Ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimlari ta’riflari vа ulаrning kоmpоnеntlаri keltiring


ER modelini relyatsion ma'lumotlar bazasiga aylantirish jarayonini tasvirlang


Download 104.34 Kb.
bet9/10
Sana04.02.2023
Hajmi104.34 Kb.
#1165111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Malumotlar bazasi 2

35.ER modelini relyatsion ma'lumotlar bazasiga aylantirish jarayonini tasvirlang
Axborot tizimining ER modeli asosiy mohiyatlarni o‘z atributlari bilan, shuningdek, mohiyatlar o‘rtasidagi aloqalarni aks ettiradigan tasvir shaklida beriladi. Model haqidagi axborotlar grafik diagrammalar yordamida mohiyatlar, atributlar va aloqalar bo‘yicha spetsifikatsiyalarni tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Infologik modellashtirishning maqsadi – tuziladigan ma’lumotlar bazasida shaklanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tasvirlash va yig‘ish usullarini insonlar uchun ayniqsa tabiiylikni ta’minlashdir. SHuning uchun ma’lumotlarning infologik modelini tabiiy tilga mos qilib qurishga harakat qilinadi.
Infologik modelni qurishda ER diagramma tilini ishlatish mumkin (inglizchadan Entity-Relationship, ya’ni mohiyat-aloqa). ER-diagrammaning ele-mentlari quyidagilar: to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, oltiburchak, oval va tutashtiruvchi chiziqlar.
36.Funksional bog‘liqliklar va ularnig turlarini tavsiflang. Misollar keltiring
Funksional bog‘liqlik. Berilgan ixtiyoriy vaqtda A maydonning har bir turli qiymatiga mos ravishda albatta B maydonning har bir turli qiymatidan faqat bitta qiymati bo‘lsa, jadvalning B maydoni xuddi shu jadvalning A maydoniga funksional bog‘langan deyiladi. Aytib o‘tish kerakki, A va B maydonlar tashkil qi-luvchilar bo‘lishi mumkin.
To‘liq funksional bog‘liqlik. B maydon agar A ga funksional bog‘liq bo‘lsa va A maydonning boshqa qitymatlariga bog‘liq bo‘lmasa, A tashkil qiluvchiga to‘liq funksional bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘p qiymatli bog‘liqlik. Agar A maydonning har bir qiymatiga mos rav-ishda B maydonning aniqlangan qiymatlari bor bo‘lsa, A maydon xuddi shu jadvalning B maydonini ko‘p qiymatli aniqlaydi.
37.Normallashtirish va uning amalga oshirish protsedurasi tavsiflang
Normallashtirish— bu ma’lumotlarni qo‘shishda, o‘zgartirishda va o‘chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki undan ortiq bo‘laklarga jadvalni bo‘lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasini olish-ga qaratilganki, unda har bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, ya’ni ma’lumotlar ortib ketmaydi. Bu faqat xotiradan tejab foydalanlish maqsadida qilinmay, balki saqlanayotgan ma’lumotlar orasida qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish uchun ham kerak.
Normallashtirish nazariyasi jadval maydonlari orasidagi u yoki bu bog‘liqlikning borligiga asoslanadi. Bunday bog‘liqliklarning ikki turi aniqlangan:
- funksional;
- ko‘p qiymatli

Download 104.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling