Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar
bob. Uning tabassumini tortib olishdi
Download 0.59 Mb.
|
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz
bob. Uning tabassumini tortib olishdiOta-onam Birmingemga uchib ketishgan kuni meni reanimatsiyadan oddiy bo‘limga o‘tkazishdi. Endigi joylashgan xonamda derazalar ham mavjud bo‘lib, Angliyani hayotimda birinchi marta ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim Birinchi bergan savolim «Tog‘lar qayerda?» deyish bo‘ldi. Bu yer yomg‘irli va tumanli bo‘lgani bois atrof tog‘lar bilan o‘ralgan deb o‘ylagandim. Bu mamlakatda quyosh kamdan-kam charaqlashidan ham xabarim yo‘q edi. Derazadan faqat uylar va ko‘chalarga ko‘zim tushdi. Qizil g‘ishtdan qurilgan uylar bir xil ko‘rinishga ega edi. Atrofdagi barcha narsa tinch va osoyishta turardi. Odamlarning robotlardek hayotlarini davom ettirishlarini ko‘rish g‘alati tuyuldi. Doktor Javidning ota-onam kelishayotganini aytdi. Bu gapni eshitishim bilan eshikdan ko‘z uzmay, karavotda yota olmay qoldim. Yuragim hayajondan tez-tez ura boshladi. O‘n olti kun oldin maktabga shoshilayotgan va Mingoradagi uyimizdan chiqib ketayotgandim. Shu vaqt ichida to‘rtta kasalxonada bo‘lib, minglab kilometr masofani bosib o‘tdim. O‘n olti kun emas, balki o‘n olti yil o‘tganday tuyuldi. Nihoyat, eshik ochilib, ona tilimda aytilgan «Jani” va «Piso” so‘zlarini eshitdim. Ota-onam darhol meni quchoqlab olishdi va bir- birlariga navbat bermasdan qo‘llarimni o‘pa boshlashdi. Harchand o‘zimni ushlab turishga urinmay, xo‘ngrab yig‘lab yubordim. Shifoxonada o‘tkazgan kunlarimning hech qaysisida, xattoki bo‘ynimga ukol qilinganida ham yig‘lamagandim. Ammo endi o‘zimni to‘xtata olmay qoldim. Ota va onam ham ho‘ng-ho‘ng yig‘lashardi. Ko‘z yoshlar bilan birgalikda ich etimdan o‘zgacha hissiyotlar o‘ta boshladi. Endi hammasi yaxshi bo‘lishiga shubham yo‘q edi. Ota-onam bilan birgalikda ukalarim ham kelishgandi. Ularnii, hattoki doimo janjallashib, urishib yuradigan Xushalni ko‘rib ham, boshim ko‘kka yetdi. «Biz seni sog‘indik, Malala”, — deyishdi ukalarim. Men ham ularni sog‘inganligimni angladim. Biroq, tez orada ularning eʼtiborlarini menga yuborilgan sovg‘alar va o‘yinchoqlar tortib oldi. Ota-onamning o‘zlarini oldirib qo‘yganini payqadim. Pokistondan uzoq parvoz ularni charchatgan degan yaxshi gumonga borib qo‘ya qoldim. Ota va onamning yuzi biroz qarigan, ikkalasining ham sochlariga oq tushgandi. Garchi yashirishga urinishgan bo‘lishsa ham ular mening tashqi ko‘rinishimdan ham xafa bo‘lganday tuyuldi. Keyinchalik bilishimcha ular mening xonamga kirishlaridan oldin doktor Javid ularni ogohlantirgan ekan: «Qizingiz atigi 10 foiz o‘zini tikladi. Yana 90 foiz bor.» Ammo baribir ota-onam yuzimning yarmi falaj bo‘lganini va kula olmayotganimni ko‘tara olishmadi. Sochlarim kesib tashlangan, chap ko‘zim bo‘rtib chiqqan, og‘zim burishgan va tabassum o‘rnida g‘alati mimika paydo bo‘lgandi. Miyam yuzimning chap tomonini unutib qo‘yganga o‘xshardi. Chap qulog‘im ham deyarli eshitmay qo‘ygandi. Ota-onam universitet yotoqxonasiga joylashtirildi. Kasalxona rahbariyati ular kasalxona mehmonxonasiga joylashtirilsa, jurnalistlar ularga tinchlik bermaydi degan maqsadda shu qarorga kelishdi. Ota-onamda deyarli hech qanday yuk yo‘q edi — faqat kiygan kiyimlari va Shizaning onasi olib kelgan mayda-chuydalar. 9-oktabr kuni Mingoradan chiqib ketishganida, bunchalik uzoq vaqt uydan uzoqda yurishlarini tasavvur qilishmagan edi. Yotoqxonaga yetib kelishganida, yosh bolalarga o‘xshab ko‘z yosh qilib olishdi. Bunga tabassum qila olmayotganim sabab edi. Men yoshligimdan juda quvnoq qiz edim. Otam do‘stlariga meni «tabassum фариштаси» deya maqtardi. Endi u men haqimda ko‘z yosh bilan gapirardi: Uning chiroyli yuzini burishganini ko‘rish naqadar alamli. Betakror kulgisi va nurli tabassumidan ayrilganini ko‘rish naqadar qayg‘uli. Laʼnati toliblar uning tabassumini o‘g‘irlashdi. Sevimli insoningizga buyrak yoki boshqa aʼzoyingizni berishingiz mumkin, lekin unga hech qachon tabassumingizni bera olmaysiz. Yuzimdagi asab tolalari shikastlangan edi. O‘sha paytda shifokorlar asabni tiklay olish mumkinligi yoki u abadiy yo‘q bo‘lib qolishi haqida aniq ayta olishmagan. «Yuzimning qanday bo‘lishining ahamiyati yo‘q, muhimi қалб» deya ota-onamni yupatdim. Ular bu gapimga ishonqirashmadi, chunki sochlarimni hadeb ushlayotganimdan va oynaga hadeb qarayverishimdan o‘z tashqi qiyofamdan xavotirda ekanligimni sezib qolishdi. Ammo o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lgandan keyin ko‘p narsa o‘zgaradi. Ota-onamni ham bunga ishontirmoqchi bo‘ldim: Tabassum qila olishim yoki qila olmasligimning qanday farqi bor, — dedim onamga qarab. — Baribir Malalangiz bo‘lib qolaveramanku. Xudo menga yana yashash imkonini berdi. Shunisi muhim emasmi? Shunga qaramay, har safar tabassum qilishga uringanimda, onamning tusi o‘zgarardi. Otam yuzida savol nazari zohir bo‘lan onamga qarab turib, o‘yga toldi: Nima uchun Malala bunday bo‘lib qoldi? O‘n besh yil mobaynida yuzidan kulgi arimagan qiz nega kulgisizlik kasaliga yo‘liqdi? Savollar iskanjasida qolib ketgan otam hammasi Allohning sinovi degan xulosaga keldi. Bir marta otam onamdan ochiqchasiga so‘radi: Pekai, menga ochig‘ini ayt, Malalaning boshiga tushgan ko‘rguliklarda meni ayblaysanmi? Yo‘q, Xaysta, — javob berdi onam. — Siz qizimizga yomon narsalarni o‘rgatmagandingiz, uni o‘ldirish uchun yubormagandingiz. U haqiqat uchun kurashdi. Shunga qaramay, otamning ko‘ngil g‘ashligi bosilmadi. U nafaqat tashqi qiyofam, balki xarakterim ham o‘zgarganini payqadi. Uyda men juda ham erka va tantiq qiz edim, arzimagan narsalar uchun ham ko‘zimning sho‘rvasini oqizib o‘tirardim. Ammo Birmingemdaligimda harchand qattiq azob cheksam ham yig‘lamadim va bir og‘iz shikoyat qilmadim. Otam va onamdan boshqa biron bir mehmonga meni ko‘rishga ruxsat berishmadi. Shifokorlar begonalarning tashrifi reabilitatsiya jarayoniga xalaqit berishi mumkin deb hisoblashdi. Ota-onam kelganidan to‘rt kun o‘tgach, kasalxonaga menga yordam bergan uchta mamlakatdan siyosatchilar kelishdi: Pokiston ichki ishlar vaziri Raxmon Malik, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg va BAA tashqi ishlar vaziri shayx Abdulloh bin Zayd. Ularga meni ko‘rishga ruxsat berilmagan bo‘lsada, shifokorlar va otam bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lishgan. Negadir bu suhbatdan otamning dili xufton bo‘lib qaytdi. Keyin balsam Rahmon Malik unga shunday degan ekan: Malalaning tabassumini butun xalq kutyapti. Samimiy aytilgan bu so‘zlar egasi mening jilmayishdan mahrum bo‘lganimni qayerdan ham bilsin? Raxmon Malik meni Ataulloh Xon ismli Tolibon jangarisi otib tashlaganini aytdi. 2009 yilda Svat vodiysida o‘tkazilgan harbiy operatsiya davomida uni hibsga olishgan, ammo uch oydan so‘ng ozod qilishgan ekan. Matbuotning yozishicha, u Jahonzeb kollejini tamomlagan ekan. Malik meni o‘ldirish rejasi Afg‘onistonda ishlab chiqilgan deb tahmin qildi. U, shuningdek, Ataullohning boshi uchun million dollar mukofot puli tayinlanganini aytdi va jinoyatchi tez orada qo‘lga olinishiga vaʼda berdi. Ammo bunga shubha qilishimiz uchun yaxshi sabablar bisyor edi. Benazir Bhuttoning qotillari, birinchi Bosh vazirimiz Liyaqat Ali Xonning qotillari, general Ziyo-ul-Haq vafot etgan aviahalokatni uyushtirgan terrorchilar qilmishlari uchun hech qanday jazo olmagan joyda, menga suiqasd uyushtirganlarga yo‘l bo‘lsin. Eng qizig‘i, suiqasddan so‘ng qotillikning haqiqiy aybdorlari emas, umuman boshqa kishilar hibsga olindi — maktab haydovchisi Usman Bxay Jan va haydovchimiz suiqasddan so‘ng darhol qo‘ng‘iroq qilgan va nima bo‘lganligi haqida aytib bergan maktab hisobchisi. Hisobchi bir necha kundan keyin ozod qilindi, ammo bechora Usmon Bxay Jan hanuzgacha qamoqda edi. Armiya rahbariyati u jinoyatchilarning kimligini aniqlashda yordam beradigan guvoh sifatida kerak deya taʼkidladi. Biz bu holatdan juda xafa bo‘ldik. Nega yaqin do‘stimi Bxay Jannni qamab qo‘yishadi-yu, haqiqiy aybdor maza qilib yuraveradi? Birlashgan Millatlar Tashkiloti suiqasd uyushtirilganidan bir oy va bir kun o‘tib, 10 noyabrni Malala kuni deb eʼlon qildi. Men bunga unchalik ahamiyat bermadim, chunki bu vaqtda yuz asabining funksiyalarini tiklashga yordam beradigan jiddiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgandim. Nerv elektr impulslariga javob bermadi va shifokorlar o‘q bilan o‘ldirilgan degan xulosaga kelishdi. Faqatgina shoshilinch operatsiya meni yuz falajidan qutqarishi mumkin edi. Jurnalistlar kasalxona matbuot xizmatidan holatim borasida doimiy ravishda xabardor bo‘lib turishdi, ammo OAV da shovqin ko‘tarmaslik uchun yaqinlashib kelayotgan operatsiya sir tutildi. 11 noyabr kuni meni operatsiya xonasiga olib borishdi. Richard Irving ismli jarroh menga shikastlangan yuzimning chap tomoni harakatini boshqarishini, asabni tiklash juda qiyin va nozik ish ekanini tushuntirdi. Operatsiya sakkiz yarim soat davom etdi. Avvalo, jarroh quloq kanalini suyak parchalari va qon quyilishidan tozalab, chap qulog‘imning pardasi shikastlanganligini aniqladi. Keyin shifokor temporaldan jag‘ suyagiga o‘tadigan yuz nervlarini ochib tashladi va suyagimni siljitishimga xalaqit beradigan ko‘plab suyak bo‘laklarini olib tashladi. Maʼlum bo‘lishicha, ikki santimetr uzunlikdagi yuz nervining bo‘lagi butunlay yo‘q qilingan ekan. Yo‘qotilgan o‘rinni qoplash uchun jarroh quloq orqasidagi asab tolasining o‘rnini o‘zgartirib, quloq oldiga ko‘chirdi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, ammo yuzimning chap tomoni asta-sekin tiklanishini uch oy davomida kutishim talab etilardi. Har kuni kichik oyna oldida maxsus mashqlar bajara boshladim. Doktor Irving menga olti oy ichida asab o‘z faoliyatini tiklashini, ammo yuzim hech qachon avvalgidek harakatchan bo‘lmasligini tushuntirdi. Ammo eng muhimi endi ota-onam kulganimni ko‘ra olishardi. Kundan kunga yuz ifodalarim o‘zgarib boraverdi. To‘laqonli tabassum qilganimdan so‘ng nihoyat ota- onamning ko‘ngli yorishib ketdi. Eski Malalaning yuzi qaytganini ko‘rib, ko‘zlari quvnadi. Keyinchalik, doktor Irving bunday ajoyib natija kutmaganligini tan oldi. Ilgari bunday holatda bo‘lganlarning hech birining yuz asab tolalari meniki kabi to‘liq tiklanmagan edi. Operatsiya, shuningdek, bosh og‘rig‘i susayishiga va nihoyat o‘qiy olishimga yordam berdi. Dastlab Gordon Braun tomonidan menga yuborilgan «Oz сеҳргари» ni o‘qishni boshladim. Uyga qaytish istagida bo‘lishiga qaramay, muhtojlarga yordam berish uchun vaqt sarflashdan qo‘rqmagan Dorot ismli qiz menda yaxshi taassurot qoldirdi. Doroti ko‘plab to‘siqlarni yengib, o‘z maqsadiga erishdi. Menimcha, agar inson haqiqatan ham tanlangan maqsad sari intilsa, yo‘lida uchragan tog‘larni siljitishga qodir bo‘ladi. Kitob meni shunchalik maftun etdiki, bir nafasda o‘qib chiqib, taassurotlarimni otamga aytib berdim. U o‘qiganlarimning eng kichik tafsilotlarini ham eslab qolayotganimdan juda xursand bo‘ldi. Bu mening xotiram tiklanayotganidan dalolat berardi. Ota-onam xotiram bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan juda xavotirda ekanliklarini bilardim: suiqasd haqida hech narsa eslamadim, do‘stlarimning ismlarini ham unutdim. Bir kuni otam yonimga kelib so‘radi: Malala, pushtun termalaridan kuylay olasanmi? Otam va men juda yaxshi ko‘rgan bir termani hirgoyi qildim: Agar ilonning dumidan boshlasangiz, zaharli boshida tugaysiz. Terma aytib bo‘lganimdan so‘ng, otamga dedim: Bilasizmi, menda yangi terma bor. Otam menga ajablanib qarab qo‘ydi. Terma — bu asrlar davomida to‘plangan xalq donishmandchiligi natijasida yuzaga kelgan janr. Qaysi biri? — so‘radi otam. Sheʼrni o‘qishni boshladim: Jangda erkaklar g‘alaba qozona olmasa, ayollar oldinga chiqib, shon- sharaf keltiradi. Ushbu satrlarni quyidagicha o‘qish to‘g‘riroq bo‘lardi: Erkaklar jangda g‘alaba qozonishi yoki mag‘lub bo‘lishidan qatʼiy nazar, Ayollar oldinga chiqib, shon-sharaf keltiradi. Qo‘shiqni tugatishim bilan otam kulib yubordi. Mana shu aytgan qo‘shig‘imni 10 yildan keyin ham eslab yurdim. Har kuni maxsus mutahasis bilan fizioterapiya mashg‘ulotlarini o‘taydigan bo‘ldim. Qo‘llarim va oyoqlarim tobora yaxshilanib borar, 6 dekabr kuni kasalxonadan birinchi marta chiqishimga ruxsat berildi. Imega tabiatga bo‘lgan muhabbatim haqida gapirib berdim. U onam bilan meni kasalxonaga yaqin joyda joylashgan Birmingem botanika bog‘ida sayr qilish uchun olib bordi. Bizga ikki xodim ham ergashdi. Ko‘plab jurnalistlar kasalxona atrofida aylanib yurishgani va tanib qolishlari mumkinligi bois otamga biz bilan birga yurishga ruxsat berishmadi. Chet elning manzarasini kasalxona derazasidan emas, to‘siqsiz ko‘rayotganim uchun yettinchi osmonda ucha boshladim. Mashinaning derazasi yonida emas, ikki xodim o‘rtasida o‘tirganim dilimni xira qildi. Bu ish boshimni tebranish va titrashdan himoya qilish uchun qilinganligidan o‘sha onda xabardor emasdim. Bog‘ga kirib, yashil o‘simliklarni ko‘rganimda, darhol uyim yodimga tushdi. «Bu buta bizning vodiyda ўсади» deb yubordim beihtiyor. Bog‘da odam juda ko‘p edi. Men o‘zimni nihoyat uzoq safardan keyin uyga qaytgan Dorotining qizi kabi his qildim. Onam quvonganidan, otamga qo‘ng‘iroq qildi va dedi: Ikki oy deganda birinchi marta baxtni his qildim! Bu yerdan chiqib kafega borib, o‘zgacha tamdagi choy bilan juda mazali pirojni tanovul qildik. Ikki kundan so‘ng meni ko‘rgani shaxsan prezident Osif Zardari tashrif buyurdi. Kasalxona rahbariyati bu tashrifga qarshi bo‘lgani, bu muqarrar ravishda jurnalistlar tartibsizligini keltirib chiqarishi ehtimoliga qaramay, otam prezidentning yuzidan o‘ta olmadi. Zardari davlatimiz rahbari bo‘libgina qolmay, hozirgacha 200 ming funt sterlingni tashkil etgan tibbiy to‘lovlarimni to‘lashga vaʼda qilgandi. Muhtaram prezidentimiz tashabbusi bilan Birmingem markazida ota- onam uchun kvartira ijaraga olindi va ular talabalar yotoqxonasidan kvartiraga ko‘chib o‘tishdi. Prezidentning tashrifi 8 dekabr, shanba kuniga belgilangan edi. Hammasi Jeyms Bond filmidagi kabi sodir bo‘ldi. Ertalab jurnalistlar kasalxona atrofida prezidentning kelishini kutishdi. Ammo prezident kelmadi. Buning o‘rniga meni yopinchiqqa o‘rab, shifoxonaning orqa eshigidan olib chiqib ketishdi va mashinaga mindirib, kasalxona ofisiga olib borishdi. Darvozadan chiqayotganimizda, asosiy kirish eshigi yonida sabrsizlik bilan o‘tirgan ko‘plab jurnalistlarga ko‘zimiz tushdi. Ularning baʼzilari nimanidir o‘tkazib yubormaslik uchun hatto daraxtlarga chiqib olishgandi. Men o‘tirgan mashinaga hech kim eʼtibor bermadi. Ofisda uzoq kutishimiz kerak bo‘lgani bois ukam Atal bilan «Elf боулинг» deb nomlangan kompyuter o‘yini o‘ynab vaqt o‘tkazdim. Bu o‘yinni birinchi marta o‘ynayotgan bo‘lsamda, Atalni ketma-ket mag‘lubiyatga uchratdim. Nihoyat, Prezident yetib keldi.Unga o‘nga yaqin kishi hamroh bo‘lgandi. Ular orasida prezidentning harbiy kotibi, xavfsizlik xizmati boshlig‘i va Pokistonning Britaniyadagi elchisi ham bor edi. Prezident bilan birgalikda uning mendan bir necha yosh katta qizi Asifa ham bor edi. Shifokorlar tashrif buyuruvchilarni suhbat chog‘ida yuzim haqida gapirmaslik bo‘yicha ogohlantirishgandi. Osifa menga guldasta sovg‘a qildi. Prezident, anʼanaga ko‘ra, boshimni silab qo‘ydi. Bu harakat otamning xavotiriga sabab bo‘ldi, chunki bosh suyagimning muhim qismini yo‘qotganim bois boshimga aziyat yetishi mumkin edi. Otam prezident bilan uzoq vaqt suhbatlashdi va meni Angliyaga yuborishganidan baxtiyor ekanligini aytdi: Ehtimol u Pokistonda tirik qolmagan bo‘lardi. Mabodo tirik qolganida ham, munosib parvarish olmasdan, butun umr tabassumsiz yurishga mahkum bo‘lar edi. Prezident Zardarining buyrug‘i bilan otamga taʼlim delegati unvoni berildi. Bu orqali otam nafaqat yaxshigina maoshga, balki diplomatik pasportga ham ega bo‘ldi. Endi Angliyada qolish uchun siyosiy boshpana so‘rashga hojat qolmadi. Bu otam uchun juda katta yengillik berardi. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim bo‘yicha maxsus vakili Gordon Braun otamga maslahatchisi sifatidagi maoshsiz lavozimni taklif qildi. Prezident Zardari bunga qarshi bo‘lmadi va otamga ikkala lavozimni egallashi mumkinligini aytdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng Prezident meni jurnalistlarga «Pokiston faxrlanadigan ajoyib қиз» deb aytdi. Ammo Pokistondagi hamma ham uning eʼtirofiga qo‘shilmas edi. Mamlakatimizda men haqimda turli kulgili mish-mishlarni tarqatadigan odamlar ham bor edi. Ular meni otamning o‘zi otgan deb daʼvo qilishardi. Ularning ishonishicha, mening hayotimga qilingan tajovuz biz chet elga ko‘chib o‘tish uchun sahnalashtirilgan ekan. Yangi 2013 yilni juda yaxshi kayfiyatda kutib oldik. Yanvar oyi boshida kasalxonadan chiqdim va oilam bilan birga yashay boshladim. Pokiston hukumati Birmingem markazida biz uchun keng jihozlangan kvartirani ijaraga oldi. Kvartira zamonaviy binoning o‘ninchi qavatida joylashgan edi. Albatta, hammamiz uchun bu juda g‘ayrioddiy bo‘lib tuyuldi. Bir paytlar biz uch qavatli uyda yashaganmiz, ammo zilziladan keyin onam endi baland xonadonlarda yashashni xohlamasligini aytgandi. O‘ninchi qavatda yashash biz uchun juda og‘ir edi... Ota-onam uzoq vaqt davomida liftga kirishdan bosh tortishdi. Sababi oddiy – liftda o‘lib qolishdan qo‘rquv! Yana butun oila bo‘lib yashashdan baxtiyor edik. To‘g‘ri, ukam Xushalning injiqliklariga chidab bo‘lmasdi. Do‘stlari va maktabidan yiroq bo‘lgan ukalarim Angliyada zerikib qolishdi. Albatta, yangi va g‘ayrioddiy narsalarning ko‘pligidan hayratda tushishdi. Ota-onam menga ukalarimga xohlaganimcha buyruq berib, xohlagan paytimda ularni masxara qilish «huquqini berishdi”. Bu yerning qishi juda qorli bo‘lib, derazadan qor bilan qoplangan ko‘chaga qarab, qorbo‘ron o‘ynashni orzu qilardim. Ammo hozircha bunga ruhsat yo‘q edi. Baʼzan sayrga chiqqanimizda ham tez charchab qoladigan bo‘lib qoldim. Biz yashagan hududda joylashgan uylarning oynasiga «Costa Cofee» deb yozilgan kafe bor edi. Sayrga chiqqanimda, stolda o‘tirgan va bemalol suhbatlashayotgan odamlarga havasim kelardi. Svat vodiysida yashaganimda, bunday narsa bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilishim qiyin edi. Uyimiz yaqinida savdo majmualari, tungi va striptiz klublari joylashgan «Broad Street» joylashgan edi. Baʼzida do‘konga borish uchun onamga hamroh bo‘lardim. Qish o‘rtalarida ham ayollarning shaffof kolgotki bilan o‘ralgan oyoqlarini ochib o‘tirganlarini ko‘ribuyatdan qizarib ketardim: Avvaliga onam bundan shokka tushib qoldi va: Men bu sharmandalikka chiday olmayapman! – deya shikoyat qildi otamga. Keling, Dubayga ko‘chib o‘tamiz! Men bu uyatsiz ayollar orasida yashashni xohlamayman! Vaqt o‘tishi bilan onam ingliz ayollariga o‘rganib qoldi va hatto ularni masxara qilishni boshladi: -O‘zini ko‘z-ko‘z qilish o‘z yo‘liga, nahotki ular oyoqlari orasini sovuq urishini o‘ylashmasa! Xavfli bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, dam olish kunlari kechqurun keng ko‘chada yurmasligimiz haqida ogohlantirishdi. Ushbu ogohlantirishdan kulgimiz qistadi. Bu yerdagi xavf-xatarlarni bizning vatanimizda duch kelinishi mumkin bo‘lgan xavf bilan taqqoslash mumkin emasdi. Toliblar bilan yonma-yon yashab, odamlarning boshi kesib tashlanganini ko‘rgan odam bir guruh mast bezorilardan qo‘rqmaydi. Ammo ko‘rinishidan osiyolikka o‘xshagan har qanday shaxsdan qo‘rqa boshladim. Bunday odamni har safar uchratganimda, ichimdagi qo‘rquv alanga ola boshladi. Xuddi hozir to‘pponchasini olib, meni otib tashlaydigandek taassurot uyg‘otardi. Haftada bir marta Mingoradagi do‘stlarim bilan Skype orqali gaplasha boshladim. Ular maktabdagi o‘rnim hali ham meni kutayotganini aytishardi. O‘qituvchining aytishicha, suiqasd kuni Pokiston tarixidan topshirgan nazorat ishim uchun 75 balldan 75 ball to‘plabman. Ammo boshqa imtihonlarni yomonroq topshirganim bois Malka-i-Nurga g‘oliblikni berib qo‘yibman. Albatta, kasalxonadaligimda ham o‘qishga harakat qildim, ammo kasalligim paytida sinfdoshlarim ancha ilgarilab ketishgandi. Endilikda Malkining asosiy raqibi Moniba edi. Men seni juda sog‘indim, - dedi Malka-i-Nur. - Yoningda asosiy raqibing bo‘lmasa, o‘qish unchalik qiziq emas ekan. Sen borligingda kundan kunga kuchliroq bo‘lib borardim. Oldimda yana bitta operatsiya turgandi - qornimdagi bosh suyagi bo‘lagini o‘z joyiga qaytarish. Shifokorlar eshitish qobiliyatim yo‘qolganidan xavotirda edilar. Ko‘chada, odamlar orasida ota-onamning aytganlarini eshita olmasdim. Chap qulog‘im doimo shang‘illab turardi. 2 fevral, shanba kuni yana kasalxonaga qaytdim. Bu safar operatsiyani Envin Uayt ismli ayol amalga oshirdi. Avvalo, bosh suyagimning bir qismini qorin bo‘shlig‘imdan olib tashladi, lekin uning holatini ko‘zdan kechirgandan so‘ng uni ishlatmaslikka qaror qildi. Suyak yaxshi saqlanmagani bois virus yuqish ehtimoli mavjud edi. Men titan kranioplastika deb ataladigan operatsiyani boshdan kechirdim (oxirgi vaqtlarda ko‘plab tibbiy atamalarni yodlab oldim!). Oddiyroq aytganda, bosh suyagi vazifasini bajarish va miyamni himoya qilish uchun sakkizta vintli titan plastinka joylashtirildi. Operatsiya stoliga yotganimda, yuzimdagi asablarni tiklagan jarroh Doktor Irving shikastlangan eshitish pardam bilan muammoni hal qildi. U bosh suyagimning ichiga "salyangoz" deb nomlangan kichik elektron moslamani qulog‘imga yaqin joylashtirdi. Bir oy ichida ushbu qurilmaning yana bir qismi qulog‘imning orqasiga joylashtirilib, shundan so‘ng chap qulog‘im ham eshita boshlashini aytdi. Darhaqiqat, bir necha hafta o‘tgach, kichkina priyomnik qulog‘im orqasiga o‘rnatilganidan so‘ng eshitish qobiliyatim tiklana boshladi. Avvaliga barcha tovushlar boshqacha bo‘lib tuyuldi, lekin asta-sekin hammasi o‘z holiga qaytdi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling