Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishi
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
11.4.Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishi
Urushdan keyingi davrdagi iqtisodiyot. Urush davrida Fran- siyada iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimi qo‘llanilgan edi. Fransiyaning moddiy talofatlari mag‘lub mam- lakatlar (asosan Germaniya) hisobiga qoplandi. Versal shartno- masiga binoan Fransiyaga Elzas va Lotaringiya viloyatlari o‘tdi, ko‘mir konlariga boy Saar viloyati 15 yilga o‘tdi (1920 yildan Saar Millatlar Ligasi boshqaruvi ostida edi). Yangi olingan hududlar va yirik kontributsiya mamlakat iqti- sodiyotini urushdan keyingi va inqirozgacha bo‘lgan davrdagi (1919-1930) rivojiga katta yordam bo‘ldi. Fransiyaning iqtisodiy o‘sish sur’atlari boshqa yetakchi mamlakatlarga qaraganda (AQShdan tashqari) ancha yuqori edi. Muvaffaqiyatli rivojlanish davlatning harbiy buyurtmalari bilan bog‘liq sanoatning yangi va eski tarmoqlarni jadal rivoji bilan bog‘liqdir. Bu davrda yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi turg‘un holatda bo‘lib, davriy inqiro- zlarni boshidan o‘tkazayotgan edi. Ichki siyosiy munosabatlar. Fransiyada jahon inqirozi sal ke- chroq (1930 y.) tarqalishiga qaramasdan uzoqroq davom etdi va o‘ta chuqurlashdi. Inqiroz davrida ichki siyosiy munosabatlar o‘ta radikallashdi. Bu fransuz jamiyatining o‘zgacha ijtimoiy tarkibi va 126 11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI mamlakatning siyosiy an’analari bilan bog‘liqdir. Demokratik va so‘lradikal oqimlarni kuchayib borishi bilan birgalikda Fransiyan- ing respublika-demokratik an’analarga xos bo‘lmagan Italiya va Germaniyadagi kabi mamlakatni fashizatsiyalashuvi tendensiyasi paydo bo‘ldi. Xalq fronti dasturi. Sotsialistlar va kommunistlar birdamligi natijasida 1936 yilda Xalq fronti tashkil etildi. Xalq frontining das- turi aholining keng qatlamlarini ehtiyojlarini qondirishga qaratil- gan edi. Dasturning asosiy talablari: ● ishsizlikning milliy fondini yaratish; ● nafaqani kamaytirmagan holda mehnat haftasini qisqarti- rish; ● pensiyaga chiqish yoshini qisqartirish hisobiga ish o‘rinlarini ko‘paytirish; ● kengmiqyosli jamoat ishlarini tashkil etish; ● ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini ko‘zlagan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish narxlarini tartibga solish; ● dehqonchilik kooperativlarini qo‘llab-quvvatlash; ● savdo inshootlari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi qonunni qay- ta ko‘rib chiqish; ● mayda rante (qimmatli qog‘ozlarning mayda egalari)larning manfaatlarini himoya qilish; ● kam ta’minlanganlar foydasiga soliqqa tortish tizimini isloh etish. 1936 yil 4 iyunda Xalq frontining birinchi hukumati shakllanti- rilib, unga bosh vazir L.Blyum boshchilik qildi. 7 iyunda esa Um- umiy mehnat konfederatsiyasi va tadbirkorlar o‘rtasida ish haqini ko‘paytirish, kasaba uyushmasini va sex starostalari institutini tan olish borasida kelishuv imzolandi. K.Shotan hukumati chora-tadbirlari. Sotsial-radikal Kamil Shotan hukumati keng aholi qatlami manfaatlari bilan yirik kapi- tal egalarining manfaatlari o‘rtasida Xalq fronti dasturi talablarini bir oz cheklash hisobiga murosaga kelishga intildi. Ammo, budjet xarajatlarini qisqartirilishiga qaramasdan moliya tizimining holati yomonlashdi. Bu hol hukumatni milliy valyutani ikkinchi bor de- valvatsiyasini o‘tkazishga majburladi. Aksilinqiroz harakatlarining tartibsizligi mamlakat ichkarisida ijtimoiy qarama-qarshiliklarning keskinlashuviga olib keldi, Xalq 127 frontining ichida ixtilofga olib keldi, natijada uning dasturi ham sezilardi darajada o‘zgartirildi. Yangi hukumat inqirozi natijasida 1938 yil bahorida L.Blyumning ikkinchi kabineti shakllanib, u Xalq fronti siyosatini asta-sekin tu- gatilishi borasida faoliyat olib bordi. Buning sabablari faqatgina Xalq fronti ichidagi ixtilof, aksilinqiroz chora-tadbirlarining mu- vaffaqiyatsizligi, ijtimoiy tanglikni keskinlashuvi emas, balki Yev- ropadagi siyosiy holatlarning keskinlashuvi hamdir. Ijtimoiy na- faqalarni qisqartirish evaziga Blyum mamlakatda harbiy-mudofaa qurilishini jadallashtirishga erishmoqchi edi. E.Dalade hukumati. 1938 yil aprelida shakllantirilgan Eduard Dalade hukumati Parlamentdan olgan favqulodda vakolatlari asosida Xalq fronti dasturidan to‘liq voz kechdi. Daladening ismi to‘rt Yevropa mamlakatining (Buyuk Britaniya, Germaniya, Itali- ya, Fransiya) Myunxen kelishuvini imzolanishi bilan bog‘liqdir. Bu kelishuv Ikkinchi jahon urushi oldidan Germaniyani “tinchlantiru- vchi” siyosat deb hisoblanmish Chexoslovakiyani bo‘lib olish bilan bog‘liqdir. Iqtisodiy beqarorlik holati Fransiya uchun 30-yillarning oxiriga qadar xos bo‘lib, bu aksilinqiroz harakatlarining tartibsizligi, inq- irozdan chiqishning umummilliy dasturini yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Natijada Fransiya jahon bozorlarida o‘z pozitsiyalarini sezilarli darajada yo‘qotdi. Urush oldida mamlakat iqtisodiyotidagi bir oz jonlanish harbiy qurilishga davlat mablag‘larini ajratilishi bilan bog‘liqdir. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling