Ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimlari ta’riflari vа ulаrning kоmpоnеntlаri keltiring
MBni loyihalash bosqichlarini keltiring. MBni loyihalashda fizik loyihalash jarayonini tavsiflang
Download 104.34 Kb.
|
Malumotlar bazasi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.Predmet soha va uning infologik modelini ishlab chiqish jarayonini tavsiflang
- Entity-Relationship
19.MBni loyihalash bosqichlarini keltiring. MBni loyihalashda fizik loyihalash jarayonini tavsiflang
Ushbu bosqichdagi loyihalashning maqsadi MBBTga yo'naltirilgan ma'lu-motlar bazasi modelining tavsifini yaratish hisoblanadi. Ushbu bosqichda bajari-ladi: mantiqiy modelda berilgan ma'lumotlar asosida relyatsion jadvallar to'plam-ining tavsifini va ular uchun cheklovlarni yaratish; ma'lumotlarni saqlashning aniq strukturalarini va ularga kirish usullarini aniqlash, ma'lumotlar bazasi bilan tizimning optimal ishlashini ta'minlash; +yaratilayotgan tizimni himoyalash vositalarini ishlab chiqish 20.Predmet soha va uning infologik modelini ishlab chiqish jarayonini tavsiflang Infologik model - bu ma’lumotlar bazasi strukturasini biror bir formallashtirilgan tavsifi bo‘lib, bu turli usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bizning holatlarimizda infologik modelni tavsiflash uchun ER modellari (Entity Relationship) yoki “mohiyat - aloqa” deb ataladigan modellardan foydalaniladi. ER modeli uchta tushunchaga asoslanadi: mohiyat, atribut va aloqalar. Axborot tizimining ER modeli asosiy mohiyatlarni o‘z atributlari bilan, shuningdek, mohiyatlar o‘rtasidagi aloqalarni aks ettiradigan tasvir shaklida beriladi. Model haqidagi axborotlar grafik diagrammalar yordamida mohiyatlar, atributlar va aloqalar bo‘yicha spetsifikatsiyalarni tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Infologik modellashtirishning maqsadi – tuziladigan ma’lumotlar bazasida shaklanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tasvirlash va yig‘ish usullarini insonlar uchun ayniqsa tabiiylikni ta’minlashdir. SHuning uchun ma’lumotlarning infologik modelini tabiiy tilga mos qilib qurishga harakat qilinadi. Infologik modelni qurishda ER diagramma tilini ishlatish mumkin (inglizchadan Entity-Relationship, ya’ni mohiyat-aloqa). ER-diagrammaning ele-mentlari quyidagilar: to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, oltiburchak, oval va tutashtiruvchi chiziqlar. 21.“Mohiyat-aloqa” modeli va uning asosiy elementlari tavsiflarini keltiring «Mohiyat - aloqa» modelidagi aloqalarga, ikki mohiyat o‘rtasidagi har qanday aloqa toifalariga xos munosabatlarni qo‘yish kerak (binar, teriar..., p-iar). Loyiha haqidagi axborot diagramma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat toifasi – to‘rtburchaklar; atribut- ovallar, ular mos mohiyatlar bilan yo‘nalishsiz chiziqlar bilan bog‘lanadi; aloqalar (munosabatlar)- romblar, ular mohiyat toifalari bilan yo‘nalishsiz chiziqlar bilan bog‘lanadi, binar bog‘lashlarda esa yo‘nalishli chiziqlar bilan bog‘lanadi; "Mohiyat - aloqa" modeli predmet sohani (PS) faqat bir qismini akslantiradi, bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lish uchun, uni yetarlicha tekshirish zarur va ular avvalgisini to‘ldiradigan lokal modellar qurish kerak. So‘ngra lokal modellar birlashtirilib, PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo‘lamiz. Download 104.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling