Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


bob. Novcharoq bo‘lish uchun ibodat


Download 0.59 Mb.
bet25/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

bob. Novcharoq bo‘lish uchun ibodat


O‘n uch yoshga to‘lganimdan so‘ng negadir o‘smay qo‘ydim. Ilgari doim o‘z yoshimdan kattaroq ko‘ringan bo‘lsam, endi deyarli barcha do‘stlarim mendan o‘zib ketishgandi. Shunday holat keldiki, 30 nafar o‘quvchi orasida eng pakanasi o‘zim bo‘lib qoldim. Har oqshom bo‘yimni o‘stirishni so‘rab Allohga nola qilardim. Bo‘yim balandligini xonamning devoriga qalam izlari qo‘yish orqali o‘lchab turish asosiy mashg‘ulotimga aylangan, ertalab uyg‘onganimda, birinchi qiladigan ishim devorga suyanib bo‘yim o‘sgan-o‘smaganini tekshirish edi. Ammo, afsuski, qalam belgisi 152 santimetrda qotib qoldi. Sarosimaga tushib qolganimdan, agar xudo bo‘yimni men xohlaganchalik o‘stirsa, yuz rakat "Nafl" namozini o‘qishga vaʼda berdim. Hayolimda o‘ta muhim masalalarga bag‘ishlangan bo‘lsa ham, past bo‘yli insonlarning gaplari jiddiy qabul qilinmaydi degan stereotip o‘rnashib qoldi. Baʼzan minbardan boshim chiqib turishi uchun baland poshnali poyabzal kiyishimga to‘g‘ri kelardi.
Sinfdoshlarimdan biri yangi o‘quv yilida maktabga borishni to‘xtatdi. Buning sababini surishtirganimizda, ota-onasi uni balog‘at yoshiga yetishi bilanoq turmushga berib yuborgan ekan. Qiz endigina 13 yoshga to‘lgandi. Biroz vaqt o‘tgach, biz uning egizak farzandlar dunyoga keltirganini bilib oldik. Kimyo darsida formulalarga boqib o‘tirar ekanman, o‘n uch yoshli qizning maktabni tashlab, oila qurishi, erining,
qaynona-qaynotasining xizmatini qilishi va farzand dunyoga keltirishi haqida o‘yladim. Даҳшат…
Toliblar tomonidan kelishi mumkin bo‘lgan havfni bir zum esdan chiqarmasa ham, xalq hayot tashvishlariga ko‘milib, vodiydagi vaziyat ham asta-sekin o‘z iziga tushib ketdi. Pokiston armiyasi asosiy vazifalaridan tashqari doimiy ravishda makkajo‘xori va kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish, televizion seriallarni suratga olish kabi harbiy faoliyatdan mutlaqo uzoq bo‘lgan ishlarga bosh-qosh bo‘lardi. Endi xalqimizning asosiy vaqti televizor ekranlari oldida, Svat vodiysini Tolibondan ozod qilish operatsiyasi paytida yuz bergan real voqealarga asoslangan «Qarz tugagan жойда» serialini tomosha qilish bilan o‘ta boshladi. Ushbu operatsiya davomida yuzdan ortiq hukumat askarlari vafot etgan, to‘qqiz yuzga yaqin kishi yaralangan. Albatta, armiya o‘z harakatlarini ekranga olib chiqib, ko‘rsatgan qahramonliklarini xalqqa ko‘z-ko‘z qilmoqni maqsad qilgandi.
Baʼzan, maktabdan qaytayotganimda erlari va o‘g‘illari haqida maʼlumot olish uchun kelgan notanish ayollarga ko‘zim tushardi. Harbiy operatsiya davomida yuzlab erkaklar bedarak yo‘qolgan, ular armiya yoki harbiy razvedka tomonidan hibsga olingan bo‘lishi mumkin degan tahminlar paydo bo‘lgandi. Ammo bu haqiqatan ham shundaymi yoki yo‘qligini hech kim ayta olmasdi. Erlari va o‘g‘illari taqdiri haqida hech qanday maʼlumotga ega bo‘lmagan ayollar umidsizlikka tushib, uvvos solib yig‘lashardi.
Boquvchisini yo‘qotgan baʼzi oilalar misli ko‘rilmagan og‘ir ahvolga tushib qolishdi. Pokistonda eri vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan ayol boshqa turmushga chiqa olmaydi. Onam bu baxtiqaro ayollarga ehtirom ko‘rsatib, uyga taklif qildi, ovqatlantirdi. Lekin ular Mingoraga ovqatlanish uchun kelmaganlarini, yaqinlarini topishda ko‘mak istab kelganlarini bot-bot takrorlashardi...
Eri yoki farzandi bedarak yo‘qolgan ayollar otam Svat Qumi Jirg‘a (Oqsoqollar Kengashi) aʼzosi, shuningdek xalq va armiya o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qilganligi tufayli otamga o‘z dardlarini to‘kib solishardi.
-Men erim hali ham tirikmi yoki yo‘qligini bilmoqchiman, — dedi otamdan najot kutib kelganlardan biri. — Agar u o‘lgan bo‘lsa, farzandlarini bolalar uyiga berishim mumkin bo‘ladi. Men hozir na beva, na erli ayolman.
Boshqa bir ayol esa o‘g‘li nom-nishonsiz ketganini aytardi. Ayollarning taʼkidlashicha, mahalliy axoli toliblar bilan hech qachon hamkorlik qilmaganlar, faqat vaqti-vaqti bilan ularga suv yoki non berib
turishgan. Tolibon rahbarlari ochiqlikda yurganida, mahalliy erkaklar panjara ortida o‘tirsa, adolatsizlik bo‘lar edi.
Maktabimiz o‘qituvchilardan biri uyimizdan bir necha uy narida yashar edi. Uning ukasi armiya tomonidan hibsga olinib, kishanlangan va qiynoqqa solingan, shundan keyin muzlatgichga qo‘yililib, u yerda vafot etguniga qadar saqlangan. Alam qilarlisi do‘kondorlik bilan shug‘ullangan ushbu yigit toliblar bilan hech qachon aloqada bo‘lmagan. Keyinchalik, armiya rahbariyati qurbonning adashib hibsga olinganligini tan olib, oilasidan kechirim so‘radi.
Bizning uyimizga faqatgina baxtiqaro ayollar kelmas edi. Bir kuni Fors ko‘rfazidagi Maskat shahrida yashovchi boy tadbirkor otamning yoniga kelib, akasi va beshta jiyani yo‘qolib qolganini va ularning taqdiri ne ekanligini bilmoqchi ekanligini aytdi. Agar ular o‘lik bo‘lsa, beva rafiqalarini uyda saqlamasligini, agar hibsda bo‘lishsa, amaliy yordam ko‘rsatishini otamdan iltimos qildi. Jiyanlardan birining daragi chiqib, otamning saʼy-harakatlari evaziga ozod qilindi.
Albatta, bunday holatlar faqatgina Svatda emas, balki butun mamlakatda ko‘p kuzatilgandi. O‘sha vaqtdagi Pokistonni bedarak yo‘qolganlar yurti deb bemalol aytishimiz mumkin. Odamlar sud binosi yonida bedarak yo‘qolgan qarindoshlarining fotosuratlari bilan navbatda turishar, hech bo‘lmaganda ularning taqdiri ne kechgani to‘g‘risida maʼlumot talab qilishardi.
Ammo, o‘sha paytdagi Pokiston maʼsullari inson taqdiridan ham
«muhimroq” masalalar bilan band edi. O‘sha paytdagi qonunchilar Qurʼoni karimni haqoratdan himoya qiladigan «Kufr тўғрисида» gi qonunni qabul qilishdi, shuningdek «Payg‘ambar alayhissalomning muqaddas ismini камситган» kishi o‘lim jazosiga mahkum qilinishi yoki umrbod qamoqqa tashlanishi to‘g‘risidagi normani Jinoyat kodeksiga qo‘shib qo‘yishdi.
2010 yil noyabr oyida OAVda Osiyo Bibi ismli nasroniy ayol osib o‘ldirilgani haqida xabar chiqdi. Besh farzandning onasi bo‘lgan va pul topish uchun meva yig‘ish bilan shug‘ullangan ushbu ayol Panjobdagi ko‘rimsizgina qishloqda yashagan. Bir kuni o‘zi bilan birga ishlaydigan odamlarga suv olib kelganida, baʼzilar nasroniy ayol olib kelgan suv
«xarom”, bu suv musulmonlarni xarom qilishi mumkin deb ichishdan bosh tortadi. Ichishdan bosh tortgan ayollardan biri Osiyoning qo‘shnisi bo‘lib, ular yaqindagina Osiyaning echkisi qo‘shnisining hovlisiga kirib ketgani sababli janjallashib qolishgandi. Ushbu voqeani 10 kishidan eshitgan bo‘lsam, o‘sha 10 kishi mana shu joyigacha bir xil kelayotgan edi. Voqeaning mana shu joyidan boshlab, voqealarning turli rivojini eshitdim. Har bir aytib bergan odamning versiyasi turlicha edi. Eng
mashhur versiyaga ko‘ra, bir to‘da odamlar Osiyodan islomga kirishini qatʼiy talab qilishgan. Osiyo esa bunga, «Iso Masih xristianlar uchun xochda vafot etdi, xo‘sh, Muhammad Payg‘ambar musulmonlar uchun nima qildi?» deb javob berdi.
Meva yig‘uvchilaridan biri bu haqida darhol mahalliy imomga xabar yetkazdi, imom esa politsiyaga. Politsiya ham zudlik bilan Osiyoni hibsga oldi, sudgacha bir yil davomida qamoqda o‘tirgan Osiyo o‘lim jazosiga mahkum etildi.
Musharraf sunʼiy yo‘ldoshli antennalardan foydalanishga ruxsat berganidan so‘ng, televideniye ko‘plab kanallarni ko‘rsata boshlagan, biz esa ushbu voqeaga dunyo hamjamiyati qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin edi. Hukmning shafqatsizligi ko‘pchilikning g‘azabini qo‘zg‘atdi. Xattoki, Panjob shtati gubernatori, bir paytlar Benazir Bxuttoning yaqin sherigi bo‘lgan Salmon Tasir Osiyo Bibini himoya qilib chiqdi. U Osiyoni ko‘rish uchun shaxsan qamoqxonaga tashrif buyurdi va prezident Zardaridan bu bechora ayolga rahm qilishni so‘radi. Salmon Tasirning «Kufr to‘g‘risidagi qonun”ni «qora қонун» deb atagani ko‘rsatilgan lavhaning televideniyeda bir necha bor ko‘rsatilgani olovga moy sepib yubordi. Juma kuni Ravalpindidagi eng katta masjidda imomlar Salmon Tasirni islomning dushmani deb laʼnatladi.
Afsuski, 2011 yil 4 yanvarda Salmon Tasir o‘z qo‘riqchisi tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirildi. Ushbu qotillik gubernator tushdan keyin Islomobod ko‘chalaridan biri bo‘ylab sayr qilayotganda sodir etildi. Tansoqchi unga naq yigirma oltita o‘q uzdi... Вахшийлик… Keyinchalik tergov qilingan qotil bu ishni imomlar chiqargan o‘ziga xos «fatvo”dan ruhlanib, islom dushmanlarini yo‘q qilish uchun bajarganini tan oldi. Afsuski, Tasirni o‘ldirgan battol qilmishidan zarracha pushaymon emasligini билдирди… Ko‘pchilik odamlar ushbu qotillikni yoqlashgani odamlarning naqadar johil ekanligidan dalolat берарди…
Nazdimda mamlakatimiz aqldan ozib qolgandek tuyuldi. Nahotki mening vatandoshlarim qotilni osmonga ko‘tarib maqtagan va uning qabih qilmishini Xudoga maʼqul kelishiga ishonayotgan bo‘lsa? Nahotki!? Nahotki!? Nahotki!?
Ko‘p o‘tmay, otam yana bir tahdidli maktub qabul qilib oldi. Sal oldinroq Hoji Bobo o‘rta maktabi vayron qilinganini qoralash munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda otam jo‘shqinlik bilan
«- Fazlulloh shaytonlarning yetakchisi! Nega u hibsga olinmaganini haligacha tushunmayapman!» - deya nutq irod etgandi. Tadbirdan keyin odamlar otamga yuzlanib, ehtiyotkorlikni oshirishni maslahat berishdi. Bir necha kundan so‘ng esa uyimizga otam nomiga yozilgan nomaʼlum xat yetib keldi. «As-salamu алайкум» — «tinchlik-sog‘lik тилайман»
so‘zlari bilan boshlangan ushbu maktubning tinchlikka zarracha aloqasi yo‘q edi.
“Imomning o‘g‘li bo‘lsangda, seni yaxshi musulmon deb atay olmaymiz. Ishonaver, osmonga chiqsang oyog‘ingdan, yerga kirib ketsang qulog‘ingdan tortib olamiz. Tez kunlarda o‘liming yaqin. Tayyorlan.“
Albatta, xatni o‘qigandan so‘ng otamning havotiri bir necha karraga oshdi. Ammo u na o‘z qarashlaridan va na inson huquqlarini himoya qilish faoliyatidan voz kechmasligini baralla bildirdi.
O‘sha paytlarda Amerika so‘zi har ikki suhbatdan birida tilga olinardi. Ilgari barcha muammolarimizda Hindistonni ayblagan bo‘lsak, endi AQSH uning o‘rnini egallagandi. Baʼzilar uchuvchisiz samolyotlar hujumlaridan shikoyat qilsa, baʼzilar amerikalik askarlar yo‘lida uchragan odamni o‘ldirib, go‘shtini yer ekan degan mish-mish tarqatar edi. Raymond Devis ismli Markaziy razvedka boshqarmasi agenti Lahorda mashinasiga yaqinlashib kelayotgan ikki mototsiklchini otib o‘ldirgani olovga moy sepgandek bo‘ldi. Raymond o‘z qilmishini bu ikki shaxs uni tunamoqchi bo‘lgani sabab, o‘zini himoya qilgani bilan oqladi. Amerikaliklar Devis oddiy konsullik vakili ekani, uning Markaziy razvedka boshqarmasi bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aygan bo‘lsa-da, bu gaplarga hech kim ishonmadi. Chunki maktab o‘quvchilari ham konsullik vakili litsenziyasiz mashinalarda yurmasliklarini yoki yonida Glock to‘pponchalarini olib yurmasliklarini yaxshi bilardi.
Pokiston ommaviy axborot vositalari Devis AQShning Pokiston razvedkasiga ishonmay yuborgan razvedka vakili ekanligi haqida yozib chiqdi. Jurnalistlarning aksariyati Devis Lahorda joylashgan, bir vaqtning o‘zida zilzila va toshqin qurbonlariga katta yordam ko‘rsatgan Lashkare-Taiba nomli harbiy guruh haqida maʼlumot to‘playotganiga qattiq ishonishardi. Ushbu guruhning 2008 yilda Mumbayga qilingan hujumni uyushtirgani haqida ham ayrim maʼlumotlar mavjud edi. Guruhning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi Kashmir musulmonlarini Hindiston hukmronligidan ozod qilish hisoblanar, ammo negadir ular yaqin-yaqindan boshlab Afg‘onistondagi faoliyatini kuchaytira boshlagandi. Ayrim odamlar esa Devis birinchi navbatda mamlakatimiz yadroviy arsenaliga qiziqqani haqida aytardi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Raymond Devis ismi butun pokistonliklarga tanish bo‘lib ulgurdi. Butun mamlakat bo‘ylab Amerikaning Pokiston ichki ishlariga aralashishiga qarshi norozilik to‘lqini tarqaldi. Odamlar orasida «Pokiston bozorlari Amerikaga maʼlumot jo‘natib turadigan josuslarga тўла» degan gap tarqaldi. Devis tomonidan o‘ldirilgan odamlardan birining bevasi zahar ichib o‘zini o‘ldirganidan so‘ng odamlar orasidagi norozilik yanada kuchaydi.
Bir necha hafta davomida Vashington va Islomobod o‘rtasida chigal vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Nihoyat, odamlarning xohish-irodasi inobatga olinib, Devis mahkamaga tortildi. Amerikaliklarga 2,3 million dollar miqdorida «qon товонини» to‘lash majburiyati yuklanib, Devis mamlakatdan chiqarib yuborildi. Pokiston AQShdan o‘z agentlarini chaqirib olishni talab qildi. Bundan buyon amerikaliklarga Pokiston vizalari berilmasligi aytildi. Ammo, Devis ozod qilingan 17 mart kuni uchuvchisiz samolyot Shimoliy Vaziristondagi Qabilalar Kengashi binosiga hujum qildi. Hujum oqibatida qirqqa yaqin kishi vafot etdi. Ko‘rinishidan, Markaziy razvedka boshqarmasi mamlakatimizda qabul qilingan usullardan foydalangan holda harakat qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqchi edi.
Bir kuni bo‘yim o‘sgan-o‘smaganini o‘lchash uchun ketayotganimda, to‘satdan qulog‘imga g‘alati ovozlar chalina boshladi. Nima bo‘layotganini anglash uchun otamning yoniga borganimda, otamning do‘stlaridan biri kecha AQSH harbiylari biz surgun paytida yashagan shaharlardan biri bo‘lgan Abbottabadga bostirib kirib, Usama bin Ladenni o‘ldirgani haqidagi xabarni yetkazish uchun uyimizga kelganini aniqladim. Birinchi raqamli terrorchi harbiy akademiyadan bir kilometr uzoqlikda joylashgan baland devorlar bilan o‘ralgan villada yashab kelgan ekan. Armiya rahbariyati bu haqida hech narsa bilmasligiga ishonish juda qiyin edi. Gazetalar akademiya kursantlari bin Laden uyi orqasidagi maysazorda mashg‘ulot o‘tkazgani haqida yozishdi. Bin Laden eng kichik rafiqasi Amal ismli yamanlik ayol bilan olti metrlik devori elektr simlar bilan o‘rab tashlangan ushbu qasrning eng yuqori qavatda yashagan, qolgan ikki xotini va o‘n bir farzandi esa quyi qavatlardan joy olishgan ekan. Amerikalik senatorlardan biri kinoya bilan ushbu voqeani quyidagicha sharhladi: “Bu uyda Bin Laden yashaydi” degan belgidan boshqa hamma narsa bin Ladenning ushbu uyda yashashidan dalolat bergan.”
Darhaqiqat, pushtunlar yashaydigan hududlarda ko‘p odamlar o‘z shaxsiy hayotlarini himoya qilish va ayollarning qiziquvchan ko‘zlardan pana qilish uchun uylarini baland devorlar bilan o‘rab olishadi. Ammo uyda telefon yoki Internet aloqasining yo‘qligi, shuningdek uy egalarining ostona hatlab ko‘chaga chiqmasliklari barcha uchun g‘alati tuyular edi. Keyinchalik maʼlum bo‘lishicha, Bin Laden va uning oilasiga oziq- ovqatni kurer aka-ukalar yetkazib berishgan ekan.
AQSH harbiylari bin Ladenni peshonasidan darcha ochishdi. Zombi shotirlari uning qabrini ziyoratgohga aylantirmaslik uchun jasadini vertolyotda olib chiqib, Arab dengiziga uloqtirishdi. Keyinchalik tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, bin Laden harbiylarga umuman qarshilik bildirmagan ekan. Kurer aka-ukalar ham, Bin Ladenning
voyaga yetgan o‘g‘li ham o‘ldirildi, ayollar va bolalar hibsga olinib, Pokiston qamoqxonasiga yuborildi. Amerika Prezidenti Barak Obama ham o‘zida yo‘q xursand bo‘ldi. Oq uy yonidagi maysazorda bo‘lib o‘tgan marosimni barchamiz televizor orqali tomosha qildik.
Dastlab, bizda Pokiston hukumati bin Ladenni yo‘q qilish operatsiyasidan xabardor va hatto unda ishtirok etgan degan tasavvur uyg‘ongandi. Ammo tez orada amerikaliklar yolg‘iz harakat qilishgani oshkor bo‘ldi. Pokiston xalqiga bu xabar umuman yoqmadi. «Terrorizmga qarshi кураш» deb atalgan davrda biz ulardan ko‘proq askarimizni yo‘qotgandik. Maʼlum bo‘lishicha, amerikaliklar tunda barcha radarlarni maxsus elektron moslamalar yordamida to‘sib qo‘yib, Pokiston chegarasini ovoz chiqarmaydigan maxsus vertolyotlar yordamida kesib o‘tgan. Operatsiya yakuniga yetkazilgandan keyingina ular bu haqda armiyaning bosh qo‘mondoni general Ashfaq Kayani va prezident Zardariga xabar berishgan. Armiya qo‘mondonlarining aksariyati bin Ladenning yo‘q qilingani haqida televizion yangiliklardan bilib olishgan.
Amerikaliklar boshqa ilojlari qolmaganligini taʼkidlashdi. Ular Pokiston harbiy razvedkasi bin Laden bilan bog‘lanib, rejalashtirib qo‘yilgan operatsiya to‘g‘risida ogohlantirib qo‘yishidan cho‘chishgan ekan. Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Pokiston razvedka xizmatini «yoki qobiliyatsiz, yoki terrorchilar bilan hamtovoq”likda aybladi. Otam buni katta sharmandalik deb hisobladi. Men ham juda ajablanar edim. Qanday qilib butun dunyoga mashxur terrorchi shuncha yil davomida Pokistonda bemalol yashashi mumkin?
Bin Laden qayerda jon saqlagani Pokiston maxfiy xizmatiga juda yaxshi maʼlum ekanligiga hech kim shubha qilmay qo‘ydi. Chunki Pokiston markaziy razvedkasi qudratli tashkilot hisoblanib, unda juda ko‘p pixini yorgan agentlar xizmat qilishardi. Mana shunaqa professionallar sayyoramizning eng qo‘rqinchli terrorchisi Pokiston poytaxtidan atigi yuz kilometr uzoqlikda yashashini bilmasliklari mumkin emasdi. Bundan tashqari, 2005 yilgi zilzila paytida ham Pokistonda bo‘lgan. Hech bo‘lmaganda evakuatsiya yoki hodisa asoratlarini bartaraf etish chog‘ida Bin Ladenni kimdir ko‘rib qolishi mumkin edi- ku! Uning ikki farzandi ham Abbottobad kasalxonasida tug‘ilgan. Ashaddiy terrorchi to‘qqiz yil mobaynida Pokistonda yashagan, Abbotoboddan oldin biroz muddat Xaripurda yashagan va undan sal oldinroq Svat vodiysiga yashiringan. Aynan o‘sha yerda u 11 sentabr hujumi tashkilotchisi Xolid Shayx Muhammad bilan ko‘rishgan.
Bin Ladenni yo‘q qilish operatsiyasi ukam Xushal sevib tomosha qiladigan josuslik filmlaridan birini eslatib yubordi. Bin Laden o‘zini tasodifan oshkor qilib yubormaslik uchun telefon yoki elektron
pochtaga murojaat qilmasdan faqat kurerlar xizmatidan foydalangan. Ammo amerikaliklar uning kurerlaridan birini taʼqib qilib, Peshovarda iziga tushishgan va mashinasining davlat raqamlarini aniqlab, Abbotobodgacha kuzatib borishgan. Shundan so‘ng, uyni rentgen apparati bilan jihozlangan dron orqali tasvirga olishganida, baland bo‘yli, soqolli odam hovli atrofida aylanib yurgani maʼlum bo‘lgan.
Har kuni bir-biridan qiziq yangiliklar tarqalib, ommaviy muhokamalarga sabab bo‘lardi. Amerikaliklarning o‘zboshimchaligidan ko‘ra ko‘proq birinchi raqamli terrorchining mamlakatimizda davru- davron surgani Pokiston aholisining aksariyatini g‘azablantirdi. Baʼzi gazetalarda amerikaliklar Bin Ladenni ko‘p yillar muqaddam o‘ldirgani va shu vaqtgacha jasadini muzlatgichda saqlab kelgani, so‘ngra ular jasadni harbiy akademiya yaqinidagi qasrga joylashtirib, terrorchini yo‘q qilish «operatsiya” sini o‘tkazganlari to‘g‘risida xabarlar bosilib chiqdi.
Biz ko‘chalarga chiqib, Pokiston armiyasini qo‘llab-quvvatlash haqida chaqiruvlar qabul qila boshladik. Notanish odamlar uyimizga banner tashlab ketishdi. Bannerda “Armiya 1948, 1965 va 1971 yillarda siz uchun jang qilgan. Armiyani orqasidan pichoq bilan urishganida, nega qo‘llab-quvvatlamaysiz “ degan yozuv aks etgandi. (Hindiston bilan bo‘lgan uchta urush haqida gap ketyapti). Ammo armiyaga qarshi kinoya va nafrat aks etgan varaqalar ham tarqalib ketdi. Bir varaqada har yili qurollanish uchun 6 milliard dollar sarflaydigan (taʼlimga nisbatan yetti baravar ko‘p) mamlakatda amerikalik vertolyotlar chegaradan qanday o‘tib ketishi mumkinligi so‘roq ostiga olingandi. Matn oxirida “Iltimos, shovqin qilib, uxlayotgan armiyani uyg‘otib yubormang!“ degan kinoyali yozuv o‘rin olgandi. Yana bir varaqada esa « Vertolyotni aniqlashga qodir bo‘lmasa-da, kabel televideniyesini ulashga yaraydigan Pokiston radarlari sotilmoqda”, deb yozilgandi.
Armiya generali Kayani va idoralararo razvedka boshlig‘i Ahmed Shuja parlamentda tushuntirish berishga majbur bo‘lishdi. Pokiston ilgari bunday hodisani boshidan kechirmagandi. Mamlakatimiz butun dunyoga sharmanda bo‘ldi. Bo‘ladiyam-da! Sayyoramizning birinchi raqamli terrorchisi Pokiston burni ostida yashab yurganini «sezmagan” hukumat nega sharmanda bo‘lmasin?
Amerika hukumati Bin Ladenning Abbotoboddagi sakkiz yillik faoliyati davomida Pokistonga 20 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratganini eslatib qo‘yib, Pokiston aslida kim tomonida bo‘lganini savol qilib qo‘ydi. 20 milliard доллар… Afsuski, bu mablag‘larning qay tariqa sarflanganini hech kim bilmaydi. 20 milliard доллар…
2011 yil oktabr oyida otamning elektron pochtasiga men Amsterdamda joylashgan Bolalar huquqlarini himoya qiladigan tashkilot tomonidan
beriladigan xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod bo‘lganim to‘g‘risida xabar keldi. Quvonarlisi, men Janubiy Afrikaning arxiyepiskopi Desmond Tutu tomonidan nomzod qilib ko‘rsatilgandim. Aparteidlarga qarshi tinimsiz kurashgan bu inson doim otamni hayratda qoldirib kelgandi. Ammo men mukofotga loyiq deb topilmadim. Otam buni eshitib juda qattiq siqildi. Ammo, men bundan zarracha siqilmadim. Sababi, bir nechta ish ko‘rsatgan nomzodlardan farqli o‘laroq, men hali so‘zdan amalga o‘tish imkoniga ega bo‘lmagandim.
Ko‘p o‘tmay, Panjob bosh vaziri Shaxboz Sharif meni Lahordagi maktabning ochilish marosimida nutq so‘zlashga taklif qildi. Shahboz Sharif «Donish мактаби» deb nomlangan yangi maktablar tarmog‘ini tashkil qilganligi bilan nom qozongan maʼrifatparvarlardan. Ushbu maktablar tarmog‘ining o‘ziga xos jihatlaridan biri o‘quvchilarga ishchi oynasida vazir portreti tasviri tushirilgan bepul noutbuklarning tarqatilishidir. Bundan tashqari, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘g‘il- qizlarga pul mukofotlari joriy qilinganligi maktabdagi taʼlim sifatini ancha oshishiga xizmat qildi. Albatta, meni ham quruq qo‘yishmadi — qizlarning taʼlim olish huquqini himoya qilish kampaniyasi uchun yarim million rupiya, taxminan 4500 dollar miqdoridagi chek qabul qilib oldim.
Hayotim davomida birinchi marotaba sinfdoshlarim bilan toliblar o‘rnatgan qoidalarni qanday buzganimiz va yashirincha maktabga borishda davom etganimiz to‘g‘risida gapirdim: “Xurmatli o‘quvchilar, sizlar tinch-omonlikda, hurlik davrida tahsil olmoqdasizlar. Men esa qo‘limdan kitob va daftarlarni zo‘rlik bilan tortib olishganlaridagina taʼlimning ahamiyatini anglab yetganman. Ammo, hech qachon kurashishdan to‘xtamadim. Svat vodiysi qizlari hech kimdan qo‘rqmasligini isbotlashim kerak edi-da! Shu sababli, nima bo‘lishidan qatʼi nazar ilm olishdan to‘xtamaslikka qaror qildim.
Bir kuni maktabga kelganimda, sinfdoshlarim meni o‘rab oldi. Bir necha daqiqa nima bo‘layotganini anglay olmay turganimdan so‘ng bir sinfdoshim hammasini tushuntirib berdi:
"Sen yuksak unvon va yarim million rupiya mukofot pulini qo‘lga kiritding!"Otamning oldiga vaziyatni oydinlashtirish uchun borganimda Pokiston hukumati meni yangi taʼsis etilgan Milliy tinchlik mukofotiga loyiq ko‘rganini aytdi, o‘sha payti mendan baxtli odam yo‘q edi dunyoda. Quloqlarimga ham, ko‘zlarimga ham ishonmadim. O‘sha kuni jurnalistlar ko‘pligidan maktabimiz tom maʼnoda televizion studiyaga aylangandi.
Taqdirlash marosimi 2011 yil 20 dekabrda bosh vazirning rasmiy qarorgohi hisoblangan tepalikdagi katta oq qasrda bo‘lib o‘tdi.
Islomobodga avvalgi tashriflarimda Konstitutsiya xiyoboni bo‘ylab yurib, ushbu imoratga ko‘zim tushganida doimo lol qolardim. Siyosatchilar bilan uchrashishga odatlanib qolganim tufayli hayajonlanish degan tushuncha menga yot edi. Ammo, otam bosh vazir G‘iloniy avliyolar oilasidan chiqqanligini aytganda rosmana hayratda qoldim. Bosh vazir menga mukofot va chekni topshirgandan so‘ng, men unga bir qancha iltimosim borligini bildirdim. Birinchi navbatda, Toliblar tomonidan vayron qilingan maktablarni taʼmirlash kerakligini aytgan bo‘lsam, so‘ngra svatlik xotin-qizlar uchun universitet ochib berishda amaliy yordam ko‘rsatishini so‘radim. Albatta, bosh vazir mening talablarimni jiddiy qabul qilmasligi ehtimoldan yiroq emasligini bilar edim va shu sababli ko‘p ishonib qolmadim. Kun keladi, men o‘zim siyosatchi bo‘laman va fuqarolar uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitni yaratib beraman.
Sovrin har yili o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlarga berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi va mening sharafimga "Malala"deb nomlandi. Negadir, dadam bu holatdan unchalik xursand emasligini payqadim. Aksariyat pushtunlar singari u ham xurofotlarga ishonar, sababi Pokistonda narsalarga tiriklarning nomi qo‘yilishi irim sanalardi. Faqat o‘lganlarning nomi abadiylashtiriladi. Shuning uchun otam sovringa mening nomim berilishini yomonlikka yo‘ygan.
Tobora mashxur bo‘lib ketayotganim onamga ham xush yoqmadi. U mening toliblar nishoniga aylanib qolishimdan qo‘rqardi. Uning o‘zi hech qachon jamoat oldida ko‘rinmagan va hatto suratga tushishdan bosh tortgan. Onam ko‘p asrlik anʼanalarimizga chin qalbdan rioya qilardi. Ammo u hech qachon otamning inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanishi va meni o‘zi bilan olib yurishga qarshi bo‘lmagan. Sovrinni qo‘lga kiritganimdan so‘ng, onam meni yoniga olib quyidagi gaplarni aytdi:
“Menga hech qanaqa sovrinlar kerak emas. Menga qizim kerak. Dunyodagi barcha mukofotlarni kiprigingni tolasiga alishmayman."
Mukofot mashmashalari yakunlanganidan so‘ng, maktabda otamning kabineti yonidan o‘tib ketayotganimda, yoniga chaqirib olib, quyidagilarni taʼkidladi:
«Biz istagan narsa bolalarga bilim olish imkoniyatini berishdir. Buning uchun esa inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanishimiz va siyosiy kampaniyalarda qatnashishimiz kerak. Jang qilishning boshqa usuli yo‘q. Mening eng muhim istagim — o‘z farzandlarimni va butun xalqimizni savodli qilishdir. Buning uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Ammo siyosatchilarimizning yarmi yolg‘on gapirayotganini,
qolgan yarmi Tolibon bilan hamkorlik qilayotganini ko‘rsam, tepa sochim tikka bo‘ladi. Har birimiz haqiqat uchun kurashishga majburmiz.»
Uyga qaytganimda, bir guruh jurnalistlar mendan intervyu olmoqchi ekanligi maʼlum bo‘ldi. Tabiiyki, bunday tadbir uchun iloji boricha chiroyli kiyinish kerak edi. Avvaliga ko‘ylaklarim orasidan eng yaxshisini kiyishni o‘yladim, keyinchalik esa odamlar kiyimimga emas, fikrlarimga quloq solishini istadim.
Suhbatning ertasiga maktabga kelganimda, barcha do‘stlarim sirli jilmayib turishganini ko‘rdim. Sinfga kirishimni bilaman, hammasi bir ovozdan baqirib yubordi: «Syurpriz!»
Qizlar pul yig‘ib, “Muvaffaqqiyat tilaymiz!“ yozuvi tushirilgan tort sotib olishgan ekan. Do‘stlarim quvonchimga sherik bo‘lganidan bag‘oyatda xursand bo‘ldim.

  • Endi darsga qaytamiz, mart oyida imtihonlar borligini unutmang! Xursandchiligimiz Maryam xonimning ultimatumidan so‘ng yakuniga етди…

O‘sha yili qayg‘uli voqea bilan yakunlandi. Men mukofot olganimdan besh kun o‘tgach, onamning katta singlisi Babo xola to‘satdan vafot etdi. Alamlisi, u hali ellik yoshga ham kirmagan edi. Xolam qandli diabet bilan og‘rigan ekan. O‘lim sababi quyidagicha bo‘lgan: Xolam televizorda bir tabibning bemorlarga mo‘ʼjizaviy davolanish usulini taklif qilayotgani haqida reklama roligini ko‘rib qolgan va eri bilan maslahatlashib aynan shu tabibdan muolaja olishga qaror qilgan. Xolam qanday dori qabul qilgani faqat xudoga ayon. Ammo aynan shu tabibning dorilaridan so‘ng xolamning ahvoli yomonlashib, tez orada narigi dunyoga ravona bo‘ldi. Otam ushbu shifokorni odamlarning johilligidan foydalangan kazzob deya atadi.
Menga kelsak, Pokiston hukumati, viloyatimiz bosh vaziri va Sind hukumatining har biridan maktabimiz uchun yarim million rupiya undirishga muvaffaq bo‘ldim. Shuningdek, armiya qo‘mondoni general G‘ulom Qamar maktabimizga kimyoviy laboratoriya va kutubxona tashkil etish uchun 100 ming rupiya xayriya qildi. Ammo kurash hali yakunlanmagani aniq edi. Mukofotlar, eʼtirof va shon-sharaf men uchun oxirgi manzil emasdi. Erishgan yutuqlarim bilan to‘xtash niyatim ham yo‘q edi. Urushdan g‘alaba qozonib chiqib, zavq-shavqqa to‘lgan qo‘shinlarning qayg‘uli taqdiri haqida hikoya qiluvchi tarix saboqlari xotiramda muhrlanib qolgandi. Haqiqiy kurashda g‘alaba qozonishimiz kerak edi, kichik janglarda emas.
Ular menga bergan pulga otam menga yangi to‘shak va shkaf sotib oldi, onam esa tishiga implant qo‘ydirdi. Shuningdek, biz otam tug‘ilgan qishloq bo‘lmish Shangladan yer sotib oldik. Qolgan barcha pullarni
muhtojlarga yordam berish uchun sarflashga qaror qildik. Men kambag‘al oilalar bolalarining taʼlimini moliyalashtiradigan fond yaratmoqchi edim. Axlat tepaligida izg‘ib yurgan bolalarni ko‘rgach buni dilimga tugib qo‘ygandim. O‘shandan beri yuzlari xiralashgan va sochlari ifloslangan bu bolalar ko‘z o‘ngimdan ketishmasdi. Ularning ham hammaga o‘xshab bilim olishga haqlari bor! Sinfimizdagi yigirma bir nafar qiz birgalashib konferensiya o‘tkazdik va Svat vodiysidagi barcha qizlar boshlang‘ich taʼlim olishlari kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qildik. Konferensiyada uysizlar va bolalar mehnati masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bir kuni Malakand dovoni orqali ketayotganimda apelsin sotayotgan o‘spirin qizga ko‘zim tushib qoldi. U na o‘qishni va na yozishni bilishi kundek ravshan edi. Men uni suratga oldim va bu kabi qizlarga bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlarimni ishga solishga vaʼda berdim. Men olib borayotgan kurashdagi hal qiluvchi pallalar hali oldinda эди…



  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling