Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Etatizatsiya jarayoni davrlari


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana15.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1268689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-Mavzu boyicha maruza (3)

11.1.Etatizatsiya jarayoni davrlari 
Harbiy iqtisodiyot davri 1914-1918 yy. XX asrning ikkinchi o‘n 
yilligi insoniyatning shu davrgacha bo‘lgan harbiy muammolarn-
ing eng yirigi – Birinchi jahon urushi bilan bog‘liqdir. Birinchi 
jahon urushida 30 ta mamlakat ishtirok etib ularning aholisi 1,5 
mlrd.ni tashkil etdi (dunyo aholisining 2/3 qismi). 
Urush natijasida 10 mln.kishi halok bo‘ldi. 20 mln kishi yarador 
bo‘ldi. Epidemiyalar va ocharchilikdan vafot etgan tinch aholi 10 
mln kishini tashkil etdi. 
119



Undan tashqari, urush natijasida ishtirokchi mamlakatlar mod-
diy boyliklarini uchdan biri yakson bo‘ldi. Bu faqat harbiy texnika 
bo‘lmasdan, sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarida, infratuzilmada, 
uy-joy fondidagi yo‘qotishlar edi. 
Urush xo‘jalik faoliyatiga davlatni aralashuvini kuchaytirib 
kapitalizmni tartibga solish tizimini rivojlanishiga olib keldi. Har-
biy-siyosiy maqsadlarga qisqa muddatlarda erishish uchun qat’iy 
davlat tartibga solinishini amalga oshirish zarur edi. Shu sabab-
dan urush yakuniga kelib deyarli barcha mamlakatlarda xo‘jalik 
munosabatlarining etatistik tizimi shakllandi. 
Birinchi jahon urushida ishtirok etuvchi mamlakatlarda iqti-
sodiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimiga 
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi: 
● ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi; 
● milliy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar xususiyatlari; 
● u yoki bu mamlakatni bevosita urushda ishtirok etish darajasi. 
Barcha urushda qatnashgan mamlakatlarda xo‘jalik munosa- 
batlarini etatizatsiya qilish jarayonlari kuchaydi. 
Lekin bu jarayon urush tugagandan so‘ng orqaga qayta bosh-
ladi, ya’ni davlat tomonidan tartibga solish tizimi qisqartirila 
boshlandi. 
Urushdan keyingi yillar. Jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida 
urushdan keyingi yillardagi beqarorlik 1914-18 yy.dagi og‘ir talo-
fatlar natijasidir. Beqarorlik darajasiga quyidagi omillar ham ta’sir 
ko‘rsatdi: 
● ko‘rilgan talofatlar miqyosi; 
● mamlakatni urushdagi g‘alabasi yoki mag‘lubligi; 
● urush yillarida iqtisodiyotni harbiylashganligi va etatizatsi-
yalashganligi; 
● Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning umumiy darajasi; 
● shu bilan birga bir qator milliy xususiyatlar. 
Barqarorlashtirish davri. 1924-29 yy.dagi davr rivojlangan 
mamlakatlarda xo‘jalik munosabatlariga davlat aralashuvini 
qisqarib borishi bilan xarakterlanadi. Bu holni erkin bozor muno-
sabatlariga qaytish deb tushunish kerak emas. 
Shuni ta’kidlash kerakki, etatizmni chekinishi to‘liq emas edi, 
chunki 20-yy.da deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiyotni mo-
nopollashuvi, monopoliya va davlatni qo‘shilib ketishi, erkin iqti-
sodiy munosabatlarni buzilishi amalga oshdi. 
120


11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA 
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI 
Undan tashqari, “yangi” siyosiy tartibni o‘rnatgan mukammal 
bo‘lmagan Versal tizimi jahondagi va Yevropadagi muhim qara-
ma-qarshiliklarni hal eta olmadi. Harbiylashtirish tendensiyasi 
kuchaydi, urushda mag‘lub bo‘lgan mamlakatlarni jahonni qayta 
hududiy va iqtisodiy taqsimlashga undadi. Bu oxir natijada eta-
tizmning kuchli elementlarini saqlanib qolinishiga siyosiy asoslar 
yaratdi. 
Buyuk inqiroz davri. 1929-1933 yy.dagi Buyuk inqiroz davrida 
tinchlik sharoitida iqtisodiyotga davlatni aralashuvi darajasini ke-
skin o‘sishi yuz berdi. Etatizmni rivojlanishi barcha mamlakatlarga 
xos edi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimi rivojlanishini yan-
gi bosqichining farqlantiruvchi xususiyati shundaki, etatizatsiya 
jarayoni nazariy asosga ega bo‘ldi – bu keynschilik nazariyasidir. 
O‘sha davrda mashhur doktrinalar iqtisodiy munosabatlarni 
davlat tomonidan tartibga solish zaruratini taqazo etdi. Bu dok-
trinalar: 
● Italiya korporativizmi 
Nemis milliy-sotsializmi 
● Turli sotsialistik konsepsiyalar 
Inqirozdan keyingi davr. Inqirozdan keyin bo‘lgan nisbatan 
qisqa muddat (1934-39 yy.) etatizmdan voz kechish namoyon 
bo‘lgan davr emas edi. Buning asosiy sababi – o‘sha davrda bar-
cha iqtisodiyotlar boshidan kechirayotgan beqarorlik holatidir. 
Undan tashqari Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarlik bilan bog‘liq 
ravishda iqtisodiyotni harbiylashtirish tendensiyasi iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solishni chuqurlashuviga olib keldi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling