Ma`lumotlar ombori bo‘limini o‘qitish metodikasi
O’quv materialining asoslangan xolda tanlanishi
Download 71.1 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu.Matematika o‘qitishning tashkiliy shakllari1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematika o’qituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi
- Darsning tuzilishi
- Darsning asosiy bosqichlari
O’quv materialining asoslangan xolda tanlanishi. Bu quyidagilarni
nazarda tutadi: 1) asosiy o’quv maqsadining mazmunga mos kelishi; 2) yetarli xajmda o’quv materialining mavjudligi; 3) konkret va abstrakt materialning optimal munosabatda bo’lishi; 4) nazariy va amaliyotning o’zaro aloqasining yoritilishi muximdir. • Asosiy ish darsda bajarilishi kerak. Darsda konkretlikdan umumiylikka o’tish (formula, qoida). Shuningdek, nazariya (formula keltirib chiqarish) va amaliyot (tenglamalar yechishga qo’llash ) xam muvofik xolda bo’lishi zarur. Darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi o’qitish usullarini qo’llash. Bunda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim: a) o’quvchilarning o’zlari navbatdagi muammolarni ifodalay olishi; b) kiritilayotgan tushunchalarni ta’riflashni amalga oshirishlari zarur. Bunda o’quv materialini qismlarga ajratish xamda o’quvchilar oldiga xususiy o’quv masalalarni qo’yib borish talab etiladi. • Darsning tashkiliy puxtaligi talabini amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy shartlar bo’lishi zarur: • a) o’qituvchi dars materialini erkin bilishi; • b) xar bir navbatdagi savol uslubiyatini bilishi, uni o’rgatish usul va vositalarini egallagan bo’lishi; • v) o’quvchilar individual xususiyatlarining taqsimoti to’gri yo’lga ko’yilishi, sinf taxtasi va daftardagi mazmun va yozuvlar joylashishini xisobga olish, darsda ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish, uning tayyorgarligini yo’lga qo’yish • Matematika o’qituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: • Yangi o’quv yili arafasidagi tayyorgarlik, bunda kalendar ish rejasi tuziladi. • O’quv mavzusi bo’yicha darslar sistemasi tuzib chiqiladi. • Xar bir darsga tayyorgarlik, konspektlar tayyorlash. Bunda: a) xar bir mavzu o’rni, uning mazmuni, o’rganish vazifalari aniqlanadi – zarur o’quv materiali tanlanadi; • b) masala va o’quv materiali darslarga taxminan taqsimlanadi; v) vaqt va mazmun bo’yicha o’tilganlarni takrorlash amalga oshiriladi, Mustaqil va nazorat ishlar o’tkazish vaqti aniqlanadi. Asosiy dars tiplari quyidagilar xisoblanadi: Yangi materialni bayon qilish darsi O’rganilganlarni mustahkamlash darsi. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi. O’rganilganlarni sistemalashtirish va umumlashtirish darsi • Darsning tuzilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi: • Oldingi bilimlar va amal usullarini takrorlash (aktuallashtirish) • Yangi bilim va amal usullarini shakllantirish. • Qo’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish. • Darsning asosiy bosqichlari: • O’quvchilar oldiga dars maqsadini q o’yish. • Yangi material bilan tanishtirish. • Yangi materialni mustaxkamlash. • Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish. • Bilimlarni sistemalashtirish, o’rganilganlarni umumlashtirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling