Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


bob. Svat vodiysidagi irislar, tennis to‘plari va buddalar


Download 0.59 Mb.
bet16/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

bob. Svat vodiysidagi irislar, tennis to‘plari va buddalar


Dastlab faqat musiqamizni tortib olgan toliblar navbati bilan budda haykallaridan, so‘ngra esa tariximizdan bizni judo qilishdi. Bizning sevimli mashg‘ulotlarimizdan biri sinfdoshlar bilan ekskursiyalar uyushtirish hisoblanar, yo‘l-yo‘lakay vodiymiz go‘zalligidan zavqlanib, Svat singari jannatmakon go‘shada yashayotganimizdan baxtiyorlik hissini tuyardik. Vodiyimizda hayratga soladigan narsalar juda ko‘p edi — sharsharalar, ko‘llar, chang‘i kurorti, vali saroyi, Budda haykallari, Svat oxundi qabri shular jumlasidandir. Ushbu diqqatga sazovor joylarning barchasi o‘ziga xos tarixga ega. Biz ekskursiyalarni intizorlik bilan kutar, nihoyat uzoq kutilgan kun yetib kelganida, iloji boricha bashang kiyinib, avtobusga o‘zimizni urardik. Piknik paytida yeyish uchun qaynatilgan guruch va tovuq go‘shtini olishni ham unutmasdik. Baʼzi qizlar o‘zi bilan kamera ham olvolib, chiroyli joylarni rasmga tushirib olishardi. Ekskursiya yakunida otam bizni navbatma-navbat tosh ustida turishga va taaassurotlarimizni o‘rtoqlashishga majburlardi. Fazlulloh kelishi bilan ekskursiyalarning ham «janazasi o‘qildi”. Qizlar to‘rt devor ichida o‘tirishga mahkum etildi.
Toliblar biz o‘ynashni yaxshi ko‘radigan Buddist haykallari va gumbazli ibodatxonalarini tag-tugi bilan buzib tashladi. Ushbu haykallar Kushon podshohlari davridan buyon ming yillar mobaynida vodiyda mavjud bo‘lganligi va tariximizning bir qismi ekanligi toliblarni zarracha qiziqtirmadi. Ular haykallar va rasmlarning hech qanaqa istisnosiz harom ekanligi, ularga qarash ham gunoh ekanligi va shuning uchun ularni yo‘q qilish zarurligini iddao qilgancha o‘z qilmishlarini oqlashga urinishdi. Mingoradan yarim soatlik yo‘ldagi toshga o‘yilgan, balandligi yetti metr bo‘lgan ulkan Budda Jahonobodning yuzini portlatishga qadar borishgani ham ularning naqadar vaxshiyligidan dalolat berardi. Arxeologlar bu haykalning afg‘on Tolibonlari tomonidan portlatilgan Bomiyon vodiysidagi budda haykalidan kam bo‘lmagan qiymatga ega ekanligini aniqlashganidan so‘ng yana bir tarixiy-moddiy merosning yo‘q bo‘lganini ko‘pchilik anglab yetdi.
Toliblar ulkan Buddani ikkinchi urinishda yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Avvaliga ular toshni teshib, uni dinamit bilan to‘ldirishdi, ammo bu hech qanaqa samara bermadi. Oradan bir hafta o‘tgach, 2007 yil 8 oktabrda ular ikkinchi urinishni amalga oshirishdi. Bu safar ular VII
asrdan beri vodiymizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan Buddaning yuzini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Mahalliy mutaassib qatlam tolibonlarning har bir xatti-harakatini olqishlasa ham, ziyoli qatlam ko‘z o‘ngida tolibonlar madaniyat, sanʼat va tarixning ashaddiy dushmanlari sifatida gavdalanishdi. Hayriyatki, Svat muzeyi osori- atiqalari bir guruh ziyolilar tomonidan boshqa joyga ko‘chirilib, saqlab qolinishi taʼminlandi. Toliblar tarixga oid barcha narsani shafqatsizlarcha yo‘q qilgani yetmagandek, hech qanaqa yangilik qilishmadi. Ular eng boy zumrad konlaridan birini egallab olib, o‘zlariga mashina sotib olish uchun chiroyli toshlarni pullab yuborishdi. Vodiyda shunday vaziyat yuzaga keldiki, ilgari tog‘ yonbag‘irlaridagi daraxtlarni kesish mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, endi tolibonlarga maʼlum mablag‘ni berib istagancha daraxt kesib olinishi mumkin bo‘ldi.
Radiostansiyaning eshittirish maydoni butun vodiyga va qo‘shni hududlarga ham keng tarqaldi. Televizorimizni saqlab turishga muvaffaq bo‘lsakda, vaxshiylar kabel kanallarini uzib qo‘ydi, natijada Moniba va men “Shararat” yoki “Pranks” singari sevimli Bollivud seriallarini tomosha qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldik. Ko‘rinishidan tolibonlar bizning barcha huquq erkinliklarimizni cheklashni niyat qilgandek tuyulardi. Ular xatto sevimli stol o‘yinimiz sanalgan Karromni ham taqiqlab qo‘ydilar. Toliblar ko‘chada izg‘ib yurishganida bolalarning kulgisini eshitib, uyga bostirib kirib, o‘yin stolini ag‘darib tashlaganligi va o‘yin vositalarini oyoqlari bilan ezg‘ilab tashlayotgani haqida mish-mishlarni eshitib, biz ham o‘yin stolimizni yashirib qo‘yishga, o‘ynayotganimizda ham ovoz chiqarmay o‘ynashga majbur bo‘ldik. Tolibonlar kelganidan so‘ng asrlar davomida erksevar deb atab kelingan xalqimiz qo‘g‘irchoqqa o‘xshab qoldi. Ular hammani bir qolipga solishga jon-jahdlari bilan harakat qilardi. O‘ylaymanki, agar xudo barchamizni bir xil bo‘lishimizni xohlaganida, bizni bu qadar farqli qilib yaratmasdi.
Bir kuni maktabga kelganimizda o‘qituvchimiz Hamida xonim ko‘z yoshi to‘kib o‘tirganiga guvoh bo‘ldik. Uning eri Matta shahrida politsiya xodimi bo‘lib xizmat qilardi. Fazlullohning odamlari militsiya binosiga bostirib kirib, o‘qituvchimizning eri bilan bir qatorda bir qancha xodimlarni o‘ldirib ketishgan ekan. Bu toliblarning vodiydagi politsiyachilarga ilk xujumi edi. Tez orada ular ko‘plab qishloqlarni egallab olishdi. Toliblarning oq-qora bayroqlari endi militsiya bo‘limlari ustida hilpirab turardi. Fazlullohning jangarilari tish- tirnog‘igacha qurollanib, mashinalarida qishloqlarga kirib kelishganida politsiyachilar qo‘rqqanidan in-inlariga kirib keta boshlashdi. Qisqa vaqt ichida ellik to‘qqiz qishloq Tolibon qo‘l ostiga o‘tib, ularning har birida to‘liq toliblar rejimi o‘rnatildi. Politsiya
ulardan qo‘rqqani uchun xizmatni tark etganliklari to‘g‘risida gazetalarda eʼlon bera boshlashdi.
Hamma nima bo‘layotganini yaxshi anglab tursa ham, biror bir kishi norozilik bildirishga jurʼat eta olmasdi. Odamlar orasida turli vahimalar kuchaydi. Fayzulloh to‘la g‘alabaga erishib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirib bo‘lgandi. Baʼzilar uning jangarilari safiga qo‘shilishdi va shu yo‘l bilan o‘zlari uchun yaxshi hayotni taʼminlashga umid qilishdi. Otam Tolibon tashviqotiga qarshi turishga urindi, ammo bu oson ish emasdi. Qo‘lidan hech narsa kelmayotganidan ich-eti ezilgan otam:

  • Men ularga qarshi qanday kurashishim mumkin? Menda na qurollangan jangarilar bor, na radiostansiya, - der edi.

Sabr-kosasi to‘lgan otam bir kuni Mulla radiosi efirga uzatadigan qishloqqa borishga jurʼat etdi. Bir necha yuz yildan beri beminnat xizmat ko‘rsatib kelayotgan osma ko‘prik orqali daryoni kesib o‘tar ekan tepa qismi ko‘rinmaydigan, qanaqadir tutun chiqayotgan baland ustunga ko‘zi tushdi. Tutun g‘ayrioddiy qora rangda ekanligini ko‘rgan otam g‘isht zavodining tutuni bo‘lsa kerak deb xulosa qildi. Ammo tutun chiqayotgan joyga yaqinlashganida umuman boshqa manzaraga guvoh bo‘ldi

  • salla kiygan soqolli odamlar baqir-chaqir bilan ulkan televizorlar va kompyuterlarni yoqib yuborishmoqda edi.

Qishloqqa qaytgan otam zudlik bilan maktabga mahalliy axolini yig‘ib, xitob qildi:

  • Men qishloqdoshlaringiz televizorlarini yoqishga qaror qilishganini ko‘rdim. Bundan kimga foyda olishini bilasizmi? Yaponiya kompaniyalari.

Orada yuz bergan sukutni bir odamning pichirlab gapirishi buzdi:

  • Unday demang, birodar. Nega o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘yasiz?

Davlat idoralari oddiy odamlardan ham battar ahvolda edi. Butun mamlakat aqldan ozib qolgandek tuyuldi. Toliblar mamlakatimizning yuragi hisoblangan Islomobodda o‘rnashib olib, amalda hokimiyat tepasiga kelishdi. Gazetalarda paranji kiygan, poytaxtning markazida joylashgan SD va DVD do‘konlarining eshik-derazalarini sindirib tashlayotgan xotin-qizlarning rasmlari chop etila boshlandi.
Ular Islomoboddagi Qizil masjid tarkibiga kirgan Pokistondagi eng yirik ayollar madrasasi bo‘lgan Jamiya Xafsning talabalari hisoblanishgan. Masjid 1965 yilda qurilgan bo‘lib, devorlarining rangi qizil bo‘lgani bois «Qizil Мажсид» nomini olgan bo‘lib, parlament va Pokiston idoralararo razvedka xizmatining shtab- kvartirasidan atigi bir necha kvartal narida joylashgan. Ko‘plab
davlat amaldorlari va harbiy rahbarlar ushbu masjidda namoz o‘qish uchun borishadi. Masjidda o‘g‘il bolalar va qizlar uchun ikkita madrasa mavjud. Erkaklar madrasasi ko‘p yillar davomida Afg‘oniston va Kashmirda jang qilgan jangarilarni yollagan va ularni tayyorlagan. Uning rahbarlari aka-uka Abdul Aziz va Abdul Rashid hisoblanishgan. Madrasa bin Laden g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi eng yirik markaz hisoblanib, Abdul Rashid Qandahordagi mulla Umarning uyiga tashrif buyurganida bin Laden bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ikki inson o‘zining otashin maʼruzalari bilan el-yurtda mashhur bo‘lganlar.
11 sentabr voqealaridan keyin shundoq ham ko‘p bo‘lgan muxlislarining soni yana bir necha karra ko‘paygan.
Prezident Musharraf Amerikaga «terrorizmga qarshi курашда» yordam berishga rozilik bildirganida, masjid hukumat siyosatiga qarshi norozilik markaziga aylandi. 2003 yil dekabr oyida Ravalpindi shahrida bir necha soqchilar o‘ldirib ketilganida Abdul Rashid qotillikka aloqadorlikda ayblanib, hibsga olingan. Tergov davomida terrorchilar foydalangan portlovchi moddalar Qizil Masjid hududida saqlanganligi isbotlangan bo‘lsa ham, bir necha oy o‘tgach, Abdul Rashid oqlanib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
2004 yilda Musharraf Vaziristonga o‘z qo‘shinlarini yuborganida, birodarlar bu harakatni Islomga qarshi deb eʼlon qildi. Birodarlarning ham xuddi Fayzullohdek radiostansiyasi, bundan tashqari rasmiy veb-sayti ham bor edi.
Toliblar Svat vodiysiga kirib kelishlari bilanoq Qizil masjiddagi madrasalarda o‘qigan qizlardan iborat guruh Islomobodda vayronagarchiliklarga qo‘l urishdi, massaj saloni niqobi ostida foxishaxona sifatida faoliyat yuritayotgan uylarga bostirib kirib, u yerdagi foxisha ayollarni o‘g‘irlab ketishdi, SD va DVD do‘konlarinining oynalarini chil-chil qilib, ichidagi maxsulotlarga o‘t qo‘yishdi. Mana shu yerda tolibonlarning ikkiyuzlamachi qiyofasi yana bir bor namoyon bo‘ldi – ilm olish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qatnashishga kelganda ayol kishi zaifa, unga nomahramlarning ko‘zi tushmasligi kerak, ayol kishining vazifasi uy yumushlari kabi vajlar bilan ayollarni cheklagan bo‘lishsa, buzg‘unchi harakatlar uchun ayollarga «lyubaya biznes хараша» bo‘lib qolgandi. Xotin-qizlar madrasasining rahbari Abdul Azizning rafiqasi Umma Xasan hisoblanib, bir necha ayol o‘quvchilardan professional xudkush terrorchi tayyorlagani bilan maqtana olardi. Masjid islom fiqhiga binoan odil sudlovni olib boradigan o‘z mahkamasiga ham ega edi. Birodarlar ushbu sudni davlat sud tizimining to‘liq muvaffaqiyatsizligi tufayli tashkil etishga majbur bo‘lganliklarini iddao qilgandilar. Ularning odamlari politsiya xodimlarini o‘g‘irlab ketishgan va hukumat binolarini talashgan.
Musharraf hukumati bu boshboshdoqliklarga qarshi qanday chora ko‘rish borasida ikkilanib qoldi. Armiya rahbariyati va masjid o‘rtasida juda kuchli aloqalar mavjud edi. 2007 yil o‘rtalarida jangarilar poytaxtni egallab olishi borasida gap-so‘zlar urchidi, odamlar orasida havotir kuchaydi. Sirasini aytganda, bunga ishonish ham qiyin edi — boshqa shaharlardan farqli o‘laroq, Islomobodda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm hukm surgan. Nihoyat, 3 iyul kuni kechqurun qurollangan armiya qo‘shinlari va tanklari masjidni o‘rab oldi. Butun mintaqada elektr quvvati uzildi, ko‘chalar zulmatga botdi, portlashlar ovozi va uning ortidan kelgan alangalar shaharni qamrab oldi. Harbiylar masjidni o‘rab turgan devorlardan bir nechta teshik ochib, masjidni tinmay to‘pga tutdi, bundan tashqari vertolyotlar ham jangda bevosita ishtirok etishdi. Ovoz kuchaytirgichlar orqali masjiddagilardan yaxshilikcha taslim bo‘lish so‘ralgan xitobnomalar tinmay yangrardi.
Masjidda talabalardan tashqari Afg‘oniston va Kashmirda jang qilish tajribasiga ega bo‘lgan jangarilar ham mavjud edi. Ular madrasa talabalari bilan birgalikda kirish joylarini qumga to‘ldirilgan qoplar bilan to‘sib qo‘yib, o‘zlari beton bunkerlarga yashirinishdi. Xavotirga tushgan qizlarning ota-onalari masjid atrofida to‘plandilar. Ular harbiylardan qizlari bilan uyali telefon orqali gaplashib, qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga ko‘ndirishni iltimos qilishdi. Ammo ota-onalari bilan gaplashgan qizlar halok bo‘lishni afzal ko‘rishlarini taʼkidlashdi, chunki ko‘p madrasalarda islom yo‘lida shahid ketgan inson to‘g‘ri jannatga tushadi deb o‘qitilar edi.
Ertasi kuni bir guruh qizlar axiyri masjiddan chiqdi. Keyinchalik maʼlum bo‘lishicha, Abdul Aziz ayollar libosini kiyib, boshiga paranji tashlab olib, mana shu qizlar bilan hamroh bo‘lgan ekan. Bir nafar qizini o‘zi bilan olib qolgan bo‘lsa ham, xotini va ukasi oxirigacha kurashishga qaror qilishgani sababli qamal qilingan masjidda talabalar bilan birga qolishdi. Masjidda bo‘lgan askarlar va jangarilar orasida tez-tez otishma yuz berib turardi. Jangarilarda pulemyotlardan tashqari, bomba va granatalar ham mavjud edi. 9 iyul kuni hukumat kuchlari qo‘mondonlaridan biri minora tepasida snayper tomonidan o‘ldirilganidan keyin qamalga yakun yasaldi. Bu voqeadan harbiylarning sabr-kosasi to‘lib ketdi va endi hech kim ularni hujum qilishdan to‘xtata olmasdi.
Ushbu operatsiya «Sukunat” deb nomlangan bo‘lsa ham, ancha shovqin ko‘tara oldi. Pokiston poytaxti ilgari bunday qizg‘in janglarga guvoh bo‘lmagandi. Harbiylar masjidning barcha binolarini soatlab tintuv qilishdi va nihoyat Abdul Rashid va uning tarafdorlari yashiringan bunkerni topib, yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishdi. 10 iyul oqshomiga kelib operatsiya yakunlangani eʼlon qilindi. Halok bo‘lganlar soni yuz
kishidan oshdi va ular orasida ko‘plab o‘smirlar ham borligi qayg‘uli holat edi. Gazetalarda insonning yuragini o‘rtab yuboradigan fotosuratlar chop etildi — qonli hovuzlardagi o‘liklarning jasadlari, singan shishalar va jasadlar uyumi... Ushbu fojiali voqealarni hammamiz dahshat bilan tomosha qildik. Madrasa talabalarining bir qismi svatlik ekanligi ham bizni ikki hissa ko‘p tashvishlantirardi. Poytaxtning markazida joylashgan masjidda qanday qilib mana shunaqa ishlar sodir bo‘lishi mumkin? Axir, barchamiz uchun masjid muqaddas joy emasmi?
Qizil masjidning hukumat tomonidan egallab olinishi Svatdagi tolibonlarni yanada g‘azablantirdi. 12 iyul, yaʼni tug‘ilgan kunimda Fazlulloh radioda xalqqa g‘azabga to‘la nutq bilan murojaat qildi. U Qizil Masjidga bostirib kirganlarni laʼnatladi va qoraladi, barcha musulmonlarni Abdul Rashidning o‘limi uchun qasos olishga daʼvat qildi va Pokiston hukumatiga qarshi urush eʼlon qildi.
Vaziyat borgan sari keskinlashib borardi. Fazlulloh o‘z tahdidlarini amalga oshirishga qatʼiy qaror qildi. Qizil Masjidiga uyushtirilgan hujumdan keyin Tolibonning qo‘llab-quvvatlashi yanada oshdi. Bir necha kundan keyin Toliblar Svat vodiysi tomon ketayotgan armiya karvoniga hujum qilib, o‘n uchta askarni narigi dunyoga ravona qildi. Hukumat harakatlariga qarshi norozilik faqat Svat vodiysi bilan cheklanmagandi. Bajaur mintaqasida yashovchi qabilalar o‘z noroziliklarini bildirishdi va u yerdagi xudkushlar soni keskin oshib ketdi. Butun mamlakatni zulmat qoplab borayotgan bo‘lsada, to‘satdan qora bulutlar orasidan quyosh charaqlagandek bo‘ldi — Benazir Bhutto Pokistonga qaytayotgani maʼlum bo‘ldi. Amerikaliklar o‘z ittifoqchisi general Musharraf Pokistonda yaxshi obro‘ga ega emasligidan va Tolibonga samarali kurasha olmasligidan cho‘chib, generalga hokimiyatni taqsimlashni taklif qildilar, unga ko‘ra u harbiy formasini yechib, Benazir Bhutto partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan prezidentga aylanishi kerak edi. Musharrafga Bhutto va uning eriga qarshi barcha korrupsiya ayblovlarini olib tashlash va saylovlar o‘tkazish talabi qo‘yildi. Ushbu saylovlar natijasiga ko‘ra Bhutto bosh vazir bo‘lishi kerak edi. Biroq, Pokiston xalqining hech biri, shu jumladan otam ham ushbu reja amalga oshishiga zarracha ishonch bildirmadi. Chunki Musharraf va Benazir bir-birlarini o‘lgudek yomon ko‘rishlari hech kimga sir emasdi.
Benazir men ikki yoshga to‘lganimda mamlakatni tark etgan, ammo otamdan bu inson haqida juda ham iliq fikrlar eshitganim uchun men uning kelishini intiqlik bilan kutardim. Pokiston Bosh vaziri lavozimiga yana ayol kishi tayinlanishi xursandchiligimizni ikki karraga oshirdi. Aynan Benazir tufayli men kabi qizlar siyosatchi bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yar, u biz uchun o‘rnak vazifasini
o‘tardi. Odamlar undan diktaturani tugatishini umid qilar, bu ayol butun dunyo ko‘z o‘ngida Pokistondagi demokratiyaning ramzi hisoblanardi. Benazir jangarilarga qarshi ochiqchasiga qarshilik ko‘rsatgan yagona yetakchi hisoblanib, amerikaliklarga bin Ladenni ushlashda yordam berishni taklif qildi.
Baʼzi odamlarga bu voqea umuman yoqmadi.. 2007 yil 18 oktabr kuni televizorda nihoyat Benazirning qaytgani haqidagi reportajni tomosha qildik,t o‘qqiz yillik surgundan keyin Karachi aeroportida samolyotdan tushib Pokiston tuprog‘iga kirib kelgan millat qahramonining ko‘ziga yosh olganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik.U ochiq avtobusda ko‘chada yurganida yo‘l chetidagi minglab odamlar uni olqishlar bilan qarshi olishdi. Ularning aksariyati mamlakatning chekka joylaridan Bhutto bilan uchrashish uchun maxsus yetib kelgandi, baʼzilari xatto bolalarini ham ergashtirib olgandi. Bir guruh odamlar to‘satdan oq kaptarlarni havoga uchirib yuborishdi, ulardan biri Benazirning yelkasida qo‘ndi. Ko‘chalarni odamlar bilan to‘lib ketganidan, avtobus zo‘rg‘a sudralib-sudralib yurardi. Marosim bir necha soat davom etishini hisobga olib uni oxirigacha tomosha qilmaslikka qaror qildik.
Yarim tunda, butun mamlakat tinch uyquga ketganida, jangarilar to‘satdan zarba berib, Benazirning avtobusini portlatib yubordi. Ko‘z ochib yumguncha avtobus ulkan alanga ichida qoldi. Ertasi kuni ertalab bu xabarni otamdan eshitganimda, dunyo ko‘zimga qorong‘u ko‘rinib ketdi. Otam va uning do‘stlari bo‘lib o‘tgan voqeadan hayrat ko‘chasiga cho‘mdilar, o‘sha kuni otam uyoqdan-buyoqqa ag‘darilib, mijja qoqmadi. Baxtga ko‘ra, portlashdan ozroq muddat oldin biroz dam olish uchun zirhli kabinaga tushgan Benazir mo‘ʼjizaviy tarzda omon qoldi. Ammo portlash 150 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Shu paytgacha mamlakatimiz bunday qonli terroristik hujumlarni boshidan o‘tkazmagandi. Qurbonlarning aksariyati avtobus atrofida millat qahramoniga qo‘l silkib turgan talabalardan tashkil topgandi. Ularni Benazir uchun shahid ketdi deb o‘zimizni yupata boshladik. Ushbu shavqatsiz xujum Bhututoning raqiblarini ham dahshat ko‘chasiga yetakladi. Uning tarafdorlari esa ushbu daryo qalb egasi omon qolganidan xudoga shukrona keltira boshlashdi.
Oradan bir hafta vaqt o‘tgach hukumat qo‘shinlari Svatga kirib keldi va vodiymiz armiya jiplarining shovqini va vertolyotlarning shovqiniga to‘lib ketdi. Ular vodiyga kirib kelganida biz dars o‘tayotgan bo‘lsak ham, vertolyotlarning shovqini qulog‘imizga chalinib, barcha bolalar hayajonlangancha hovliga otilishdi. Uchuvchilar yuqoridan iris (hammamiz yoshligimizda yegan, qog‘ozi o‘ziga yopishib qoladigan shirinlik
tarj.) va tennis to‘plarini uloqtirar, biz esa qiy-chuv qilib ularni tutib olishga intilardik. Svat vodiysi bo‘ylab vertolyotlarning uchib
o‘tishi kamyob hodisa hisoblanadi. Ammo, ertangi kundan boshlab Mingorada komendantlik soati joriy etilishi haqida xabar berishdi.
Biz komendantlik soati nima ekanligini ham bilmas edik, shu sababli juda ham xavotirga tushdik. Otam hammamizga javob berib yubordi va tezda uyimizga borishimizni tayinladi. Uyga borishim bilan onamni chaqirdim va qo‘shnilardan «komendantlik соати» nima ekanligini bilib berishini so‘radim. Onam darhol qo‘shnimiz Sofiyalarning devorini taqillatdi va ulardan kimdir devor tarafga yaqinlashishi bilan , darhol: “Komendantlik soati nima?“ deb so‘radi. Sofiyaning otasi savolimizga qisqacha javob berib ketganidan so‘ng, yanada xavotirga tushdik va uylarimizdan chiqmaslikka qaror qildik. Keyinchalik, barchamiz komendantlik soatlariga o‘rganib ham qoldik.
Musharraf toliblarga qarshi kurashish uchun Svatga 3000 askar yuborganligi haqida televideniyeda xabar berildi. Tolibonlar strategik ahamiyatga ega bo‘lgan barcha davlat va xususiy binolarni egallab olishgandi. Ilgari Pokiston hukumati vodiymizda sodir bo‘layotgan voqealarga ahamiyat bermayotgandek tuyulgan edi, endi esa bu gaplar yolg‘on ekanligi ayon bo‘ldi. Ertasi kuni xudkush terrorchi armiya yuk mashinasini portlatib yubordi. Hujum o‘n yetti askar va o‘n uch tinch aholining hayotiga zomin bo‘ldi. Kechalari tepaliklardan avtomat va pulemyot ovozlari eshitilib turgani sabab hech birimiz uxlay olmasdik.
Ertasi kuni biz televizor yangiliklari orqali Svatning shimoliy qismidagi tepaliklarda jang bo‘lib o‘tayotganini bilib oldik. Maktablar yopilgan, bolalarning hammasi uyda qolishgandi. Barchamiz nima bo‘layotganini tushunishga harakat qilardik. Garchi jangovar harakatlar Mingora tashqarisida sodir bo‘layotgan bo‘lsada, biz o‘qlarning gumburlagan ovozlarini yaqqol eshitardik. Tez orada Tolibon yuzdan ortiq jangarilarini yo‘qotgani haqida xabar berildi. Ammo noyabr oyining birinchi kunida yetti yuz Tolibon jangarisi Xvazaxeldagi armiya postini tor-mor qildi. Taxminan ellik askar qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi, ammo qirq sakkiztasi tolibonlarga asir tushdi. Fazlullohning jangarilari ularni jamoat oldida sharmanda qilishdi, kiyimlarini yechib olib, jinsiy aʼzolarini kesib tashlashdi. Tez orada Tolibon Xvazaxeldagi ikkita politsiya uchastkasini ham egallab oldi, Madiyanada politsiyachilarni qurolsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Mingoradan tashqari Svat vodiysining kattagina qismi Tolibonlar nazoratiga o‘tdi.
12 noyabr kuni Musharraf vodiyga yana 10 ming askar va bir necha o‘nlab vertolyotlarni jo‘natdi. Harbiylar hamma joyda urchib ketdi, xattoki golf maydonida ham qarorgoh qurdi. Oradan ko‘p o‘tmay Fazlulloh jangarilariga qarshi operatsiya boshlandi, keyinchalik bu hodisa birinchi Svat jangi nomi bilan tarixga kirdi. Mamlakatimiz tarixida
birinchi marta armiya o‘z fuqarolariga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. Politsiya Fazlullohni navbatdagi mitingda omma oldida gapirayotganida qo‘lga olmoqchi bo‘ldi, ammo to‘satdan kelib qolgan qum bo‘roni uning qochishiga imkon berdi. To‘satdan sodir bo‘lgan ushbu tabiat hodisasi Fayzullohning obro‘siga obro‘ qo‘shdi, odamlar ushbu voqeani «payg‘ambarsifat” insonga tabiat kuchlari ham xayrihoh bo‘ldi deya talqin qilishdi.
Jangarilar taslim bo‘lishni aslo istamas edi. Ular sharqqa tomon harakat qilib, 16 noyabr kuni Shanglaning asosiy shahri Alpurini egallab olishdi. Mahalliy politsiya yana jang qilmasdan, o‘z vazifasini tashlab qochib ketdi. Odamlar jangarilar orasida chechenlar va o‘zbeklar juda ko‘p ekanligini aytardi. Shangla shahrida yashovchi qarindoshlarimizdan havotir ola boshladik. Otam esa o‘zining tug‘ilgan qishlog‘i uzoq burchakda ekanligiga, jangarilar u yerga borishga erinishiga ishonardi. Ammo Tolibonning to‘xtovsiz qarshiligiga qaramay, son va sifat jihatdan bir necha bosh ustun bo‘lgan hukumat armiyasi tolibonlarni vodiydan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Armiya bo‘linmalari Fazlullohning qarorgohi hisoblangan Imom Derini egallab oldi. Jangarilar o‘rmonga chekinishga majbur bo‘ldi. Dekabr oyi boshlarida Svat vodiysining katta qismi armiya nazorati ostida ekanligi maʼlum qilindi. Fazlulloh tog‘u toshlar orasida yashirinishga muvaffaq bo‘ldi.

  • Ammo bu Tolibon butkul yo‘q bo‘ldi degani emas. Ular qachondir o‘zlarini yana namoyish qilishadi – der edi otam havotir bilan.

Vodiydagi keskin vaziyatni faqat Fazlullohning odamlari yaratmagan edi. Pokistonning shimoliy g‘arbiy qismida qurolli guruhlar paydo bo‘lgan, ularning tepasida turli qabilalar vakillari turardi. Svat jangidan bir hafta o‘tgach, tolibonning irq nafar rahbarlari Shimoliy Vaziristonda uchrashib, Pokiston hukumatiga qarshi urush eʼlon qilishdi. Ular Tehrikiy -Tolibon-Pokiston (TTP) yoki Pokiston Tolibonlari bayrog‘i ostida birlashgan front tuzishga qaror qilishdi. Ushbu rahbarlar o‘zlarining ixtiyorida 40 ming nafar jangari borligini aytib maqtanishdi. Ular o‘zlarining yetakchisi sifatida janjalkashligi bilan Afg‘onistonda nom qozongan Baytullo Maqsudni tanlashdi. Fazlulloh Svat hududining amiriga aylandi.
Armiya bo‘linmalari kelishi bilan vodiyda tinchlik hukm suradi deb o‘ylab yurgan bo‘lsak ham, umidlarimiz also o‘zini oqlamadi. Tinch hayot haqida gap bo‘lishi mumkin emasdi. Toliblar nafaqat politsiya uchastkalari va o‘zlari yoqtirmagan siyosatchilarga, balki soqolini olib yuradigan yoki yevropa uslubidagi kiyimlari bo‘lgan oddiy odamlarga ham hujum qilishardi. 27 dekabr kuni Benazir Bhutto Pokistonning
birinchi bosh vaziri Liaqat Ali o‘ldirilgan Ravalpindi shahridagi Liaqat bog‘ida saylovchilarga murojaat qildi:
«Biz birgalikda bilan ekstremizm va jangarilikni mag‘lub qilamiz”, ishonch bilan xitob qildi Bhutto. Benazir parkni o‘q o‘tkazmaydigan Toyota Land Cruiser mashinasida tark etdi. Avtomobilning luki ochilib, o‘rindiqda tik turgan Benazir tarafdorlariga qarab qo‘l silkib turganida to‘satdan o‘q ovozi eshitildi, keyinchalik esa portlash sodir bo‘ldi. Uning mashinasi yonida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Benazir shilq etib pastga yiqildi. Musharraf hukumati Bhutto boshini mashina tomiga urib olganini to‘g‘risida bayonot berdi. Guvohlarning taʼkidlashicha, Benazir o‘qqa tutilgandi.
Televizor tomosha qilib turganimizda, dastur to‘xtatilib va diktor fojiali yangilikni eʼlon qildi. «Barchamiz suygan Benazir Bhuttoga shahidlik maqomi berildi”. Bu Benazir sharaf bilan o‘lim topganini anglatardi. Qishlog‘imizdan yig‘i ovozlari eshitila boshladi, men va ota-onam Benazir uchun ibodat qila boshladik. Yuragim Benazir singari o‘z hayotimni ayollar huquqlari uchun kurashga bag‘ishlashim kerakligini uqtirardi. Demokratiya xohlaydigan biz kabi insonlar talvasaga tushib qolishdi: «Benazir vafotidan keyin hammamiz xavf ostida qolamiz”. Go‘yoki butun mamlakat kelajakka bo‘lgan umidini yo‘qotgandek edi.
Musharraf TTP rahbari Baytulloh Maqsudni Benazirning o‘limiga sabab bo‘lishda aybladi, bunga qo‘shimcha ravishda Baytulloh boshqa bir jangari bilan Benazirga bo‘ladigan hujum tafsilotlarini muhokama qilgan telefon suhbatining nusxasi matbuotda eʼlon qilindi. Baytulloh Tolibon uchun noodatiy bo‘lgan qotillikka aloqadorligini rad etdi.
Har hafta bizning uyimizga Islom dinshunoslari – qorilar kelib, men va qo‘shni bolalarga Qurʼoni Karimdan saboq berardi. Toliblar kelguniga qadar, men allaqachon Qurʼonni xatm qilib, bobomni juda xursand qilgan edim. Biz Qurʼonni arab tilida o‘qiymiz. Odatda, odamlar Qurʼon oyatlarini ko‘r-ko‘rona yodlab, qanday maʼno anglatishi to‘g‘risida bosh qotirib o‘tirishmaydi, boshqalardan farqli o‘laroq men bu muqaddas kitobning tarjimasi bilan ham tanishgandim. Mening qattiq xafa bo‘lganimni ko‘rgan qori pochchalardan biri Benazirning o‘ldirilishini oqlamoqchi ham bo‘ldi:

  • Uning o‘ldirilgani yaxshi bo‘ldi. — Bu ayol ummatlarga katta zarar yetkazishi mumkin edi, chunki u Islom qonunlariga rioya qilishni xohlamadi. Agar u tirik qolganida, u mamlakatni tanazzul sari yetaklagan bo‘lar edi.

Men bu so‘zlardan hayratlanib, darhol otamga yetkazdim. Gaplarimni sabr bilan eshitgan otam chuqur uh tortdi va dedi:

  • Boshqa ilojimiz yo‘q, kimki Qurʼon o‘rganishni xohlasa, bu mullalarga murojaat qilishdan o‘zga chorasi yo‘q. Ammo uning darslaridan ehtiyot bo‘lishing kerak. To‘liq tarjimani yodlava uning qori akalaring tomonidan talqin qilinishi va izohlanishiga eʼtibor berma. Olloh aytayotgan narsani bilishing kerak. Uning so‘zlarini sharxlashga sening ham qurbing етади…

  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling