Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa. Dialogikmatnningma’nomunosabatigako‘raturlari. Matnning tahlili va tahriri


Dialogikmatnningma’nomunosabatigako‘raturlari


Download 100.39 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi100.39 Kb.
#1260203
1   2   3   4
Bog'liq
Matn turlari va tarkibi. Matn tahlili va tahriri

Dialogikmatnningma’nomunosabatigako‘raturlari.
1) ikkiyokiundanortiqkishiningnutqiymuloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala birnecha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antic davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asossolganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davrivaYevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan . O‘zbek adabiyotida dialog- ning ildizlari munozara janriga boribtaqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janrinamunasisanashmumkin.

Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.

Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi.Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillarbilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.


Monologikmatn.Monologikmatndamazmunizchilligi
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zakishaklda ( turliyig‘inlardaginutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozmashaklda ( publisistika, memuarlarva h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatic asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng.

Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi.


Tavsifiy(monologik) matnso‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.



Download 100.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling