Ma’lumki, ilmiy-texnika taraqqiyotida kimyoning ahamiyati katta
Download 35.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadjiyeva Xosiyat Sultonovoa — k.f.n., dots., Tosh.Tib.akademiyasi, „Bioorganik va biologik kimyo“ kafedrasi o‘qituvchisi. Golbahor Umrzoqova
- K1MYONING ASOSIY TUSHUNCHA VA QONUNLAR1 1.1. Kimyoda atom-molekular ta’limot
- Atom va molekulalar.
- 1.2. Kimyoviy elementlar Aslida „element“ sozi tarkibiy qism degan ma’noni bildiradi. Kimyoviy element
- Kimyoviy elementlarning Yer qobigMda tarqalishi
- 1.3. Oddiy va murakkab moddalar. Allotropiya
- 1.4. Nisbiy atom massa
- Element atom massasini uglerod atom massasining 1/1. qismiga nisbati elem entning nisbiy atom massasi deyiladi
УДК: 54(075) КБК 24 ya 729 М 34 Ma’lumki, ilmiy-texnika taraqqiyotida kimyoning ahamiyati katta. Kimyo xalq xo'jaligining hamma sohalariga kirib bormoqda. Jumladan, foydali qazilmalar qazib olish, metallar va xalq xo'jaligida zarur bo'lgan metallaming qotishmalarini yaratishda kimyo yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Qishloq xo‘jaligining mahsuldorligi ham ko'p jihatdan kimyo sanoatiga bog‘liq. Mineral o‘g‘itlar, o'simliklami zarar- kunandalardan himoya qilish vositalari kimyo sanoatining mah- sulotlaridir. Qurilish materiallari, sintetik gazlamalar, plastmassalar, bo‘yoqlar, yuvish vositalari, dori-darmonlar ishlab chiqarishda ham kimyoning muhim roli bor. Ushbu kitob akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun tuzilgan kimyo fani dasturi asosida, oliy o'quv yurtlariga kiruvchi abituriyentlarga mo'ljallab yozilgan. Kitobdan kimyo faniga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin. T a q r i z c h i l a r : Tadjiyeva Xosiyat Sultonovoa — k.f.n., dots., Tosh.Tib.akademiyasi, „Bioorganik va biologik kimyo“ kafedrasi o‘qituvchisi. Golbahor Umrzoqova — k.f.n., dots., Bux.DU „U m um iy kimyo“ kafedrasi o'qituvchisi. Ш И 0 ISBN 978-9943-02-497-7 © , , 0 ‘qituvchi“ N M IU , 2012-y. S O Z B O S H I Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. U moddalaming tarkibi, tuzilishi, xossalari va o'zgarishlarini, shuningdek, bu o'zgarishlarda sodir boMadigan hodisalami o'rganadi. Kimyoning asosiy vazifalaridan biri — moddalami, ulaming xossalarini o'rganish va ulardan xalq xo‘jaligining qaysi tarmoqlarida, qanday maqsadda foydalanish mumkinligini oldindan aytib berishdir. Kimyoning ikkinchi vazifasi — xalq xo'jaligida ishlatiladigan turli xil moddalar olish, masalan, turli xil plastmassalar, mineral o‘g‘itlar (superfosfat, ammiakli selitra va boshqalar), dori-darmonlar (aspirin, streptotsid va boshqalar) va hokazo. Demak, kimyo — moddalar, ulaming xossalari, moddalaming o 'zgarishlari va bu o ‘zgarishlarda sodir bo ‘ladigan hodisalar haqidagi fandir. Ilmiy-texnika taraqqiyotida ham kimyoning ahamiyati katta. Kimyo xalq xo'jaligining hamma sohalariga kirib bormoqda, foydali qazilmalar qazib olish, metallar va xalq xo‘jaligida zarur boMgan metallaming qotishmalarini yaratishda kimyo yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Qishloq xo'jaligining mahsuldorligi ham ko‘p jihatdan kimyo sanoatiga bog'liq. Mineral o ‘g‘itlar, o'simliklami zararkunandalardan himoya qilish vositalari kimyo sanoatining m ahsulotlaridir. Qurilish materiallari, sintetik gazlamalar, plastmassalar, bo‘yoqlar, yuvish vositalari, dori-darm onlar ishlab chiqarishda ham kimyoning ahamiyati katta. Kimyo tabiiy fanlar, jumladan, flzika, geologiya va biologiya bilan uzviy bog'langan. Bundan tashqari, XX asr oxirlarida bir qator yangi fanlar ham vujudga keldi. Masalan, kimyo bilan geologiya o'rtasida geokimyo, biologiya va kimyo orasida tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlami o‘rganadigan bioanorganik, bioorga- nik kimyo va biokimyo fanlari rivojlandi. Ushbu kitob akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun tuzilgan dastur asosida, oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo'ljallab yozilgan. Kitobdan kimyo fani o'qituvchilari va maktab o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin. 1 BOB. K1MYONING ASOSIY TUSHUNCHA VA QONUNLAR1 1.1. Kimyoda atom-molekular ta’limot Atom-molekular ta ’limotning asosiy qoidalari XVII asrning o'rtalariga kelib M.V. Lomonosov tomonidan ishlab chiqildi. Unga ko'ra, barcha moddalar ,,molekula“lardan tuzilgan bo'lib, ular bir-biridan fazo oralig'i bilan ajralgan va to'xtovsiz harakatda bo‘ladi: molekulalar ham o‘z navbatida ,,elementlar''dan (atom- lardan) tarkib topgan, aniq massa hamda o'lchamga ega, oddiy moddalarning molekulalari bir xil elem entlardan, murakkab mod- dalamiki esa turli elementlardan tuzilgan. Molekulalar boshqa me- xanik jismlar kabi harakatda bo'ladi. Jismlarning isish yoki sovish hodisalari molekulalarning harakati natijasida sodir bo'ladi, deb tushuntiriladi. Bu qoida ingliz kimyogari J. Daltonning XIX asrning o‘rtalarida elementlaming atom massalari haqidagi tushunchani kiritganidan keyingina umum tomonidan e’tirof etildi. Moddalar bilan bo'ladigan fizik hodisalami molekular nazariya asosida tushuntirish mumkin. Kimyoviy hodisalami tushuntirishda molekular nazariyaga atomlar haqidagi ta'limot yordam be rad i. Bu nazariyalaming ikkalasi — molekular nazariya bilan atomlar haqidagi nazariya birlashib, atom -m olekular ta'lim otni hosil qiladi. Bu ta’limotning mohiyatini quyidagi bir necha qoidalar tarzida ta’riflash mumkin: 1. Molekulalar to‘xtovsiz harakatda bo'ladi. Molekulalarning harakatlanish tezligi temperaturaga bog'liq. Temperatura ko'tarilishi bilan molekulalarning harakatlanish tezligi ortadi. 2. Molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham moleku lalar kabi to'xtovsiz harakatda bo'ladi. 3. Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qiladi. 4. Molekulalar orasida o'zaro tortilish va itarilish kuchlari ta’sir etadi. Bu kuchlar qattiq moddalarda eng ko‘p, gazlarda esa kam namoyon bo'ladi. 5. Molekulalar orasida oraliq masofa bo'lib, uning o'lchamlari moddaning agregat holatiga va temperaturaga bog'liq. Gazlaming 4 molekulalari orasidagi masofa eng katta bo'ladi. Ulaming oson siqiluvchanligiga sabab ana shudir. Suyuqiiklami siqish qiyin, chunki ulaming molekulalari o'rtasidagi oraliq ancha kichik bo'ladi. Qattiq moddalarda molekulalar o'rtasidagi oraliq yanada kichik, shu sababli ular deyarli siqilmaydi. 6 . Molekular va nomolekular tuzilishli moddalar bor. 7. M olekular tuzilishli m oddalarda qattiq holatda kristall panjaraning tugunlarida molekulalar bo'ladi. Kristall panjaraning tugunlarida joylashgan molekulalar orasidagi bog'lanish zaif bo'ladi va qizdirilganda uziladi. Shu sababli molekular tuzilishli moddalaming suyuqlanish temperaturalari odatda, ancha past bo'ladi. 8 . Fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qoladi, kimyoviy hodisalarda esa parchalanadi. Bir turdagi moddalami tarkibi va xossalari jihatidan farq qiluv- chi boshqa turdagi moddalarga aylanishi bilan boradigan hodisalar kimyoviy hodisalar deyiladi. Havoda oksidlanish, yonish, rudalardan metallaming olinishi, temirning zanglashi — bulaming hammasi kimyoviy hodisalardir. Bu hodisalar boshqachasiga, kimyoviy o'zgarishlar, reaksiyalar yoki kimyoviy o'zaro ta’sirlar deyiladi. Kimyoviy hodisalar bilan fizik hodisalami bir-biridan farq qiJish lozim. Fizik hodisalarda moddalaming shakli yoki fizik holati o'zgaradi. Atom yadrolarining tarkibi o'zgarishi hisobiga yangi moddalar hosil bo'ladi. Masalan, gazsimon ammiak suyuq azot bilan o'zaro ta’sir- lashganda dastlab suyuq, so'ngra esa qattiq holatga o'tadi. Bu kimyoviy hodisa emas, balki fizik hodisadir, chunki moddaning (azotning ham, ammiakning ham) tarkibi o'zgarmaydi. Yangi moddalar hosil bo'lishiga olib keladigan ba’zi hodisalar fizik hodisalar qatoriga kiradi. Masalan, bir xil elementlaming atomlaridan boshqa xil elementlaming atomlari hosil bo'ladigan yadro reaksiyalari fizik hodisalardir. 9. Nomolekular tuzilishli moddalarda kristall panjaralarning tugunlarida atomlar va boshqa zarrachalar bo'ladi. Ana shu zarrachalar orasida kuchli kimyoviy bog'lanish bo'lib, uni uzish uchun ko'p energiya talab qilinadi. Shu sababli nomolekular tuzilishli moddalaming suyuqlanish haroratlari ancha yuqori bo'ladi. Fizik va kimyoviy hodisalar atom-molekular ta'limot asosida tushuntiriladi. Masalan, fizika kursidan ma'lum bo'lgan diffuziya hodisasi bir modda molekulalarining (atomlari, zarrachalarining) boshqa moddaning molekulalari (atomlari, zarrachalari) orasiga kirib 5 bora olishi bilan tushuntiriladi. Bunga sabab shuki, molekulalar (ato m lar, zarrachalar) doim o harakatda va ular o'rtasida oraliq- lar bo'ladi. Kimyoviy reaksiyalarning mohiyati bir moddaning atom lari orasidagi kimyoviy bog‘lanishning uzilishidan va atomlaming qayta gruppaianib, boshqa moddalar hosii qilishidan iborat. Atom va molekulalar. Atom — moddaning kimyoviy jihatdan boiinmaydigan eng kichik zarrachasidir. Bu ta ’rifdagi „Kimyoviy jihatdan bo'linm aydigan" degan iborani alohida ta ’kidlash lozim, chunki atomlar parchalanadigan va atom energiyasi ajralib chiqadigan hodisalar ham ma'lum. Bunday hodisalarda atomlar bir-biriga aylanadi. Molekula — moddaning kimyoviy xossalarini o'zida saqlab qoluvchi eng kichik zarrachasidir. Molekulalar kimyoviy reaksiya- larda parchalanadi, ya’ni ular kimyoviy jihatdan bo'linadigan zarrachalardir. Qattiq va gaz holatida molekulalardan tarkib topgan moddalar molekulalardan tuzilgan moddalarga kiradi. Bunday moddalaming tipik vakili suvdir. Suv kristallarining tuzilishi sxema tarzida 1.1- rasmda ko'rsatilgan. Moddaning alohida zarrachalari (molekulalar, atomlar) qattiq (kristall) holatida muayyan izchiUikda joylashib, panjarani eslatadigan struktura hosil qiladi. Shu sababli „Moddaning kristall panjarasi“ de gan tushunchadan foydalaniladi. 1 . 1 -rasm da ko'rsatilganidek, suv qattiq holatda kristall tuzilishga ega bo'ladi. Suvning kristall panjara- sining tugunlarida suv molekulalari bo'ladi. Demak, suv molekular kristall tuzilishga ega. Kristall panjaraning tugunlarida molekulalar emas, balki atom lar turadigan ko'pgina moddalar ma'lum (masalan, te mir sulfid), bu holda panjara tugunlarida ternir va oltingugurt atomlari bo'ladi (1.2-rasm ). Demak, ternir sulfid nomolekular tuzilgan moddalar qatoriga kiradi. Kristall moddani suyuqlantirish uchun uning kristall panjarasini yemirish lozim. Kristall panjarada molekulalar orasidagi bog'lanish atomlar orasidagi bog'lanishga qaraganda ancha bo'sh bo'ladi. Shu sababli, odatda, molekular tuzilishli moddalarning suyuqlanish 6 oliingugurt atomlari tem ir atom lari 1.2-rasm . Tem ir sulfíd kristalining bir qatlami. harorati past, nomolekular tuzilishli moddalaming suyuqlanish harorati esa yuqori bo'ladi. Berilgan moddaning molekular yoki nomolekular tuzilganligini uning fizik xossalariga qarab oldindan aytib berish mumkin. Molekular tuzilishli moddalar oddiy sharoitda — gazlar (kislorod, vodorod, azot va boshqalar), suyuqliklar (suv, spirt, efir va boshqalar) yoki oson suyuqlanadigan qattiq moddalardir (oltingugurt — suyuqlanish harorati 113°C, fosfor — suyuqlanish harorati 44°C va boshqalar). 1.2. Kimyoviy elementlar Aslida „element“ so'zi tarkibiy qism degan ma’noni bildiradi. Kimyoviy element — bu atomlaming muayyan turidir. Kislorod atomlari atom lam ing bitta turini, bitta kimyoviy elem ent — kislorod elementini, simob atomlari — atomlaming boshqa turini, kimyoviy element simobni tashkil etadi va hokazo. Hozir bizga atomlaming 118 turi — 118 ta kimyoviy element ma’lum. Elementlar orasidagi o'zaro bogiiqlik davriy sistemada o'z aksini topgan. Atomning eng muhim xususiyati uning yadrosining musbat zaryadi bo‘lib, u son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Yadro zaryadining qiymati atomlaming har xil turlari uchun bir-biridan farq qiluvchi belgisi hisoblanadi. Bu esa element tushunchasiga ancha to'liq ta'rif berishga imkon yaratadi, ya'ni: kimyoviy element — bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bo 'Igan atomlaming muayyan turidir. Elementlar yadrosidagi neytronlar va protonlar sonidan farq qilishi mumkin. Masalan, vodorod izotoplari protiy ( ¡ H )da bitta proton, bitta elektron boMib, neytron yo‘q. Deyteriy ( ^D) izo- topida bittadan proton, elektron hamda neytron mayjud. Tritiy (* T ) izotopida esa bitta proton, ikkita neytron hamda bitta 7 elektron mavjuddir. Bu atom larning barchasi bitta kimyoviy element — vodorod elementini bildiradi. „Kimyoviy element“ va „oddiy modda“ degan tushunchalarni bir-biridan farq qila bilish lozim. Qandni qizdirganimizda reak- siyadan keyin qolgan qattiq modda ko‘mir. Bundan qand tarkibiga uglerod atomlari kiradi, degan xulosaga kelamiz. Ammo qandda (suvda eriydigan rangsiz moddada) ko'm ir (suvda erimaydigan qora modda) bor deyish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Uglerod atomlari ko'mirga aylanishi uchun boshqa elementlaming atomlari bilan hosil qilgan bog‘lardan uzilishi va bir-biri bilan bog‘lanishi kerak. Qandni qizdirish yo'li bilan parchalashda ana shunday hodisa sodir bo'ladi. Ko'm ir bilan uglerod bitta narsa emas. Uglerod muayyan atomlar turi, ya'ni kimyoviy elementdir. U birikmalar tarkibiga kirishi ham, erkin holda ajralib chiqishi ham mumkin. Bir-biri bilan bogiangan uglerod atomlari biz ko'm ir deb ataydigan oddiy moddaning o'zidir. Biz ko'rib o'tgan misolda kimyoviy element (uglerod) va unga to'g'ri keladigan oddiy modda (ko'mir) turlicha ataladi. Qolgan elementlar esa ularga to'g'ri keladigan oddiy moddalar bilan bir xil nom lanadi. Shuning uchun „kislorod", „tem ir" so'zlari kimyoviy elem entni ham, shu nomdagi oddiy moddani ham bildirishi mumkin. „Kislorod bilan nafas olamiz“ , „kislorod — gaz“ deyilsa, gap oddiy modda holidagi kislorod haqida (bosh- qacha aytganda, kislorod molekuialari haqida) boradi. „Simob (II) oksidda kislorod bor“ deyilganda esa kimyoviy element sifa- tidagi kislorod haqida (boshqacha aytganda, kislorod atomlari haqida) gap boradi. „Temir magnitga tortiladi", „temirdan mix yasaladi“ deyilganda modda sifatidagi tem ir nazarda tutiladi, „temir zang tarkibiga kiradi“ degan iborada esa „temir" so'zi kimyoviy elementning nomidir. Yadrosi aniq protonlar va neytronlar soniga ega atom nuklid deyiladi. Yadrodagi protonlar va neytronlarning umumiy soni massa soni deb yuritiladi. Kimyoviy elementlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: — nomi; — tartib raqami; — yadro zaryadi; — izotoplari; — elektron qavatining tuzilishi; — birikmadagi oksidlanish darajasi; — valentligi; 8 — atom massasi; — murakkab moddalar tarkibiga kirishi. Elementlaming muhim ta'rifi ulaming Yer po'stlog'ida, ya’ni Yerning yuqori qattiq qobig'ida tarqalganligidir, bu qobiqning qalinligi shartli ravishda 16 km ga teng deb qabul qilingan. Ele- mentlarning Yer qobig'ida tarqalganligini — Yer haqidagi geo- kimyo fani o'rganadi. Rus kimyogari A. P. Vinogradov Yer po'stlog'ining o'rtacha kimyoviy tarkibi jadvalini tuzdi ( 1 . 1 - jadval). I. 1-jadval Kimyoviy elementlarning Yer qobigMda tarqalishi № Kimyoviy element nomi Tarqalganlik darajasi, % № Kimyoviy element nomi Tarqalganlik darajasi, % 1 Kislorod 47,2 1 1 Marganes 0,09 2 Kremniy 27,6 1 2 Oltingugurt 0,09 3 Aluminiy 8,80 13 Fosfor 0,08 4 Temir 5,10 14 Bariy 0,05 5 Kalsiy 3,6 15 Xlor 0,045 6 Natriy 2,64 16 Stronsiy 0,04 7 Kaliy 2 , 6 17 Rubidiy 0,031 8 Magniy 2 , 1 0 18 Ftor 0,027 9 Vodorod 0,15 19 Sirkoniy 0 , 0 2 1 0 Uglerod 0 , 1 2 0 Xrom 0 , 0 2 1.3. Oddiy va murakkab moddalar. Allotropiya Kimyoviy elementlarning atomlari juda yuqori temperaturada erkin holda mavjud bo‘la oladi — bular yakka atomlar holida (Fe, Au, He, Ne va hokazo) yoki oddiy va murakkab moddalar tarkibida boMishi mumkin. Kimyoviy moddalar ulami tashkil qilgan elementlarga qarab oddiy va murakkab moddalarga farqlanadi. Bir xil element atom- laridan tashkil topgan m oddalar oddiy moddalar, turli xil 9 element atomlaridan iborat moddalar esa murakkab moddalar de ataladi. Vodorod, azot, ftor, natriy, magniy, aluminiy, kalsiy v boshqalar oddiy moddalarga misol bo'lad i. Murakkab moddalarga misol sifatida har xil oksidlar, tuzlar v kislotalar, asoslar va barcha organik birikmalarni keltirish mumkir Bir element atomlari bir necha xil oddiy moddalar hosi qiladigan hollar ham oz emas. Masalan, tabiiy oltingugurt rom bik sistema kristallari ko'rinishida uchraydi. Uning bu shakli 96'< dan past temperaturada barqaror. Bundan yuqori temperaturad u asta-sekin monoklinik oltingugurtga aylanadi. Agar 350—360°( gacha qizdirib suyuqlantirilgan oltingugurtni sovuq suvga quysal (tez sovitsak), kristall bo'lm agan plastik oltingugurt olinadi Yuqorida aytib o'tilgan hamma oddiy moddalar bir kimyovi; elem entdan — oltingugurtdan tashkil topgan. Buni shu bilai isbotlash mumkinki, bu moddalar yonganda bitta mahsulot - oltingugurt (VI) oksid hosil bo'ladi. Oq fosfor havoda qorong'i joyda shu’lalanadi, o'z-o'zidai alangalanish xossasiga ega, u juda zaharli. Lekin u havosi: qaynaguncha qizdirilsa, qizil-binafsharangli, zaharli bo'lmagan havoda alangalanmaydigan, qorong'ida shu'lalanmaydigan modd, hosil bo iad i. Ikkala modda — oq fosfor va qizil fosfor bir xi kimyoviy element fosfordan tashkil topgan. Bu shundan ko'rina diki, ular kislorodda yondirilsa, faqat bitta modda — fosfa angidrid hosil bo‘ladi. Bitta kimyoviy elementning o'zi bir nech; oddiy moddalar hosil qilishi allotropiya deb, bu moddalaminj har biri esa allotropik shakl o'zgarishlar deb ataladi. Allotropik shakl o'zgarishlam ing mavjudligi atom lar son turlicha bo‘lgan molekulalar yoki turli modifikatsiyadagi kris tallar hosil boiishiga asoslangan. Hozirgi vaqtda 118 ta kimyovi; element m a’lum, oddiy moddalar esa 400 dan ortiq. Uglerodning allotropik shakl o'zgarishlari: karbin, grafit olm os, fulleren. K islorodning allotropik shakl o'zgarishlari kislorod 0 2 va ozon 0 3 hisoblanadi. Yuqoridagi keltirilganlardan xulosa qilib oddiy moddalarga xo xususiyatlar quyidagilardan iborat deb qarash mumkin: — agregat holati va rangi; — qaynash va suyuqlanish temperaturasi; — hidi, ta ’mi; — allotropik shakl o‘zgarishlari. 10 1.4. Nisbiy atom massa Atomlaming o'lchamlari qanchalik kichik bo'lishidan qat’i nazar, ulaming massasi aniqlangan. Agar atomlaming massalarini m assaning odatda foydalaniladigan birliklarida (kilogram m , gramm) ifodalasak, atomlar massalarining qiymatlari juda kichik sonlar bo'ladi. Masalan, uglerod atomining massasi quyidagiga teng: ma(C)= 0,000 000 000 000 000 000 000 02 g = = 2 , 0 - 1 0 - 2 3 = 2 , 0 • 1 0 ~ 2 6 kg, kislorod atomining massasi esa quyidagiga teng: ma(0 ) = 2,656 • 10"23g = 2,656 • 10 " 2 6 kg A tom lar massalarining bunday son qiym atlaridan foyda- lanish, ulami eslab qolish va ular bilan arifmetik amallami baja- rish qiyin. Shu sababli atomlaming real massasi o'm iga nisbiy atom massasi tushunchasi ishlatilib (A), uning o'lchov birligi sifatida uglerod birligi (u.b.) tushunchasi qabul qilingan. Atomning uglerod birligida ifodalangan massasi atom massasi deyiladi. Uglerod birligi deb uglerod — 12 izotopi massasining 1/12 qismiga teng bo'lgan massa miqdoriga aytiladi. Bu tushunchaga asosan: KI. . . , . . Element bitta atomining massasi N isb iy a to m m assa (A) = —----------------------------- =------------ C atom massaning 1 /1 2 qismi Uglerod birligi bo'yicha vodorod ( 1 H) atomining massasi 1.0078 u.b. ga teng bo'lib, bu qiymatning ma’nosi 1 ta H atomi ning massasi uglerod atomi massasining 1 / 1 2 qismiga nisbatan 1.0078 marta katta demakdir. Shuningdek, kislorod ( , 6 0 ) atomning massasi 15,9946=16 marta og'ir, degan ma’noni anglatadi. I2C atomi massasining 1/12 qismi massasi atom birligi ham deyiladi va m.a.b. ko'rinishida belgilanadi. Uning haqiqiy son qiymati l m.a.b. = (1.6605655 ± 0,0000086)10~27 kg ga teng. Masalan, tem ir atomi massasi 56u.b.ga teng deganda, bu tem ir atomi 12C atom i massasining V . 2 qismidan 56 marta og'irligini bildiradi. II Har qanday elementning nisbiy atom massasi deb, son jihat dan uning atom massasiga teng bo'Iib, uglerod birliklarida ifoda langan birliklariga aytiladi. Elementlaming nisbiy atom massalai qiymati davriy jadvalda berilgan boMib, bu qiymatlardan barch kimyoviy hisoblashlarda foydalaniladi. Masalan: Ar(Fe) = 55,84 m.a.b.: A,.(C1) = 35,453 m.a.b. va hokazo. Masalan, kislorod uchun: . / r t , 2.656 • IO-23 Ar(O) = ----------- ^ = 16 0.166 10 l i Shu usulda barcha kimyoviy elementlar uchun nisbiy aton massalarini topish mumkin. Element atom massasini uglerod atom massasining 1/1. qismiga nisbati elem entning nisbiy atom massasi deyiladi Elementning nisbiy atom massasi Ar bilan belgilanadi, bunda r - „relative“ so‘zining boshlang‘ich harfi, u „nisbiy“ degan ma’no ni bildiradi. Bu 0 ‘lchamsiz kattalikdir. Nisbiy atom massasinin; o'lchamsiz kattaligini atomlaming massa atom birliklarida (m.a.b. ifodalangan massasidan farq qila bilish kerak. Atomlaming massalari element nisbiy atom massasini — massa atom birligiga ko‘paytmasi sifatida topiladi. Masalan, ma(0)=16:l m.a.b.= 16 m.a.b. Quyidagilami o'zaro taqqoslang: ma(C) = 12 m.a.b.; Ar(C )= 1 2 ; ma(S) = 32 m.a.b.; Ar(S) = 32; ma(H) = l m.a.b.; A ,.(H )=1; ma(Fe) = 56 m.a.b.; A,.(Fe) = 56. Hozirgi vaqtda elementlaming nisbiy atom massalarini aniq lashda, mass-spektroskopiya usuli qo'llanilib, „standart“ sifatid; l2C atomining massasidan foydalaniladi. Download 35.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling