Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


Download 0.59 Mb.
bet18/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

Dastlab kommunistlar keldi, kommunist bo‘lmaganim uchun tilimni tiydim.
Keyin sotsialistlar keldi, sotsialist bo‘lmaganim uchun og‘zimni yopdim.
So‘ngra tred-yunionlar kelishdi, ularning vakili bo‘lmaganim uchun bir so‘z aytolmadim.
Ularning o‘rnini yaxudiylar egallashdi, yaxudiy bo‘lmaganim uchun sukut saqladim.
Keyin katoliklar tashrif buyurdi, bu vaqtga kelib, soqov бўлгандим…
Uning barcha gaplari haqiqat эди… Odamlar gapira boshlamasa hech narsa o‘zgarmaydi.
Otam maktabda tinch namoyish o‘tkazdi. U bizga iloji boricha atrofda sodir bo‘layotgan qonunbuzarliklarga qarshi turishimiz kerakligini uqtirardi. (Vaholanki, boshqa ota-onalar o‘z farzandlarini «siyosatga aralashma”, «o‘ynashmagin arbob билан» kabi iddaolar bilan qo‘rqoq bo‘lib shaklanishiga katta «hissa qo‘shishardi”). Moniba ham otamning gaplaridan to‘lqinlanib ketib, menga yorildi:

  • Biz pushtunlar Islomni qattiq ushlagan xalqlardanmiz. Ammo toliblar tufayli butun dunyo musulmonlarni qonli terrorchi deb faraz qiladi. Ammo aslida unaqa emas. Biz tinchliksevar odamlarmiz. Tog‘larimiz, o‘rmonlarimiz, gullarimiz — vodiydagi barcha-barcha narsa go‘zallik va tinchlik havosidan nafas olishini xohlaymiz.

Maktabimizdagi bir guruh qizlari bilan birgalikda pushtun tilida faoliyat yuritadigan yagona xususiy telekanal- “ATV Hiber” ga intervyu berdik. Suhbatdan oldin o‘qituvchilar savollarga qanday javob berishimiz kerakligini tayinladilar. Biz jangarilar taʼqibidan qochib, maktabni tashlab ketgan sobiq sinfdoshlarimiz haqida, bu yoshda qiz bola balog‘atga yetadi va paranji taqishga majbur bo‘ladi deb
hisoblab o‘n uch-o‘n to‘rt yoshli ko‘plab qizlarni otalari va akalari maktabdan chiqarib olganliklari haqida gapirdik.
Biroz vaqt o‘tgach, mamlakatimizdagi eng yirik yangiliklar kanali — “GEO” da chiqish qildim. Uning ofisidagi barcha devorlar turli kanallardan dasturlarni namoyish etayotgan monitorlar bilan o‘ralgan edi. O‘zimni shunday g‘ayrioddiy muhitda ko‘rib, avvaliga biroz sarosimaga tushdim. Ammo keyin o‘zimga-o‘zim shunday dedim: «OAVga intervyu kerak. Ular qizlar va maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashishni istashadi, lekin qizlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar haqida gapirishdan qo‘rqishadi yoki ota-onalari ularga buni taqiqlashadi. Otam gapirishimga hech qanaqa to‘siq qo‘ymaydi, aksincha, meni qo‘llab-quvvatlaydi. U mening huquqlarim uchun kurashishim kerakligini har doim taʼkidlaydi.»
Har bir yangi intervyudan so‘ng o‘zimga bo‘lgan ishonch va menga ko‘rsatilayotgan eʼtibor kuchayib bordi. Xolbuki, men o‘sha paytda endi o‘n bir yoshga to‘lgandim, lekin yoshimga nisbatan kattaroq ko‘rinar va jurnalistlar men bilan suhbatlashishdan zavqlanishardi. Jurnalistlardan biri meni «takra женаи» — «porlab turgan қиз» deb chaqirar, boshqasi «paxa женаи» «yoshiga nisbatan oqila қиз» deb atardi. Xudo meni himoya qilishiga butun vujudim bilan ishonganim sabab barcha qo‘rquvlarni daf qila oldim. Qizlarning huquqlarini, o‘z huquqlarimni himoya qilish yomon yoki gunoh ish emasligini yaxshi bilardim, aksincha, o‘z burchimni ado etyapman deb hisoblardim. Xudo bizga muammoli vaziyatni tuxfa etib, bu vaziyatda o‘zimizni qanday tutishimizni kuzatadi. Muqaddas Qurʼoni karimda shunday deyilgan:
«Yolg‘onlar muqarrar ravishda sharmanda qilinadi va oxir-oqibat haqiqat g‘alaba qozonadi”. “Agar Fayzullohning bir o‘zi, shuncha ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lgan bo‘lsa, boshqa insonning, xattoki qiz bo‘lsa ham, uning nomaqbulchiliklariga chek qo‘yishga qurbi yetmaydimi?“ Men har kuni kechqurun o‘zimga shu savolni berar, Xudodan kuch-quvvat ato qilishini iltijo qilardim
Svat vodiysidagi ommaviy axborot vositalari ustiga o‘tirib olgan toliblar, media vakillariga o‘zlarini «oq” qilib ko‘rsatish talabini qo‘yardi. Garchi maktablarni yo‘q qilish ishlariga bosh-qosh bo‘lgan bo‘lsa ham, baʼzi gazetalarda Tolibon vakili Muslim Xon hurmat bilan
«maktablar отаси» deb eʼtirof etilgani bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Ammo ko‘plab mahalliy jurnalistlar vodiyimiz taqdiridan chin dildan xavotirga tushib, huquq himoyachilariga o‘zlari gapirishga jurʼat eta olmagan masalalar haqida gapirish imkoniyatini berishdi.
Shaxsiy mashinamiz bo‘lmagani sababli otamning baʼzi do‘stlari bizni suhbatga olib borishar yoki maxsus foytun buyurtma qilardik. Bir kuni otam meni BBC tashabbusi bilan urdu tilida olib boriladigan
taniqli jurnalist Vozatulloh Xonning tok-shousida qatnashish uchun Peshovarga tashrif buyurdik. Otamning do‘sti Fazal Maula va uning qizi bizga hamroh bo‘lishdi. Studiyada bo‘lmagan Musulmon Xon Tolibon vakili sifatida chiqish qilishi rejalashtirilgandi. Men oldimizda juda jiddiy vazifa turganligini anglab, biroz hayajonlandim. Axir, butun Pokiston aholisi bizni ko‘rayotgan edida!
«Nega toliblar qizlarning asosiy huquqlaridan bo‘lgan taʼlim olish huquqini tortib olishmoqda?» Men ushbu savolni o‘rtaga tashladim. Musulmon xon bilan suxbat oldindan yozib olingani sababli u bergan javob meni umuman qoniqtirmadi.
Efirdan so‘ng barcha meni muvaffaqiyatli chiqishim bilan tabriklay ketdi. Otam ham o‘zida yo‘q xursandligidan siyosatchi bo‘lish uchun ilk qadamni tashlaganimni aytdi. Ammo, bizning ushbu qarshiliklarimiz kuchli shamol uchirib ketadigan bahordagi o‘rik gulbarglari kabi edi...
Maktablarni yo‘q qilish siyosati jadal davom etdi. 2007 yil 7 oktabrga o‘tar kechasi biz bir nechta uzoq portlashlarning aks-sadosi qulog‘imizga chalindi. Ertasi kuni ertalab niqob kiygan qurolli shaxslar tunda Sangota qizlar maktabi va «Excelcior boys» kollejiga bostirib kirib, qo‘lbola portlovchi moslamalar yordamida binolarni portlatganini bilib oldik. O‘qituvchilar va talabalar tahdidli maktub olganliklari sababli binolarni erta tark etishgandi. Ushbu ikki maktab vodiydagi eng nufuzli maktablardan hisoblanib, ular vali paytida tashkil etilgan va sifatli taʼlim tizimi bilan boshqalardan ajralib turardi. Ular hajm bo‘yicha ham ancha katta salohiyatga ega edi — Sangotada 1000 ga yaqin «Excelcior boys”da esa 2000 ga yaqin o‘quvchilar bor edi. Portlashlardan keyin otam u yerda bo‘lib, maktablarning xarobaga aylanganini ko‘rib yuragi ezilib uyga qaytdi. Qorayib ketgan g‘ishtlar va yonib kulga aylangan kitoblar oldida turib turli telekanallar vakillariga bir nechta intervyular berdi. “Hukumat ularni to‘xtatmasa, ular hech qachon to‘xtamaydilar…”
Ammo otam umidini so‘ndirmadi va halokat tugashiga ich-ichidan ishondi. Ammo u vayron qilingan maktablarning mahalliy axoli tomonidan talon-taroj qilinishidan juda xafa bo‘ldi. Mahalliy aholi zudlik bilan foydalansa bo‘ladigan mebellarni, kitoblarni, kompyuterlarni uylariga olib ketishdi. Bundan xabar topgan otamning ko‘zlariga yosh keldi: “Bu odamlar o‘liklarni yeyayotgan o‘laksaxo‘rlarga o‘xshaydi.
Maktab binolari bombardimon qilinganidan bir kun o‘tgach, otam
«Amerika Овози» da nutq so‘zlab, terrorchilarga o‘z g‘azabini yo‘lladi. Eshittirish paytida Tolibon vakili Muslim Xon ham studiya bilan aloqada bo‘lgan. — Bu maktablar sizga nima yomonlik qildiki, ularni yer yuzidan supurib tashlashga axd qildingiz? Muslim Xon esa Sangota
maktabi nasroniylarning taʼlimotini o‘qitayotgani, Excelcior kolleji esa o‘g‘il bolalar va qizlarga birgalikda taʼlim berayotganini aytdi. — Bularning barchasi yolg‘on! — otam eʼtiroz bildirdi. — Sangota maktabi 1960 yillardan beri ishlab kelmoqda. U hech kimni nasroniylikka daʼvat etmagan, aksincha, u tufayli ko‘proq nasroniylar Islomni qabul qilgan. Va Excelcior dagi qiz va o‘g‘il bolalarning birgalikda o‘qitish faqat boshlang‘ich sinflarda amalga oshiriladi. Bunga Muslim Xom javob bera olmadi.

  • Toliblarning qizlari yo‘qmi? — deb so‘radim otamdan. — Ular hech qayerda o‘qishni istashmaydimi?

Otam esa bu savolimga sukut bilan javob berdi.
O‘qituvchimiz Maryam xonim Sangota maktabini tugatgan, uning singlisi Oysha ham shu yerda tahsil olardi. Sangota yo‘q qilinganidan so‘ng, Oysha va yana bir qancha qizlar bizning maktabga kelib o‘qiy boshlashdi. Maktabdan keladigan daromad xarajatlarni qoplay olmay qoldi. Yangi kelgan qizlar o‘qish uchun to‘lovlarni muntazam ravishda to‘lab turishgan bo‘lsada, otam bu safargi o‘quvchilar sonining ko‘payishidan umuman xursand bo‘lmadi. U vayron qilingan ikkala maktabni ham tiklashni talab qilib, hukumatga murojaat yo‘lladi. Bir kuni, katta auditoriya oldida nutq so‘zlagan otam tinglovchilaridan biri o‘zi bilan olib kelgan kichkina qizchani quchog‘iga oldi va shunday deb gapida davom etdi:

  • Bu qiz bizning kelajagimiz! Uning savodsiz bo‘lib o‘sishini xohlaysizmi? Olomon hayajondan hayqirib yubordi. Hech kim qizlarining o‘qish huquqidan mahrum bo‘lishini xohlamasdi. Maktabimizga yangi kelganlar dahshatli voqealarni aytib berishdi. Oyshaning hikoya qilishicha, u bir kuni Sangotadan uyga qaytayotganida, toliblar politsiyachining kesilgan boshini sochlaridan ushlab turganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan. Barcha yangi qizlar oldingi maktablarida ham ancha yaxshi o‘qishgani sezilib, sinfimizdagi raqobat yanada jonlandi. Ulardan biri Rida nutq so‘zlashda tengi yo‘q edi. Moniba va men u bilan juda yaxshi chiqishib oldik, ammo uch kishining do‘stligi hasad qilish uchun juda ko‘p sabablarni keltirib chiqaradi deganlaridek, oramizda juda ko‘p gap qochadigan bo‘lib qoldi. Moniba har doim maktabga olib keladigan ovqat ovqatining idishiga qo‘shimcha vilka ham solib kelardi.

  • Bu vilka kim uchun? Men uchunmi yoki Rida uchunmi?” ensamni qotirib so‘rardim Monibadan.

U jilmayib, « ikkalangiz ham mening eng yaqin do‘stimsiz”, deb javob qilardi.
2008 yil oxirlariga kelib toliblar 400 ga yaqin maktabni vayron qilishdi. Bu vaqtga kelib Pokistonda yangi hukumat tuzilgan, unga
shavqatsizlarcha o‘lim topgan Benazir Bhuttoning eri, prezident Osif Zardari boshchilik qila boshlagandi. Ammo yomg‘irdan qochib do‘lga tutildikmi, hukumat Svat vodiysidagi vaziyatga umuman ahamiyat bermay qo‘ydi. Men o‘z intervyularimda, «agar Prezident Zardarining QIZLARI Svat maktablaridan birida o‘qishganida, ish boshqacha bo‘lar эди» deb tez-tez takrorlardim. Hudkush-terrorchilar butun mamlakat bo‘ylab portlashlar uyushtirar, xattoki Islomoboddagi “Marriott” "mehmonxonasining ham kuli ko‘kka sovurildi.
Mingoradagi vaziyat chekka hududlarga qaraganda bir oz tinchroq edi. Shuning uchun ko‘plab qarindoshlarimiz qishloqdan shaharga ko‘chib kelib, biz bilan yashay boshlashdi. O‘zi katalakdekkina keladigan uyimiz endi odamlar bilan to‘lib toshgan edi. Toliblardan qo‘rqqanimiz sabab biz avvalgidek, ko‘chada yoki uyning tomida kriket o‘ynay olmas, hovlida to‘p o‘ynash bilan kifoyalanardik. Xushal ukam bilan men doimo janjallashar, bir ikkita shapaloq yeganidan keyin onamga shikoyat qilish uchun yig‘lab chopardi. Rostini aytsam, u va men hech qachon do‘st bo‘la olmaganmiz.
Menga o‘z sochimni turli xil ko‘rinishda turmaklash juda yoqardi. Bir necha soat davomida hammomdagi oyna oldida o‘tirib, filmlarda uchratgan aktrisalarga taqlid qilar, ularning muloyim, mulohazakor va ehtirosli xatti-harakatlarini oyna oldida takrorlab, zavqlanardim. To‘qqiz yoshimga qadar sochimga bit tushmasligi uchun onam meni sochimni qaychilab tashlayverardi. Bundan tashqari, qisqa sochlarni yuvish va tarash ancha oson edi. Ammo oxir-oqibat onam mening iltimoslarimga quloq solib, sochlarimni yelkamgacha o‘stirishga ruxsat berdi. Tekis va quruq sochli Monibadan farqli o‘laroq, sochlarim qalin va jingalak ekanligidan faxrlanardim.

  • Shuncha vaqtdan beri hammomda nima qilyapsan-a? — onam g‘azablanardi. –Mehmonlarimizga ham hammom zarur bo‘lib qolishi mumkin deb hech o‘ylamaysanmi? Nega hamma seni kutishi kerak?

Ha, onam meni shu tariqa urishib turardi.
Eng qiyin paytlar 2008 yil Ramazon oyiga to‘g‘ri keldi. Ramazon — ro‘za tutish oyi bo‘lib, unda dindor musulmonlar quyosh botguncha qadar taomlanishdan o‘zlarini tiyishlari kerak. Toliblar shahar elektr stansiyasini vayron qilishdi, shu sabab biz elektrsiz qolishga majbur bo‘ldik. Bir necha kundan keyin ular gaz quvurini ham portlatishdi va gazimizdan ham ajralib qoldik. Bozorda sotiladigan gaz ballonlarining narxi ikki baravarga oshdi. Endi onam, xuddi QOLOQ DAVLATLARDA bo‘lgani kabi, o‘choqda ovqat pishirishi kerak edi. Onam bundan zarracha shikoyat qilmadi – nikoh o‘qitilayotganda har qanday qiyinchilik paytida otamni qo‘llab-quvvatlashga va sabr qilishga bergan vaʼdasini bajardi. Boshqalardagi ahvol bizdan ham
yomonroq edi. Eng jiddiy muammo toza ichimlik suvining yetishmasligi hisoblanib, buning ortidan shaharda vabo tarqalib, ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi. Kasalxonalar bemorlar oqimiga dosh berolmadi.
Otam generator sotib oldi, lekin uni uyda emas, maktabga o‘rnatdi. Generator artezian qudug‘idan toza suv tortar, shu sababli yaqin atrofda yashaydigan axoli maktabga oqib kela boshladi. Har kuni qo‘liga ko‘za, butilka va chelak ushlagan odamlar maktab oldida tizilishib turardi. Baʼzi qo‘shnilar bundan cho‘chib, otamga murojaat qilishdi.

  • Bu sizga katta xavf tug‘diradi! Agar Toliblar Ramazon oyining kunduz kunlarida axoliga suv olishlariga ruxsat berganingizni bilib qolishsa, barchamizning kunimiz bitadi!

Otam ham bo‘sh kelmadi:

  • Chanqaganingizdan o‘lasizmi yoki toliblarning o‘qidan o‘lasizmi, nima farq bor?

Maktabdan ekskursiyalarga borishimiz va pikniklar o‘tkazishimiz biz uchun tushga aylandi. Quyosh botganidan so‘ng hech kim uydan chiqishga jurʼat eta olmasdi. Terroristlar hattoki chet ellik sayyohlar joylashgan Malam Jabba shahridagi yirik mehmonxonalardan birida ham qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishdi. Ilgari jannatning bir bo‘lagi deb atalgan go‘shalar endi do‘zaxga aylangan, undan chet elliklarning qadami asta-sekin uzila boshlagandi. 2008 yil oxirida Fazlullohning o‘rinbosari Mavloni Shoh Davron radio orqali barcha qizlar maktablari tez orada yopilishini eʼlon qildi va 15 yanvardan keyin hech bir qiz maktabga bormasligi kerak, deb qo‘shib qo‘ydi. Avvaliga men buni hazil deb o‘yladim. — Toliblar qanday qilib bizni maktabga borishni taqiqlashlari mumkin? — deb so‘radim o‘rtoqlarimdan. — Ular unchalik kuchli emasku. Ular barcha yerlarda nazorat o‘rnata olishmaydi.
Ammo boshqa qizlar mening fikrimga qo‘shila olmadilar. «Toliblar har narsaga qodir”, deb o‘z fikrini asoslashga harakat qilishdi. “Ular allaqachon yuzlab maktablarni portlatishdi va hech kim ularni to‘xtata olmadi.
Otam yesa fikrida qatʼiy turdi: «Svat vodiysidagi o‘qituvchilar so‘nggi maktab buzilmaguncha, oxirgi o‘qituvchi va oxirgi bola maktabga kelgunicha, dars berishni to‘xtatmaydi!»
Oilamizda hech qachon maktabni aynan tolibonlardan hadiksirab, yopish masalasi ko‘tarilmagan. Biz bolalar maktabimizni yaxshi ko‘rsakda, toliblar bizga o‘qishni taqiqlashga qaror qilgunga qadar taʼlimning ahamiyatini tushunib yetmagan edik. Aynan tolibonlar g‘imirlab
qolganidan so‘nggina biz o‘qituvchilarni tinglash va ularning topshiriqlarini bajarish orqali vaqtimizni unumli o‘tkazayotganimizni, o‘zimizni porloq kelajak bilan taʼminlayotganimizni anglab yetdik.
Qish juda qattiq keldi. Har yili qishda chana uchib, qorbobolar yasab zavqlangan bo‘lsak, bu safar umuman bu ishlardan ko‘nglimiz yorishmadi. Qishda toliblar odatda tog‘lardagi g‘orlarda yashirinib olishdi. Garchi ulardan nima kutayotganimiz haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmasak ham, ularning tez orada paydo bo‘lishini bilardik. Toliblar bizning kitoblarimizni yoqib yuborishi, maktab binolarini portlatishi mumkin edi, ammo ular bizning miyamizni o‘ylashdan to‘xtata olishmasdi.

  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling