Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


Download 0.59 Mb.
bet13/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

bob. Kuzgi zilzila


Boshlang‘ich sinfda o‘qiyotgan paytlarimiz edi. Oktabr oyining quyoshli kunlaridan birida, to‘satdan partalarimiz qimirlay boshladi. Sinfdagi o‘quvchilar bundan vahimaga tushishdi va beihtiyor bir ovozdan qichqirib yuborishdi: «Zilzila!» Hamma o‘zini tashqariga ura boshladi. Otam bir paytlar bizga zilzila sodir bo‘lganida hamma narsani tashlab, tezda tashqariga chiqish kerak deb uqtirgan edi. Bolalar ona tovuq atrofida qunishib o‘tiradigan jo‘jalar kabi, o‘qituvchilarimiz atrofida dir-dir qaltiragancha o‘tirishardi.
Svat vodiysi yuqori seysmik faol zonada joylashgan bo‘lib, bu yerda tez-tez zilzila sodir bo‘lishi tabiiy holat. Ammo, bu zilzida har qachongidan ham boshqacharoq edi. Oyog‘imiz ostidagi yer larzaga keldi, atrofimizdagi barcha uylar qulab tushadiganday tuyuldi. Bolalar qo‘rqqanidan dir-dir qaltirar, ayrimlari esa xo‘ngrab yig‘lar, o‘qituvchilarimiz esa tinmay yaratganga ibodat qilishardi. Sevimli o‘qituvchilarimdan biri Rubi xonim o‘zini qo‘lga olib, bizni tinchlantirishga urindi. «Vahima qilishga hech qanaqa asos yo‘q”, dedi u.

  • Tez orada zilzila tugaydi.

Zilzila tamom bo‘lgach, bizni uy-uyimizga jo‘natishdi. Uyga qaytganimda qo‘llarida «Qurʼon”ni quchoqlab, surʼalarni bilganicha aytib o‘tirgan onamga ko‘zim tushdi. O‘zi odamlar shunaqa – boshiga mushkulot tushganidagina duo qilishni boshlashadi. Onam meni ko‘rishi bilan quvonchdan o‘kirib yig‘lab yubordi va yugurib kelib, quchoqlab, yuz- ko‘zlarimdan o‘pa ketdi. O‘sha kuni silkinishlar yana bir necha marta takrorlanib, havotirimizga havotir qo‘shdi.
Peshonamga doim ko‘chib yurish bitilgan bo‘lsa, ajab emas – o‘n uch yoshga kirgan bo‘lsam, yetti marotaba turar-joyimizni o‘zgartirishga majbur bo‘lganmiz. O‘sha kuzda ko‘p qavatli uyda yashardik. Onam uy qulab tushadi deb vahima qilib, hammamizni ko‘chada turishga majburladi. Otam maktab binolarining holatini tekshiraman deb, yarim kechagacha qolib ketdi.
Kech tushganida hammamizning ko‘nglimizga vahima oralagandi. Har safar silkinish bo‘lganida, o‘lib ketishimizdan qo‘rqib, dag‘-dag‘ qaltirardim. Onam uyga kirishni xohlamadi. Vayronalar ostida o‘lib ketishimizdan cho‘chib, tashqarida tunashimizni talab qildi. Ammo haddan oshiq charchagan otam onamga quloq solmadi. Bundan tashqari, biz musulmonlar taqdirimiz Xudo tomonidan peshonamizga yozilganiga ishonamiz. Shu sababli, otam men va ukalarimni oldiga solib, ikkinchi qavatga ko‘tarildi.
Onamning atrofga olazarak boqishidan toqati toq bo‘lgan otam oxiri chidab turolmay, onamga baqirdi:

  • Agar uyda qolishdan qo‘rqadigan bo‘lsang, to‘rt tomoning qibla! Men shu yerda qolaman. Sen ham Allohning irodasiga va marhamatiga ishonadigan bo‘lsang, shu yerda qol. Hammang boshingga musibat va falokat tushgan paytda, hayoting xavf ostida bo‘lganida, gunohlaringni eslaysan, Xudo bilan uchrashganimda, u bizni kechirarmikan deb ich etingni yeysan. Ammo xavf ortda qolganida gunohlaringni unutasan va avvalgidek yashay boshlaysan.

O‘sha tunda otamning so‘nmas eʼtiqodi va onamning asosli tashvishlariga guvoh bo‘ldim
2005 yil 5 oktabrda sodir bo‘lgan zilzila eng vayronkor zilzila sifatida tarixga kirdi. Uning kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 7,6 ballni tashkil qildi, Kobuldan Dehligacha bo‘lgan ulkan hududda zilzilaning silkinishlari sezildi. Zilzila Mingoraga unchalik katta vayronagarchiliklar keltirmadi, faqatgina bir nechta uylar qulab tushdi, ammo qo‘shni Kashmir va Pokistonning shimoliy qismida tabiiy ofatning oqibatlari juda og‘ir edi. Hatto Islomobodda ham uylar qulab tushdi.
Biz bu tabiiy ofatning ko‘lamini darhol anglab yetmadik. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan televizion reportajlar efirga uzatila boshlagandagina, butun boshli qishloqlarning yer bilan yakson bo‘lganining guvohiga aylandik. Elektr tarmoqlari va telefon liniyalari ishlamay qoldi, zarar ko‘rgan hududlarga kirish yo‘llari ko‘chkilar sabab to‘silib qoldi. Tabiiy ofat maydoni 30.000 kvadrat kilometrni tashkil etdi — bu AQShning Konnektikut shtati hududi bilan teng degani edi. Qurbonlar soni aql bovar qilmaydigan darajaga oshib ketdi. 73 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 128 mingdan ortiq kishi yaralandi, ularning aksariyati keyinchalik nogironga aylanib qoldi. 3,5 milliondan ortiq odam uysiz qoldi. Yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘ldi, suv va elektr taʼminoti tizimlari ishlamay qoldi. Qurbonlar orasida men kabi ertalab maktabda bo‘lgan ko‘plab bolalar bor edi. Taxminan 6400 maktab vayronaga aylangan, 18.000 bola vayronalar ostida halok bo‘lgan.
Tabiiy ofat yakunlanganidan so‘ng, biz jabrlanganlar uchun pul yig‘ishni boshladik. Hamma imkoni boricha olib keldi. Otam barcha tanishlarining uyiga borib, jabrlanganlar uchun oziq-ovqat, kiyim- kechak va pul berishni iltimos qildi. Onam bilan birgalikda odamlar olib kelgan ko‘ra to‘shaklarni saranjom qila boshladim. Svat xususiy maktablar uyushmasi ham xayriyaga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatdi. Yig‘ilgan pullar hisoblab chiqilganida bir million rupiyadan oshib ketdi. Lahordagi maktabimizni darsliklar bilan taʼminlaydigan nashriyot oziq-ovqat va boshqa kerakli maxsulotlarni beshta yuk mashinasiga ortib yubordi.
Ikki tog‘ izmasi orasidagi tor vodiyda joylashgan Shanglada yashovchi qardoshlarimiz bizni juda xavotirga solib qo‘ygandi. Nihoyat, otamning bir amakivachchasi uyimizga kelib, otamning qishlog‘ida ko‘plab uylar vayron bo‘lganini, sakkiz kishi dunyodan ko‘z yumganini aytib berdi. Zilzila paytida uylarning qulashi natijasida, xarobalar ostida qolib ketgan mahalliy mulla Qadimning to‘rt nafar bir- biridan go‘zal qizi birvarakayiga halok bo‘lganini eshitib juda qattiq ranjidim. Insonparvarlik yordami yuklari ortilgan mashinalarda otam bilan birga Shanglaga borishni juda istagan bo‘lsam ham, otam bu ish juda xavfli ekanligini aytib, hech unamadi.
Otam uyga qaytib kelganida rangida rang qolmagandi, safarning juda og‘ir bo‘lganini uning yuzidan anglab olish muammo emasdi. Onam va men otamning aytganlarini ertak eshitgandek tingladik:

  • Yo‘lning katta qismi qulab tushgan, ustiga ustak qolgan qismlarini ham tosh bosib qolgan ekan. Katta mashaqqatlar bilan qishlog‘imga yetib borganimda, u yerning axolisi meni ko‘zda yosh bilan kutib oldi. Aytishlaricha, ular zilzila paytida o‘zlarini so‘nggi nafaslarini olayotgandek his qilishgan. Xattoki, tog‘lar silkinib, ulkan xarsangtoshlar ham qulab tushgan ekan. Do‘stlarimdan birining aytib berishicha, odamlar zilzila paytida uylarini tark etib bir joyga to‘planib xudoga nola qilishgan, ammo qulab tushayotgan tomlarning tovushi va xurkib ketgan mol-hollarning jon berib qichqirishi ularning ovozini bosib qolgan. Tabiiy ofat shu qadar uzoq davom etganki, qishloq aholisi nafaqat kunni, balki tunni ham tashqarida o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Kechasi tog‘larda sovuq ob-havo hukm surishi sababli odamlar oz bo‘lsa ham isinib olish uchun bir- birining pinjiga kirib olishgan. Faqatgina oradan bir necha kun o‘tib, jabrlanuvchilarga yordam berish maqsadida Tehrik-i-Nafaz-i- Shariat-i-Muhammadiy (TNSHM) tashkilotidan xorijiy professional qutqaruvchilar va ko‘ngillilar yetib келишган…

Otamning hikoyasiga juda ham berilib ketganimdan, bu tashkilot haqida gapirib berishni unutibman. So‘fiy Muhammad tomonidan asos
solingan ushbu tashkilot Afg‘onistonga jangchilar yuborish bilan shug‘ullanadi. So‘fiy Muhammadning o‘zi general Musharraf Amerika bosimi ostida bir necha harbiy rahbarlarni hibsga olishga buyruq bergan 2002 yildan beri beri qamoqda o‘tiribdi. Shunga qaramay, So‘fi Muhammad tomonidan tuzilgan ushbu tashkilot o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Tashkilotning hozirgi rahbari Mulla Fayzulloh hisoblanadi. Yo‘llar va ko‘priklar abgor holda kelib qolganligi, shuningdek mahalliy rahbariyat vakillari o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashganliklari sababli rasmiylarga Shangla kabi uzoq hududlarga yetib borish qiyinchilik tug‘dirardi. Bizdagi zilzilaning dong‘i Dog‘istonga yetib, xatto BMT vakili «Biz logistika sohasida juda katta talafot кўрдик» deya bayonot berdi.
General Musharraf zilzilani «xalqqa xudo tomonidan yuborilgan синов» deb atadi va undan ham «muhimroq” bo‘lgan «Hayot чизиғи» nomli harbiy-operatsiyani boshlanganini eʼlon qildi. Pokistonda harbiy operatsiyalarga balandparvoz nom berish urfga kirgan. Gazetalarda vertolyotlar insonparvarlik yordamini yetkazib berayotgani aks etgan ko‘plab fotosuratlar chop etildi. Ammo kichik tog‘ vodiylariga vertolyotlar qo‘na olmadi va tepadan tashlangan oziq-ovqat va chodirlarning aksariyat qismi daryoga tushib, isrof bo‘ldi. Baʼzi hollarda quyi odamlar bilan gavjum bo‘lgani sabab vertolyotlar yuklarini tashlay olmay o‘zi bilan qaytarib olib ketishga majbur bo‘ldi.
Shunga qaramay, yordamga muhtoj odamlar soni ancha ko‘p edi. Pokiston hukumati eplay olmayotganini ko‘rgan amerikaliklar zudlik bilan jabrlanganlarga yordam berish uchun Afg‘onistondagi baʼzi qo‘shinlari va vertolyotlarini yuborib, tezkorlik bilan axoliga yordam berdi. Shu orqali har qanday holatda ham xalqimiz uchun yordamga tayyor ekanliklarini isbotlashdi. Baʼzi uchuvchilar mahalliy aholining tajovuz qilib qolishidan qo‘rqib, vertolyotlaridagi AQSH emblemalarini berkitib ham qo‘yishdi. Chekka qishloqlardagi aholining aksariyati umri davomida ilk marotaba xorijliklarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.
Ko‘ngillilarning aksariyati islomiy xayriya tashkilotlariga tegishli bo‘lsa, ayrimlari yashirin harbiy tuzilmalar aʼzolari edi. Ular orasidagi eng ahamiyatli aʼzolar Jamoa ul-Dava ning gullab-yashnayotgan qanoti Lashkari Taiba vakillari hisoblanishardi. Lashkari Taiba vakillari bevosita Pokiston TIRi bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan. Ushbu tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi Kashmirni ozod qilish bo‘lib, buning o‘ziga xos sabablari bor. Barcha pokistonliklar Kashmir Hindistonning emas, balki Pokistonning tarkibiga kirishi kerak deb hisoblaydi, chunki bu hududda yashovchi aksariyat axoli musulmonlar hisoblanadi. Lashkari Taiba rahbarining ismi Hofiz
Said bo‘lib, u Lahor universitetida professor bo‘lib ishlaydi. Bu odam nihoyatda g‘ayratli notiq hisoblanib, televizorda tez-tez Hindistonga qarshi urushga daʼvat qilishi bilan mashxur. Zilziladan so‘ng, hukumat tegishli choralar ko‘ra olishga yaramasligi oydinlashgach, Jamoa ul Dava aʼzolari darhol uysizlar uchun lagerlar tashkil qilib berdi. Bu lagerlar “Kalashnikov” avtomatlari bilan qurollangan va ko‘chma radiostansiyalar bilan jihozlangan jangarilar bilan tunu kun qo‘riqlana boshlandi. Lagerda yashaydigan barcha odamlar bu ishlarni Jamoa ul Dava qilayotganini juda yaxshi anglardi. Tez orada tashkilotning qora va oq bayroqlari xochga mixlangan holda lagerning barcha hududida hilpiray boshladi. Azad Kashmir viloyati, Muzaffarobod shahridagi tashkilot vakillari dala kasalxonasini tashkil etib, shifoxonani barcha kerakli dori-darmonlar, xatto rentgen apparati va operatsiya uchun zarur jihozlar, stomatologik uchun zarur vositalar bilan taʼminladi. Kasalxonada professional shifokorlardan tashqari, o‘nlab ko‘ngillilar ham ishlay boshladi.
Jabrlanganlar dunyodan uzilgan daralarga kelib, oziq-ovqat va dori- darmon yetkazib bergan qutqaruvchilarni uzundan-uzoq duo qilardi. Ko‘ngillilar vayronalarni tozalashda, yangi uylar qurishda, marhumlarni ko‘mishda va ularning haqqiga duo o‘qishda katta ko‘mak berishdi. Zilzila bo‘lib o‘tganiga bir necha yil bo‘lgan bo‘lsa ham, hukumat vaʼda qilingan tovon pulini to‘lamaganligi sababli shu kungacha ko‘plab qishloqlarda odamlar vayron qilingan uylarning o‘rniga yangi uy qura olmay, hukumatni «duo қилиб» o‘tirishibdi. Chet eldagi insonparvar tashkilotlarning aksariyati Pokistonni tark etishgan bo‘lsa ham, Jamoa ul Dava vakillari hali ham oddiy xalqqa yordam berib kelmoqda. Angliyada o‘qiyotgan amakivachchamning aytishicha, tashkilot faollari zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun dunyoning har chekkasidagi odamlardan mablag‘ yig‘ishmoqda. Baʼzi ustamon odamlar esa vaziyatdan foydalanib, yig‘ilgan pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborishgani haqida ham maʼlumotlar bor. Hatto ushbu pul yordamida Buyuk Britaniyadan AQShga uchayotgan samolyotlarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilishi rejalashtirilganligi haqida mish- mishlar tarqalib ketgan.
Zilzila oqibatida ko‘pchilik bolalar ota-onasida ajralib qolishdi. Mamlakatdagi yetimlar soni 11000 nafarga ko‘paydi. Jamiyatimizda yetimlarni odatda qarindoshlari o‘z uylariga olib ketishadi, ammo falokat ko‘lami shunchalik katta bo‘lganidan, baʼzi bolalarning barcha qarindoshlari qirilib ketdi. Hukumat barcha yetim bolalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini vaʼda qildi, ammo bu vaʼda boshqa vaʼdalar singari bajarilmay qolib ketdi. O‘zi «kattalar” faqat vaʼda berishni bilishadi, bajarishga kelganda sichqonning ini ming tanga bo‘lib ketadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Jamoa ul Dava tashkiloti ko‘plab
o‘g‘il bolalarni o‘z qaramog‘iga olib, madrasalarga joylashtirib qo‘ygan. Umuman, Pokistonda madrasalarni xayriya tashkilotlari deb atash mumkin, chunki ular o‘z o‘quvchilariga bepul turar joy va ovqat taqdim etadi. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Diniy maktablarda talabalar oladigan bilimlar, yumshoq qilib aytganda, yetarli emas.Ularga faqat tiz cho‘kib, u yoqdan bu yoqqa chayqalib, «Qurʼon” tilovat qilish o‘rgatiladi. Madrasalarda ilm-fan va adabiyot kofirlarning ixtirosi, haqiqiy musulmon uchun zarur emas, dinozavrlar hech qachon mavjud bo‘lmagan va inson hech qachon kosmosga uchmasligi kerak, bularning bari do‘zaxiy amallar deb uqtirib kelinadi.
Pokiston xalqi uzoq yillardan beri zilzila keltirgan talafotlardan zarar ko‘rmoqda. Mullalar va muftiylar zilzila Alloh tomonidan yuborilgan ogohlantirish ekanligini bot-bot takrorlashdan charchashmaydi. Masjidlardagi xutbalarda chinakam islomiy mamlakatga aylanishimiz zarurligi, shariat qonunlariga qatʼiy rioya qilishimiz kerakligi baralla taʼkidlanadi. Aks holda, bundan ham battar balolar boshimizga yog‘ilishi mumkin экан…

  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling