Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar
Download 0.59 Mb.
|
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz
«Bir kuni maktabga borish uchun formamni kiymoqchi bo‘lganimda direktorimizning maslahati esimga tushib ketdi. Shu kuni o‘zimning sevimli pushti rangli ko‘ylagimni kiyishga qaror qildim.»
Kundaligimda paranji haqida ham yozib turardim. Vodiymizda kichik- kichik qizlarni ham majburlab paranjiga tiqish avj olgandi. O‘zi umuman, katta yoshdagi qizlarni ham paranjiga ko‘milib yurishini xush ko‘rmasdim. To‘g‘risiyamda, paranjida yurish oson ekanmi? Bloglarimning birida onam va amakivachcham bilan Xitoy bozorida sodir bo‘lgan voqeani bo‘lishdim: “Bozorda ketar ekanmiz paranjiga o‘ranib olgan bir ayol qoqilib, yiqilib tushdi. Qayerdandir paydo bo‘lib qolgan bir erkak unga yordam bermoqchi bo‘lganida, ayol javob berdi: Yordamingiza muhtoj emasman, aka. Men mulla Fazlullohni rozi qilish uchun azob chekishga tayyorman. Bir do‘konga kirganimizda do‘kon egasi bizga hazilomuz so‘z qotdi: — Paranjingiz ostida bomba yashirinmaganmi? Uning bunday hazilini yaxshi tushundik: hudkushlar «shahid” bo‘lishidan oldin doimo boshiga paranji o‘rab olishardi. Mening kundaligim maktabda mashxur bo‘lib ketdi. Bir o‘qituvchimiz bloglarimdan birini otamga ko‘rsatdi. «Kimdir bizning muammolarimiz haqida gapirishga jurʼat qilgani juda yaxshi”, dedi u tabassum bilan. Men barcha do‘stlarimga blog muallifi ekanligimni aytishni juda xohlardim. Ammo Xay Kakar meni hech qachon bunday qilmaslik kerakligi haqida doimo ogohlantirardi. Buning sababini hech tushunmasdim. Axir kichikkina qiz bo‘lsam! Kimdir yosh qizchadan qasos oladimi? Baʼzi do‘stlarim blogda tasvirlangan voqealar va hodisalardan bu blog menga tegishli ekanligi haqida tahmin qila boshladi. O‘zimdan ham ayb o‘tgandi – bir blogimda hammasini deyarli sotib qo‘ygandim: “Onam Gul Makay taxallusini juda yaxshi ko‘radi va otamga ismimni o‘zgartirish kerakligini aytadi. Asl ismim «qayg‘uga ботган» degan maʼnoni anglatgani sababli men ham bunga qarshi emasdim” Gul Makay blogi Svat vodiysidan tashqarida ham qiziqish uyg‘otdi. Bir nechta gazetalar undan parchalar nashr eta boshladi. BBC radiostansiyasi boshqa qizning ovozidan foydalangan holda efirga chiqdi. Mana shundan so‘ng so‘z pulemyot, vertolyot va tanklardan kuchliroq bo‘lishi mumkinligiga tobora ko‘proq ishonch hosil qildim. Biz jang qilishni o‘rgandik. Biz o‘z noroziligimizni ochiq bildirish orqali kuchga ega bo‘lishimizni tushundik. Baʼzi o‘qituvchilarimiz maktabdagi ishlarini tark etishdi. Ulardan biri Imom Deri shahrida mulla Fazlullohning Tolibon qarorgohi qurilishida ishlay boshladi. Boshqasi maktabga ketayotganda boshi kesilgan murdani ko‘rganini va ortiq o‘z hayotiga xavf solishni istamasligini aytdi. Qo‘rquv barchaning ichiga oraladi. Tolibonning buyrug‘iga binoan, turmushga chiqmagan qizlari bo‘lgan oilalar bu haqda masjidda xabar berishlari kerakligi aytildi. Bu qizlar tolibonlar jangarilariga nikohlab berilishi tahmin qilindi. 2009 yil yanvar oyining boshlariga kelib sinfimizda atigi o‘nta qiz qoldi, solishtirish uchun aytaman — ilgari sinfimizda 27 nafar o‘quvchi o‘tirardik. Ko‘p do‘stlarim Svatdan Peshovarda o‘qish uchun bosh olib ketishdi. Ammo otam biz hech qayerga bormaymiz, deb qatʼiy turib oldi: Svat bizga juda ko‘p narsa berdi. Mana shunday qiyin paytda vatanimizni tashlab ketamizmi? Bir kuni otamning do‘sti Doktor Afzalning uyiga tushlik qilish uchun tashrif buyurdik. Tushlikdan so‘ng, Doktor mashinasida uyimizga olib kelayotganida, ko‘chaning ikki yuzida qurol ko‘tarib turgan niqobli tolibonlarni uchratdik. Hammamiz qo‘rqib ketdik. Doktorning uyi tolibonlar doimo izg‘ib yuradigan hududda joylashgandi. Tolibonlar dastidan dod degan doktor o‘z shifoxonasini Barikotga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Bu shifoxona tolibonlar uchun ham kerakli bo‘lgani sababli ularning yetakchisi Muslim Xon doktordan shifoxonaga qaytishini iltimos qildi. Doktor esa darhol bu borada otamga maslahat soldi. Otam esa darhol ushbu maslahatga amal qilmaslikni so‘radi: “Yomon odamlardan yaxshi maslahatlarni qabul qilma.” Tolibonlar himoyasidagi shifoxona aqlga sig‘maydigan hodisa edi, shu sababli u buni rad etdi. Doktor Afzal bizga yaqin joyda yashar, bizning uy xavfsiz bo‘lgani sababli, otam unga mabodo tolibonlarning tazyiqiga uchrasa, biznikida bemalol yashashi mumkinligini aytdi. Hadik ichra yashayotgan doktor Afzal otamdan xorg‘in ohangda so‘radi: “Hozir ular duch kelsa, ismimizni nima deb aytamiz?” “Sen doktor Afzal, men Ziyovuddin Yusufzoy” javob berdi otam. “Biz jinoyatchi edikmi, ismlarimizni o‘zgartirsak? Bizning birovdan muttahamlik joyimiz bormi?” Baxtimizga bizni hech qanaqa tolibon to‘xtatmadi. Barchamiz xudoga shukrona aylab, chuqur-chuqur nafas oldik. Boshimizga tushgan ko‘rgiliklar hammamizni jonimizdan to‘ydirgandi. Tolibonlarning tazyiqlari tobora kuchaya boshladi: qizlarning maktabga borishiga qarshi kurash yanada avj oldi. Tasavvur qilyapsizmi, 21-asrda 50.000 nafar qiz taʼlim olish huquqidan mahrum bo‘lmoqda! Men nimadir o‘zgarish bo‘lishiga, maktablarimiz yana erkin ishlay boshlashiga ich-ichimdan ishonardim. Ammo, men kutgan narsa emas, men kutmagan hodisa sodir бўлди… tolibonlar, axiyri o‘z maqsadlariga erishishdi. Maktabimiz yopildi. Xushal maktabi qo‘ng‘irog‘ini so‘nggi marta eshitish juda g‘amgin xodisa эди… Maktabimiz o‘qituvchisi Maryam xonim xattoki Svatda yashashi uchun shu yerlik insonga turmushga chiqqandi. Bo‘lib o‘tgan xungrezliklardan so‘ng uning oilasi Karachiga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi, Maryam xonim bo‘lsa ayol boshi bilan Svatda qola олмасди… yanvar, chorshanba kuni maktabimiz yopilgan kun sifatida tarixda qoldi, o‘sha kuni tongda uyqudan uyg‘onganimda, yotoqxonamda kameralar turganiga guvoh bo‘ldim. Pokistonlik journalist Irfon Ashraf yuz- qo‘limni yuvishimni ham kutmay, darhol intervyu berishim kerakliligini aytdi. Otam tushkunlikka tushib qoldi. Otamning baʼzi do‘stlari dunyoda nima sodir bo‘layotganini bildirishni maqsad qilgan New York Times nashri uchun xujjatli fimda surʼatga tushishni taklif qildi. Oradan biroz vaqt o‘tib Amerikalik video-jurnalist Adam Ellik bilan Peshovarda uchrashadigan bo‘ldik. U otam bilan ingliz tilida miriqib suhbatlashdi, ammo men inglizchada gapirishga juda qo‘rqardim. Meni jim turganimni ko‘rib yuragi siqilib ketgan Adam Irfon tarjimonligida men bilan suxbatlashmoqchi bo‘ldi. Men uning gaplarini tushunganimni yuz ifodalarim orqali payqagan Adam menga yaqinlashib “Ingliz tilida gaplashasizmi?” deb so‘radi. “Ha, juda yaxshi tushunaman, ammo gapirishga qo‘rqaman”, javob berdim. Adam hayron qoldi. “Yoshlarning iqtidorini noto‘g‘ri baholabsizlar, janoblar. U sizlardan ham yaxshi gapirar ekan-u, siz unga tarjimonlik qilib yuribsizlar!” Hammamiz kulib yubordik. Xujjatli filmning asosiy g‘oyasi otamning maktabi yopilishi Pokiston rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatishini aks ettirish edi. Syomkadan so‘ng Irfon yonimga keldi va mendan so‘radi: “Kun kelib vodiyni butunlay tark etishni xohlaysanmi?” Men qatʼiyan bunday bo‘lmasligini aytdim. U shunchaki tasavvur qilishimni so‘radi. Men tassavvur qilishni o‘rniga yig‘lab yubordim. O‘ylashimcha, aynan mana shu onda Adam meni bo‘lajak filmninng qahramoni sifatida tanlab olgan. Afsuski, Adam vodiyda yurish xorijliklar uchun xavfli bo‘lgani bois Svatdan uyog‘iga o‘ta olmadi. Biz Irfon va uning operatori bilan Mingoraga kirib kelganimizda biz bilan vaqtincha yashab turgan amakim bu yerlarda kamera bilan yurish juda havfli ekanini kuyunib gapirdi. Otam ham buni tasdiqladi. Ammo bu pushtun mehmondo‘stligiga to‘la zid edi. Otamning taʼkidlashicha bu tashqi dunyodagi insonlar uchun og‘ir botishi ham mumkin edi. Sababi ular uzoq yo‘l bosib, vodiydagi holat bilan butun dunyoni tanishtirish maqsadida kelishgandi. Jurnalistning gapi hammasiga nuqta qo‘ydi – jurnalist kasbini egallagan inson hech narsadan qo‘rqmasligi kerak, mabodo qo‘rqsa, boshqa sohani танлайверсин… Men juda ko‘p televipion intervyu berardim va mikrofonga gapirish juda yoqib qolgandi, shu sababli do‘stlarim menga doimo “televizion yulduz” deb hazilashardi. Men doimo o‘zimni tabiiy holatda tutardim. Irfon ham doimo mendan shuni talab qilardi. To‘g‘ri, kameraga qarab gapirish zavqli bo‘lsa ham, baʼzi yomon taraflari ham bor. Har bir xatti-harakati, jumladan yuz-qo‘lini yuvishidan tortib, ovqatlanishigacha tasvirga muhrlanishini kim ham xohlardi deysiz? Men ularga hozir kiymay qo‘ygan maktab formamni ko‘rsatar ekanman, ushbu formani kiyib maktabga borayotgan chog‘imda boshqa forma kiyib yurgan qizlar kabi tolibonlarning o‘qini yeb, qonga belanib yotganimni ko‘z oldimga keltirib, seskanib кетдим… Bir kuni ertalab maktab boshlanishidan oldingi uchrashuv bo‘lib o‘tayotganida atrofni vertolyotlarning shovqinli ovozlari bosib ketdi.Tolibonning qonxo‘rligi ko‘pchilikning g‘azabiga uchradi. O‘shanda maktab qo‘ng‘irog‘i so‘nggi marta жиринглади… Maryam xonim qishki taʼtil boshlanganini eʼlon qildi. Ammo oldingi safarlardan farqli o‘laroq, darslar qachon qayta boshlanishi haqida eʼlon qilinmadi. Shunga qaramay, baʼzi o‘qituvchilar uy vazifalarni qalashtirib tashlashdi. Maktab hovlisida sinfdoshlarim bilan quchoqlashib xayrlashdim. Shon-sharaf burchagiga nigoh tashlaganimda, u yerda ismim yo‘qligini ko‘rib ajablandim. Mart oyida biz topshirishimiz kerak bo‘lgan imtihon haqidagi eʼlon ham qayergadir gumdon bo‘lgandi. Agar o‘qish huquqidan mahrum bo‘lsam, sinfning birinchi raqamli o‘quvchisi bo‘lishimdan maʼni yo‘q edi. Inson o‘zi shunday - biror narsani yo‘qotganimizdan so‘nggina, u biz uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lganligini tushunadi. Maktabimizning yopiq eshigiga nazar tashlar ekanman, jonajon dargohim bilan abadiy xayrlashayotganday atrofga qaradim. Dugonalarim va men so‘nggi marotaba sinfdosh sifatida uchrashayotganimizni ich-ichimizdan his qilganimiz uchunmi hech ketishga shoshilmasdik. Uyga qaytish o‘rniga boshlang‘ich maktab hovlisiga bordik va «mango-mango” o‘ynashni boshladik. Ushbu o‘yin qoidasiga ko‘ra, ishtirokchilar aylana shaklida turib, qo‘shiq aytishadi va qo‘shiq to‘xtaganda, hamma bir joyda qotib turishi talab etiladi. Qimirlaydigan yoki kulib yuboradigan ishtirokchi o‘yindan chetlatiladi. Odatda maktabdan tushdan keyin soat birlarda chiqardik, lekin o‘sha kuni soat uchgacha qolib ketdik. Ketishimizdan Moniba bilan arzimas narsalar yuzasidan janjallashib ham oldik. Hozirda janjalga sabab bo‘lgan voqea esimdan ham chiqib ketgan. O‘shanda barcha qizlar bizga ajablanib qarashgandi: Shunday kunda ham janjallashmoqchisiz! Ha, ular haq edi. So‘ngi kundagi janjal ahmoqlikdan o‘zga narsa emasdi. Uyga qaytib kelganimda meni kutib turgan jurnalistlarga: «Hech kim meni o‘qish huquqidan mahrum qila olmaydi. Maktabim yopiq bo‘lsa ham, men baribir ilm olaman. Ammo butun dunyodagi odamlar maktablarimizni, Svatni, Pokistonni qutqarishimizga yordam berishlariga umid қиламан» deb intervyu berdim. Shundan so‘ng, o‘z xonamga kirdim va yig‘lab yubordim. Endi hech qachon maktabga bormaslik haqida o‘ylash meni daxshatga solardi. Atigi o‘n bir yoshda bo‘lsam ham, butun borlig‘imni yo‘qotib qo‘ygandek his qildim. Ilgari men toliblar faqat og‘izda do‘q urishadi, qilgan tahdidlarini amalda bajarishmaydi deb ishonardim va sinfdoshlarimni ham bunga ishontirardim: «Ular siyosatchilarimiz bilan bir xil – kamdan kam holatlarda vaʼdalarini bajarishadi”, degan gapni har bir sinfdoshim qulog‘iga quyib chiqardim. Maktabimiz yopilgani sababli, nima qilishni bilmay qoldim. Qo‘limdan faqatgina yig‘lash kelardi. Onam meni yupata olmasdan, menga qo‘shilib yig‘ladi, otam esa o‘zini qo‘lga olib, bir gapni aytishdan charchamadi: — Qachondir albatta maktabga borasan! Maktabning yopilishi otamni nafaqat maʼnaviy, balki moddiy jihatdan ham qiynab qo‘yardi – maktab to‘lovlari evaziga qora qozonimizni qaynatar edik, endi shu ham yo‘q edi. Albatta, o‘g‘il bolalar maktabi qishki taʼtildan keyin ochilishi kerak edi. Ammo otam qizlar maktabini yo‘qotgani sababli, o‘g‘il bolalar maktabi ortidan kelayotgan pul urvoq ham bo‘lmasdi. O‘quvchilar soni teng yarmiga qisqarib qolgach, o‘qituvchilarning ish haqi, ijara haqi va soliqlar uchun qanday pul topishni o‘ylagan otamning boshi garang bo‘lib qoldi. O‘sha kechalarda artilleriya shovqinidan tez-tez uyg‘onib ketardim. Ertalab uyg‘onganimda, endi men uchun boradigan joy yoq ekanligi esimga tushdi. Ammo kayfiyatim endi kechagidek xira emasdi. Har qanday umidsiz vaziyatdan chiqish uchun ham har doim yo‘l topiladi, deb o‘zimga taskin berdim. Balki Peshovarga yoki chet elga borarman. Balki o‘qituvchilar uyimizga kelib, men va do‘stlarimni yashirincha o‘qitishar. Chunki Afg‘onistonda Tolibon tuzumi davrida ko‘plab yashirin maktablar faoliyat yuritardi. Maktab yopilgandan keyingi dastlabki kunlarda ko‘plab telekanallar va radiostansiyalarda chiqish qildim. «Ular qizlarning maktabga borishini taqiqlashlari mumkin, ammo o‘qishni taqiqlay olishmaydi”. Mikrofon oldidagi ilk gapim shunaqa edi. So‘zlarimda umid uchqunlari aks etsa ham, yuragimda g‘ashlik in qurib olgandi. Odamlarga dardimizni aytish uchun otam bilan Peshovarga bordik. Tolibonlardek ahmoq odamlarni umrim bino bo‘lib ko‘rmaganman. Ularning taʼkidlashicha, ayollarga ayol o‘qituvchilar va shifokorlar xizmat ko‘rsatishi kerak. Ammo, shu bilan birga ular maktablarni yopib qo‘yib, qizlarning ushbu kasbni egallashiga to‘siq qo‘yishmoqda. Tolibon vakili Muslim Xon bir paytlar pokistonlik qizlar maktabga bormasliklari va g‘arb turmush tarzini qabul qilmasliklari kerakligini uqtirgan edi. Amerikada ko‘p yillar davomida yashagan odamdan bunday gap eshitish g‘alati edi. U alohida modeldagi taʼlim tizimini yaratishini eʼlon qilgandi. Ammo mening unga bir qancha savollarim bisyor edi: Muslim Xon, stetoskop va termometr o‘rniga nimadan foydalaniladi? Balki musulmonlarni davolash uchun maxsus asboblar o‘ylab toparsiz? Menimcha, toliblarning taʼlim olishga qarshilik ko‘rsatishiga sabab — odamlar ingliz tilida gaplashsa, fanni o‘rganishsa yoki shunchaki o‘qishni bilishsa, G‘arbliklar taʼsiriga tushib qolishi mumkin. «Taʼlim bu o‘z nomi bilan taʼlim”, eʼtiroz bildirdim men. – Taʼlimni sharq yoki g‘arbga qarab ajratish mumkin emas. Ilm kishisi bo‘lish Islomni tark etish degani emas. Onam menga jurnalistlar bilan suhbatlashayotganda yuzimni yopib qo‘yishimni maslahat berardi. Men endi o‘spirin edim, shuning uchun omma oldida ko‘rinmasligim kerak edi. Onam mendan juda xavotirlansa ham, menga hech qanaqa taʼqiq qo‘ymasdi. Hammasi qo‘rquv va tashvishdan edi. Bizning barcha do‘stlarimiz toliblar qachondir otamni o‘ldirib ketishi mumkinligiga, ammo menga qarshi qo‘l ko‘tara olishmasligiga ishonishgan. «Malala hali ham bola. Xatto toliblar ham bolalarga ziyon yetkazishni o‘zlariga ep ko‘rishmaydi.» Ammo, buvim boshqacha fikrlardi. U har doim meni televizorda ko‘rsa, uzundan uzoq duo qilardi: «Mehribon Alloh, Malala Benazir Bhutto singari buyuk ayol bo‘lsin, lekin unchalik qisqa umr ko‘rmasin.» Maktabimiz yopilgandan so‘ng ham blog yuritishni davom ettirdim. Bir necha kun ichida yana beshta maktab yopildi. Ularning barchasi vayron qilindi. «Hech tasavvur qila olmayapman”, blogni shunday boshladim. — Nega maktablar yopilgandan keyin ularni vayron qilishingiz kerak bo‘lib qolyapti? Vodiyda qizlar uchun umuman maktab qolmadi. Armiya ham hammasini jim kuzatib turdi. Askarlar bunkerlaridan tashqariga chiqay, atrofga bir nazar tashlay deyishmadi. Ular qorinlarini go‘sht bilan to‘ldirish bilan shug‘ullanmoqdalar. Ko‘p go‘sht yeyishyapti..” Bir kuni Stenford universiteti talabasi bizni Amerikagi uyiga chaqirdi. Uning ismi Shiza Shahid bo‘lib, asli islomobodlik edi. U New York Times veb-saytida «Svatdagi maktabning so‘nggi куни» filmini ko‘rgach, oilamiz bilan bog‘lanib, bizni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan ekan. Ushbu chaqiriqdan so‘ng ommaviy axborot vositalarining katta kuch ekanligiga amin bo‘ldik. Shiza Shahidning chaqirig‘i bizni ilhomlantirib yubordi. Otam tom maʼnoda g‘ururlanib ketdi. Qizimga bir qarang! — dedi u Adam Ellikka. — Yoshi juda kichik bo‘lsa ham, uni butun dunyo allaqachon biladi! Bu maqtovlarni tinglab, xijolat chekkanimdan biroz qizarib ketdim. Faxr tuyg‘usidan sarmast otalar ko‘pincha o‘z farzandlarini uyaltirayotganlarini sezmay қолишади… Adam bizni Islomobodga olib bordi. Bu Pokiston poytaxtiga qilgan ilk tashrifim edi. Garchi Svatning jannatmakon go‘zalligini o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa ham, ko‘p qavatli binolar, keng va ravon ko‘chalar Islomobod ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turardi. Qamal qilingan Qizil Masjidni, Parlament va prezident binosi joylashgan Konstitutsiya shox ko‘chasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Bu vaqtga kelib General Musharraf Londonga badarg‘a qilingandi. Maktab darsliklari sotiladigan do‘konlarni birgalikda aylandik va Adam menga ko‘ngli ochiq bir qiz haqidagi «Badbashara Беттй» serialining diskini olib berdi. Bu do‘kon menga yoqib qolganidan, kelajakda Nyu-Yorkda yashashni va mana shunga o‘xshash do‘konda ishlashni o‘zimcha orzu qildim. Lok Virsa muzeyiga tashrif buyurganimizda milliy merosimizni ko‘rib, faxr hissini tuydik. Svatdagi muzeyimiz yopilganiga ancha bo‘lgandi. Muzeydan chiqib, yo‘lak bo‘ylab ketayotganimizda popkorn sotayotgan bir qari kishiga duch kelib qoldik. U ham bizga o‘xshab pushtun ekanligini negadir ko‘nglim sezgandi, qaysi millatga mansubligini so‘raganimizdan so‘ng, tahminim to‘g‘ri ekanligi anqi bo‘ldi. Otam undan asli islomobodlikmisiz deb so‘raganida, otaxon kulib: Hech zamonda Islomobod pushtunlarga tegishli bo‘lganmi? Men nizoli Mohmand degan joyda tug‘ilganman, ammo u yerdagi harbiy harakatlar tufayli kindik qonim to‘kilgan maskandan qochib ketishga majbur bo‘ldim. Otamning ko‘zlari yoshga тўлди… Atrofdagi binolar beton to‘siqlar bilan o‘ralgan, har bir kirib- chiqayotgan avtomashinalar birma-bir tekshirilib keyin o‘tkazilayotgan edi. Biz ketayotgan avtobus yo‘ldagi chuqurga tushib ketganida, orqada uxlab ketayotgan ukam Xushal sakrab o‘rnidan turdi va «bomba, portladi қочинглар» degancha talmovsirab qoldi. Bu o‘sha kunlarda boshimizdan o‘tkazgan qo‘rquvning amaldagi ifodasi edi. Har qanaqa kichik shovqinni ham bomba portlashi deb o‘ylaydigan bo‘lib қолдик… Islomobodga qilgan sayohatimiz davomida Svatdagi xungrezliklar biroz esimizdan chiqqandek bo‘ldi. Ammo vodiyga kirar ekanmiz, qo‘rquv va daxshat qaytadan bizni zabt eta boshladi. Shunday bo‘lsa ham, Svat bizning ona-vatanimiz bo‘lgani bois, o‘zimizni yengil his qilishimizga sabablar bor edi. Mingoraga qaytishim bilan, birinchi qilgan ishim shkafimni ochib maktab formasi, sumkasi va geometriya anjomlari joyida turganiga ishonch hosil qilish бўлди… Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling