Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Buyuk Britaniya iqtisodiyoti


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana15.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1268689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
3-Mavzu boyicha maruza (3)

11.3.Buyuk Britaniya iqtisodiyoti 
Birinchi Jahon urushidan keyingi rivojlanish xususiyatlari. An-
gliyada Birinchi Jahon urushi davrida etatistik tendensiyalarni in-
tensiv rivojlanishi kuzatildi, ushbu jarayon 1919-1929 yy.da susay-
di. Angliya g‘olib mamlakat sifatida urushdagi talofatlarini qisman 
bo‘lsa ham kompensatsiyaladi. 
124


11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA 
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI 
Jahon bozorlarida ingliz kapitalining pozitsiyalari AQShning 
ekspansionistik siyosati natijasida susayib, Angliya qarzdor mam-
lakatga aylandi (4 mlrd.doll.). 
Shu sharoitda ham Angliyada sanoatning yetakchi (kimyo, av-
tomobil, elektrotexnika, aviatsiya va boshq.) tarmoqlari rivojlanib 
bordi. 
Eski tarmoqlar (kemasozlik, metallurgiya, ko‘mir qazib olish va 
tekstil) esa stagnatsiya holatida edi. Ushbu tarmoqlarni modern-
izatsiyalash uchun zarur bo‘lgan kapitalning etishmasligi, ularni 
yuqori daromad topish maqsadida chetga chiqib ketishi bilan 
bog‘liqdir. 
Investitsiyalarning etishmasligi ingliz sanoatiga xarajatlarni 
pasaytiruvchi, tovarlarning raqobatbardoshligini oshiruvchi ish-
lab chiqarishning yangi shakllarini joriy etish imkonini bermas 
edi. Angliya yuqori sifatli, ommaviy bo‘lmagan, qimmat, boy 
iste’molchilarga mo‘ljallangan tovarlarni ishlab chiqarishga urg‘u 
berdi. Bu esa unga tashqi va ichki bozorda o‘z o‘rnini saqlab qol-
ish imkonini berdi. 
Angliyani ommaviy talab etiluvchi tovarlar tashqi bozorlaridan 
siqib chiqarilishi jahon savdosida proteksionistik tendensiyalarni 
kuchayishiga olib keldi. Undan tashqari tovar bozorlarida pozitsi-
yalarni topshirish Angliya hukumatini bank sohasidagi yetakchi-
likni saqlab qolish bilan bog‘liqdir. 1925 yilda hukumat ingliz va-
lyutasining revalvatsiyasini funt sterlingni oltin standartini joriy 
etish hisobiga amalga oshirdi. Bu tadbir funt kursini oshishiga olib 
kelgan bo‘lsa ham, ingliz tovarlarining qimmatlashuvi sanoatchi-
eksporterlar manfaatlariga ta’sir etdi. 
Angliyada Buyuk depressiya. Angliya iqtisodiyotida inqirozli 
holatlar 1930 yil boshlarida kuzatildi. Boshlang‘ich davrda aksilin-
qiroz dastur borasida mamlakat boshqaruvida birdamlik yo‘q edi. 
Leyboristlar hukumati, saylovoldi va’dalarini bajarish maqsadida 
aholining keng qatlamlari, kam ta’minlanganlar va ishsizlar hola-
tini yaxshilash maqsadida budjet xarajatlarini oshirish tarafdorlari 
edilar. 
Aksilinqiroz chora-tadbirlari. 1931 yil sentyabrda milliy valyu-
taning oltin paritetini bekor qilinishi muhim voqea bo‘lib, natijada 
funt devalvatsiyasi yuzaga keldi. Buyuk Britaniya ketidan sterling 
blokiga kiruvchi mamlakatlar (25 ta mamlakat – Skandinaviya 
mamlakatlari, Gollandiya, Portugaliya, Argentina, Braziliya va Bri-
125



taniya mustamlakalari) borishga majbur bo‘ldilar, ular ingliz funti 
asosida o‘z valyutalarini kursini belgilashar edi. 
1933 yil oxiriga kelib Angliya aksilinqiroz choralar yordamida 
barqarorlashuvga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga Buyuk Bri-
taniyada mavjud ustunliklardan foydalangan holda erishildi. 
Ta’kidlash kerakki 1934 yildayoq qat’iy budjet siyosati ancha 
yumshadi (ish haqi oshirildi, avval kesib tashlangan ishsizlik na-
faqalari tiklandi, daromad solig‘i hajmi pasaydi). 
1934 yilda boshlangan o‘sish qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bi-
lan bog‘liq tarmoqlarni (avtomobilsozlik, aviatsiya, radiosanoat va 
boshq.) rivojlantirishga davlat ajratmalari bilan bog‘liqdir. 
Shu bilan birga hukumatning moliya tizimini sog‘lomlashtirish 
bo‘yicha choralari, qat’iy proteksionistik siyosati bir qator eski tar-
moqlarga (kemasozlik, metallurgiya) investitsiyalar kirib kelishiga 
sababchi bo‘ldi, bu iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni 
o‘zgartirmadi, ko‘mir va tekstil sanoati stagnatsiya holatidaligi 
davom etdi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling