Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan zahira va qazilma boyliklarimizdan unumli foydalanish ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bu haqida prezidentimiz I. A
Download 0.71 Mb.
|
Organik moddalarni tozalash
I.ASOSIY QISM.
I.1.Organik moddalarni tozalashning fizik usullari. Harqanday kimyoviy moddalarni o'rganish uchun ulami sof holda ajratib olish zarur. Organik moddalarni tozalab olish birmuncha qiyinchilik tug'diradi, chunki organik moddalar juda ko‘pbo‘lib, ulami ajratib olish usullari ham turlichadir. Organik moddalarni tozalash, tuzilishini aniqlash va sifat tahlili har xil bo'lib, bu usullar organik kimyo laboratoriya praktikumlarida batafsil yoritilgan. Biz ushbu bo‘limda oddiy hollardagi umumiy va eng sodda tozalash usullarini ko'rib chiqamiz. Organik moddalarni tekshirishda ko‘pincha qattiq yoki suyuqliklarga duch kelamiz. Qattiq moddalarni tozalashda ulaming har xil eruvchanligidan (kristallash va qayta kristallash usullari) foydalanadilar. Ba’zida har xil erituvchida qattiq aralashmadagi moddalarning eruvchanligi yaqin bo’lsa, ularni kristallash usuli bilan tozalab bo'lmaydi. Bunday organik moddalarni suv bug'i bilan haydashyoki quruq haydash (sublimatlash) usullari yordamida ajratib olish mumkin. Suyuq aralashmadagi komponentlarni ajratib olish uchun ularning boshqa erituvchida yaxshi erishidan, ikki aralashmaydigan erituvchilarda eritib, ajratish voronkasiga solib tindirilganda ikki qatlam hosil bo'lishi orqali ajratiladi. So'ngra erituvchilar alohida haydalib yoki bug‘latilib, individual sof organik modda tozalab olinadi. Eruvchanligi orqali suyuqliklarni ajratish qiyin bo'isa ularning qaynash haroratidagi farqiga ko‘rahaydash usuli bilan ajratiladi. Dastlab xomaki ajratilgan suyuqliklar qaytadan fraksiyalab haydashorqali ma’lum harorat chegarasida haydash bilan toza moddalar olinadi. Ba’zi birikmalar suyuq yoki qattiq bo'lishidan qat’iy nazar suv bug‘i bilan yaxshi haydaladi. Bu hollarda suv bug'i bilan haydash usuli qo‘l keladi.Organik moddalarning hammasi ham yiiqori haroratda barqaror emas.Ko'pgina organik moddalar qattiq qizdirilganda parchalanadi yoki smolaga aylanadi. Bunday moddalarni sof holda ajratib olish uchun pastbosimda haydashusuli ishlatiladi. Keyingi yillarda organik birikmalarni aralashmadan ajratib olishning eng samarali xromatografik usuli keng qo’llanilmoqda. Bu usulni birinchi marta 1906- yilda rus olimi M.S. Svet kashf etdi. Xromatografik kolonka deb ataluvchi, sorbentlar (aluminiy oksidi, silikagel, bo'r, gilmoya kukuni, kraxmal) bilan to‘ldirilgan shisha nay orqali aralashma holidagi moddalarning eritmasi o’tkazilganda ular adsorbent yuzasiga yutilishi va moddalarning yuqoridan pastga turlicha siljishidan foydalaniladi. Natijada erigan moddalar aralashmasidagi birikma sorbent yuzasiga turlicha adsorblanadi va har qaysi modda uchun kolonkadagi o'zining yig‘ilish sohasi ajralib qoladi. Bu usul adsorbsionxromatografiya deyiladi va faqatgina ilmiy laboratoriyalarda emas, balki kimyo sanoatida ham undan unumli foydalaniladi. Hoziigi kunda yuqori samaradorlikka ega bo'lgan gaz-suyuqlik xromatografiyasi juda ko‘p ishlatiladi. Biror modda sintеz qilinayotganda rеaktsion aralashmada asosiy mahsulotlardan tashqari qo'shimcha moddalar xam birgalikda bo'ladi. Shuning uchun olinayotgan xar qanday organik moddani tеkshirishdan oldin uni aralashmalardan ajratish, yaxshilab tozalash zarur. Reaksiya maxsulotlaridan toza organik birikmalarni ajratib olish vatozalashda filtrlash, qayta kristallantirish, sublimatlash, qaynash tеmpеraturasiga qarab haydash, ekstraktsiya va xromatografiya usullaridan foydalaniladi. Har qaysi organik modda o’ziga xos ba'zi fizikaviy xossalarga ega. Ularning suyuqlanish xamda qaynash tеmpеraturasi, nur sindirish ko’rsatkichi va zichligi oson aniqlanadi. Moddalarning bu xossalari ularning konstantasi bo’lib, toza ekanligini ko’rsatuvchi dalil bo’la oladi. Qayta tozalanganda xam konstantasi o’zgarmaydigan moddalarni toza dеb hisoblash mumkin. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling