Sublimatsiya
Sumblimatsiya yoki vozgonka-kristall holdagi moddani maxsus asbobda qizdirilganda uchishi va asbobning sovitilayotgan qismida kondensatlanib qaytadan kristallanishidir.
Ba`zi moddalar qattiq holda ham uchuvchan bo’lganligi uchun ularni suyuqlantirmay turib haydash, ya`ni vozgoika qilish (sublimatlantirish) mumkin. Bu moddalarning bug’lari sovitilganda suyuq holga aylanmay, qattiq holga o’tadi.
Kristallantirish yo’li bilan tozalanishi qiyin bo’lgan moddalarni, odatda, vozgonka yo’li bilan tozalanadi. Ko’p hollarda uchuvchan moddalarni ulardagi uchishi qiyin bo’lgan aralashmalardan tozalash uchun, qiyin va uzoq davom etadigan kristallantirish o’rniga, bir marta vozgonka qilish kifoyadir. Bunda tozalanaetgan moddaning miqdori ham qristallantirish usulidagiga qaraganda ko’proq bo’ladi.
Oz miqdordagi modda quyidagicha vozgonka qilinadn.Tozalanadigan moddani soat oynasiga solib, bir necha joyidan teshilgan filtr qog’ozi bilan berkitiladi, filtr qog’ozi yana soat oynasi yoki diametri oynachadan bir oz kichikroq bo’lgan voronka bilan berkitiladi. Pastki soat oynasi asta-sekin asbest setkasida gaz alangasida qizdiriladi.Yuqoridagi sovuq soat oynasida yoki voronkada modda kristallana boshlaydi, filtr qog’ozi esa kristallarni qaytib tushmasligi uchun to’siq vazifasini bajaradi.
Ko’p miqdordagi moddalarni vozgonka qilish uchun stakan olib, uning tagiga tozalanadigan modda solinadi (10-rasm) va stakan qizdirilib, unga ichidan suv o’tkazib qo’yilgan kolba tushiriladi. Kolbaning tashqi tub qismida vozgonkaga uchragan kristallar hosil bo’ladi.
Bunda shuni qayd qilish kerakki, vozgonka usuli bilan olingan modda juda toza bo’ladi. Agar vozgonka qilinadigan modda kamroq uchuvchan bo’lsa, bunda vozgonkani tezlatish uchun u vakumda olib boriladi (11-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |