Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan zahira va qazilma boyliklarimizdan unumli foydalanish ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bu haqida prezidentimiz I. A
Download 0.71 Mb.
|
Organik moddalarni tozalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kristallarni ajratish.
- Ekstraktsiya
Kristallarni ajratish. Hosil bo’lgan kristallarni qo’r eritmadan ajratib olish maqsadida odatda kamaytirilgan bosimda fil’trlash usuli qo’llaniladi.Bu ishni bajarish uchun Bunzen kolbasi bilan Shotta yoki Byuxner voronkalaridan tuzilgan vakuumda fil’trlash asbobi (2-rasm) ishlatiladi.Kam miqdordagi moddalar esa maxsus probirkasimon so’rg’ich idishda vakuumda fil’trlanadi.Bunda vakuumda fil’trlash uchun suv nasosidan foydalaniladi (3-rasm). Fil’tr qog’oziga ta`sir qilmaydigan organik erituvchidagi yoki suvli eritmadagi moddalarni fil’trlashda oddiy fil’tr qog’ozi ishlatiladi. Kontsentrlangan ishqor va kislotali eritmalar shisha paxtasi, asbest yoki Shotta varonkasi yordamida fil’trlanadi. Eritmalarni haydab quyultirish va sovitish bilan bir oz miqdorda kristallar olib, modda miqdorini oshirish mumkin. Olingan kristallarni tozalash uchun ular odatda qaytadan kristallantiriladi. Ekstraktsiya Ekstraktsiya organik moddani eritmadan yoki qattiq modda aralashmalaridan ajratib olish usullaridan biridir.ekstraktsiya olinayotgan modda va aralashmalarning har xil erituvchilarda turlicha erishiga asoslangandir. Suvda erigan organik moddalarni suv bilan aralashmaydigan erituvchilar: efir, benzol, petroley efir, xloroform vaboshqalardan birida yaxshi erishini e`tiborga olib, suvli eritma aralashmasidan organik moddani ajratib olish mumkin. Bunda ishlatilayotgan erituvchilarni qaynash temperaturasi ancha past bo’lganligi uchun ular osonlikcha haydab olinadi.Biror sintez natijasida olingan reaktsion aralashmadan yoki o’simliklardan olingan moddalar aralashmasidan ma`lum bir moddani ekstraktsiya qilish usuli bilan ajratib olish uchun, suvli aralashma ajratkich voronkaga solinib, unga olinishi kerak bo’lgan moddani erita oladigan va suv bilan aralashmaydigan erituvchilardan biri, masalan dietil efir qo’shiladi va voroyakaning og’zi o’zining probkasi bilan bekitilib chayqatiladi va vaqt-vaqti bilan voronkaning quyish natijasi yuqoriga qaratilib, erituvchining bug’lanishi natijasida hosil bo’lgan bosimli voronkaning jo’mragini asta-sekin ochish bilan chiqarib yuboriladi, so’ngra jo’mrak bekitilib aralashma yana chayqatiladi. Bunda suvdagi modda efirda erib suvdan efirga o’gadi. Ajratkich voronka shtativga o’rnatilib suyuqliklarning tinishini va ikki qavatga ajralishini bir oz kutiladi. SHundan so’ng voronka og’zidagi probka olinadi va jo’mrak ochilib pastki suvli qavat Siror idishga quyib olinadi, yuqorigi qavat (efirli ekstrakt) esa boshqa idishga quyib olinadi hamda yig’iladi. Shunday yo’l bilan moddaning suvdagi eritmasi bir necha marta erituvchi bilan ishlanib ma`lum bir moddani suvli eritmadan ajratib olinadi. Agar suvli eritmadan biror moddani ajratib olishda dietil efir o’rniga xloroform ishlatilsa, xloroform suvdan og’ir bo’lgani uchun u pastki qavatda bo’ladi.Voronkadan xloroformli ekstrakt quyib olinganda, voronkada suvli eritma qoladi. Uni yana bir necha marta xloroform bilan ekstraktsiya qilib modda ajratib olinadi. Agar modda ekstraktsiya qilish uchun ishlatilayotgan erituvchida yaxshi eriydigan bo’lsa, ekstraktsiyani bir necha marta takrorlab moddaning deyarli hammasini suvli eritmadan ajratib olish mumkin. Olingan efirli yoki xloroformli ekstraktlar birlashtirilib olinayotgan moddani qaysi sinfga kirishiga va uning xususiyatiga qarab ma`lum quritkichdamasalan, suvsizlantirilgan kal’tsiy xlorid, potash, natriy sul’fat yoki magniy sul’fat qo’shib quritiladi. Sanoat miqyosida ham ekstraktsiya metodidan keng foydalanib, o’simliklardan tabiiy birikmalar, masalan, moy, efir moylari, glikozidlar, alkalomdlar, zamburug’lardan: antibiotiklar, turli dori-darmonlar va boshqalar ajratib olinmoqda. Ba`zan suvli eritmalarni organik erituvchilar bilan ishlayotganda qattiq chayqatib yuborilsa barqaror emul’siya hosil bo’lishi mumkin. Bunda hosil bo’lgan emul’siyani buzib yuborish uchun eritma osh tuzi bilan to’yintiriladi (suvli qismning zichligini oshirish maqsadida) yoki bir necha tomchi spirt qo’shiladi yoki uzoq vaqt qoldiriladi. Erituvchiga o’tkazib olingan ekstraktlarning hammasini birlashtirib, potash, o’yuvchi kaliyni, suvsizlantirilgan kalsiy xlorid, natriy sulfat yoki magniy sulfat kristallaridan qo’shib quritiladi.Quritilgan ekstraktni filtrlab, uning tarkibidagi erituvchi xaydab olinadi. Shundan keyin qolgan modda haydash yoki kristallantirish yo’li bilan yana tozalanadi. Organik erituvchilarda qiyin eriydigan qattiq moddalarni ekstraktsiya qilish ko’p erituvchi va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun bunday hollarda maxsus asbob-ekstraktorlardan, masalan, Sokslet apparatidan (4-rasm) foydalaniladi. Apparat uch qismdan iborat; kolba (1), ekstraktor (2) va qaytarma sovitkich (5). ekstraktsiya qilinuvchi aralashma filtr qog’ozdan yasalgan gilzaga solinib ekstraktorga joylashtiriladi. Kolbaga va ekstraktorga etarli miqdorda erituvchi quyilib, sovitkichga ulangandan so’ng kolba suv hammomida qizdiriladi. erituvchining nay (3) orqali ko’tarilgan bug’lari sovitkichda kondensatlanib,ekstraktorga tushadi va ma`lum balandlikkacha ko’tarilgach, o’zida erigan modda bilan birga sifon (4) orqalikolbaga quyiladi. Kolbadagi suyuqlik har doim qaynab turgan holda bo’lib, ekstrakt soatiga taxminan 6-8 marta kolbaga quyilishi kerak. Ba`zi qattiq yoki smolasimon aralashmalardan biror moddani ekstraktsiya qilib olishda ularni chinni hovonchada ezib, bir necha marta organik erituvchi bilan ishlab, erituvchiga o’tkazib va filtrlab olish mumkin. Quritish Engil uchuvchan organik erituvchilarda kristallantirilgan barqaror moddalar odatda uy temperaturasida soat oynasida, chinni yoki shisha kosachalarda quritilishi mumkin.Yuqori temperaturada suyuqlanuvchi moddalar ma`lum temperaturada quritgich shkafda quritiladi. Qarorsiz va gigroskopik moddalar vakuum-eksikatorlarda quritiladi. Bunda quritilaetgan moddaning ximiyaviy xossasiga qarab har xil qurituvchilar (kal’tsiy xlorid, fosfat angidrid, kontsentrlangan sul’fat kislota va boshqalar) ishlatiladi. Moddalarni suv va spirt qoldiqlaridan quritishda kalsiy xlorid, natron ohagi yoki silikagel ishlatiladi. Modda vakum-eksikatorda quritilgandan so’ng, uni olishda, eksikatorning jo’mragi (havo birdan kirib, moddani to’zitib yubormasligi uchun) asta-sekin ochiladi.Havo oqimi yo’nalishini bir tekisda tarqalishi uchun uchi qayirilgan jo’mrak ishlatiladi. Ba`zan kuchli vakuum hosil bo’lishi natnjasida eksikator yorilib ketishi mumkin.Shuning uchun eksikator sochiq yoki biror mato bilan o’rab qo’yilishi kerak. Biror eritmani yoki suyuq organik moddani quritish uchun unga suvni tortib oluvchi va kristallgidrat hosil qiluvchi quritgich moddalar qo’shiladi. Quritgich sifatida ishlatiladigan moddalar quritilayotgan eritma yoki modda bilan reaktsiyaga kirishmasligi va unda erimasligi shart. Shuning uchun har bir modda va eritmaga mos qurituvchi tanlash kerak (2-jadval). Organik moddalar va ularni quritishda ishlatiladigan quritgichlar 2-jadval
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling