Ma’lumot-axborot hujjatlari


Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab


Download 0.8 Mb.
bet7/9
Sana18.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1098659
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
vasiyatnoma

Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab,

  • rasmiy ( xizmat) -ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, fermer xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
  • shaxsiy -ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir.

Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko‘ra

  • bir gallik-muayyan bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki qimmat buyumni olish uchun) beriladi.
  • maxsus - Muayyan davr davomida bir turdagi vazifalarni bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar
  • umumiy - mulkni boshqarish bilan aloqador turli-tuman ishlarni amalga oshirish huquqini beradi.

Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari:

  • Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi.
  • Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi ).
  • Ishonchnoma berilayotgan (ishonch bildirilayotgan) shaxsning lavozimi va to‘liq nomi (ismi, otaismi, familiyasi).
  • Qimmat baho buyumlar olinadigan (beradigan) muassasaning nomi.
  • Ishonchnomaning berilish sababi.
  • Ishonchnomaning amal qilish muddati.
  • Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi.
  • Moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma).

Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo‘lda yoziladi, lekin unda, albatta, quyidagi zaruriy qismlar bo‘lmog‘i kerak:

  • Hujjatning nomi (Ishonchnoma ).
  • Ishonch bildiruvchining to‘liq nomi (ismi, otaismi, familiyasi).
  • Ishonchli shaxs (ishonchnoma berilgan shaxs)ning to‘liq nomi.
  • Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalarni aniq ko‘rsatish).
  • Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasaning nomi.
  • Ishonch bildiruvchining imzosi.
  • Berilgan (yozilgan) vaqti.
  • Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi.
  • Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling