13.MBBT turkumlanishi va ularning ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashni tashkil etish uslublariga ko'ra turkumlanishini izohlang
Ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashni tashkil etish uslublariga ko'ra, MBBTlar markazlashgan va taqsimlangan turlarga bo'linadi. Birinchisi jismoniy jihaddan bir joyda (bitta kompyuterda) saqlanadigan ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydi. Bu foydalanuvchi ma'lumotlar bazasi bilan faqat bitta kompyuterda ishlashi mumkin degani emas: murojaat masofaviy (mijoz-server rejimida) bo'lishi mumkin. Ko'pgina markazlashlgan MBBTlar ma'lumotlarga masofaviy murojaatni tashkil etish vazifasini tarmoq dasturlariga yuklaydi, faqat ularning standart funksiyalarini bajaradi, bu ko'p foydalanuvchilarning ma'lumotlarga bir vaqtning o'zida kirishi hisobiga murakkablashadi.
14.MBBT turkumlanishi va ularda ishlatiladigan ma'lumotlar modeli ko'ra turkumlanishini izohlang
Ma'lumotlar modeliga ko'ra, ierarxik, tarmoq, relyatsion, ob'ekt- relyatsion va ob'ektga yo'naltirilgan MBBTlarga bo‘linadi.
15.Ma’lumotlar bazasining hayotiy davri va uning bosqichlarini tavsiflang
16.MBni loyihalash bosqichlarini keltiring. MBni loyihalashda predmet sohasini tahlil qilish bosqichini tavsiflang
Predmet sohasini tahlil qilish.
Ixtiyoriy tipdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichi predmet sohasini aniqlash bo‘lib, u axborot tuzilmasini (kontseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tizimlashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilish umumiy bosqich bo‘lib, MB ishlashini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalardan bog‘liq bo‘lmaydi.
Predmet sohasini tahlil qilishni uch pog‘onaga bo‘lish maqsadga muvofiq:
-kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
-axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
-predmet sohasining kontseptual modelini qurish va MBni kontseptual sxemasin loyihalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |