Ma’lumot-axborot hujjatlari


Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosi u ishlayotgan yoki o‘qiyotgan joy rahbariyati, u yotib davolanayotgan tibbiy muassasa ma’muriyati, harbiy qism qo‘mondonligi va shu kabilar tomonidan tasdiqlanishi


Download 0.8 Mb.
bet8/9
Sana18.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1098659
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
vasiyatnoma

Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosi u ishlayotgan yoki o‘qiyotgan joy rahbariyati, u yotib davolanayotgan tibbiy muassasa ma’muriyati, harbiy qism qo‘mondonligi va shu kabilar tomonidan tasdiqlanishi mumkin.

  • Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosi u ishlayotgan yoki o‘qiyotgan joy rahbariyati, u yotib davolanayotgan tibbiy muassasa ma’muriyati, harbiy qism qo‘mondonligi va shu kabilar tomonidan tasdiqlanishi mumkin.

Rasmiy (xizmat sohasidagi), bir gallik ishonchnoma

IShONChNOMA

Fermer xo‘jaligining to‘rtburchak muhri (10,12,2019)

Olmazor fermer xo‘jaligi bosh iqtisodchi Ahmad Salimovich Rahimovga Bekobod qurilish jihozlari korxonasidan fermer xo‘jaligiga 60 mingga qurilishbop g‘isht va 100 tonna ohak yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzish hamda mazkur topshiriq bilan bog‘liq barcha ishlarni bajarishga vakolat beradi. Ishonchnoma 2019 yilning 16 dekabrigacha amal qiladi.

Fermer xo‘jaligi rahbari (imzo) A. Bobobekov

(muhr)


IShONChNOMA

Men, Ismoil Dehqonovich Ne’matov, kasalligim tufayli o‘z ukam, Ibrohim Dehqonovich Ne’matovga (AA seriyadagi 0414610 raqamli pasportga ega) «Sharq guli» mas’uliyati cheklangan jamiyat kassasidan 2019 yil sentyabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga ishonch bildiraman.
2019 yil 7 oktyabr (imzo) I.D.Ne’matov I.D.Ne’matovning imzosini tasdiqlayman.
Toshkent shahar 3-birlashgan
kasalxonaning bosh vrachi (imzo) G‘.S.Sodiqov
( muhr )
2019 yil 07 oktyabr

Ishonchnomaning amal qilishi quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:

  • 1) ishonchnoma muddatining tamom bo‘lishi;
  • 2) ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi;
  • 3) ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi;
  • 4) nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to‘xtatilishi;
  • 5) nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to‘xtatilishi;
  • 6) ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot etishi;
  • 7) ishonchnoma olgan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot etishi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling