Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan zahira va qazilma boyliklarimizdan unumli foydalanish ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bu haqida prezidentimiz I. A


Download 0.71 Mb.
bet14/25
Sana09.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#264466
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Organik moddalarni tozalash

Adsorbtsion xromatografiya

Adsorbtsion xromatografiya usulida aralash moddalarning adsorbent yuzasidan adsorbtsiyalanish va desorbtsiyalanish protsessi juda ko’p marta qaytariladi.

Shunday qilib adsorbtsion xromatografiyada surilmaydigan adsorbent bilan kolonkada harakatlanuvchi ajralayotgan aralash modda eritmasi o’rtasida qayta-qayta muvozanat o’rnatilishi aralash moddani bir-biridan ajralishiga olib keladi.

Moddalarning adsorbentda bog’lanishi va erituvchi bilan desorbtsiyalanishi bir xil bo’lmaganligi sababli, moddalar adsorbent ustuni-xromatografik kolonkaning yuqori qismidan pastga qarab surilib, har bir modda bir-biridan uzoqlasha borib hamda zonalarga ajralib halqalar hosil qila boshlaydi va shu tarzda moddalar erituvchi bilan birga siljib yuvilib tushadi. Kolonkani yuvish uchun ishlatilayotgan erituvchida kamroq eriydigan moddalar keyinroq tushishi yoki boshqa erituvchi bilan surib tushirilishi mumkin. Bu yuvilib tushayotgan moddalar eritmasi-elyuatni fraktsiyalarga bo’lib yig’iladi va har bir fraktsiya alohida-alohida tekshiriladi.

Kolonkada xromatografiya qilishda moddalarni oldinma-ketin yuvish uchun ishlatiladigan erituvchilar-elyuentlar o’zlarining qutbli kuchlariga qarab elgootrop qatoriga ega: petroley efir, tetraxlormetan, toluol, benzol, xloroform, dietil efir, etil atsetat, atseton, etapol, metanol, sirka kislota vasuv. Moddalarni yuvib olishda qo’llanilayottan elyuent, masalan, petroley efir kolonkada qolgan moddani yuvib chiqara olmay qolsa, u holda elyuotrop qatoridagi keyingi erituvchi qo’llaniladi. Adsorbent yuzasida kuchliroq yutilib qolgan moddalar ko’pincha metil yoki etil spirt bilan yuvib olinadi.

Agar xromatografiya qilinayotgan eritmada rangli moddalar aralashmasi bo’lsa, kolonkada turli balandlikda har xil rangli halqalar hosil bo’ladi. Bu xromatografik kolonkadagi rangli zonalar elyuent bilan yuvilganda bir-biridan uzoqlashgandan so’ng yuvish to’xtatilib, xromatogramma kolonkadan ohistalik bilan tushirilib, zonalar bir-biridan ajratib olinadi va adsorbentda yutilgan moddalarni ma`lum erituvchida eritib olish mumkin.

Organik birikmalarning polyar adsorbentda adsorbtsiyalanish darajasi ulardagi funktsional gruppalarga, qo’sh bog’ga„ aromatik va geterotsiklik halqalarga hamda molekula konfiguratsiyasi va boshqalarga bog’liq. Masalan, modda molekulasida -ON, - SO-, -O- SOON, - NO2,- NN2 -N q N-SN,- SN va boshqa funktsional gruppalar bo’lganda polyar adsorbentlarda uglevodorodlarga nisbatan ularning adsorbtsiyalanish darajasi yuqori bo’ladi. Funktsional gruppalar moddalarning adsorbentda, masalan, alyuminiy oksidida adsorbtsiyalanish darajasini orttirib yuboradi.Har xil funktsional gruppa tutgan birikmalar o’zining adsorbilanish xususiyatlariga qarab quyidagi qatorga joylashadi.

RH323)23322
Adsorbtsiyalangan modda molekulasi elyuentga nisbatan qancha polyar bo’lsa, modda adsorbentga shuncha kuchli bog’langan bo’ladi.

Polyar adsorbentlarda molekulaning katta-kichikligini adsorbtsiyaga ta`siri kam bo’lib, polyar bo’lmagan adsorbentlarda esa adsorbtsiya molekulaning katta-kichikligiga ko’proq bog’liqdir. Polyar bo’lmagan adsorbentlarda aromatik uglevodorodlardan normal tuzilishli to’yingan uglevodorodlar, tsikloparafinlar tarmoqlangan zanjirli uglevodorodlarga qarab adsorbtsiyalanish darajasi kamayib boradi.

Erituvchi bilan moddaning adsorbtsiyalanish darajasi bir xil bo’lsa, adsorbtsiyalangan moddani erituvchi yuvib chiqara oladi.Adsorbtsiyalangan moddaga nisbatan kuchliroq bog’lanadigan erituvchini xromatografik kolonkadan moddaning yuvib chiqaruvchi elyuent sifatida ishlatish mumkin.

Adsorbtsiyalaiish darajasining molekula koifiguratsiyasiga, dipol momentiga bog’liq bo’lishi geometrik izomerlar hamda o-, m-, vap- izomerlarni xromatografiya usuli bilan bir-biridan ajratish imkonini beradi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling