Ma’lumot-axborot hujjatlari


Download 0.8 Mb.
bet9/9
Sana18.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1098659
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
vasiyatnoma

MA’LUMOTNOMA

Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat.

Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga:

  • X i z m a t m a ‘ l u m o t n o m a s i – muassasa faoliyatiga doir voqea-hodisalarni rasmiy ravishda axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi.
  • Sh a x s i y m a ‘ l u m o t n o m a – muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir.

Xizmat ma’lumotnomasi, o‘z navbatida, ikkiga

  • Ichki xizmat ma’lumotnomasi – muassasa ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodimning ishi, faoliyati haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo‘llanadi.
  • Tashqi xizmat ma’lumotnomasi – muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga, ular ko‘rsatmasiga, talabiga muvofiq tayyorlanib jo‘natiladi

Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi:

  • Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomonga yoziladi).
  • Hujjat nomi (Ma’lumotnoma ).
  • Ma’lumotnoma matniga sarlavha (xat boshidan yoziladi).
  • Asosiy matn (ma’lumotnoma mazmuni ).
  • Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi.

Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi:

  • Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi.
  • Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi.
  • Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma).
  • Ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning ismi, otaismi va familiyasi.
  • Ma’lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqea yoki holat bayoni).
  • Ma’lumotnomaning maqsadi (ma’lumotnoma ko‘rsatiladigan, taqdim etiladigan joy nomi).
  • Mansabdor shaxs(lar)ning imzosi (lavozimi va familiyasi).
  • Muhr.

Bosma ish qog‘ozidagi o‘zgarmas tarkibiy qismlar

Bosma ish qog‘ozidagi o‘zgarmas tarkibiy qismlar

( muassasa va u bo‘ysungan yuqori idora nomi, manzili )

№ 51/84

2019.28.06

MA’LUMOTNOMA

Abdulla Rahmatillaevich Umarov Farg‘ona poyabzal korxonasida sozlovchi bo‘lib ishlaydi. O‘rtacha oylik maoshi 1286500 ( bir million ikki yuz ming besh yuz) so‘m.

Ma’lumotnoma Farg‘ona shahar 3-uy-joylardan foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi.

Kadrlar bo‘limining

boshlig‘i (imzo) A.Mahmudov

Bosh hisobchi (imzo) U.Rustamova

(muhr)


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling