Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


Download 0.59 Mb.
bet14/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

bob. Radio


Tolibonlar bizning vodiyga yetib kelganlarida endigina o‘n yoshga qadam qo‘ygandim. O‘shanda Moniba bilan birgalikda qo‘rqinchli kitoblarni o‘qishni juda xush ko‘rar, o‘zimizcha vampir bo‘lishni orzu qilardik. Toliblar ham xuddi vampirlarga o‘xshardi, ularni kunduzi uchratish amrimahol, ammo tunda ko‘chalarda itdek izg‘ib yurardi. Yolg‘iz yurgan tolibga deyarli ko‘zimiz tushmas, ular asosan guruh bo‘lib yurardi. Har doim ularning qo‘lida Kalashnikov avtomati, shuningdek belida xanjar osilgan bo‘lardi. Ular birinchi bo‘lib Matta tog‘li mintaqasida, Svatning yuqori qismida paydo bo‘lgan. Avvaliga o‘zlarini tolib deb tanishtirmaganliklari va biz fotosuratlarda ko‘rgan afg‘on toliblariga mutlaqo o‘xshamasliklari sababli, hech kim ulardan shubhalanmadi.
Ular doimo pokiza va chiroyli bo‘lib yurar, soqollarini tartibli o‘stirar, mahalliy erkaklarimiz kiyadigan yaktak-shalvarlarni egnilariga kiyib, fayzli insonlarga o‘xshab yurardi. Oyoqlarida yengil krossovka yoki vodiyda istalgancha topilishi mumkin bo‘lgan plastik sandal (mokasina tarj.) bo‘lardi. Boshlariga esa bizning hamma erkaklar kiyadigan sallani qo‘ndirishib, oddiy mo‘min-musulmonlardek yurgan tolibonlarni ko‘rib kim ham jangari deb o‘ylar edi? Hech kim.
Аммо… Ularnin asl basharasi oshkor bo‘lgach, mahalliy axolining nafratiga uchray boshladi. Ular shu qadar irkit holatda yurishardiki, otamning do‘stlaridan biri ularni «sovun va suv bilan urishib қолганлар» deb atab, hammamizning hadik ko‘nglimizni kulgi bilan bir oz ko‘tarardi. Toliblar yetakchisi, 28 yoshli Mulla Fayzulloh , yoshligida Svat daryosini kesib o‘tayotganida shikastlanib, o‘ng oyog‘idan jarohat olib, bir oz oqsoqlanib yuradi. Bu inson haqida qisqacha maʼlumot berib o‘tsam.
Bu shaxs Tehrik-i-Nafaz-i-Shariat-i-Muhammadiy (TNSHM) harakatining asoschisi So‘fi Muhammadning madrasasida tahsil oladi va uning qiziga uylanadi. 2002 yilda So‘fi Muhammad qo‘lga olinib, boshqa harbiy rahbarlar bilan birga qamoqqa tashlanganidan so‘ng Fayzulloh qaynotasi o‘rniga tashkilot yetakchisiga aylandi. Fayzulla
zilziladan sal oldin Svat daryosining narigi tomonida joylashgan Mingoradan bir necha chaqirim narida joylashgan mo‘ʼjazgina Imom Deri shahrida noqonuniy radiostansiya tashkil qiladi.
Vodiyimiz aholisining asosiy axborot manbai radio hisoblanadi. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Oilalarning aksariyati televizor sotib olishga imkoniyati yetmaydi, bundan tashqari ko‘pchilik o‘qish- yozishni bilmagani sababli gazeta o‘qiy olmaydi. Radiostansiya ochilgach, odamlarning jag‘i jag‘iga tegmay qoldi. Radiosatnsiyaga Mulla FM yoki Mulla radiosi deb nom qo‘yildi. Har oqshom sakkizdan o‘ngacha va har kuni ertalab yettidan to‘qqizgacha bo‘ladigan radioefirlarni odamlar intizorlik bilan kuta boshladi.
Mulla Fayzulla dastlab juda ayyorlik va ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. U o‘zini islomiy islohotchi va Qurʼoni karimning sharxlovchisi sifatida tanishtirdi. Onam dinga berilganligi sababli, uni juda xurmat qilardi. Fayzulla o‘z chiqishlarida odamlarni yaxshi odatlarni rivojlantirishga va yomon odatlardan voz kechishga undardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar albatta soqol qo‘yishlari, ichish va tamaki chekishni butunlay yig‘ishtirishlari kerak ekan. Shuningdek, u geroin, charas yoki gashishdan butunlay voz kechish kerakligini aytib o‘tdi. Namozdan oldin qanday qilib to‘g‘ri tahorat olishni, yuvish ketma- ketligini batafsil tushuntirib berdi. Hatto jinsiy aʼzolarni ham qanday yuvish kerakligini eslatib o‘tdi.
Uning ovozi tarbiyaviy ruhga ega bo‘lgani sababli ko‘pchilijni o‘ziga rom qilardi. Islomga bo‘lgan muhabbati haqida gapirganida yig‘lab yuborganini eshitgan odamlarning ham ko‘ngli bo‘shab, ko‘ziga yosh olardi. Eshittirishlarni odatda Fazlullohning o‘zi, u bo‘lmasa, bozorda tezpishar taomlar sotadigan yordamchisi Shoh Duran olib borardi. Ularning taʼkidlashicha, musiqa, kino va raqs odamlarni tanazzulga olib borar, shuning uchun muslim-muslimalar bunday amallardan voz kechishlari kerak ekan:
«Bugungi kunda juda ko‘p odamlar bunday do‘zaxiy tushunchalarni oddiy qabul qilayotgani tufayli ham, Alloh taolo bizga zilzila kabi balolarni yubormoqda. Agar odamlar gunoh va shaytoniy vasvasalarga berilib ketishdan to‘xtamasalar, Allohning g‘azabiga duchor bo‘ladilar.» Bu Fayzullaning nutqidan bir namuna edi.
Mamlakatimizda juda kam miqdordagi odam arab tilini bilgani sababli, mullalar Qurʼoni Karim va Hadisi sharifni o‘z bilganicha talqin qilishadi. Fayzulloh ga o‘xshaganlar esa insonlarning johilligidan foydalanib, ularni o‘z nog‘orasiga o‘ynatadilar.
Men o‘sha paytda yosh emasmanmi, Fayzullaning gaplari taʼsir ko‘rsatib, otamni savolga tutdim:
- Aba, bu odam haqiqatni gapiryaptimi? –

  • Yo‘q, Jani. Bu muttaham bizni aldayapti.

Otam o‘z hamfikrlari bilan «Mulla ФМ» efirlarini tez-tez muhokama qilardi. O‘sha paytgacha maktabda yetmish nafar o‘qituvchi faoliyat yuritar, ulardan qirq nafari erkaklar va o‘ttiz nafari esa ayollar edi. Baʼzi o‘qituvchilar Fayzulloh ning fikrlariga to‘la qarshi bo‘lgan bo‘lsa ham, ko‘pchilik uni maʼqullagan va qo‘llab-quvvatlagan. Ayyorona tuzilgan xiylalar taʼsiriga tushgan olomon Fayzullani «Qurʼon” tarjimoni deb ko‘klarga ko‘tarishdi.
Asta-sekin odamlar ongida yaxshi inson obrazini shakllantirib olgan Fayzulla anʼanaviy pushtun sudining o‘rnini egallagan Pokiston sud tizimiga ko‘plab tanqid toshlari yog‘dirib, mamlakatda islomiy sudlarni joriy etishni keng targ‘ib qildi. Bu targ‘ibot mahalliy aholiga moydek yoqib tushdi. Chunki, mahallamizda tez-tez kelib chiqadigan yer egaligi to‘g‘risidagi nizolar ilgari bir zumda hal bo‘lgan bo‘lsa, mojaroni sud orqali hal qilish ancha mudat talab etilardi. Vodiyimizga umuman eʼtibor qaratmaydigan korrupsioner hukumat vakillarining o‘zi ham Fayzullohga o‘xshaganlarning keng quloch yozishiga imkon yaratdi. Chunki doimo adolat istaydigan xalq o‘z xohlaganini hukumatdan topa olmasa, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan g‘oya va mafkuralarga ergashib ketaveradi. Fazlullohning adolatli davlat tuzumini o‘rnatish to‘g‘risidagi vaʼdalari oddiy xalqqa yoqib tushib, ming-minglab odamlar uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Olti oy ichida vodiy aholisining aksariyati televizorlaridan voz kechishdi. Fayzulloh ning odamlari barcha televizorlarni bir joyga to‘plab, yoqib yubordi. Osmonni quyuq qora tutun qopladi. CD va DVD disklari sotadigan do‘kon egalari ixtiyoriy ravishda o‘z savdo shoxobchalarini yopib, tolibonlardan tovon puli olishdi. Men va ukalarim televizor ko‘rishni juda xush ko‘rar, shu sababli undan ajralishni istamasdik. Otam bizni ko‘nglimizni shod aylab, televizorimizdan mahrum qilmasligini aytdi. Ammo, har ehtimolga qarshi, televizorni shkafga yashirib, ovozini pasaytirib tomosha qiladigan bo‘ldik. Maʼlum bo‘lishicha, tolibonlar odamlarning uylarini yashirincha poylab, televizor ovozini eshitishlari bilanoq uyga bostirib kirib, televizorni olib ketishar va uni bir nechta bo‘laklarga bo‘lgani holda qaytarib tashlab ketishardi. Fayzulloh biz juda yaxshi ko‘rgan, ammo Islomga dushman deb daʼvo qilingan Bollivud filmlarini juda yomon ko‘rardi. Ko‘ngilochar vositalardan faqatgina radiodan foydalanishga ruxsat etildi va tolibonlarning madhiyasidan boshqa har qanday qo‘shiq harom deb hisoblandi.
Bir kuni otam kasalxonada yotgan do‘stini ko‘rgani borganida, palatadagi barcha bemorlar Fazlullohning maʼruzalari yozilgan kasseta
tinglashayotgan bo‘ladi. Darg‘azab bo‘lgan otam do‘sti va uning palatadoshlari bilan nari-beri ko‘rishgach, bemorlardan biri o‘lganning ustiga tepgandek qilib, otamga Mulla Fayzullohning suhbatini olishi kerakligi, uning juda ham kuchli ilm egasi ekanligini aytadi.
Bunday vaziyatlarda o‘zini tutib tura olmaydigan otam u odamga qarab bor zahrini to‘kib sochadi:

  • Hazillashyapsizmi? Mulla Fayzulla ilm egasi? Aslida, savodsizligi va ilmga layoqatsizligi uchun maktabdan haydalgan. Va uning ismi umuman Fazlulloh ham emas.

Ammo kim ham otamning haqli eʼtirozlariga ishonardi? Fazlullohning safsatalari odamlarning ongini zaharlay boshlagani otamni tashvishlantirmasdan qo‘ymadi. Odamlar «ilm эгаси» deb eʼtirof etayotgan odamning johillikni targ‘ib qilayotgani otamning g‘azabiga g‘azab qo‘shardi.
Fazlullohning haqiqiy muxlislari chekka hududlarda yanada ko‘p edi. U yerda yashovchilar zilziladan keyin hukumat o‘z iqtidorsizligini ko‘rsatgan bir paytda, Fayzulloh va uning hamtovoqlari ko‘rsatgan yordamlarini unutmaganliklari uchun ham mullani har taraflama qo‘llab-quvvatlashardi.
Vodiydagi aksariyat masjidlarda radio tarmog‘iga ulangan karnaylar o‘rnatildi, shu orqali «Mulla ФМ» eshittirishlari butun vodiy axolisini qamrab oldi. Hammaga xush yoqadigan dastur kechqurungi dastur bo‘lib, unda Fayzullohning etagini tutgan odamlarning nomi sharaf bilan o‘qib eshittirilardi. Insonlarning qay tarzda eʼtirof etilishiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, bu haqida qisqacha maʼlumot berib o‘taman:
«Falonchi birodarimiz nasha chekardi, ammo bu gunoh ekanligini anglab, to‘g‘ri yo‘lga kirdi”.
«Falonchi birodarimiz soqolini o‘stira boshladi, men uni sunnatga amal qilgani bilan qutlayman”.
«Falonchi birodarimiz o‘z ixtiyori bilan CD do‘konini yopdi, bu umri davomida qilgan eng yaxshi amalidir.»
«Bu insonlarning hammasi jannatda mukofotsiz qolmaydi.»
Kimningdir ismi radioda maqtab eʼlon qilinganida, qo‘shnilari va qarindosh urug‘lari orasida gapirishga mavzu topilardi. Mabodo, kimdir gunohkorlar ro‘yxatiga tushib qolsa, bu odamning ham ancha
«qulog‘i qizirdi”.
Har bir dasturdan so‘ng odamlar orasida quyidagi savol eng ko‘p berilardi: “Siz falonchi nima qilganini eshitdingizmi?“
Radio armiyani ham bemalol tanqid qilish qudratiga ega edi. Fazlulloh Pokiston hukumati amaldorlarini «kofirlar” deb atab, ularni shariat qonunlarining bajarilishiga to‘sqinlik qilayotganlikda aybladi.
«Agar hukumat o‘z siyosatini o‘zgartirmasa, Tolibon shariat qoidalarini kuch bilan tatbiq etadi va kofirlar tuzumini parchalab ташлайди» deb vaʼda berdi. Uning sevimli mavzularidan biri xonlarning feodal tuzumining adolatsizligi hisoblanardi. Xonlarning radiodan haqorat qilinishi oddiy xalqning qulog‘iga xush yoqib,Fayzullohga bo‘lgan xurmat yanada oshishiga sabab bo‘lardi. Ayrim odamlar Fayzullohni
«Islom Robin Гуди» deb atay boshladi. Odamlar Fayzullohning hokimiyat tepasiga kelib, xonlarning yerlarini kambag‘allarga bo‘lib berishiga chin dildan ishongan. Bu gaplar xonlarning ham qulog‘iga yetib borib, ayrimlari jonlaridan tashvishga tushib vodiydan qochib ketishgan ham. Otam xonlarga qarshi bo‘lsa ham, toliblar o‘zlari bilan xonlardan ham battarroq yovuzliklarni olib kelishini tahmin qilardi.
O‘sha paytlarda otamning do‘sti Hidoyatulloh Peshovarda hukumat amaldori bo‘lib ishlar va bir kuni otamni ogohlantirib xat yozgandi:
«Jangarilar odamlarning qalbini zabt etishni xohlashadi, shuning uchun avval mahalliy aholining qanday muammolari borligini o‘rganmoqdalar va bu muammolarga yechim topib berib, ularning ishonchiga kirib olmoqda. Shu tarzda, ular juda ko‘pchilikning qo‘llab- quvvatlashiga ega bo‘lishadi. Hokimiyatni qo‘lga kiritganlarida so‘ng esa eski hukmdorlardan ham ko‘proq oddiy xalqqa zulm o‘tkazishadi.»
Fazlullohning radiodagi chiqishlari asosan ayollar haqida bo‘lardi. Albatta, u ko‘pgina vatandoshlarimiz uylaridan uzoqda, mamlakat janubidagi ko‘mir konlarida yoki Fors ko‘rfazidagi qurilishlarda ishlashlarini juda yaxshi bilar edi. Baʼzan u radiodan «Erkaklar, ko‘chaga chiqinglar. Men ayollaringiz bilan gaplashmoqchiman”derdi va bir oz tin olib davom etardi: «Ayollar uyda o‘tirishlari va uy ishlarini bekamiko‘st bajarishlari kerak. Zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqqanlarida ham har doim paranji bilan yuzlarini yopib olishlari zarur va shart!».
Maktabimiz boshqaruvchisi Maryam xonim mulla radiosidagi eshittirishlarni butunlay taʼqiqlagan bo‘lsa ham, dugonalarim unga quloq solmasdan, onalari bilan birgalikda har kuni radio eshitishardi. Uyimizda o‘zi bobomning almisoqdan qolgan radiosidan boshqa radio yo‘q bo‘lin, baxtimizga u ham buzilib qolgandi. (To‘g‘rirog‘i, men va onam eshitmasligi uchun otam atayin buzib qo‘ygandi.) Ammo, ayollar orasida gap turmaydi deganlaridek, mulla Fayzullohning taʼrifi onamning qulog‘iga ham yetib keldi. Ular mulla
Fazlullohni rosa maqtashdi, uning uzun sochlariga, otga minish qobiliyatiga lol qolishdi va hattoki uni Payg‘ambar alayhissalomga o‘xshaydi deb eʼtirof etishdi. Ayollar bu firibgar odamning har bir gapini to‘g‘ri deb hisoblab, ibodatlarida bu odamga tezroq martaba berilishini xudodan so‘rashdi. Bu hikoyalarni onam hayajon bilan, otam esa g‘azab aralash havotir bilan tinglardi.
Fazlullohning vaʼzlari meni esankiratib qo‘ygani rost. Muqaddas Qurʼonda biron bir joyda erkaklar xohlagan joyiga borishi mumkinu, ayollar uyda o‘tirishlari va uy ishlarini bajarishlari shart deb yozilmagandi. Maktabdagi islomni o‘rganishga bag‘ishlangan darslarda biz «Payg‘ambar – tinchliksevar инсон» mavzusida insholar yozganmiz. Payg‘ambarning birinchi rafiqasi savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan Xadicha ismli ayol ekanligini juda yaxshi bilardik. Hadicha 40 yoshda bo‘lsa ham, oldin turmush qurgan bo‘lsa ham, o‘zidan 15 yosh katta bo‘lsa ham, Muhammad unga uylanishga qaror qilgan. Onamga va uning dugonalariga, shuningdek tanish-notanish barcha ayollarga boqib turib, men pushtun ayollarining qanchalik kuchli va bardoshli ekanliklarining guvohiga aylanganman. Masalan, onamning buvisi sakkizta bolani deyarli yakka o‘zi tarbiyalagan, chunki bobom baxtsiz hodisa natijasida tos suyagini sindirib, sakkiz yil yotoqda yotgan.
Erkak kishi ishiga ketadi, pul topib, uyiga qaytadi, ovqatlanib uxlaydi. Boshqa hech qaysi ishga aralashmaydi. Erkaklarimiz haqiqiy kuch pul topib kelib, atrofidagi ayollarga buyruq berishda deb hisoblaydi. Fikrimcha, haqiqiy kuch ro‘zg‘orni yuritadigan va bolalarni tarbiyalaydigan ayollarga tegishli ekanligi ularning xayoliga hech qachon kelmaydi. Bizning uyda otam doimo band bo‘lgani tufayli, deyarli hamma ish onamning zimmasida edi. Ertalab onam xo‘roz qichqirmasdan turar, kiyimlarimizni dazmollar, nonushta tayyorlar, bozorga ketar va zarur oziq ovqatlarni sotib olardi. Otam doimo «onangning joniga баракалла» deb ruhini ko‘tarib qo‘yardi.
Tolibon rejimining dastlabki yillarida ikkita operatsiyani boshdan kechirishga majbur bo‘lganman – doktorlar ko‘richagim va qalqonsimon bezimni olib tashlashgan. Ukam Xushalning ham ko‘richagini olib tashlash kerak bo‘lganida ukamni shifoxonaga onam olib borgan. Otam bir necha soatdan so‘ng shifoxonaga yetib kelgan. Onam Qurʼon ayolga uyidan ko‘chaga chiqishni va yaqin qarindoshlardan o‘zga erkaklar bilan gaplashishni taqiqlaganiga qatʼiy ishonsa ham, otam unga quyidagilarni tez-tez takrorlardi:

  • Pekay, yuzingni to‘sganing bilan, erkaklarning ko‘ziga ko‘rinmaganing bilan, xudo qalbingda bo‘lmasa, hammasi bir tiyin.

Ayollar Fayzullohning fanatiga aylanib qolganliklari sababli, tilla-taqinchoqlariyu, qimmatbaho buyumlarigacha uning qo‘liga
tutqazishga tayyor edilar. Ko‘chalarda ayollarning to‘y bilakuzuklari va marjonlarini tashlab ketadigan qutilar qo‘yilgan bo‘lib, ko‘ngillilar u yerga qimmatbaho taqinchoqlarini tashlab ketishardi. Bu ishni qilishni istaganlar juda ko‘payib ketganidan qutilar oldida navbatlar paydo bo‘la boshladi. Baʼzi ayollar zargarlik buyumlarini o‘zlari olib borishsa, boshqalari bu ishga o‘g‘illari yoki erlarini jalb etardi. Baʼzi eri chet elda ishlayotgan ayollar, Fayzullohning safsatalariga uchib, eri qiynalib ishlab topib, jo‘natgan pullarni berib yuborishgan. Fazlulloh yig‘ilgan mablag‘ evaziga Tolibon harakatining «shtab-kvartira”si bo‘lgan Imom Deri shahrida g‘ishtdan katta bino qurdirdi. Din haqida kim nima desa ishonib ketaveradigan omi odamlar esa ko‘ngilli ravishda ushbu bino qurilishiga oqib kela boshladi.
Bir kuni maktabimizning urdu tili o‘qituvchisi Navab Ali otamga ertaga darsga kela olmasligini, qurilishga ishga borishini aytib, javob so‘radi. Otamning tepa sochi tikka bo‘lib, g‘azabini yashira olmadi:
— Sizning birlamchi vazifangiz bolalarga taʼlim berib, ularni maʼrifat tomon yetaklash emasmi?

  • Yo‘q, eng avvalo mulla Fayzulloh ga yordam berishim kerak.

Otam hafsalasi pir bo‘lib uyga qaytdi. Meni ko‘rib biroz jahlidan tushib, dardini to‘kib soldi:
-Agar odamlar maktablar, yo‘llar qurishni yoki daryoni o‘zlari tashlagan axlatlardan tozalashga ham mana shunday ko‘ngilli ravishda kelishganida edi, Pokiston bir yil ichida haqiqiy jannatga aylanar edi. Ammo ular faqat masjid va madrasalar qurilishidan foyda bor deb ўйлашади…
Oradan bir necha kun o‘tib yana bir o‘qituvchi otamga qizlarni o‘qitishni ortiq istamasligini, Mulla Fayzulloh buni xohlamayotganini aytib ishdan bo‘shatishini so‘radi. Otam esa jon jahdi bilan uning fikrini qaytarishga urindi:

  • Men ham ayol o‘qituvchilar qizlarni o‘qitishini chin dildan xohlayman. Ammo Pokistonda ularning soni juda ham oz. Biz qizlarni kelajakda o‘qituvchi sifatida tarbiyalash uchun ham o‘qitishimiz kerak.

Bir kuni So‘fi Muhammad qamoqdan turib ayollar umuman o‘qimasligi kerak deb fatvo chiqardi. U «Agar kimdir tarixdan Islom ayollarning o‘qishiga ruxsat berishi borasida misol topa olsa, bemalol kelib soqolimga peshobini to‘kishlari mumkin.» degan izoh bilan fatvosini yanada ishonchliroq chiqishini taʼminladi. Shundan so‘ng Mulla radiosi qizlar maktablariga katta eʼtibor berishni boshladi. Har kuni maktab rahbarlarining nomi radiodan «do‘zaxiy” deb eʼlon qilinar, maktabni
o‘z xohishi bilan tashlab ketgan qizlarni ushbu solih amal bilan tabriklashardi. «Faloncha xonim jannatga borish uchun maktabni tashlab ketdi.» — radio mana shunaqa gaplarga to‘lib ketdi. Menga o‘xshab maktabga borishni davom ettirgan qizlar haqida gap ketganda, bizlarni shaytonning farzandlari deyishdan tap tortishmasdi.
Dugonalarim va men nima uchun taʼlim olish yomon amal ekanligini hech qachon tushuna olmasdik. Shu sababli otamga ushbu savol bilan murojaat qildim:

  • Nega bu odam maktabga borishimizni istamaydi?

  • U va uning yonidagilar ayollarning, umuman hammaning taʼlim olishidan qo‘rqishadi, qizalog‘im.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan Xushal maktabining matematika fani o‘qituvchisi ham qizlarga dars berishdan bosh tortdi. Otam esa bunga javoban uni ishdan bo‘shatdi, ammo bu boshqa o‘qituvchilarni xavotirga solib qo‘ydi. Ular xatto birgalashib otamga murojaat ham yo‘llashdi:
«Janob direktor, bunday qilmaganingiz maʼqul deb o‘ylaymiz. Hozir juda tahlikali davr. Uni ishdan bo‘shatmang. Uning o‘rniga qizlar bilan boshqa o‘qituvchi ishlaydi.»
Kundan kunga taʼqiqlar oshsa oshdiki, hech kamaymadi. Fazlulloh soqol olishni taqiqlabgina qolmay, vodiydagi barcha sartaroshxonalarni yoptirib tashladi, buning ortidan sartaroshlarning barisi ishsiz qolishdi. Faqatgina mo‘ylov qo‘ygan otam soqol o‘stirish- o‘stirmasligini o‘zi hal qilishini aytdi. Ammo, ayollarga bozorga borishni taqiqlagan qaror menga picha yoqib tushdi. Onamdan farqli o‘laroq, bozorga borishni jinim suymasdi.
Onam menga tez-tez «Yuzingni yopib yur, birov кўрмасин» deb ogohlantiradigan bo‘ldi. Bunga mening javobim tayyor edi:

  • Xo‘sh, ko‘rsa ko‘ribdi, ko‘rsa-ko‘rmasa nima o‘zgaradi? Bu gaplardan onamning tepa sochi tikka bo‘lardi.

Onam va dugonalari sevimli mashg‘ulotlari bo‘lgan ayollarning bozorga borishlariga yo‘l qo‘yilmasligidan juda qattiq qayg‘uga tushib qolishdi. Ayniqsa hayit bayrami oldidan bozorga borish ularning jonu dili edi. Bunday kunlarda ayollar o‘zlarining eng yaxshi kiyimlarini egnilariga ilib, uydan chiqishar, bozordagi bayramona chiroqlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari va xina sotiladigan rastalar orasida aylanib yurishardi. Ularga bunday o‘yin-kulgidan voz kechish oson kechmadi. Albatta, bozorga borishga jurʼati yetgan ayollarni hech kim kaltaklamagan, ammo toliblar ularga baqirib, omma oldida sharmanda qilib tashlashgan. O‘sha paytlarda bitta tolib butun
qishloqni ostin-ustun qilib yuboradigan kuchga ega bo‘lgan. Tolibonlar bolalarni ham sevimli mashg‘ulotlaridan ayirib qo‘ydi. Fayzulloh dam olish kunlarida yangi filmlar bilan bizni taʼminlaydigan DVD disk do‘konlarini ham yopishni buyurdi. Bu vaqtga kelib onamning Fayzullohga qo‘ygan ixlosi allaqachon so‘lib bo‘lgan, umuman mulla dunyoviy taʼlim olish kofirlarning ishi ekanligi va barcha maktab o‘quvchilari do‘zaxga tushishini eʼlon qilganida, ko‘pchilik odamlarning bu safsatabozdan ko‘ngli qolgan edi.
Fazlullohning keyingi maqsadi sho‘ro, yaʼni islomiy sudlarni tashkil etish edi. Bu xabarni odamlar xursandchilik bilan kutib olishdi, chunki daxshatli darajadagi byurokratiya avj olgan, pora bera olmaydiganlar o‘z ishlarini ko‘rib chiqilishi uchun yillar davomida kutishi kerak bo‘lgan Pokiston sudlaridan farqli o‘laroq, bu sudlarda ishlar tezda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgandi. Odamlar sho‘roga murojaat qilishdan baxtiyor edi, bunga sabab barcha muammolar — biznes masalalaridan tortib shaxsiy shikoyatlargacha tez va oson hal bo‘lishi edi. Otamning tanishlaridan birining aytishicha davlat sudi 30 yilda hal qilib bera olmagan masalani, islomiy sud bir necha soat ichida hal qilib bergan emish. Sho‘ro sudlarining hukmlari ancha shavqatsiz bo‘lib, aybdor deb topilganlar og‘ir jazolarga giriftor etilardi, shu qatorda mamlakatimizda ilgari qo‘llanilmagan omma oldida kaltaklash anʼanasi ham aynan Fayzulloh davrida joriy etildi. Otamning do‘stlaridan biri ikki ayolni birgalashib zo‘rlashda ayblanib sudlangan uch kishining ayovsiz kaltaklanganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytib bergandi. Tolibon qarorgohi yaqinida maxsus jazolash hududi tashkil etildi va Fazlullohning juma maʼruzasidan so‘ng, yuzlab odamlar mahkumlarning jazolanishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlariga sharoit yaratildi. Bir tarafda ayblanuvchi kaltakning zarbiga chiday olmasdan, bor ovozi bilan baqirar, bir tarafda esa, inson bolasining kaltaklanayotganidan zavqlanib turgan olomon
«Allohu akbar”, «Allohu акбар» deb jaʼzo ijro etuvchini qo‘llab- quvvatlab turardi. Baʼzan jazo hududida qora otga mingan mulla Fazlullohning o‘zi paydo bo‘lar va jazoni shaxsan o‘zi ijro etardi.
Fazlulloh va uning tarafdorlari shifokorlarga bolalarni poliomiyelitga qarshi emlashni taʼqiqlagani hammasidan oshib tushdi. Ularning iddao qilishlaricha, emlashlar Amerika fitnasining bir qismi bo‘lib, musulmon ayollarni zaif holatga keltirar va xalqimizning qoni buzilishiga sabab bo‘lar emish. Fazlulloh o‘z eshittirishlaridan birida quyidagi gaplarni taʼkidladi:
“Hali paydo bo‘lmagan kasallikni davolash shariat qonunlariga ziddir. Svatda yashovchi biron bir bola bu vaksinani qabul qilmasligi darkor.
Fazlulloh tarafdorlari Afg‘onistondagi Tolibon axloq politsiyasi singari, xojalarining farmonlarini buzuvchilarni qidirib, ko‘chalarni kezib yurishardi. «Lochinlar гуруҳи» deb nomlangan qurollangan ushbu politsiya kuchlari yuk mashinalarida ko‘chalarda aylanib yurishar, Mingora aholisi ularning kerilib yurishini ko‘rib, rosa havas qilishardi.
Bir kuni otam o‘z banki menejeri bilan suhbatlashib qoldi va hazil aralash shunaqa dedi:

  • Biz hech bo‘lmaganda mulla Fayzullohdan ayollarga xarid qilishni taqiqlaganligi uchun minnatdor bo‘lishimiz kerak. Endi ular Xitoy bozoridan o‘zlariga latta-putta sotib olib, erlarini og‘ir ahvolga solib qo‘yishmaydi

Menga qiziq tuyulgani, kitoblarda mard-jasur deya taʼriflangan xalqimiz adolatsizlikka jim qarab turib, haqiqatni gapira olmayotganida edi. Odamlarning aksariyati o‘zaro gaplashganda Fayzulloh ularni tirikchiligidan mahrum qilgani haqida soatlab gaplashib, uning siyosatini qoralab o‘tirar, ammo jurnalistlarga kamera qarshisida intervyu berayotganida Fayzullohni payg‘ambarga mengzab, uni dunyodagi eng pok musulmonlardan deya ko‘klarga ko‘tarishardi.
Mulla radiosining ilk efiriga roppa-rosa bir yil bo‘la boshlagani sayin Fazlulloh tobora tajovuzkor bo‘lib borardi. Uning ukasi Mavlono Liaqat 2006 yil oktabr oyida Amerikaning Bajaurdagi madrasaga qilingan havo hujumida halok bo‘ldi. O‘sha fojiada saksondan ortiq odam halok bo‘lgan, ularning orasida 75 yoshli qariya o‘qituvchi ham, 12 yoshli go‘dak talaba ham bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati svatlik edi. Ushbu fojia xalqimizni junbushga keltirdi, ko‘pchilik amerikaliklardan qasos olish kerakligini tinmay taʼkidlardi. O‘n kundan so‘ng xudkush-terrorchi Darg‘ayda armiya kazarmasini portlatdi, natijada Pokistonning qirq ikki askari halok bo‘ldi. Bundan oldin Pokistonda xudkushlik jinoyatlari juda kam sodir bo‘lar, ammo bu voqea sodir bo‘lgan yili mamlakatda oltita shunday voqea yuz bergan. Darg‘aydagi kazarmaning portlashi bu kabi terroristik hujumlarning eng kattasi hisoblangan.
Qurbon hayiti bayramida hayvonlarni, ko‘pincha qo‘chqor va echkilarni qurbonlikka so‘yishimizni yaxshi bilsak kerak. Ammo Fayzulloh chiqish qilib, «Ushbu hayitda ikki oyoqli hayvonlar qurbonlik qilinadi”, deb eʼlon qildi. Tez orada uning nimani nazarda tutganini hamma anglab yetdi. Uning tarafdorlari dunyoviy va millatchi partiyalarga, xususan Avami Milliy partiyasiga tegishli xonlarni va siyosiy faollarni o‘ldirishni boshladilar. 2007 yil yanvar oyida otamning Malak Baxt Baydar ismli tanishini niqobli odamlar olib ketishdi. U boy xon
oilasidan chiqqan bo‘lib, AVM mahalliy bo‘limi vitse-prezidenti lavozimida ishlardi. Bir necha kundan keyin uning jasadi qabriston yaqinidan topildi. Uning qo‘llari va oyoqlaridagi barcha suyaklar singanini ko‘pchilik odamlar eʼtirof etishdi. Bu Svat vodiysidagi birinchi siyosiy qotillik bo‘lib tarixga kirdi. Mish-mishlarga ko‘ra, Toliblar bu odamdan mamlakat armiyasiga o‘zlarining yashirin joylarini topishda ko‘mak bergani uchun qasos olishga qaror qilgan.
Hukumat ko‘p narsani ko‘rib, ko‘rmaganlikka oldi. Mahalliy hukumatimiz odamlarni qo‘rquvga solayotganlarning ishini xaspo‘shlab, ularni din yo‘lida xizmat qilayotganini eʼtirof etishdan bo‘shamaydigan diniy partiyalar vakillaridan tashkil topgandi. Avvaliga biz Svat vodiysidagi eng katta shahar — Mingorada o‘zimizni ancha xavfsiz sezardik. Ammo Fazlullohning qarorgohi shahardan atigi bir necha kilometr uzoqlikda bo‘lgani uchun toliblar bilan har qadamda

  • ko‘chalarda, bozorlarda, tepaliklarda uchrashib qolardik. Toliblarni ko‘rgan har qanday odamning rangi oqarib ketib, kapalagi uchib ketardi.

Hayit bayramida, odatdagidek, qishloqqa qarindoshlarimizni ko‘rishga boradigan bo‘lib qoldik. Onam va men amakivachchamning mashinasida ketayotgan edik. Suv toshqini oqibatida yo‘l o‘pirilib ketgan joyga yaqinlashganimizda, bizni Tolibon patrul xizmati to‘xtatdi. Orqa o‘rindiqda onam bilan men o‘tirgandik. Amakivachcham shoshib qolib, musiqiy kassetalarni hamyonimizga solib, yashirishimizni aytib, mashinada ulardan vakil kelishini kutib o‘tirdi. Boshdan oyoq qora kiyingan va yelkasiga avtomat osib olgan bir tolib yonimizga keldi va bizga nazar tashlab,
-Opa-singillar, o‘zingizni noloyiq tutyapsiz. Ayollar paranji kiyishlari kerak...
Taʼtildan so‘ng maktabga qaytganimizda maktab darvozasiga yopishtirib qo‘yilgan xatga ko‘zimiz tushdi. Otam xatni xijjalab o‘qiy boshladi:

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling