Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan zahira va qazilma boyliklarimizdan unumli foydalanish ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bu haqida prezidentimiz I. A
I.3. Organik moddalarni tozalashning fizik-kimyoviy usullari
Download 0.71 Mb.
|
Organik moddalarni tozalash
I.3. Organik moddalarni tozalashning fizik-kimyoviy usullari
Xromatografiya Moddalarni tozalash, ularni bir-biridan ajratish va aniqlash usullaridan biri xromatografik analizdir. Xromatografik analizni 1903 yilda mashhur rus olimi M.S.TSvet (1872-1919) kashf etgan.Bu usulni hozirgi zamonning ximiyada qo’llanib kelinayotgach eng ko’zga ko’ringan metodlari bilan bir qatorga qo’yish mumkin. Ma`lumki, tabiiy birikmalar ko’pincha aralashma holida bo’ladi; ularni bir-biridan ajratish va tozalashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bunday hollarda xromatografiya usulidan foydalanib yaxshi natijalarga erishish mumkin. Masalan, o’simlik va hayvon organizmida juda kam miqdorda uchraydigan turli moddalar: vitaminlar, pigmentlar, antibiotiklar, glikozidlar, alkaloidlar va boshqalarni ajratib olishda xromatografiya usulidan foydalaniladi. Shunday qilib, M.S.TSvet tomonidan kashf qilingan bu usulning har xil turlari hozirgi vaqtda laboratoriyada vasanoatda organik moddalarni bir-biridan ajratish va tozalashda keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Haydash usulida moddalarni qaynash temperaturalari orasidagi farqdan, ekstraktsiyada moddalarning har xil eruvchanligidan foydalanib ajratib olinadigan bo’lsa, xromatografiya usulida esa aralashma holidagi moddalarning adsorbent yuzasiga yutilishi va ishlatilayotgan erituvchida moddalarning surilishi turlicha bo’lishidan foydalaniladi. Xromatografik analiz asosan uch turga bo’linadi: adsorbtsion xromatografiya; ionalmashinish xromatografiyasi; taqsimlash xromatografiyasi. Xromatografiyaning bu uch turi bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Xromatografiyada adsorbtsiya hodisasi bilan birga boshqa fizikaviy va ximiyaviy hodisalar ham ro’y beradi. Masalan, adsorbtsion romatografiyada ion almashinish protsessi, tahsimlash xromatografiyasida esa qurilmaydigan suyuqlikni ushlab turuvchi sifatida olingan adsorbentning xususiyatiga qarab moddalarning yutilishi va ion almashish protsesslari sodir bo’ladi. Hozirgi vaqtda keng qo’llanilayotgan qog’ozda va yupqa qatlamda xromatografiyalashda taqsimlanish protsessi bilai birga adsorbtsiya protsessi ham sodir bo’ladi. Xromatografiyada adsorbent sifatida alyuminiy oksid, silikagel, gillmoya kukuni, kraxmal, tsellyuloza kukuni, aktivlantirilgan ko’mir, poliamid va boshqalar ishlatiladi. Organik moddalarni xromatografiya usuli bilan tozalash, aralash moddalarni bir-biridan ajratish uchun xromatografik kolonkaning taxminan yoki qismiga elakdan o’tkazilib bir xil maydalikda olingan ma`lum adsorbent solinib yaxshi joylashtiriladi (12-rasm). So’ngra aralashma holda bo’lgan modda biror erituvchida eritilib tomizgich voronka yoki pipetka yordamida kolonkaga asta-sekin quyiladi. Ba`zan adsorbentni yaxshi joylashtirish uchun uni ma`lum erituvchi bilan aralashtirilib turib qismiga erituvchi solingan va jo’mragi ochib qo’yilgan holda kolonkaga suyuq massa qilib quyiladi. Adsorbentni kolonkaga yanada yaxshi joylashtirish uchun azotli yoki karbonat angidridli gaz ballonidan asta-sekin bir oz gaz goborish mumkin. Kolonka turishi bilan adsorbent yuzasida ajralib qolgan erituvchi kolonkaning jo’mragi ochnq bo’lganligi uchun kamaya boradi va erituvchining miqdori adsorbent yuzasidan taxminan 3 mm dan kamayishi bilan kolonkannng jo’mragi berkitilib xromatografiya qilinishi kerak bo’lgan moddalar aralashmasining eritmasi kolonkaga quyiladi. Kolonkaga moddalar aralashmasining eritmasi quyib bo’lingandan so’ng, eritma adsorbentga yutilib bo’lishi bilan kolonkaning yuqori qismidagi eritmaning yuqi ozgina toza erituvchi bilan yuvilib, bu ham yutilib bo’lgach kolonkadan ma`lum erituvchi o’tkaziladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling