Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


Download 0.59 Mb.
bet27/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

bob. Shaxsiy tolibonlashuv


  • Kel, kinolardagidek vampir-vampir o‘ynaymiz, deya taklif berdim do‘stim Monibaga.

2012 yil aprel oyi. Maktab jamoasi bilan havosi salqin, atrofi baland tog‘lar bilan o‘ralgan so‘limgina go‘sha – Marg‘uzorga tashrif buyurdik. Billurdek zilol suv oqayotgan daryo qirg‘og‘ida bir oz piknik qilmoqni rejalashtirdik. Shu yaqin o‘rtada ilgari valining yozgi qarorgohi vazifasini o‘tagan «Oq Уй» mehmonxonasi joylashgan edi.
Sayohatdan maqsad – og‘ir o‘tgan imtihonlardan so‘ng bir oz xordiq chiqarib olish. Umumiy hisobda 72 o‘quvchi qiz sayohatga chiqishdi. O‘qituvchilarimiz va ota-onam bizga hamrohlik qilishdi. Otam uchta avtobus yolladi, ammo barcha odam avtobuslarga sig‘magani bois, besh kishi — men, Moniba va yana uchta qiz maktab mikroavtobusiga joylashdik. Biz manzilga juda qiynalib yetib oldik, chunki mikroavtobus polida piknik uchun olingan tovuq go‘shti va guruch ham ortilgan edi. Baxtimizga, manzil yarim soatlik edi, shuning uchun ko‘nglimizni cho‘ktirmasdan, aksincha, yo‘l bo‘yi qo‘shiqlar kuylab bordik.
Oppoqqina Moniba juda-juda lobar ko‘rinardi. Shu sabab, qiziqsinib undan so‘radim:

Men uning rost gapirmayotganini yaxshi bilardim.

  • Bo‘lmasa, nega mening terim rangsizu, seniki tiniq? Moniba bunga javoban shunchaki yelkasini qisdi.

Biz Oq Uyga tashrif buyurdik, vali yotgan xonani va chamanzorlar, bog‘- rog‘larni aylanib chiqdik. Afsuski, toshqin paytida katta zarar ko‘rgan vali idorasini ko‘ra olmadik.
Daraxtlari allaqachon kurtaklay boshlagan o‘rmon bo‘ylab yurib, maysazorlar atrofida yugurib, suratga tushdik, so‘ngra daryoga tushib, bir-birimizga suv sepa boshladik. Tomchilar oftobda jilolanib, o‘zgacha go‘zallik kasb etardi. To‘satdan, biroz balandroqda, toshlar orasidan qanaqadir shovqin eshitildi. Biz bir muncha vaqt tinchlanib qoldik. O‘rtadagi sukunatni Monibaning menga suv purkab, qochishi buzdi.
— To‘xta, yaramas! – qichqirdim g‘azablanib. – Kiyimlarimni xo‘l qildingku, iplos! Moniba qiqir-qiqir kula boshladi. Shundan so‘ng men undan uzoqlashib, Moniba yomon ko‘rgan ikki qizning yoniga bordim. Moniba bilan yana bir marta sodir bo‘lgan «dahanaki” jangimiz kayfiyatimni biroz tushirdi, lekin kechki ovqat qilish uchun tepalikka chiqqanimizda, yana kayfiyatim ko‘tarildi. Haydovchimiz Usman Bxay Yan har doimgidek kulgili voqealarni aytib berdi. Maryam xonim o‘z farzandlari — go‘dak o‘g‘li va ikki yoshli Xannani birga olib kelgandi. Bolakaylar qo‘g‘irchoqlarga o‘xshashar, ammo qo‘g‘irchoqdan farqli o‘laroq, bir daqiqa ham tek turishmasdi.
Ammo ovqatlanishni boshlashimiz bilan, ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Maktab xodimlari tovuq buloni solingan idishni olovga qo‘yganlarida bu ovqat buncha odamga yetmasligi ayon bo‘lgandi. Xodimlar o‘ylay-o‘ylay bulonga daryo suvini qo‘shishga qaror qilishdi. Natijada, bulonning taʼmi rosa buzilib ketdi. Bu umrim davomida qilgan eng yomon tushlik edi.
Har doimgidek, ekskursiya yakunida otam tosh ustida turib bizdan ushbu kun haqidagi taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashishimizni so‘radi. Bu safar aksariyat qizlar uchun eng katta taassurot dahshatli kechki ovqat bo‘ldi. Qizlar kechki ovqat haqida gapirganlaridan so‘ng otam uyatdan yer chizib qoldi.
Ertasi kuni ertalab maktabimiz ishchisi uyimizga sut, non va tuxum olib keldi. Bu ayol kishi qiladigan ish emas deb hisoblagani uchun eshikni har doim otamning o‘zi ochardi. Ishchi do‘kon egasi xat nusxasini berganini maʼlum qildi. Ushbu xatni o‘qib, otamning avzoyi bir oz buzildi va «Maktabimizga qarshi vahshiy tashviqot yana бошланади» degancha xatni o‘qiy boshladi:
“Mamlakatimizda Xushal maktabi deb nomlangan maktab mavjud. Uning egasi ko‘plab nodavlat tashkilotlarning aʼzosi (nodavlat tashkilotlar
dindorlar orasida juda yomon obro‘ga ega, shuning uchun odam ushbu tashkilotlardan biriga mansub ekanligi haqida xabar berish unga g‘azabni jalb qilishning ishonchli usuli hisoblanadi). Ushbu maktab imonsizlik va odobsizlik maskanidir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi shaʼrifda shunday deydilar: «yomonlikni ko‘rgan har bir kishi buni o‘z qo‘li bilan to‘xtatishi kerak. Agar u buni qila olmasa, boshqa odamlarga qilinayotgan yomonlik haqida aytib berishi kerak, shunda ular yovuzlikka chek qo‘yadilar. Agar bu ham imkonsiz bo‘lsa, har bir haqiqiy mo‘minning vazifasi qalbidagi yovuzlikka qarshi turishdir.» Men va ushbu maktab egasi o‘rtasida hech qachon shaxsiy adovat bo‘lmagan, faqat sizlarga Islom shariatiga zid bo‘lgan baʼzi narsalarni eslatib qo‘yaman. Agar biz ushbu imonsizlik va odobsizlik in qurib olgan maktabni yo‘q qilmasak, qiyomat kuni bu harakatsizligimiz uchun Alloh oldida qanday javob beramiz? Ushbu maktabda o‘qiyotgan qizlarni doimiy ravishda piknik deb ataladigan joyga olib borishadi. Ular oxirgi marta Oq Uyda bo‘lishgan. U yerga boring va menejerdan ushbu pikniklar paytida qanday odobsizliklar yuz berganini so‘rang . ”
Otam g‘azablangancha maktubni otib yubordi. «Imzo yo‘q, maktub egasi номаълум»
Barchamiz hayratdan yoqa ushladik.
«Bu tuhmatni yozgan odam hech kim Oq Uyga bormasligini va menejerni so‘roq qilmasligini juda yaxshi билади» otamning ushbu gapi sukunatni buzib yubordi. “Ular shunchaki har xil dahshatlarni tasavvur qilishadi. Qanday asossiz uydirmalar! Axir, qizlar noto‘g‘ri ish qilishmagan!”
Otam anonim xat qanchalik keng tarqalganligini bilish uchun amakivachcham Xanjiga qo‘ng‘iroq qildi. Bilishimizcha, xatning nusxalari hamma joyda tarqalgan, barcha do‘kon eshiklariga yopishtirib chiqilgan ekan. To‘g‘ri, baʼzi do‘kon egalari qog‘ozni yulib olishibdi. Masjid oldida esa maktabimizga qarshi ayblovlar yozilgan ulkan reklama taxtasi o‘rnatilibdi.
Bu voqealardan sinfdoshlarim rosa qo‘rqib ketishdi.

  • Janob, maktabimiz haqida turli gap-so‘zlarni eshityapmiz, — deyishdi ular otamga. — Ota-onamiz nima deb o‘ylashadi?

Otam barcha o‘quvchilarni hovliga yig‘di. Qizlarni nima qo‘rqitayotgani haqida so‘radi.

  • Islom diniga zid ish qildingizmi? Yoki birorta axloqsiz xatti- harakatni amalga oshirdingizmi?Axir, shunchaki suv sepib, suratga tushayotgan edingiz-ku. Hech narsadan qo‘rqmasangiz ham bo‘laveradi. Fazlullohning izdoshlari bizga tuhmat qilishga urinishmoqda, xolos.

Ularga eʼtibor bermang! Siz ham o‘g‘il bolalar singari o‘tloqda yugurish, toza havodan nafas olish va tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lish huquqiga egasiz.
Otamning ko‘rinishi xotirjam bo‘lsada, ich-ichidan rosa tashvishlanayotganini his qildim. To‘g‘ri, tuhmat aksariyat o‘quvchi qizlarning qarindoshlariga kuchli taʼsir ko‘rsatmadi — faqat bitta odamgina singlisini maktabdan olib ketdi. Ammo otam muammolar shu bilan tugamasligini yaxshi bilardi. Ko‘p o‘tmay, biz Dera tomon tinchlik marshi o‘tkazayotgan Ismoil Xonning Mingoraga yaqinlashayotgani haqida eshitdik va unga peshvoz chiqishga intildik. Ammo biz uydan chiqib ketayotganimizda, pakanagina odam bizga yaqinlashib, u yerga bormasligimiz, u yerda xudkush-terrorchilar qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirayotgani to‘g‘risida ogohlantirdi. Ammo biz tinchlik marshini o‘tkazayotgan qahramonni kutib olishga vaʼda bergandik, shuning uchun boshqa yo‘l bilan u yuradigan ko‘chaga etib keldik. Ismoilxonning bo‘yniga gulchambar osishimiz bilan tezda uyga qaytdik.
Bahor va yoz davomida g‘alati voqealar sodir bo‘ldi. Baʼzi nomaʼlum odamlar uyimiz atrofida o‘ralashib, qo‘shnilarimizdan oilamiz to‘g‘risida maʼlumot olishga harakat qilishdi. Otam ularni harbiy razvedka agentlari deb hisobladi. Otam yetakchiligidagi Svat Qumi Jirg‘a armiya rahbariyatining Mingorada tungi patrullarni tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga qarshi miting o‘tkazganlaridan keyin ularning tashriflari tez-tez sodir bo‘la boshladi.
O‘sha mitingda otam:

  • Armiya qo‘mondonlari mamlakatimizda tinchlik hukm surayotganini aytishadi. Agar shunday bo‘lsa, nega bizga tungi patrullar kerak, — degan gaplarni aytib o‘tgandi.

Maktabimiz Mingoraning ko‘plab bolalari ishtirok etgan yosh rassomlar tanlovi o‘tkaziladigan joyga aylandi. Ushbu musobaqaga otamning do‘sti bo‘lgan xotin-qizlar huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat tashkilot rahbari homiylik qildi. Bolalarning rasmlari o‘g‘il va qiz bolalarning teng imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlashi va ayollarga nisbatan kamsitishning asossizligini ko‘rsatishi aks ettirishi kerak edi.
Bir kuni ertalab otamning oldiga ikkita harbiy razvedka xodimi keldi otamdan so‘radi:

  • Bu yer qayer?

  • Ko‘rmayapsizmi? Maktabku, — dedi otam. — Xuddi insho tanlovi yoki notiqlar tanlovi singari rassomchilik tanlovini o‘tkazyapmiz.

Buni eshitgan ofitserlar qattiq g‘azablandilar. Otam ham g‘azablandi.

  • Bu mamlakatda hamma meni taniydi va nima ish qilishimni biladi! – o‘dag‘ayladi otam. – Sizlarning asl ishingiz qo‘llari tinch aholining qoniga bo‘yalgan Fazlulloh va uning hamtovoqlarni qo‘lga olish. Mening orqamni kavlash emas!

Ramazon oyi kirib keldi. Karamida yashaydigan otamning do‘sti Vakil Xon kambag‘allarga tarqatish uchun kiyim-kechak yubordi. Ushbu tadbir uchun katta zalni ajratdik. Har yerda hoziru nozir bo‘lgan harbiy razvedka agentlari ham yetib kelishdi.

  • Bu yerda nima qilyapsiz? – otamni so‘roqqa tutdi agentlardan biri. — Bu latta-puttalar qayerdan paydo bo‘ldi?

Agentlarning kelishi odatiy holga aylanib қолди…
2011 yil 12 iyulda o‘n to‘rt yoshga to‘ldim. Islom meʼyorlariga ko‘ra, bu yoshdan boshlab inson voyaga yetgan hisoblanadi. Mening tug‘ilgan kunimda toliblar tinchlik qo‘mitasi aʼzosi bo‘lgan Svat mehmonxonasi egasini o‘ldirganligi haqida xabar keldi. U uyidan mehmonxonasi tomon ketayotganida pistirmaga tushgan ekan.
Svat vodiysi aholisi yana toliblarning qaytib kelishidan xavotirga tusha boshladilar. Tolibonlar 2008-2009 yillarda turli xil odamlarga tahdid qilishgan bo‘lishsa, endi faqat jangarilar va armiyaning o‘zboshimchaliklariga qarshi bo‘lgan huquq himoyachilari tahdidlar nishoniga aylanib qolgandi.

  • Tolibon biz o‘ylaganchalik qudratli tashkilot emas, — dedi otamning do‘sti Hidayatulloh. -Bu shunchaki Pokistonda keng tarqalgan fikrlash uslubi. Amerika va G‘arbning turmush tarzi va kuchli davlat hokimiyatini yomon ko‘radigan har qanday odam Tolibonga maʼlum darajada simpatiya bildiradi.

3 avgust kuni kechqurun Geo TV ning Mahbub ismli muxbiri otamga qo‘ng‘iroq qildi. U otamning do‘sti Zohid Xonning jiyani bo‘lib, 2009 yilda Tolibon hujumiga uchragan. O‘sha vaqtlarda odamlar Zohidxon ham, otam ham Tolibon nishoni ostida va ertami-kechmi o‘ldiriladi deb ishonishardi. Mahbub amakisi jiddiy jarohat olganini aytdi — masjidga shom namozini o‘qish uchun borganida kimdir unga o‘q uzgan ekan. Bu dahshatli xabarni eshitgan otamning xushi boshidan uchdi.

  • Bu nafaqat Zohidxonga, balki menga ham qaratilgan o‘q, — dedi otam. — Ehtimol, mening navbatim ham tez orada keladi.

Kech bo‘lib qolgani va Zohidxonga o‘q uzganlar ko‘chada otamni kutib turgan bo‘lishi mumkinligini inobatga olib otamdan kasalxonaga bormasligini iltimos qildik. Ammo otam qo‘rqoqlik qilib, uyda o‘tirish niyatida emasligini aytdi. Albatta, u huquq himoyachilaridan birini o‘zi bilan hamroh qilishi ham mumkin edi, ammo bunga ham unamadi. Shunday qilib, otam faqat amakivachchamni olib, kasalxonaga jo‘nadi. Onam ibodat qilishni boshlab, Xudodan erini xavf- xatarlardan saqlashini so‘radi.
Otam kasalxonaga kelganida, u yerda Qumi Jirg‘aning faqat bitta aʼzosi kelganini bildi. Zohidxonning yarasidan shu qadar qattiq qon otilardiki, soqoli qizil rangga bo‘yalganga o‘xshardi. Ammo baribir unga omad kulib boqdi. Jangari unga yaqin masofadan uch marta o‘q uzgan, ammo Zohid Xon chap berishga muvaffaq bo‘lgan va faqat birinchi o‘q nishonga borib tekkan. Zohid Xon keyinchalik o‘ziga kelganida, o‘q uzgan kimsaning bo‘yi pastgina bo‘lganini aytib bergandi. Soqoli olingan, o‘ziga qarab kulib turgan, hech qanaqa niqob taqmagan jangari Zohidxon xotirasidan bir umrga o‘chmadi. Taqdirning o‘yinini qarangki, Zohidxon o‘z xavfsizligini o‘ylab, uzoq vaqt mobaynida masjidga bormagan. Ammo, o‘ziga nisbatan xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, ilk bora shom namoziga qatnay boshlagan...
Do‘stining sog‘ayishi uchun ibodat qilganidan so‘ng otam jurnalistlarga murojaat qildi:

  • Agar mamlakatimizda mustahkam tinchlik o‘rnatilgan bo‘lsa, nega bu odamga hujum qilishdi? Shu savolni Pokiston hukumati va armiya rahbariyatiga berishni xohlardim.

Odamlar otamga kasalxonadan chiqib ketishni, tavakkal qilmaslikni maslahat berishdi.

  • Kech bo‘ldi. Boshingga birorta balo orttirib olma. Ammo, qaysar otam bu gaplarga ko‘narmidi?

Nihoyat, Zohidxon operatsiyani boshdan kechirish uchun Peshovarga jo‘natildi. Otam uyga qaytdi. Mijja qoqmasdan uni kutib o‘tirgandik. U kelishi bilan, barcha eshiklarning qulflarini tekshirdim. Ertasi kuni ertalab telefonimiz tom maʼnoda qo‘ng‘iroqlardan yorilib ketdi. Odamlar otamni ehtiyot bo‘ling deb ogohlantirishdi. Hamma uning terrorchilarning navbatdagi nishoniga aylanishi mumkinligiga ishonardi. Hidayatulloh birinchilardan bo‘lib qo‘ng‘iroq qildi:

  • Siz uning o‘rnida bo‘lishingiz mumkin edi, — dedi u. — Ular Qumi Jirg‘a aʼzolarini birma-bir otib tashlashmoqda. Siz eng taniqli faollardansiz. Hali ham tirikligingiz ajablanarli.

Otam Tolibon uni o‘ldirish niyatida yurganini yaxshi bilardi. Biroq, u politsiya himoyasidan voz kechdi.

  • Agar men xavfsizlik choralarini kuchaytirsam, toliblar Kalashnikov yoki xudkush bombalardan foydalanadilar, — dedi u. — Natijada men bilan birga yana bir necha kishi halok bo‘lishi mumkin. Ular meni o‘ldirishmoqchi bo‘lishsa, yolg‘iz o‘zimni o‘ldirishsin.

U Svat vodiysidan ketishni ham qatʼiyan rad etdi:

  • Qanday qilib bu yerni tashlab ketishim mumkin? Mening butun hayotim shu yer bilan chambarchas bog‘liq. Men Umumiy Tinchlik Kengashining Prezidenti, Oqsoqollar Kengashi Spikeri, Svat vodiysi xususiy maktablar assotsiatsiyasining prezidenti, o‘z maktabim direktori va o‘z oilam rahbariman. Shunaqa masʼuliyatlari bor odam, qanday qilib ketishi mumkin?

Otam ko‘rgan yagona ehtiyot chorasi bu o‘zgarmas kun tartibidan voz kechish bo‘ldi. U har kuni boshlang‘ich maktab, o‘g‘il bolalar va qizlar maktablariga navbatma-navbat tashrif buyurar, ammo endi tashrif qanday ketma-ketlikda bajarishini hech kim bilmas edi. Shuningdek, otam ko‘chaga chiqib, atrofga tez-tez olazarak nazar tashlab qo‘yayotganiga guhoh bo‘ldim.
Shuncha xavf-hatarga qaramay, otam va uning do‘stlari inson huquqlari bo‘yicha faoliyatlarini davom ettirishdi, matbuot anjumanlari va norozilik mitinglari uyushtirishdi. Armiya va hukumat oldiga quyidagi masalalarni qo‘yishdi:
«Agar toliblar zulmiga barham berilgan bo‘lsa, unda Zohidxonni kim otib tashladi? Ha, to‘g‘ri, so‘nggi paytlarda Tolibonning armiya va politsiyaga nisbatan qilingan hujumlari to‘xtab qoldi. Endilikda Tolibonning asosiy nishoni xavfsizlik kuchlariga tegishli bo‘lmagan odamlar — tinchlik va inson huquqlari uchun kurashganlarga qaratildi.»
Faollar faoliyatini yoqtirmagan mahalliy armiya rahbariyati
«Mingorada terrorchilar йўқ» deb bayonot berishdi:
— Zohidxonga qilingan hujumning siyosat bilan aloqasi yo‘q. Ehtimol, u mol-mulk masalasida kimdir bilan ziddiyatga borgan.
Zohid Xonning burnini asl shakliga qaytarish uchun operatsiya qilishdi, shundan so‘ng u o‘n ikki kun kasalxonada yotdi va bir oy davomida uyda davolandi. Ammo uning irodasini sindira olishmadi. Shuncha xungrezliklardan so‘ng ham u o‘z fikridan qaytgan emasdi. O‘z nutqlarida harbiy razvedka toliblarni yashirincha qo‘llab- quvvatlayotgani haqida gapiraverdi.

  • Meni kim nishonga olganini yaxshi bilaman, — dedi u gazetaga yozgan xatlaridan birida. — Fuqarolarimiz jangarilar kimning buyrug‘i bilan harakat qilayotganini bilishlari kerak.

Zohidxon suddan Tolibonlarning vodiyda quloch yoyishiga kim sharoit yaratib bergani borasida mahkama o‘tkazishni talab qildi. U o‘zini otib tashlagan odamning portretini chizdirdi va jinoyatchini qo‘lga olishlariga umid qilib, ushbu portretni politsiyaga topshirdi. Ammo politsiya uni qidirishni xayoliga ham keltirmadi...
Tolibonlar menga tahdid qila boshlashganidan keyin onam ko‘chalarda yolg‘iz yurishni taqiqlab qo‘ydi. Uning talabiga binoan men foytunda maktabga borar va avtobusda qaytardim. Faqatgina 5 daqiqagina piyoda yurishimga to‘g‘ri kelardi. Ko‘chamizga olib boradigan zinapoya yonida avtobusdan tushdim. Odatda qo‘shni bolalar o‘sha atrofda o‘ynab yurishardi. Baʼzida ular orasida Horun ismli bola ham bo‘lardi. U mendan bir yosh katta bo‘lib, ilgari bizning ko‘chada ham yashagan, biz yoshligimizda birga o‘ynar edik. Xorun bir kuni to‘satdan meni sevishini aytdi. Ammo tez orada qo‘shnimiz Safinaning uyiga go‘zal amakivachchasi ko‘chib keldi va Horun uni sevib qoldi. Biroq, qiz unga ro‘yxushlik bermadi. Keyin u yana yonimga qaytdi va qaytadan
«sevishdik”. Oradan vaqt o‘tib uning oilasi boshqa ko‘chaga, biz esa ularning uyiga ko‘chib o‘tdik. Horun boshqa shaharga yo‘l oldi va harbiy maktabga o‘qishga kirdi.
Bir marta maktabdan qaytayotganda uni ko‘chada ko‘rib qoldim. Bilishimcha, taʼtil sabab uyiga qaytgan edi. Horun uyimgacha izma-iz taʼqib qildi. Uyga kirishim bilan Horun darvozamiz ostidan qanaqadir qog‘ozni siljitib yubordi va asta ortiga ravona bo‘ldi. Qog‘ozda quyidagi gaplar yozilgan edi:
“Sen juda mashhur bo‘lib qolding, lekin men hali ham seni yaxshi ko‘raman va sen ham meni yaxshi ko‘rishingni bilaman. Menga qo‘ng‘iroq qil. Mana mening telefon raqamim. ...
Ushbu yozuvni otamga ko‘rsatganimda rosa g‘azabi qo‘zidi. Darhol Horunga qo‘ng‘iroq qilib, otang bilan gaplashaman deya qo‘rqitib, meni tinch qo‘yishni talab qildi. Shundan keyin Horunga boshqa ko‘zim tushmadi. Yigitlar bizning ko‘chaga kelishni to‘xtatishdi.
Faqatgina, ukam Atalning bir do‘sti meni masxara qilib, har ko‘rganimda “Ering Horun qani?“ deya jig‘imga tegaverardi Uning gaplaridan jonim chiqib ketdi va Atalga qarab chunonam baqirdimki, ukam qo‘rqib ketganidan do‘stidan boshqa menga bunaqa ahmoqona hazillar qilmasligini talab qildi.
Moniba bilan yarashib olganimizdan so‘ng men unga bo‘lgan voqeani aytib berdim. U har doim o‘g‘il bolalar bilan munosabatlarda juda ehtiyotkor edi, chunki akalari uning har qadamini kuzatib turishardi.
-Baʼzida “Zulmat ostonasidagi muhabbat” filmidagi vampir bo‘lish Svat vodiysida yashaydigan qiz bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroq deb o‘ylayman”, deya xo‘rsinib qo‘ydim.



  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling