahdid qilayotganini bilyapsizmi? – Shahlo xo‘ngrab yig‘lab yubordi. Otam uning nimani nazarda tutganini tushunmadi. Shundan so‘ng Shahlo noutbukini chiqarib, Internetga kirib, o‘sha kuni Tolibon ikki ayolni, yaʼni Diri shahrida yashovchi huquq himoyachisi Shod Begum va maktab o‘quvchisi Malala Yusufzoy (yaʼni men) o‘limga hukm qilgani haqidagi xabarni ko‘rsatdi. Bayonotda quyidagi so‘zlar yozilgandi:

«Bu ayollar imonsizlikka daʼvat qilishmoqda, shuning uchun ularni jahannamga tezroq ravona qilish ham farz, ham qarz.»
Men bu tahdidlarni jiddiy qabul qilmadim, chunki bunaqa gaplarni internetda yozish juda oson. Agar o‘ldiradigan odam, internet orqali qo‘rqitib o‘tirmaydi, shart kelib tinchitib ketadi.
Kechqurun so‘nggi bir yarim yildan buyon biz bilan birga yashayotgan oila boshlig‘i otamga qo‘ng‘iroq qildi. Ularning oldingi uyining tomi yomg‘ir paytida rasvosi chiqqandi. O‘sha paytda uyimizda ikkita ortiqcha xona bo‘lgani bois otam arzimagan ijara puli evaziga ularni uyimizga joylashtirgandi va uch nafar farzandlarini maktabimizga bepul qabul qilgandi. Men va ukalarim uyimizga ijarachilar kelganidan xursand bo‘ldik. Chunki endi politsiyachilar va o‘g‘rilar o‘yinini o‘ynash uchun sheriklarimiz naqd edi.
O‘sha ijarachining telefon qilishdan maqsadi bizga tahdid qilinganini aniqlashtirish uchun biznikiga politsiya kelgani haqida xabar berish bo‘lgan ekan. Suhbatni tugatgandan so‘ng, otam Mingora politsiya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosariga qo‘ng‘iroq qildi va undan ham tahdidlar haqida eshitdi.

  • Nega bu haqda so‘rayapsiz, aniq maʼlumotingiz bormi? — otam tashvishga tushib so‘radi. Ofitser aniq bir narsa aytmadi, faqat otamdan Mingoraga qaytib kelganida politsiya bo‘limiga uchrashishini so‘radi. Shundan so‘ng, bizning Karachiga qilgan sayohatimiz avvalgi jozibasini yo‘qotdi. Men ota-onamning ko‘zlarida g‘amginlikni ko‘rdim. Opasining o‘limidan tashvishga tushib yurgan onam mukofotlarim ortidan boshimga balolar yog‘ilishidan qo‘rqardi. Bechora onam. O‘zini qo‘yarga joy topa olmadi...

  • Nega bu qadar tashvishlanyapsiz? Internetdagi ushbu ahmoqona tahdidlar tufaylimi, — o‘shqirdim ota-onamga qarab.

Ota-onam menga uydan qilingan qo‘ng‘iroq haqida gapirib berishdi va vaziyat men o‘ylagandan ham jiddiyroq ekanligi haqida ogohlantirishdi. Negadir men umuman qo‘rqmadim. Axir, barchamiz ertami-kechmi baribir o‘lamiz. Yer yuzida yashovchi hech bir jonzot bu
taqdirdan qochib qutula olmaydi. O‘limingizga nima sabab bo‘lishi muhim emas – suvga cho‘kib o‘lish, saraton kasalligi yoki otilgan o‘q. Inson huquqlari bo‘yicha faoliyatimni to‘xtatmaslikka qatʼiy qaror qildim.
“Ehtimol, bir oz vaqtgacha jim turganing maʼquldir, Jani,“ taklif kiritdi otam. — Buning iloji bormi? — javob berdim. — O‘zingiz hayot bu dunyoda eng muhimi emas, hatto o‘lsak ham, bizning ovozimiz eshitiladi deb aytmaganmidingiz? Kurashni to‘xtatishga haqqimiz yo‘q!
Meni doimiy ravishda turli uchrashuv va konferensiyalarda nutq so‘zlashga taklif qilishardi. O‘z navbatida men ham toliblarning qasos olishdan qo‘rqayotganimni bildirib, odamlarga rad javobini bermoqchi emas edim. Axir, mag‘rur va qo‘rqmas pushtun xalqiga mansub kishi hech qachon qo‘rqmasligi kerak! Otam tez-tez qahramonlik pushtunlar qonida borligi haqida uqtirgan.
Shunga qaramay Svatga yuragimizni qo‘ltiqlab qaytdik. Otam darhol politsiyaga murojaat qildi, u yerda menga o‘zim haqimdagi faylni ko‘rsatishdi. Ushbu faylda mening inson huquqlari bo‘yicha faoliyatim toliblarni g‘azablantirayotgani aks etgandi. Politsiya xodimlari toliblar bilan hazillashish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini uqtirdi. Shuningdek maxsus ehtiyot choralari ko‘rilishini aytishdi. Politsiyadagilar menga qo‘riqchi ajratishni taklif qilishganida otam bir nechta qo‘riqchilari bo‘lsa ham, Svatning ko‘plab oqsoqollari o‘ldirilganligini, shuningdek Panjob gubernatorini o‘z qo‘riqchisi o‘qqa tutganini ro‘kach qilib, bunga rozi bo‘lmadi. Bundan tashqari, u mening ortimdan ergashgan qurollangan soqchilar o‘quvchilar va ularning ota-onalarini tashvishga solishini yaxshi bilar edi. To‘g‘ri otam ham bir paytlar tanqidlar nishoniga aylangan, ammo sira qo‘rqmagan. Hozirda gap men haqimda ketayotgani uchun otamning ichiga hadik kirib olgani yaqqol bilinib turardi. «Agar kimnidir o‘ldirish kerak bo‘lsa, meni o‘ldirishsin. Bolamga tegishmasin.» – otam bu mavzudagi yakuniy gapini aytdi.
Shularni o‘ylab, otam meni Abbotoboddagi Xushal o‘qiydigan maktab- internatga yuborishni taklif qildi. Ammo men ketishdan qatʼiyan bosh tortdim. Otam bilan uchrashgan armiya qo‘mondonlaridan biri uni Abbotoboddagi maktab-internat men uchun ishonchli himoya maskani bo‘lishiga ishontirdi. Ammo o‘zimga eʼtiborni jalb qilmasam, Svatda menga hech kim tegmasligi tayin edi. Shuning uchun, Xayber Paxtunxva viloyati hukumati meni tinchlik elchisi etib tayinlashni taklif qilganda, otam bu taklifni rad etishni joiz deb topdi.
Tunda darvozani qulflaydigan odat chiqardim. Onam mening qo‘rquvni his qilayotganimni sezib, otamga shikoyat qildi. Otamning holatini ham
yaxshi deb bo‘lmasdi. U menga kechalari xonadagi pardalarni tushirib qo‘yishimni aytar, lekin doimo buni unutib qo‘yardim.
«G‘alati voqealar hali ham sodir bo‘lmoqda, аба» dedim otamning tizzasiga bosh qo‘yar ekanman. “Toliblar vodiyda ochiqchasiga o‘zboshimchalik qilganlarida, biz hech narsadan qo‘rqmasdik. Va endi toliblar haydab chiqarilganidan keyin biz qo‘rqa boshladik.

  • Ha, Malala, — dedi otam xo‘rsinib. — Endi toliblarning barcha yovuzliklari sen va men kabi odamlarga, o‘zlariga dushman deb bilganlarga qaratilgan. Ular endi boshqalarga ahamiyat bermaydilar. Foytun haydovchilari va do‘kon egalari endi tinch yashashlari mumkin. Toliblar bir nechta aniq maqsadlarni o‘z oldilariga qo‘yishdi va biz ham ushbu nishonlar qatoriga kirib qoldik.

Men olgan mukofotlarning bir salbiy tomoni bor edi – ular juda ko‘p dars qoldirishimga sabab bo‘lardi. Mart oyi imtihonlaridan so‘ng shkafimda yana bir kubok paydo bo‘ldi. Faqat ikkinchi o‘rin uchun...

  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling