Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
11.5.Germaniya iqtisodiyoti
Urushdan keyingi iqtisodiyot. Birinchi jahon urushi davrida Yevropa mamlakatlari ichida eng etatizatsiyalashgan iqtisodiyot Germaniyaniki edi. Bunga sabab faqatgina nemis tarixiy maktabi- ning “tarbiyaviy proteksionizm” konsepsiyasi asosida rivojlanay- otgan nemis kapitalizmining o‘ziga xos siyosiy shakli emasdi. Balkim Germaniya tomonidan olib borilgan urushda uzoq davr mobaynida resurslarga bo‘lgan katta ehtiyoj ham katta ahamiyat kasb etdi. Urushda mag‘lub bo‘lish natijasida siyosiy tizimni barbod bo‘lishi, katta hajmda inson va moddiy yo‘qotishlar, Versal tinch- lik shartnomasining Germaniya uchun og‘ir shartlari uzoq davom etgan urushdan keyingi inqiroz va keyinchalik mamlakat iqtisodi- 128 11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI yotini stagnatsiyasining asosiy omillari hisoblanadi. Faqatgina 20- yillarning o‘rtalariga kelib sog‘lomlashuv boshlanib, sanoatning monopollashgan tarmoqlarida ijobiy siljishlar yuzaga keldi, tashqi savdo oboroti o‘sa boshladi. Daues va Yung rejalari. Bu davrda AQSh va Yevropaning yetakchi mamlakatlari Germaniya mag‘lubiyati natijasida buzilgan kuchlar balansini tiklash tarafdori edilar. Shu bilan birga Germani- yadagi ijtimoiy tanglikni susaytirish, mamlakatni SSSR bilan yaqin- lashuviga to‘sqinlik qilish, hamda sotsializmni G‘arbiy Yevropaga kirib borishini oldini olishga harakat qilindi. Aynan shu maqsadda yangi reparatsion reja qabul qilinib, unga xalqaro ekspert kengashi rahbari, amerikalik bankir Ch.Daues nomi berilib – Daues rejasi (1924-1929 yy) deb nomlandi. Ushbu reja reparatsion to‘lovlar shartlarini yengillashtirishni nazarda tut- gan edi. Ushbu rejada yana amerikalik kreditorlar tomonidan Ger- maniya budjetini kuchaytirish maqsadida katta hajmdagi kred- itlarni ajratish va iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish nazarda tutilgan edi. Ushbu rejani amalga oshirish davrida Germaniya AQSh va, qis- man, Buyuk Britaniyadan 21 mlrd.marka hajmida kreditlar olishdi. Germaniyadagi noqulay iqtisodiy holatni hisobga olgan holda kreditor-mamlakatlar moliyaviy ekspertlari Germaniya reparatsion to‘lovlar tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorni qabul qilishdi. Daues rejasi 1929 yilda Yung 1 rejasi bilan almashtirildi. Yangi yordam rejasi reparatsiylarning umumiy hajmini chegaraladi va korxonalar foydasidan reparatsion fondga ajratmalarni qisqartirdi, natijada iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan mablag‘lar tejab qolindi. Bir vaqtning o‘zida Germaniya iqtisodi- yoti ustidan moliyaviy nazorat qisqartirildi. Ammo inqiroz davri- dan Yung rejasi deyarli bekor qilindi. 1929-1933 yy.dagi inqiroz. Fashizmning iqtisodiy siyosati Iqtisodiy jihatdan zaif Germaniya iqtisodiyotining qaramlilik darajasi 1929-1933 yy.dagi inqirozni chuqurlashuvi darajasini bel- gilab berdi. Inqiroz eng quyi nuqtasiga 1932 yilda etdi, va birinchi navbatda sanoat sektorini (68 mingta korxona bankrot bo‘ldi), bank sohasini izdan chiqardi, katta ishsizlikni keltirib chiqardi 1 O.Yung Xalqaro ekspertlar kengashining yangi raisi, Morgan elektrotexnik tresti prezidenti, moliyachi 129 (taxminan 8 mln.kishi). Inqirozni boshidan kechirayotgan yetakchi mamlakatlar tomonidan yordamni to‘xtatilishi Germaniyaning ho- latini og‘irlashtirdi. Veymar respublikasi hukumatining iqtisodiy inqirozga qarshi samarali kurasha olmasligi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni kes- kinlashuvi, monopoliyalarni jahon bozorlarida yo‘qotgan pozitsi- yalarini tiklab olishga intilishi, hukumat tomonidan Germaniyan- ing ichki muammolariga befarqligi mamlakatda 1933 yilda fashis- tlar rejimini o‘rnatilishining asosiy sababi hisoblanadi. Fashizmning iqtisodiy siyosati yorqin ifodalangan etatistik xarakterga ega. Gitler hukumat tepasiga inqirozni yakunida kel- gan bo‘lsa ham, yangi qabul qilingan antiinqiroz chora-tadbirlari favqulotda xarakterga ega edi, unga mamlakatni iqtisodiy o‘sish holatiga olib chiqish bilan birga uni harbiy-siyosiy izga o‘tkazib, yo‘qotilgan bozorlar va hududlarni qaytarishi, mamlakat hududini yanada kengaytirishi, va dunyoda hukmrolikni ta’minlashi zarur edi. Ushbu strategiya mamlakatni inqirozdan chiqarish shakllari va metodlarini belgilab berdi, uning asosiy mazmuni iqtisodi- yotni to‘liq militarizatsiyalashdan iboratdir. Shu maqsadda ger- man fashistlar tomonidan harbiy jihatdan muhim bo‘lgan og‘ir va yoqilg‘i sanoati tarmoqlarini tiklash, harbiy texnika ishlab chiqar- uvchi korxonalar yaratishga harakat qilindi. Shu sababdan, german fashistlar iqtisodiyotni davlat tomoni- dan tartibga soluvchi qudratli apparat yaratishdi, unda moli- yaviy, xom ashyo, ishlab chiqarish, oziq-ovqat, inson va boshqa resurslar mujassamlashgandir. Iqtisodiyotni majburiy kartel- lashtirish to‘g‘risidagi, Germaniya iqtisodiyotini organik tuzilishi to‘g‘risidagi, imperiyani himoyalash to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar sanoat salohiyatining 2/3 qismini davlat tomonidan qat’iy nazorat qilinishiga imkon berdi. Milliy mehnatni tashkil etish to‘g‘risidagi qonun majburiy mehnat tizimini shakllanishiga me’yoriy asos yaratdi. Germaniya iqtisodiyotini boshqarish yagona markazdan – Bosh xo‘jalik kengashidan amalga oshirilar edi, u moliyaviy, inson, va xom ashyo resurslarini birinchi navbatda harbiy kompleksga ajratilishini ta’minladi. Shunday qilib, fashizm diktaturasi sharoitida, keng miqyosli harbiy investitsiyalarni amalga oshirish ilojsizligi, boshqa davlatlar 130 11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI tomonidan yordam berish to‘xtatilganligi, mamlakatni yakkalanib qolinishi (avtarkiyasi) davlat tomonidan boshqarish metodlari yaqqol aks etgan ma’muriy shaklni oldi. Iqtisodiyotni militarizatsiyalash siyosatini davom ettirilishi optimal xo‘jalik tuzilmalarini tiklanishi, ichki va tashqi bozorlarni kengayishi, moliya tizimini sog‘lomlashtirilishi masalalarini hal et- madi. German fashistlari hukumati bu muammolarni hal etishga intilmasdi ham. Tashqi agressiyani rivojlantirilishi iqtisodiyotdagi halokatli holatni vaqtinchalik saqlab turishga imkon berar edi. Shu sabab- dan 1935 yildan boshlab Germaniya harbiy mojarolarga aralasha boshladi va oxir oqibatda Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling