Taqsimlanish xromatografiyasi
Taqsimlash xromatografiyasi bo’linayotgan aralashmadagi komponentlarning o’zaro bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik o’rtasidagi taqsimlanish koeffitsientining turlicha bo’lishiga asoslangandir. Taqsimlash xromatografiyasi ham o’z navbatida yupqa qatlamda, qog’ozda xromatografiyalash va kolonkadaxromatografiyalash turlariga bo’linadi. Bundan tashqari gaz xromatografiyasiniham taqsimlash xromatografiyasining bir turi deb qarash mumkin.
Kolonkada yoki yupqa qatlamda taqsimlash xromatografiya olib borish uchun ma`lum miqdorda suv qo’shilib namlangan adsorbent, masalan, silikagel’ olish mumkin.Bunda silika-gelga yutilgan suv surilmaydigan faza hisoblanadi. Agar kolonkada tsellyuloza kukuni olinsa, uni namlashni keragi bo’lmay, qog’oz xromatografiyasidagidek tsellyulozada mustahkam bog’langan suv-nam va erituvchidagi suvning o’zi etarli bo’ladi.
Polyar birikmalarning taqsimlash xromatografiya usuli bilan ajratishda siljimaydigal faza suv, suriluvchi faza suv bilan aralashmaydigan organik zrituvchi, masalan, dietil efir, butanol bo’lib, unga ma`lum miqdorda suv qo’shiladi yoki uni suv bilan to’yintiriladi.
Taqsimlash xromatografiyasining yuqorida ko’rib o’tilgan tug’rida suriluvchi faza efir yoki butanol bo’lsa, boshqa turida shu erituvchilar yoki ularga o’xshash suv bilan ajralmaydigan suyuqliklar surilmaydigan faza bo’lib, suriluvchi faza polyar suyuqlik bo’lib qoladi.Bu tur xromatografiyani suriluvchi faza polyar, surilmaydigan faza polyar bo’lmagan suyuqlik bilan almashtirilganligi uchun aylantirilgan taqsimlash xromatografiya deyiladi.Xromatografiyaning bu xilida qog’ozga undekan, parafin moyi, tetradekan kabi moddalar shimdiriladiUmuman organik moddalarii tekshirishda va ayniqsa, tabiiy birikmalar ximiyasini o’rganishda xromatografiya metodi katta ahamiyatga ega. Bu usuldan to’g’ri foydalanilsa, ya`ni har bir moddaning o’ziga mos adsorbent, erituvchi tanlab olinsa va ishni to’g’ri olib borilsa, xossalari va strukturasi bir-biriga yaqin bo’lgan birikmalarni ham ajratish mumkin. Kolonkada xromatografiyalash metodi bilan A, B, V moddalar aralashmasini ajratish protsessi 13-rasm da ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |